Boshlang‘inch ta’lim



Download 2,62 Mb.
bet1/2
Sana28.01.2022
Hajmi2,62 Mb.
#414886
  1   2
Bog'liq
Abdullayeva Irodaning matematika


“Boshlang‘inch ta’lim” yo‘nalishi 195-guruh talabasi Abdullayeva Iroda Rajabboy qizi

1-Bilet

  1. Nomanfiy butun sonlarni qo‘shish amalining aksiomatik ta’rifi. Qo‘shish qonunlari.

  2. 2, 3, 4, 5, 9, 10, 25 ga bo‘linish alomatlari.






JAVOBLAR


  1. Nomanfiy butun sonlarni qo‘shish amalining aksiomatik ta’rifi. Qo‘shish qonunlari.

Bоshlang`ich sinflardagi ta’lim-tarbiyaning maqsad va vazifalari o`rganilishi lоzim bo`lgan matеrialning mazmuni va tuzilishini bеlgilaydi. O`qish dasturini tuzishda g`oyaviy- estetik, mavsumiy, tadrijiy asoslar hisobga olinadi. O`quv materiallari bolalarga ta’lim berish, ularni tarbiyalashda muhim bo`lgan borliq haqidagi bilimlar va insoniy munosabatlarni o`z ichiga oladi.
O`quvchilarni badiiy, adabiy asarlar bilan tanishtirish orqali kitobxonlik madaniyatini tarkib toptirish o`qish dasturlarining tub mohiyatini tashkil etadi. O`tmishda xalqimiz boshidan kechirgan muhim voqea-hodisalar aks ettirilgan asarlarni o`qish orqali o`quvchilarda tarixiy bilimlar shakllana boradi. Ona yurt daxlsizligi yo`lida ajdodlarimiz olib borgan mardonavor kurashlar tarixi haqida hikoya qilingan asarlar bolalarda vatanga muhabbat tuyg`ularini tarbiyalaydi. Boshlang`ich ta’lim o`quv dasturidan o`rin olgan vatan mavzusidagi asarlar o`quvchilarni mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy madaniy - ma’rifiy hayoti va xalqimizning bunyodkorlik yo`lidagi olib borayotgan ishlari bilan tanishtirishga yordam beradi.
Dasturning vatanga, inson e’tiqodi va ma’naviyatiga bag`ishlangan mavzularini o`rganish o`quvchilarni ma’naviy-axloqiy tuyg`ularni tarbiyalashda alohida o`rin tutadi. Istiqlol tufayli erishgan yutuqlarimiz haqidagi asarlar milliy g`urur tuyg`ularini tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu jihatdan boshlang`ich sinflarda o`quvchilar “O`qish va nutq o`stirish” dasturi asosida tuzilgan “O`qish kitobi” darsliklari orqali ko`plab xalq og`zaki ijodi asarlaridan namunalar bilan tanishadilar. Boshlang`ich sinf “O`qish kitobi” darsligi ham “O`qish va nutq o`stirish” dasturi Davlat ta’limi standarti talablariga javob beruvchi konsepsiya asosida tuzilgan. Unda g`oyaviy, tematik, estetik, qisman mavsumiy tizimlar hisobga olingan. U o`z navbatida bolaning tevarak atrofdagi voqelikni idrok etishni ko`zda tutadi. Darsliklarda o`quvchilar sevib o`qiydigan xalq og`zaki ijodi asarlariga ham keng o`rin berilgan. Xalq tomonidan yaratilgan og`zaki badiiy adabiyotga folklor deyiladi. “Folklor” asli inglizcha so`z bo`lib, “Folk”-xalq, “Lore”-donolik so`zlaridan yasalgan bo`lib, “Xalq donoligi”, “Xalq donishmandligi” ma’nolarini anglatadi. O`zbek xalq og`zaki ijodi xilma-xil janrlardan tarkib topgan og`zaki so`z san’ati bo`lib, o`bek xalqining dunyoqarashi, badiiy zavqi ijodiy salohiyati, orzu va intilishlarini aks ettiradi. Xalq og`zaki ijodi ertak, doston afsona, rivoyat, qo`shiq, lapar, masal, maqol, topishmoq, latifa va naqllarni o`z ichiga oladi.
Xalq og`zaki ijodi materiallarida ijtimoiy hodisalar, kurashlar vatanni dushmandan mudofaa qilish, xalqning orzu-umidlari, urf-odatlari, rasm-rusmlari, marosimlari va boshqa turmush hodisalari ifodalanadi. Boshlang`ich sinf o`quv dasturlari o`qish darslari oldiga o`quvchilarni yaxshi o`qish sifatlariga ega etishdek murakkab vazifani qo`yadi. Bunday vazifalarni to`laroq amalgam oshirishda xalq og`zaki ijodi materiallari katta ahamiyatga ega. O`quvchilar tabiatan maqol, topishmoq va ertaklarni sevadilar, ularni zo`r qiziqish bilan o`qib o`rganadilar. Bundan tashqari xalq og`zaki ijodi qadimdan tarbiya manbai hisoblangan.
Boshlang`ich sinf o`quvchilari eng avvalo ertaklar bilan tanishadilar. Ma’lumki, ertaklar xalq og`zaki ijodiyotining eng qadimiy ommaviy va keng tarqalgan jannrlardan biridir.Ertak atamasi Mahmud Qoshg`ariyning XI asrda yozilgan ”Devonu lug`atit turk” asarida ”etuk” shaklida uchraydi va biror voqeani og`zaki tarzda hikoya qilish ma’nosini bildiradi. Hozirgai folkloristik atama sifatida ertak so`zi qabul etilgan bo`lsa-da, Surxondaryo, Samarqand, Farg`ona ob’ektlarida matal deb yuritiladi. Ertaklar xalq og`aki ijodining epik turiga kiradi. Uning o`ziga xos xususiyati-voqeabandligi, biron voqeani mukammal hikoya tarzida bayon qilinishidir. Ertaklar turmush voqeligini ajoyib va g`aroyib, jozibali qilib aks ettiradi.
Ertak folklor asari. Shuning uchun ham xalq og`zaki ijodiga xos ijodiy maxsul bo`lib, ko`pchilik tomondan aytilishi, og`zaki yo`l bilan tarqalishi, an’anaviylik, ijodchisining noma’lumligi-anonimlik, bir syujetning xalq orasida bir qancha variantlarda ijro etilishi-ertaklarga xosdir. Turli davrlarda ertaklar ham turlicha o`garishlarda uchrab kelgan. Shu sababdan ertaklarning g`oyaviy yo`nalishi, kompozitsiyasi, qahramonlarining vazifalari o`zgarib, yangidan-yangi versiyalar yuzaga kelib turadi. Buning ustiga har bir ertak aytilganda ijrojining ijodiy qobiliyati, dunyoqarashi, turmush voqeligini aks ettira olishi, ertak an’analarini qay darajada bilishi, tarbiyasi, psixologik holatlariga qarab turib yangidan tug`iladiki, natijada bir ertakning o`zi bir necha variantlarda xalq orasida yashab yuradi.
Ertaklarning badiiy shakli va poetikasi o`ziga xos bo`ladi. Fantastik uydirmalar, hayot haqiqati bilan aloqador bo`lib, qadimiy tushuncha, urf-odat, marosimlarning o`zlarini o`zida aks ettiradi. Ertak ijrochiligining xarakterli belgilaridan biri shundaki, hikoya qilinayotgan voqea va hodisalar aytuvchi va tinglovchi tomonidan ”Bo`lgan voqea” deb emas, balki, ”Muqarrar bo`lmagan hodisalar” deb tushuniladi. Shuning uchun ham ertaklarda voqea va hodisalarda bo`lib o`tgan o`rni va zamoni nooaniq umumiy tarzda ifodalanadi. Bundan tashqari, ertaklarning zamon va makon e’tibori bilan yuzaga kelgan o`rni ham turlicha. Ularning tili va uslubi farq qiladi. U yoki bu ertak qaysi turga taalluqli ekanini aniqlash uchun diqqat-e’tibor bilan mazmunini va asosiy vazifasini belgilash lozim bo`ladi.
Masalan: sehrli ertaklar hamda hayvonlar haqidagi ertaklar bilan ishqiy-sarguzasht tipidagi yoki hajviy ertaklarning mustaqil janr sifatida tashkil topishi ham turli davrlarga to`g`ri keladi. Shuning uchun ham har xil davrda yaratilgan va turli xil jamiyat qatlamlari tizimini o`zida saqlagan ”Kenja Botir”,”Ur to`qmoq”, ”Chol bilan kampir”, ”Bo`ri bilan tulki” kabi ertaklarning syujet tarkibi, xarakteri, obrazlar sistemasi, turli va hikoya qilishi uslubiga o`xshash va farqli tomonlar mavjud. Negaki, ertak o`zining taraqqiyoti davomida ba’zi motiv obrazlarni yo`qotishi, yangi-yangi belgilarni qabul qilishi mumkin, ba’zan esa an’anaviy elementlar yangicha talqin etilgan bo`ladi.
Xullas, har bir ertakning xususiyat tarkibi, uning g`oyaviy mazmuni, badiiy vositalari o`ziga xos xususiyatni ko`rsatib turadi. “Zumrad va Qimmat” yoki “Oltin tarvuz” kabilar asosan sehrli ertaklardir. Biroq asosiy qahramonlar qiyofasi, ularning hatti-harakatlari hajviy ertaklarning bosh qahramonlarini eslatadi. Lekin bu ertaklarda hajviy hajviy ertaklarda bo`lganidek aql idrok, tadbirkorlik uchun emas, aksincha, fantastik uydirmalar, asar yechimida hal qiluvchi vazifalarni o`taydi. Bu belgi ularni hajviy ertaklardan ajratib turadi. Demak, satira va yumorni faqat hajviy ertaklarga xos belgi deb qaramaslik kerak. Chunki satira va yumor sehrli hayvonlar haqidagi ertaklarda ham mavjud. Faqat ularning u yoki bu ertaklardagi mazmun darajasi, ishlatish o`rni, maqsad vazifalarini e’tiborga olish kerak. Shundagina u qaysi ertak turiga xos ekanligi ma’lum bo`ldi.
Ertaklar o`ziga xos kompozitsiyasi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, kirish qismi, boshlama tugallanmalar alohida ko`zga tashlanadi. Kirish qismi avvalo, ertakchining mahoratini ko`rsatadi, qolaversa tinglovchilar diqqatini jamlab, ertak eshitishga hozirlaydi. Boshlama ertakning dastlabki qismini ta’riflaydi.
Ertaklarda an’anaviy boshlama voqeaning qay vaqt bo`lib o`tganini bildirmaydi, noaniq, umumiy tarzda ifodalaydi. “Sizga rost bo`lsin, bizning hayot zamonlarning zamonida, qadimlar ayyomida, bir podshohi zolim bor ekan”. Ba’zan boshlama qisqa bo`ladi. “Bir bor ekan, bir yo`q ekan, bir podachi bor ekan”. Ba’zan esa u voqelik bilan qo`shilib ketadi.
Ko`rinadiki, boshlama bayonida personajlarning kim ekani, kasb, amal, laqablari ma’lum bo`ladi. Demak, hayot haqiqati bilan bog`liq bo`lib fantastik hamda hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, didaktik g`oya tashuvchi og`zaki hikoyalar ertak deb ataladi. Ertaklar obrazlar talqini, g`oyaviy mazmuni va konflikti, sujet va kompozitsiyasi, fantastik uydirmaning o`rni va vazifasi hamda tili va uslubiga ko`ra shartli ravishda hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-maishiy ertaklarga bo`linadi.
O`zbek xalq ertakchilari repertuarlarida hayvonlar haqidagi ertaklar anchagina o`rinni tashkil etadi. Hayvonlar haqidagi ertaklar qadim zamonlarda vujudga kelgan bo`lib unda ibtidoiy tuzum davridagi insonning hayoti, mehnati, dunyoqarashi, tabiat haqidagi tushunchalar ifodalangan. O`zbek xalq ertakchiligi repertuarida sehrli ertaklar ham katta o`rin egallaydi. Bu xildagi ertaklar sehrli, fantastik uydirmalar asosida qurilganligi bilan ajralib turadi. Sehrli ertaklarning yuzaga kelishi qadimiy tarixga ega bo`lib, ildizi boshlang`ich jamiyatga borib yetadi. Sehrli ertaklarning hatti-harakatlari-sehr, jodu, mo`jiza hayoliy obrazlar bilan bog`lanadi. “Semurg`”, “Kenja botir” kabi ertaklar zaminida ibtidoiy dunyoqarash-tabiat kuchlarini ilohiylashtirish, hayvonlarni muqaddas bilib, ularga sig`inish asosiy o`rin tutadi. Osmonda uchish orzusi “Uchar gilam”, “Yog`och otlar”ni, uzoqni ko`rish istagi esa “Oynai jahon”ni keltirib chiqardi. Sehrli ertaklar ichida alohida ajralib turadigan turkum ertaklar mavjud. Bular qahramonlik tipidagi ertaklar, o`gaylik va kamsitilgan kishilar haqidagi ertaklar va mitti polvonlar haqidagi ertaklar. Ertaklarda qahramonning aniq xarakteristikasi berilmaydi. Faqat an’anaga aylangan belgilargina ko`rsatiladi. “Qiz o`n to`rt kunlik oydek to`lishgan”, u nihoyatda go`zal, hayoli, iboli, mehnatsevar, yuksak an’ana namunalari jam bo`lgan, idrokli, tadbirkor, oqila qizdir. Har kuni o`tin yorar, osh pishirar, qozon yuvar, uy tozalar ekan. Mazkur sifatlar sarguzasht davomida yana ham oydinlashadi. Qarshi tomon-o`gay ona, aka, kundosh, shum kampir esa zulm va zo`rlik timsoli sifatida namoyon bo`ladi. Ertakda mavjud tilsim nohaqlik, ayyorlik, qonxo`rlik kabi yaramas illatlarni fosh etib, adolat, mehnatsevarlik, ma’naviy go`zallikni ma’qullaydi.
Botirlar obrazida odob va muomalaning yuksak namunasi, odamiylik, mehnatsevarlik, bonishmandlik, jasurlik va sezgirlik kabi sifatlar barq urib tursa, zolim tekinxo`r kishilar qiyofasida mol-mulk yo`lida har qanday iflos ishlardan qaytmaslik kabi xususiyatlar namoyon bo`ladi.
Ko`rinadiki, ertaklar o`ziga xos xususiyatlari bilan boshqa xalq og`zaki ijodi janrlaridan ajralib turadi. Ertaklar olamiga kishi bolalik chog`laridayoq sayohat qiladi, u dastlab hayvonlar haqidagi ertaklarni eshitib, har xil toifa xarakterdagi aqlli va ahmoq, saxiy va qizg`anchiq, zolim va odil odamlar dunyosi bilan tanishadi. Ertaklarda xalq hayoti, uning adolat, haqiqat yo`lidagi orzu-umidlari, yovuz kuchlarga nisbatan qahr-g`azabi, yaxshilarga bo`lgan mehr-muhabbati tasvirlanadi. O`quvchilar xalq ertaklarini o`qib chiqqach, o`rtoqlari, aka-ukanva opasingillariga aytib beradi, muhimi o`quvchi o`zi sevib qolgan ijobiy qahramonlaridan o`rnak olishga, halollikda, to`g`ri so`zlikda, mehnatsevarlikda ularga o`xshashga harakat qiladi. Sal’biy qahramonlardan esa, nafratlanib, o`xshamaslikka harakat qiladi.
Demak, o`quvchilarning ham bilimga qiziqishini oshirishda, ham komil inson qilib tarbiyalashda xalq ertaklaridan foydalanish ijobiy natija beradi. Boshlang`ich sinflarda o`rganiladigan xalq og`zaki ijodi janrlaridan biri maqollardir. Maqollar xalq og`zaki ijodining eng ko`p tarqalgan janridir. Maqollar xalqning hayoti, aql-farosati, turmush tajribasi, kurasi, mehnatining badiiy ifodasi sifatida yaratilgan, maqollar yengil, ravon va jonli tilda yaratilgan bo`lib, ularda xalqning turmush tajribasida tasdiqlangan chuqur ma’noli fikrlar ixcham obrazli qilib beriladi. Shuning uchun ham maqol bir aytishdayoq yodda qoladi.
Maqollar o`quvchilar og`zaki nutqini o`stiradi, so`z boyligini orttiradi. Maqollar xalqning u yoi bu masala yuzasidan chiqargan hukmini bolalar ongiga yetkazishda o`qituvchiga yordam beruvchi vositalardandir. Xalq maqollarining ma’nosi, tuzilishi va uning shakli bilan o`quvchilarni tanishtirib borish ta’limtarbiya samaradorligini oshiradi. O`qish darslarida maqol matnini to`g`ri va ongli o`qish malakalari beriladi. O`quvchilar mazkur darslarda maqollardagi har bir so`zning ma’nosi va maqolning to`la, mukammal ma’nosini izchil idrok etishga odatlanadilar.
Maqollarni o`rganishda og`zaki bayon etish, suhbat, og`zaki va yozma mashq ishlash metodlaridan unumli foydalaniladi. O`qish darslarida o`rganiladigan maqollar biror mavsum yoki ma’lum bir katta mavzu hamda she’r va hikoyalarning mazmunini ochishga qaratiladi. Maqollarning mazmuni va tuzulishi taxlil etilar ekan, maqollarning jihatdan keng, tuzulish jihatdan qisqa,umuman hikmatli gap ko`rinishida ekanligi suhbat metodida bayon etiladi. Bu bilan o`quvchilarni ilmiy bilimlar bilan qurollantiribgina qolmasdan, balki o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilgan maqol haqidagi mazkur bilimlar asosida ularda ma’naviy sifatlar tarkib topdirilgan. Bu esa, o`quvchilarning aqliy kamoloti va qobiliyatini yanada rivojlantirishga ulkan hissa bo`lib qo`shiladi.
Xalq dahosining nodir yodgorliklari sifatida asrlar osha yashab kelayotgan doston janri o`zining shakllanish davridan boshlab hozirgacha xalqimizning ma’naviy olamini munavvar qilishda o`ziga xos mashallik vazifasini bajarib olish vositalari paydo bo`lmagan bir paytlarda xalq og`zaki ijodining ro`li nihoyatda katta bo`lganligi o`z-o`zidan ma’lum. Xalq uchun esa ma’naviy oziqlanish hamisha hayotiyehtiyoj bo`lib kelgan
Boshlang`ich sinflarning o`qish va nutq o`stirish dasturida folklorning eng yirik va eng murakkab janri bo`lgan dostonlarga ham muayyan o`rin ajratilgan.(2) Xususan, 3-sinfning “O`qish kitobi”da ‘’Rustamxon’’ dostonidagi asosiy g`oyani bilmagan holda parchadagi masalani shaxslararo, o`quvchilarda xira tasavvur hosil bo`lishi mumkin.
Hozirgi davrda dars jarayonida yangi ta’lim texnologiyasiga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Yangi pedagogik texnologiyada o`quvchi ta’lim jarayonining o`qituvchi bilan tanish teng huquqqa ega bo`lgan subekktga aylanadi.O`rganilayotgan mavzuni o`qituvchi va o`quvchi birgalikda amalga oshiradi. O`rgatish va o`rganishning bola shaxsiyati uchun ahamiyati yanada yuksaladi.

2. Sehrli ertaklarning janr xususiyatlari.
Sehrli ertaklar. Sehrli ertaklarning yuzaga kelishi qadimiy tarixga ega bo’lib, ildizi boshlang’ich jamiyatga borib etadi. Ma`lumki, ibtidoiy inson noma`lum bo’lib ko’ringan tabiat hodisalari oldida talvasaga tushgan. Har qadamda uchraydigan xavf-xatarlar uning ruhiga ta`sir etgan. Ana shular dunyo haqida yuzaki mulohaza yuritishga va g’ayri tabiiy bo’lib ko’ringan hodisalarni o’zicha izohlashga majbur qilgan.
O`zbek xalq ertakchiligi repertuarida sehrli ertaklar ham katta o`rin egallaydi. Bu xildagi ertaklar sehrli, fantastik uydirmalar asosida qurilganligi bilan ajralib turadi. Sehrli ertaklarning yuzaga kelishi qadimiy tarixga ega bo`lib, ildizi boshlang`ich jamiyatga borib yetadi. Sehrli ertaklarning hatti-harakatlari-sehr, jodu, mo`jiza hayoliy obrazlar bilan bog`lanadi. “Semurg`”, “Kenja botir” kabi ertaklar zaminida ibtidoiy dunyoqarash-tabiat kuchlarini ilohiylashtirish, hayvonlarni muqaddas bilib, ularga sig`inish asosiy o`rin tutadi. Osmonda uchish orzusi “Uchar gilam”, “Yog`och otlar”ni, uzoqni ko`rish istagi esa “Oynai jahon”ni keltirib chiqardi. Sehrli ertaklar ichida alohida ajralib turadigan turkum ertaklar mavjud. Bular qahramonlik tipidagi ertaklar, o`gaylik va kamsitilgan kishilar haqidagi ertaklar va mitti polvonlar haqidagi ertaklar. Ertaklarda qahramonning aniq xarakteristikasi berilmaydi. Faqat an’anaga aylangan belgilargina ko`rsatiladi. “Qiz o`n to`rt kunlik oydek to`lishgan”, u nihoyatda go`zal, hayoli, iboli, mehnatsevar, yuksak an’ana namunalari jam bo`lgan, idrokli, tadbirkor, oqila qizdir. Har kuni o`tin yorar, osh 12 pishirar, qozon yuvar, uy tozalar ekan. Mazkur sifatlar sarguzasht davomida yana ham oydinlashadi. Qarshi tomon-o`gay ona, aka, kundosh, shum kampir esa zulm va zo`rlik timsoli sifatida namoyon bo`ladi. Ertakda mavjud tilsim nohaqlik, ayyorlik, qonxo`rlik kabi yaramas illatlarni fosh etib, adolat, mehnatsevarlik, ma’naviy go`zallikni ma’qullaydi. Botirlar obrazida odob va muomalaning yuksak namunasi, odamiylik, mehnatsevarlik, bonishmandlik, jasurlik va sezgirlik kabi sifatlar barq urib tursa, zolim tekinxo`r kishilar qiyofasida mol-mulk yo`lida har qanday iflos ishlardan qaytmaslik kabi xususiyatlar namoyon bo`ladi. Ko`rinadiki, ertaklar o`ziga xos xususiyatlari bilan boshqa xalq og`zaki ijodi janrlaridan ajralib turadi. Ertaklar olamiga kishi bolalik chog`laridayoq sayohat qiladi, u dastlab hayvonlar haqidagi ertaklarni eshitib, har xil toifa xarakterdagi aqlli va ahmoq, saxiy va qizg`anchiq, zolim va odil odamlar dunyosi bilan tanishadi. Ertaklarda xalq hayoti, uning adolat, haqiqat yo`lidagi orzu-umidlari, yovuz kuchlarga nisbatan qahr-g`azabi, yaxshilarga bo`lgan mehr-muhabbati tasvirlanadi. O`quvchilar xalq ertaklarini o`qib chiqqach, o`rtoqlari, aka-ukanva opasingillariga aytib beradi, muhimi o`quvchi o`zi sevib qolgan ijobiy qahramonlaridan o`rnak olishga, halollikda, to`g`ri so`zlikda, mehnatsevarlikda ularga o`xshashga harakat qiladi. Sal’biy qahramonlardan esa, nafratlanib, o`xshamaslikka harakat qiladi. Demak, o`quvchilarning ham bilimga qiziqishini oshirishda, ham komil inson qilib tarbiyalashda xalq ertaklaridan foydalanish ijobiy natija beradi.
"Sehrli sehrli ertakning morfologiyasi" kitobida "Sehrli" sehrli ertaklarning bir nechta tasniflari mavjud bo'lgan "savol tarixi" ni "Savol tarixiga" tasniflash masalasida "savol tarixiga" tasniflash masalasi. Kamchilik va kamchiliklar. Va mukammal tasnif yo'q degan xulosaga keling, degan xulosaga keling. Shunday qilib, juda ko'p sehrli ertaklar orasida juda ko'p sehrli ertaklar orasida har kim uchun umumiy narsalarni birlashtirishi mumkin, ular keyinchalik ularni guruhlarga birlashtirishi mumkin. Shunga qaramay, men "Finlyandiya" maktabining asoschisiga misol keltirmoqchiman, bu ertakning taxminiy g'oyasini olish uchun ertaklar namunalarini kiritdi. Sehrli ertak ertaklar quyidagi toifalarni qamrab oladi:
1) Ajoyib raqib
2) Ajoyib turmush o'rtog'i (turmush o'rtog'i)
3) Ajoyib vazifa
4) Ajoyib yordamchi
5) ajoyib mavzu
6) Ajoyib kuch yoki pasayish
7) boshqa ajoyib niyatlar.
Sehrli ertakdagi eng muhim fantastik fanati shunchalik muhim badiiy badiiy badiiy asar, bu erda xronotope (ajralmas joy va vaqt - dunyo rasmlarining asosiy toifalari). Barcha ertaklarda, xronotopi keng tarqalgan. Bu ertaklarning mazmuni haqiqiy tarixiy davrda va haqiqiy jug'rofiy makonda yozilmaganligi bilan ajralib turadi. Bu ajoyib. Ertak ertaklarining badiiy dunyosi haqiqatdan etmaydi, shuning uchun uni yopiq deb atash mumkin. Bu shundan keyin ertaklar o'zlarining chuqur tarixiy ildizlari bilan haqiqat bilan bog'liq. Ularda fantastika sifatida qabul qilingan narsalarning aksariyati, shuningdek, odamlarning arxaik hayoti va qadimiy dunyoqarashni aks ettiradi. Shu bilan birga, ertak har doim haqiqiy kelajakka yo'naltiriladi, ular odamlarga ko'ra, haqiqiy haqiqiydan yaxshiroq bo'lishi kerak. Erta ertaklar haqiqatga mos keladigan haqiqatga to'g'ri keladi. Bu shuni anglatadiki, hayotiy muammolarga munosabat bildirish, ertak o'z uylari rezolyutsiyasini taqdim etdi. Ertaklar badiiy adabiyotning o‘ziga xos xususiyati bilan boshqalardan ajralib turadi. Ularda har doim g'ayritabiiy kuchlar ishlaydi - ba'zida yaxshilik, keyin yomonlik. Ular mo''jizalar yaratadilar: odamlarni o'limdan tiriltiradilar, odamni hayvon yoki qushga aylantiradilar.

3. 1-4-sinf “O‘qish kitobi”ga kiritilgan maqollar ma’nosi ustida ishlash bo‘yicha adabiy tahlil qoliplarini bajarish.

Maqol turmush tajribalari zaminida tug'ilgan va xalq donoligini ifodalagan qisqa, ko'pincha she’riy shakldagi hikmatli so'zlar, chuqur m a’noli iboralardir. Maqollar xilm a-xil mavzularda bo'lib, hayotning turli masalalarini qamrab oladi. K o'pincha maqol o'git, nasihat xarakterida bo'ladi: „Yer haydasang — kuz hayda, Kuz haydamasang yuz hayda", „Hunari yo'q kishining, mazasi yo'q ishining" kabi. Maqol xalq og'zaki ijodining juda qadimiy shakllaridan biri bo'lib, unda xilm a-xil badiiy ifoda vositalari — ohangdosh tovushlar takrori bo'ladi. Katta hayotiy va ijodiy tajribaga ega bo'lgan ajoyib so'z ustalarining o'lm as satr va hikmatli so'zlari ham ko'pincha xalq maqollariga o'xshab ketadi. Masalan, A. Navoiyning „Mahbub ul-qulub“da aytgan bir qancha hikmatli so'zlari shular jumlasidandir: ,,O z-oz o'rganib www.ziyouz.com kutubxonasi dono bo'lur, qatra-qatra yig'ilib daryo bo‘lur“, „Tilga ixtiyorsiz — elga e ’tiborsiz“ va boshq. M a’lumki, badiiy asar matni ustida ishlash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. M aqollami o'rganishda ham bu bosqichlarga e ’tibor qaratish kerak. I—2-sinflar maqollarni o'rganishning birinchi bosqichi bo'lsa, savod o'rgatish davri maqollarni o'qish va o'rganishning tayyorlov bosqichidir.


Savod o'rgatish davridayoq o'quvchilar maqollarni o'qiydilar. Alifbe davrida berilgan maqollar matn mazmuni bilan bog'liq bo'lib, ular matn g'oyasini o'quvchilarga lo'nda, aniq yetkazish uchun ham xizmat qiladi. Bu vaqtda o'quvchilarga maqollar o'qitiladi, ma’nosini bilganlaricha izohlab berishlari so'raladi. O'quvchilar javobini o'qituvchi to'ldirib, misollar bilan dalillab beradi.
Maqollarni o'rgatish o'qituvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi. Har bir darsga tayyorlanayotganda asar mazmuniga va unda ilgari surilgan g'oyaga mos maqol ustida qanday mashq uyushtirishni rejalashtirib olish lozim. Hoji boricha ularni dars rejasiga kiritish, izohli lug'atlar (Masalan: Sh. Shomaqsudov, Sh. Shorahmedovning „Hikmatnoma" (o'zbek maqollarining izohli lug'ati), Toshkent, 1990) dan uning ma’nosini oson izohlaydigan, sodda til bilan tushuntirish mumkin bo'lgan shakllarini bilib olish zarur. Buning uchun o'qituvchi „Maqollar to'plami" va ularning izohiga oid adabiyotlarga ega bo'lishi kerak.
Boshlang'ich sinflarda matn ostida berilgan maqollarni o'qish va o'rganish, tahlil qilish asar o'qilib, tahlil qilinib bo'lingach amalga oshirilishi kerak. Chunki asar mazmuni va unda yozuvchi aytmoqchi bo'lgan g'oyani tushunmay turib, maqolning m a’nosini izohlash qiyin bo'ladi. Mualliflar ham maqol m a’nosini asar voqealari bilan izohlamoqchi bo'ladilar.
1—2-sinflarda maqolni ifodali o'qish va yod olishga ahamiyat beriladi. 1 -sinf darsligida bo'lim yuzasidan berilgan savol-topshiriqlarda ham maqollarni o'rganishga katta e ’tibor berilgan. Masalan, „Xalq o'giti — baxt kaliti" bo'lim idagi savol-topshiriqlarda „Rostgo'ylik haqidagi maqollardan ayting", „Odob insonga husn“ bo'lim ida „Qanoatda — barakat" maqolining m a’nosini tushuntirib bering", „Ko'klam — yashnadi olam" bo'lim idan so'ng „Bilim olish haqidagi maqollarni ayting" kabi vazifalar berilgan. Har bir bo'lim yuzasidan berilgan vazifalarda u yoki bu maqolni o'rganish ko'zda tutilgan. 1—2-sinfda maqolning mazmunini o'rganish va yod olishdan www.ziyouz.com kutubxonasi tashqari, uning matnidagi izohtalab so'zlar, birikmalar ustida lug'at ishi o'tkazish, badiiy til vositalari, ko'chm a m a’noli, qarama-qarshi m a’no bildiruvchi, maqolda takrorlanib kelayotgan so'zlar m a’nosi yuzasidan ish olib borish talab etiladi. Masalan, 1-sinf ,,0 ‘qish kitobi" da „Ona yurting - oltin beshiging" maqoli berilgan. Mana shu maqol matni ustida ishlaganda, „Yurt" so'zini qaysi so'zlar bilan almashtirish mumkin?", „Maqolda ona yurt nimaga tenglashtirilayapti?", „Beshik oltin bo'ladimi?" kabi savollar berish yo'li bilan o'quvchilam ing lug'atini boyitish, bog'lanishli nutqini o'stirish ustida ishlanadi. Bundan tashqari, „Eling senga cho'zsa qo'l, Unga doim sodiq bo'l" maqolining m a’nosini tushuntirishda shu bo'limdagi asarlardan, bolalar uchun davlatimiz tom onidan yaratib berilgan sharoitlardan misollar keltirish lozim. Masalan, „Jar" sport kompleksi sizning sog'lom o'sishingiz uchun yaratildi. Maktabda bepul bilim olyapsiz. Shunga javoban siz nima qilishingiz kerak?" kabi. Shu maqolning badiiy til vositasi ustida ishlashda „Qo'l cho'zsa" deganda nimani tushundingiz?" kabi savollar bilan o'quvchilarga murojaat qilish va uning qanday ma’noda kelayotganini aytib o'tish foydadan xoli bo'lmaydi.
2-sinfda „Ish ishtaha ochar" matnidan keyin: „Ish ishtaha ochar, Dangasa ishdan qochar", „Kuch birlikda" matnidan „Birlashgan o'zar, birlashmagan to'zar" maqollari keltirilgan. Bu maqollardan matn o'rganib bo'lingach, asarning g'oyasini ochishda va xulosa chiqarishda foydalaniladi. Su tarzda maqol mazmuni ham ochiladi. Maqol tili ustidagi I-sinfda uyushtirilgan ishlar 2-sinfda ham davom ettiriladi. Maqol ustida ishlash orqali o'quvchilar uning yaratilishi sababini, oddiy gapdan farqini bilib oladilar. 1-sinfda maqollarni to'g'ri o'qish va yod olishga e ’tibor ko'proq qaratiladi, 2-sinfda esa o'quvchilardan matn mazmuniga mos maqollar aytishni talab qilish mumkin. 3—4-sinflarda maqollar maxsus darslarda va badiiy asarni o'rganish jarayonida ham muntazam o'rganib boriladi. Bu sinflarda maqollarni o'rganishdan ko'zlangan maqsad o'quvchilar dunyoqarashi ni shakllantirish, to'g'ri va ongli o'qish malakalarini takomillashtirish, maqoldagi har bir so'zning va yaxlit maqolning m a’nosini to'liq idrok etishga erishishdir. O'quvchilar o'qilgan matn ichidan maqollarni, hikmatli so'zlarni o'zi mustaqil topa olish ko'nikmasini egallashi, ular yordamida o'qilgan asarlar yuzasidan to'g'ri hukm chiqarishga o'rganishlari zarur. 3—4-sinflarda „Xalq og'zaki ijodi" bo'lim i tarkibida „Maqollar" www.ziyouz.com kutubxonasi mavzusi alohida o ‘rganiladi. Bu mavzuni o'rganishda maqolning kelib chiqishi, yaratilishi haqida dastlabki elementar ma’lumotlar beriladi. Bunda maqollar xalqning uzoq yillik hayotiy tajribasi asosida vujudga kelganligi, tarbiya vositasi sifatida har bir xalqning milliy m a’naviyatining shakllanishida muhim vosita bo'lishi haqida dastlabki tushunchalar beriladi.
Maqollar mavzular bo'yicha guruhlab o'rgatiladi. Masalan, 4 -sin f „ qish kitobi“da maqollar „Ona yurting — oltin beshiging", „Eldan ayrilguncha, jondan ayril“ , „M ehnat - baxt keltirar“, „Odobing — zeb-u ziynating", „Olim bo'lsang, olam seniki", „Ko'ngil ko'ngildan suv ichar" kabj mavzular asosida birlashtirilib berilgan. O'quvchilarga maqollarni mavzu bo'yicha guruhlab o'rgatishda o'qish mavzulariga asoslaniladi. Bunda maqol mazmuniga mos asarlar nomini keltirish, uning mazmun va g'oyasini maqol bilan bog'lash kerak. Bu jarayonda o'quvchilam ing hayotiy tajribalari asosida misollar keltirish bilan maqollarni izohlash yoki o'quvchilarga maqol g'oyasiga mos bironta hikoya tuzish mustaqil ish sifatida berilishi ham mumkin.
3-4-sinflarda maqol janri bo'yicha tahliliy ishlar o'quv yili davomida izchil uyushtirilib boriladi, ya’ni „Asar g'oyasiga oid maqol ayting1', „Maqollar asosida krossvord tuzing, rebus yarating" kabi topshiriqlar beriladi, „Maqollar aytish musobaqasi", „Maqollar mushoirasi“ kabilar tashkil qilinadi. Maqollarni o'rganishda ko'rgazmalilik, nazariyaning amaliyot bilan bog'liqligi, ta’lim-tarbiyaning birligi tamoyillariga amal qilinadi. 4-sinf yakunida maqol janrini o'rganish yuzasidan umumlashtiruvchi darsni tashkil qilish zarur. Bunda o'quvchilarga yod olingan maqollar mavzusiga qarab guruhlash ustida ish olib boriladi. Yuqoridagilarni hisobga olganda, maqolni o'rganishda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi:
1. Maqolni o'qib, uning mazmuni ustida ishlash.
2. Maqoldagi so'zlam ing m a’nosini izohlash.
3. Badiiy til vositalari ustida ishlash.
4. Maqolni yod oldirish.
5. Maqol matnidagi qarama-qarshi m a’noli va ma’nodosh so'zlarni aniqlash va ularning maqolda ifoda etilgan g'oya bilan aloqasini ochish.
6. Matn mazmuni va g'oyasiga m os maqol toptirish.
7. Maqollarni mavzular bo'yicha guruhlash.



Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish