ax2 + bx + с = 0 tenglamani EHM da yechish dasturi
|
a, b, с koeffitsientlar, aniqlik E
|
x1, x2
|
Berilgan aniqlikdagi echim
|
ax2 + bx + с = 0 tenglamani yechish
|
a, b, с koeffitsientlar,
|
Formula x12 =
-b±^b2-4ac 2 a
|
To'g'ri formula
|
Elektromotor
|
Elektr toki
|
Rotorning
aylanishi
|
Berilgan chastotada aylanish
|
Gulxan
|
O'tin
|
Issiqlik, yorug'lik
|
Berilgan miqdordagi issiqlik va yorug'lik
|
Savdo
|
Mahsulotlar, buyumlar
|
Pul
|
Pullar yig'indisi = mahsulot qiymatini ta’minlash
|
Byurokrat
|
Qog' oz
|
Qog' oz
|
Maosh
|
Avtomatik boshqarish muammosining mohiyati [1]
Inson turli ehtiyojlarini qondirish uchun turli-tuman texnologiyalarni yaratdi. Bu texnologiyalarning hammasi inson amalga oshirgan maqsadga muvofiq harakatlar to'plamidan iborat. Bunday harakatlarni operatsiyalar deb ataymiz va ularni ikki sinfga ajratamiz: ishchi operatsiyalar va boshqarish operatsiyalari. Ishchi operatsiyalarga jarayonni amalga oshirish uchun bevosita zarur bo’lgam harakatlar, masalan, stanokda detalni qayta ishlashda yupqa metall qatlamni qirqish, dvigatel valining aylanishi kiradi. Ishchi operatsiyalardagi inson mehnatini mashina va mexanizmlarga almashtirishni mexanizatsiya deyiladi, buning maqsadi katta jismoniy energiya sarflashni talab etadigan operatsiyalardan (yer ishlari, yuk ko’tarish); zaharli ishlardan (ximiyaviy, radioaktiv jarayonlar); asab sistemasi uchun toliqtiruvchi ishlardan (detallarni biriktirish-yig’ishda bir xil vintlarni burash, tipik hujjatlarni katta miqdorda to’ldirish, katta hajmdagi standart hisib-kitoblarni bajarish va h.) insonni ozod qilishdir.
Ishchi operatsiyalarni to’g’ri va yuqori sifatli bajarish uchun ularni boshqa turdagi harakatlar - boshqarish operatsiyalari bilan yo’naltirib turish zarur, bular alohida operatsiyalarni vaqtning zarur momentlarida boshlash, ketma-ketlik tartibi, tugatishni ta’minlaydi, ularni bajarish uchun resurslarni ajratishni ta’minlaydi, jarayonning o’ziga kerakli parametrlarni: yo’nalish, tezlik, ishchi asbobning tezlanishi, temperatura, ximiyaviy jarayondagi kontratsiya va h. beradi. Boshqaruvchi operatsiyalarning to’plami boshqarish jarayonini tashkil etadi.
Boshqarish operatiyalarini ham qisman yoki to’la texnikaviy qurilmalar bajarishlari mumkin. Boshqarish operatsiyalarida inson mehnatini almashtirishni avtomatlashtirish deyiladi, boshqarish operatsiyalarini bajaruvchi texnikaviy qurilmalarni avtomatik qurilmalar deyiladi. Berilgan jarayonni bajaruvchi texnikaviy vositalar - mashinalar, mehnat qurollari, mexanizatsiyalsh vositalarining to’plami boshqarish nuqtai nazaridan boshqarish ob’ekti hisoblanadi. Boshqarish vositalari va boshqarish ob’ektlarining to’plami boshqarish sistemasini tashkil etadi. Hamma ishchi va boshqaruvchi operatsiyalari avtomatik qurilmalar bilan bajariladigan boshqarish sistemalarini avtomatik boshqarish sistemalari (ABS) deyiladi. Operatsiyalarning faqat ma’lum qismi avtomatlshtirilgan, qolgan qismi esa (odatda eng mas’uliyatli qismi) odamlarga qoldirilgan boshqarish sistemasini avtomatlshtirilgan (qisman avtomatik) boshqarish sistemasi (ABS) deyiladi.
Boshqarish ob’ektlari va vositalari bo’lib texnikaviy jarayonlar va agregatlat, agregatlar guruhi, tsexlar, korxonalar, odamlar jamoasi va tashkilotlar va h. hisoblanadilar.
Har qanday texnikaviy jarayon ko’rsatkichlar, koordinatalar, ba’zan esa parametrlar deb ataluvchi fizikaviy kattaliklar to’plami bilan tavsiflanadilar. Parametr so’zini, terminini ishlatmasligimiz ma’qul, negaki, bu termin bilan qurilmalarning o’zini fizikaviy doimiylarini belgilanadi. Boshqarishni amalga oshirish va boshqariladigan sistemalarni tuzish uchun ikki turdagi bilimlar kerak bo’ladilar: birinchidan, berilgan jarayonning va uning texnologiyasining konkret ilmi, ikkinchidan, turli-tuman ob’ektlar va jarayonlar uchun umumiy bo’lgan boshqarish printsiplari va metodlarini bilish. Konkret va maxsus bilimlar talab etilgan natijani olish uchun sistemada nimani va qanday o’zgartirish kerakligini aniqlab berishga imkon beradilar. Bularning hammasini texnologlar tomonidan berilgan deb hisoblaymiz va xususiy xossalardan abstraktsiyalanib, boshqarishning umumiy qonunlarini va metodlarini, ularni amalga oshirish usullarini o’rganamiz.
Avtomatlashtirishda boshqarish operatsiyalarining turli ko’rinishlariga zaruriyat yuzaga keladi. Boshqarish operatsiyalarining ko’rinishlaridan biriga berilgan operatsiyani boshlash (ulash), tugatish (uzish) va bir operatsiyadan boshqasiga o’tish (qayta ulanish) kiradi. Bu ko’rinishdagi operatsiyalarning turlicha aspektlari qayta ulovchi qurilmalar nazariyasida va qisman jadvallar (masalan, darslar jadvali) nazariyasida qaraladi, bular boshqa fanlar predmetiga tegishli.
Operatsiyalarning boshqa guruhi koordinatalarni nazorat qilish bilan bog’liq bo’lib, ular yo’l qo’yilgan chegaralardan chiqib ketmaganligini aniqlashdan iborat. Operatiyalarning bu guruhini avtomatik nazorat nazariyasida qaraladi.
Jarayonni to’g’ri va yuqori sifatli olib borishda uning ba’zi koordinatalaridan - boshqariladigan koordinayalari - ma’lum chegaralarda saqlab tirilishi yoki ma’lum qonun bo’yicha o’zgartirib turish zarur. Shuning uchun boshqarish operatsiyalarining uchinchi guruhini - koordinataning berilgan qonunda o’zgarishini ta’minlash bo’yicha operatsiyalarini avtomarik boshqarish nazariyasi da o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |