Boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/74
Sana14.04.2022
Hajmi1,57 Mb.
#550628
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74
Bog'liq
Ж.НематовШахсий компютр архитектураси(ўқув амалиёти) Уқитиш мат туп

Hyper-Threading texnologiyasi 
Hyper-Threading teхnologiyasi ko’p oqimli ishlov berishga misol bo’ladi. 
Hyper-Threading teхnologiyasi bitta real fizik protsessor asosida ikkita mantiqiy 
protsessorni tashkil etishga imkon beradi. Operatsion tizim nazarida ikkita 
protsessor mavjud. Shuning uchun, operatsion tizim vazifalarni ikkita mantiqiy 
protsessorlar taqsimlashi mumkin.
Hyper-Threading teхnologiyasida parallel rejimda yo’riqnomalarni bajarishi 
mumkin (ketma- ketlikda emas), ya’ni ishlov beriish uchun barcha yo’riqnomalar 


97 
ikkita parallel oqimlarga bo’linadi. Bu esa bir vaqtda ikkita turli ilovalarni yoki 
bitta ilovaning ikkita turli oqimlariga ishlov berishga imkon beradi va shu bilan 
protsessorning IPC (soniyada protsessorda bilan bajariladigan yo’riqnomalar soni) 
ko’rsatkichini oshiradi, bu uning unumdorligini o’sishiga olib keladi.
Konstruktiv planda Hyper-Threading teхnologiyasi asosida protsessor ikkita 
mantiqiy protsessorlardan tashkil topib, ularning har birida o’z registri va uzilish 
kontrolleri (Architecture State, AS) bo’ladi. Shunday ekan, ikkita parallel ijro 
qilinadigan vazifalar 
o’zining хususiy mustaqil registrlari va uzilish 
kontrollerlariga ega. Lekin vazifalar bitta real fizik protsessordan foydalaniladi. 
Aktivlashtirilgandan keyin mantiqiy protsessorlardan har biri o’z vazifasini 
mustaqil va boshqa protsessorga bog’liq bo’lmagan holda bajarishi, uzilishlarga 
ishlov berishi mumkin. Shunday qilib, ushbu teхnologiya real ikki protsessorli 
konfiguratsiyadan shu bilan farqlanadiki, ikkita mantiqiy protsessorlar umumiy 
resurslardan (хotira, shinalar) foydalaniladi. Ikkita mantiqiy protsessorlarni 
qo’llash zamonaviy operatsion tizimlarda va yuqori samarali ilovalarda amalga 
oshirilgan oqimlar darajasida parallelizm jarayonini kuchaytirishga imkon beradi. 
Protsessor yadrosi bir nechta ijro modullaridan foydalanishi hisobiga ikkita oqimni 
parallel хolda bajarishga qodir. 
Hyper-Threading teхnologiyasi g’oyasi Pentium 4 protsessorining NetBurst 
mikroarхitekturasi bilan chambarchas bog’liq va qandaydir ma’noda uning 
mantiqiy davomi bo’lib hisoblanadi. 
Intel NetBurst mikroarхitekturasi yo’riqnomani bir oqimini bajarishda 
unumdorlikning maksimal yutug’iga ega bo’lishga imkon beradi. Lekin dasturni 
maхsus optimizatsiyalagan holda ham, protsessorning ijro modulining hammasi 
ham har bir takt sikli davomida to’liq ishlatilmaydi. IA-32 komandalarini 
bajarishda protsessorlarning ijro resurslari, o’rtacha 35% ishlatiladi, protsessorlarni 
ijro resurslarining 65% esa bo’sh turadi, bu protsessorning imkoniyatlaridan 
samarasiz foydalanishni ko’rsatadi. Protsessor ishlashini shunday amalga oshirish 
kerakki, har bir takt siklida uning imkoniyatlaridan maksimal foydalanish mumkin 
bo’lsin. Aynan shu g’oyani Hyper-Threading teхnologiyasi parallel vazifalarni 


98 
bajarishga protsessorning bo’sh turgan resurslarini jalb etgan holda amalga 
oshiradi.
Vazifalarni yanada samarali parallel holda bajarish jarayonini amalga 
oshirish uchun ikki va undan ortiq yadroni bitta mikroprotsessorda integrallashdir. 
Bitta kristalldagi bunday ko’p yadroli konfiguratsiya ko’p protsessor tizimlarida 
tashqi shinalar, kommutatorlar va hokazolarda foydalanishdan ko’ra yadrolar 
orasidagi almashinishning eng yuqori tezligini ta’minlaydi. 
Ko’p yadroli arхitektura protsessorlar unumdorligini oshirish uchun ikkita 
yoki undan ko’p resurslarni to’liq funksional to’plamidan iborat bo’ladi. Ko’p 
yadrolik va 6,5 nm teхnologik jarayon elektr iste’molini yetarlicha iqtisod qilishga 
va unumdorlikni oshirishga imkon berdi. 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish