Boshqarishda iqtisodiy kriminalistika masalasi va yechimi. Kirish 1 Bob. Iqtisodiy kriminalistika haqida tushuncha


Jinoyatlarning alohida turlarini tergov qilish metodikasi



Download 27,47 Kb.
bet6/11
Sana13.05.2020
Hajmi27,47 Kb.
#50448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Boshqarishda iqtisodiy kriminalistika masalasi va yechimi kurs ishi XUDOYBERGANOV H

Jinoyatlarning alohida turlarini tergov qilish metodikasi.

Jinoyatning alohida turlarini tergov qilish – bu jinoyatning har bir turiga tegishli o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olib tergov qilish, ularni ochish va oldini olishda qo‘llaniladigan ilmiy qoidalar, texnik vositalar, taktik usullar va metodik qoidalar (tavsiyalar) majmuidir. Qo‘llaniladigan vositalar, usullar va tavsiyalar bir jinoyatni tergov qilishda samarali bo‘lishi mumkin. Masalan qotillik jinoyatiga nisbatan qo‘llanilgan usul boshqa jinoyatlarni, aytaylik iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilishda samara bermasligi mumkin. Tavsiya qilingan metodika har bir jinoyatni tergov qilish, ochish va oldini olish protsessida eng qulay natijalarga erishish uchun maqsadga muvofiq vosita, usul va metodik qoidalarni tanlash imkoniyatini beradi.


    1. Iqtisodiy boshqaruvda poraxo‘rlikning kriminalistik tavsifi

Poraxo‘rlik har doim mansabdor shaxsning xizmat vazifalarini o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida suiiste’mol qilishi bilan bog‘liq va ko‘pgina hollarda yashirincha, guvohlarsiz yuz beradi.

Poraxo‘rlikda jinoyat sub’ektlarining odatiy aloqa sxemasi quyidagicha:

1) pora beruvchi – pora oluvchi,

2) pora beruvchi – vositachi – pora oluvchidan iborat.

Masalan, savdo sohasidagi poraxo‘rlikda ko‘pincha pora oluvchining bir necha vositachi bilan aloqasi bo‘ladi. Bunda vositachilar mustaqil, ba’zan esa o‘zaro xizmat bilan bog‘liq bo‘ladilar. Vositachi o‘zining ulushini olgan holda jinoyatni sir tutishga harakat qiladi va odatda poraxo‘rlik tashabbuskorining ishonchli odami bo‘ladi. Bu aloqa bajarilishi jarayoni nihoyatda sir saqlanadi. Poraxo‘rlar pora beruvchi jinoyat ustida qo‘lga tushganda qanday bahona to‘qishini avvaldan kelishib qo‘yadi. Jinoyatni yashirishning turli usullari bor: «sovg‘a qilish», «qarz berish», korxonaning shtatiga ishchi, xodim sifatida qabul qilish va maosh to‘lash yoki moddiy rag‘batlantirish va hokazo.

Poraxo‘rlikning natijasi har doim ham moddiy qayd qilinmaydi. Ammo bir qator vaziyatlarda jinoyatga aloqador shaxslarning barmoq izlari pora predmetida, o‘ramda qoladi, ba’zan esa poraxo‘rlikning boshqa izlari ham saqlanib qoladi (tovar cheklari, etiketkalar, pul, qimmatbaho narsalar, jinoyatchilarning shaxsiy yozuvlari va boshqalar).

Poraxo‘rlik ko‘pgina hollarda davlat yoki jamoat mulkini talon-taroj qilish, xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish va boshqa jinoyatlar bilan bog‘liq.

Poraxo‘rlikning kriminal tavsifi jinoyat sodir etishning quyidagi tipik holatlari bilan bog‘liq o‘zaro aloqasi shakllari:

a) pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlovchi noqonuniy harakatlar bilan bog‘liq poraxo‘rlik;

b) pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlovchi qonuniy harakatlar bilan bog‘liq poraxo‘rlik, masalan: uy-joy yoki biror mablag‘ olishni tezlashtirish maqsadida;

v) vositachilarsiz pora berish va olish

g) vositachilar yordamida pora berish va olish;

d) ta’magirlik yo‘li bilan pora olish;

e) ta’magirliksiz pora olish.

Tipik tergov vaziyatlari, versiyalari va tergovni rejalashtirish

Poraxo‘rlik haqidagi jinoyat ishi jamoatchilik, mansabdor shaxslar vakillarining ma’lumotlariga ko‘ra, fuqarolarning arizalari, matbuotdagi xabarlar va IIO organlarining tezkor-qidiruv tadbirlari orqali amalga oshiriladi. Tergovchi, jinoyat ishi qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilarkan, yuz bergan tergov vaziyati va boshlang‘ich ma’lumotlarni baholaydi va ularga asosan versiyalar ishlab chiqadi hamda tergov rejasini tuzadi. Poraxo‘rlikni tergov qilishning tipik vaziyatlariga quyidagilar kiradi: Poraxo‘rlikni tergov qilishning dastlabki bosqichidagi tipik vaziyatlar va tergovchining xatti-harakatlari. Pora oluvchi va pora beruvchi o‘zaro kelishib harakat qilgan: 1. Jinoyat haqidagi axborot tezkor manbalardan tushgan: а) Guvohlarni so‘roq qilish; б) Xujjatlarni olib qo‘yish va ko‘zdan kechirish; в) Surishtiruv organlariga tezkor qidiruv choralarini omalga oshirishni topshirish;

г) Pora beruvchi va pora oluvchini ashyoviy dalillar bilan ushlash; ularni shaxsiy tintuv qilish; д) Poraxo‘rlarning yashash joyida tintuv o‘tkazish va uning mol-mulkiga band solish; е) Gumon qilinuvchilarni so‘roq qilish. 2. Poraho‘rlik fakti haqidagi axborot rasmiy manbaalardan tushgan. Poraxo‘rlarga ularning harakatlari bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari qiziqayotganligi ma’lum: а) Guvohlarni so‘roq qilish; б) Hujjatlarni olib qo‘yish va ko‘zdan kechirish; в) Surishtiruv organlariga tezkor qidiruv choralarini omalga oshirishni topshirish; 3. Keyingi tergov haraktalari: a. tanib olish uchun ko‘rsatish; b. guvohlarni so‘roq qilish; c. ayblanuvchilarni so‘roq qilish; d. yuzlashtiri; e. sud ekspertizalarini tayinlash. Ma’lum bir mansabdor shaxs tomonidan pora olinganligi haqida aniq dalil mavjud bo‘lsa. Bunday hollarda, odatda, jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi va tergov rejasi tuziladi. Boshlang‘ich tergov jarayonida: а) guvohlarni so‘roq qilish, mansabdor shaxs tomonidan pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlovchi harakatlar qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qo‘yish va ko‘zdan kechirish; б) pora beruvchini ushlash va so‘roq qilish; sheriklarni tintuv qilish, pora predmetini ko‘zdan kechirish; в) yuzlashtirish, kriminalistik ekspertiza tayinlash, kerak bo‘lsa hujjatlarni sud-dastxat yoki kriminalistik texnik o‘rganish, tovarshunoslik ekspertizasi tayinlash, tintuv paytida shubhalanuvchidan olib qo‘yilgan narsalarning turi va sifatini aniqlash, sud-buxgalteriya ekspertizasi tayinlab, mablag‘ to‘lovlari to‘g‘riligini hisobga olish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish lozim. Tergov harakatlari bilan ayni vaqtda poraxo‘rning sheriklarini va har bir shaxsning jinoyatdagi rolini aniqlash maqsadida tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkaziladi.

Eslatma! Ma’lum bir mansabdor shaxsga pora va’da qilinganligi yoki berilishi haqida ma’lumotlar bor bo‘lsa, bunday holatda jinoyat ishi qo‘zg‘atishga asosni boshlang‘ich tekshiruvdan o‘tkazish, mansabdor shaxsning aloqalarini tekshirish, uning pora beruvchi manfaatini ko‘zlagan holda xizmat doirasi imkoniyatlari va harakatlarini aniqlash, pora beruvchi va pora oluvchini jinoyat ustida qo‘lga tushirish bo‘yicha tegishli tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish zarur.

Bunday vaziyatda boshlang‘ich tergov harakatlari quyidagicha tus oladi:

а) da’vo qiluvchini so‘roq qilish;

б) jinoyat ustida qo‘lga tushirish;

в) pora oluvchining uy-joyi va ish xonasida tintuv o‘tkazish;

г) pora predmetlarini ko‘zdan kechirish;

д) guvoh va shubha ostidagilarni so‘roq qilish;

е) ekspertizalar tayinlash.

Porani tamagirlik yo‘li bilan olinganligi haqida dalillar mavjud bo‘lsa, olingan ma’lumotni dastlabki tekshiruvdan o‘tkazish zarur. Haqiqatdan ham pora oluvchi o‘ziga tobe shaxsni uning noqonuniy talablarini qondirishga majbur qiluvchi sharoit yaratganligini aniqlash zarur. Mansabdor shaxsga nisbatan ig‘vogarlik bor-yo‘qligini aniqlab, jinoyat ishi qo‘zg‘atish va tergov o‘tkazish haqida qaror qabul qilish zarur. Dastlabki tergov vaqtida kriminal hisobotlar, arxiv materiallaridan foydalaniladi, tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkaziladi. Tergovchi mansabdor shaxsning vakolati bilan tanishadi, da’vo qiluvchi va boshqa shaxslardan tushuntirishlar oladi, zarur hollarda mansabdor shaxsning ma’lum bir muddatdagi mehnat faoliyatini tekshirish maqsadida reviziya yoki inventarizatsiya tashkil qiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan vaziyatda quyidagi boshlang‘ich tergov harakatlari amalga oshiriladi:

а) arz qiluvchi va boshqa guvohlarni so‘roq qilish;

б) poraxo‘rni jinoyat ustida qo‘lga olish;

в) uni tintuv qilish va so‘roqqa tutish;

г) pora predmetlarini ko‘zdan kechirish;

д) hujjatlarni olib qo‘yish va ko‘zdan kechirish;

е) shubha ostidagilarni so‘roq qilish;

ж) yuzlashtirish;

з) ekspertizalar tayinlash.

E’tibor qiling! Ma’lum bir mansabdor shaxsga pora va’da qilinganligi yoki berilishi haqida ma’lumotlar bor bo‘lsa, bunday holatda jinoyat ishi qo‘zg‘atishga asosni boshlang‘ich tekshiruvdan o‘tkazish, mansabdor shaxsning aloqalarini tekshirish, uning pora beruvchi manfaatini ko‘zlagan holda xizmat doirasi imkoniyatlari va harakatlarini aniqlash, pora beruvchi va pora oluvchini jinoyat ustida qo‘lga tushirish bo‘yicha tegishli tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish zarur.

Mazkur holat yuzasidan, buxgalteriya hujjatlarini to‘g‘ri va qonuniy hujjatlashtirishni tekshirish uchun sudbuxgalteriya ekspertizasini tayinlash lozim.

Poraxo‘rlikni tergov qilish jarayonida quyidagi versiyalar yuzaga keladi va tekshiriladi:

а) poraxo‘rlik haqiqatdan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atishga asos bo‘luvchi materiallarda ko‘rsatilgan sharoitlarda sodir bo‘lgan;

б) poraxo‘rlik sodir etilgan, ammo soxta mansabdor-firibgar shaxsga berilgan; в) pul mansabdor shaxsga qonuniy ravishda berilgan (qarzni qaytarish), pora haqida ariza – vijdonan yanglishgan;

г) mansabdor shaxsga pora berilmagan, chunonchi, noqonuniy talabni bajarishdan bosh tortgani uchun unga tuhmat qilingan;

д) mansabdor shaxs boshqa shaxsning manfaatlarini ko‘zlab ma’lum bir xizmat harakatlarini amalga oshirgan va pora olmagan.


Download 27,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish