Boshlovchi: Qadrli bolalar bugun sizlar bilan 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bayramini nishonlash uchun yig’ildik. Barchangizni ushbu bayram bilan tabriklayman. Bugun yozning 1-kuni, yozning tug’ilgan kunidir



Download 21,04 Kb.
Sana23.07.2022
Hajmi21,04 Kb.
#842639
Bog'liq
Boshlovchi


Boshlovchi: Qadrli bolalar bugun sizlar bilan 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bayramini nishonlash uchun yig’ildik. Barchangizni ushbu bayram bilan tabriklayman. Bugun yozning 1-kuni, yozning tug’ilgan kunidir. Bolajonlar qaranglar davramizga mehmon bo’lib YOZ kirib kelayapdi-ku! Keling boljonlar barchamiz Yozni yug’ilgan kuni bilan tabriklaymiz. Barchamiz unga raqsga tushib beramiz. Ommaviy raqs 1-iyun qo’shig’i.
Boshlovchi: Yoz kel, mana bu yerga o’titib ol. Bolalar bugun yana raqslar va she’rlar tayyorlab kelishgan. Tomosha qilamiz.

Kumush:
Bolalikning sofligin
Shalolaga qiyoslar
Baxtimizni kuzatib
Chaqnab ketar quyoshlar

Ko’nglimizda hayajon


Xurramlik katta boylik
Bolalikning qadriga
Bolalikda yetaylik

Sevinch:
Tinch bo’lsin yer kurrasi
Olov qalblar gullasin
Madhiyadir olamga
Bolalarning ,,urra”si

Kamron:
Ko’rkam vatan qo’ynida
Ochildi gul lolalar
Madh etamiz shodlikni
Biz baxtiyor bolalar

Osmonimiz musaffo
Tiniq otar tongimiz
Kelajakka nur sochar
Yolqin misol ongimiz

Malika:
Ey so’zlari biyronim
Chopqillagan jayronim
Erkatoyim palvonim
Bolajon, bolajonim

Hilola:
Sizlar lola yanoqsiz
Chin ko’ngildan inoqsiz
Bulbul-u qarqinoqsiz
Bolajon, bolajonim.

Boshlovchi: Yoz kel bolalarga topishmoqlar beramiz. Bolajonlar o’ylab jovob bering.
U tushganda dala qir,
kuladi qiqir-qiqir. (Yomg’ir)

Qo’lsiz oyoqsiz eshik ochar. (Shamol)

O’yib oldim yuzi yo’q. (suv)

Ko’zga ko’rinmas, qo’lga ilinmas,


Usiz hech joyda hayot ham bo’lmas. (havo)

O’ktam:
Siz kelajak egasi
Baxt bog’imiz mevasi
Chamanlarning jilvasi
Bolajon, bolajonim

Oydinoy:
Tezda o’sib uningiz
Shod o’tsin har kuningiz
Kulib tursin yuzingiz
Bolajon, bolajonim

Aziz:
Ulug’ odam bolasi
Bo’lmasin desangiz xor
Otalar tinglang bizni
Tinchlik bo’lsin barqaror

Biz shodlikning hamdami


Kerak quyosh tinchlik nur
Kesing terrorning damin
Yashasin bolalar hur.

Tohir:
Otalar o’ylang bizni
Bizlar gulmiz lolamiz
Bizlar butin yer yuzin
Kelajagi bo’lamiz

Boshlovchi: Endi navbat o’g’il bolalar raqsiga ,,Choyxona” qo’shig’i

Abdurahmon:
Bizlar oqmiz qoramiz
Rangimiz turli tuman
Lekin asl saramiz
Bizla go’zal har chaman.

Dunyo bo’lsa biz uzuk


Bizlar yoqut ko’zimiz
Jahonga bo’lsin suyuk
Baxt atalgan so’zimiz.

Akobir:
Ummonlarning toshqini
Sho’xligimizcha emas
Biz jo’shqinlar jo’shqini
Shamol qiladi havas

Ko’zlarida chaqnar iqbol


O’sha mening ko’zimdir
Shirin shakar so’zlari bor
O’sha mening so’zimdir.

Temur:
Yuzlaridan yog’ar yog’du
O’sha mening yuzimdir
Baxtiyordir bolakay bu
O’sha mening o’zimdir.

Jamshid:
Bolaligim eng beg’ubor
Eng beg’ubor fasldir
Bolaligim so’nmas bahor
Bahosi yo’q asldir.

Bolaligim kuylar Shirin


Aylanganmi havoga
Bolalikning kuyi bugun
Taralmoqda havoga

Aziz:
Bolalikdir uning nomi
Quyosh bilan oshno u
Tinim bilmas qaynar oni
Turna ko’zli chashma u.

Boshlovchi: Qiz bolalar raqsiga navbatni beramiz. Bolajon qo’shig’i

Akobir:
Boli navvot ichra o’sgan
Qaynoqligim bolalik
Barcha-barcha jonzot bilan
O’rtoqligim bolalik

Bizlar butun dunyoda


Eng baxtiyor bolamiz
Zamonaviy bog’chada
Biz tarbiya olamiz.

Sabrina:
Bog’chamizda turli xil
O’yinchoqlar juda ko’p
Barchamiz shodon ahil
O’ynaymiz shodon xo’p.

Nozim:
Shamolga ham bo’y bermagan
O’ynoqligim bolalik
Shodlik to’la oshufta shan
Quvnoqligim bolalik.

Iroda:
Vatanni bog’ qiyos qilsam
Unda gulu lolalar
Bolaligim endi balsam
Sho’x-u shodon bolalar.

Zarina:
Quloq tuting deyman bir on
Bolalik so’zlar choqda
Yuragida orzu armon
Bir qo’shiq kuylamoqda

Asad:
Bolalik eng beg’ubor
Gard yuqmagan fasldir
Toza ko’ngil keng beg’ubor
Niyati soft asldir.

Boshlovchi: Bolalar biz yaxshi vat inch yashashimiz uchun osmonimiz musaffo yerimiz go’zal gular va o’simliklarga, meva-yu sabzavotlarga boy bo’lishi. Ariq va daryolarimizda suv oqib turishi uchun doi, ona tabiatinizni asrashimiz unga to’g’ri munosabatda bo’lishimiz lozim. Bizdan keyin keladigan avlodlarga ham go’zal tabiatni qoldirishimiz kerak. Yana bir bor barchangizni bayram bilan tabriklayman. Vatanimizda barcha yaxshi narsalar bolalar, yani sizlar uchun yaratilayotganini eslatib o’taman. Barchangizni quvnoq raqsga taklif qilaman.

Hay’at azolari:


Direktor: _______ ______________________
Metodist: ________ _____________________
Tarbiyachi: _______ ____________________
Download 21,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish