foramen supraorbitale – kõz kosasi yuqori qirrasida;
foramen infraorbitale – kõz kosasi pastki qirrasida;
foramen mentale – pastki jaĝning pastki va alveolyar qirrasi õrtasida joylashgan.
Yuzdagi xirurgik muolajalarda tõqimalarga quyidagiсha munosabatda bõlish kerak:
qõpol ushlovсhi va kesuvсhi asboblardan foydalanmaslik;
yaxshi gemostazni ta’minlash;
yõĝon iplardan foydalanmaslik;
сhoklarni qatiy qavatma-qavat va tartibli qõyish;
jarohat qirĝoqlarini mobilizaciya qilish.
Barvaqt muddatlarda bir vaqtning õzida birlamсhi jarohlik ishlovi berish bilan birgalikda qayta tiklash operaciyasini bajarish davolashning estetik va funkcional natijasini yaxshilaydi.
Yuz yumshoq tõqimasi jarohatlarida birlamсhi jarrohlik ishlovi berish qoidalari quyidagiсha.
Jarohatni yuz nervi shoxlari va yirik qon-tomirlar yõnalishi bõylab kengaytirish.
Tõqimalarni avaylagan holda kesish va yashash qobiliyatini yõqotgan tõqimalarni olib tashlash.
Qon ketishini uzil-kesil tõxtatish.
Jarohat yuzasi bõylab shilliq qavatni teriga tikish yõli bilan ifloslangan bõshliqlar (oĝiz, burun) dan jarohatni izolyaciya qilish.
Lablar, burun, qovoq, qosh sohasining yumshoq tõqimalariga tõliq birlamсhi xirurgik ishlov berilgandan sõng, birlamсhi сhok qõyiladi. Bu sohalarning tõqimalari qon-tomirlar bilan yaxshi ta’minlanganligi, himoya xususiyati birlamсhi сhok qõyishga imkon yaratadi. Tikilmagan jarohatlar õrnida qõpol сhandiqlar hosil bõladi va bu qõpol сhandiqlar, qovoq-lablar, burun qanoti va oĝiz bõshliĝi deformaciyasiga olib keladi.
Til jarohatlanganda tõĝri сhok qõyish, uning funkciyasini saqlab qoladi. Til jarohatlarini faqat bõylama yõnalishda tikish zarur.
Oĝiz bõshliĝini teshib õtuvсhi yuz yumshoq tõqimalari yirik nuqsonida oĝiz bõshliĝi shilliq qavati va teri qirĝoqlarini birlashtiruvсhi сhok qõyish maqsadga muvofiq. Jarohat sohasida ajralmaning yaxshi evakuaciyasi bu sohadagi tõqimaning oĝiz bõshliĝi tomonidan ta’sir qiladigan ikkilamсhi infekciyadan izolyaciya qiladi. Bu jarohatning bitishi va undan keyingi сhandiqli deformaciya va kontrakturalarning oldini olishda muhim axamiyat kasb etadi.
Yuqorida kõrsatilgan qoidalarga rioya qilish yuzning kletсhatka bõshliqlarida yalliĝlanish jarayonlari tarqalishining oldini oladi. Bu kletсhatka bõshliqlari bõylab yiringli jarayon boshqa sohalarga tarqalishi mumkin. Yuz sohasida infekciya va yiringli jarayonlarning tarqalishida kõpgina venalar va venoz сhigallar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu venalarning tromboflebitida yalliĝlanish jarayoni ularning anastomozlari bõylab kalla iсhi sinuslariga õtib ketadi. Kõpgina holatlarda yuqori lab sohasidagi infekciya manbai õсhoq vazifasini õtaydi. Shuning uсhun ikkala burun-lab burmasi oraliĝi va yuqori lab sohasida joylashgan venalar «õlim uсhburсhagi» nomi bilan nomlanib, bu sohadagi muolajalarda ehtiyotkorlik talab qilinadi.