2.5.Mantiqiy mashqlar
Mantiqiy mashqlar bolalarning narsa va atrof-muhit haqidagi bilimlarini tartibga soladi va ularga to'g'ri fikrlash usullarini o'rgatadi. O'quvchi maktabga kelganda, ko'p lug'at boytigiga ega bo'lsa ham, odatda, tafakkurning taqqoslash, qarshi qo'yish, umumlashtirish, guruhlash usullaridan foydalanishni bilmaydi (ayniqsa, bilish faoliyatining obyekti aniq predmet emas, uni
ifodalovchi so'zlar bo'lsa). Mantiqiy mashqlarning vazifasi u yoki bu narsa va hodisalar bilan tanishish asosida bolalarni predmet va hodisalardan muhimini, umumiysini ajratishga, so'z bilan aniq ifodalashga o'rgatish, bolalarga mantiqiy usullar tizimini o'rgatish bilan bilimini material tomondan boyitish va uni aqliy tomondan o'stirish hisoblanadi.
Mantiqiy mashqlar bolalarning so'z boyligi va tilining umumiy o'sishida katta ahamiyatga ega bo'lib, lug'at ishi va tilga oid boshqa ishlar bilan bog'lab olib boriladi. Logik mashqlar juda xilma-xil:
L Narsalarning mavzuga tegishti guruhini tuzish: ust kiyimlar (ко’ylak, kostum,...) va oyoq kiyimlar (botinka, tufli,.. ): uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar kabi. Bunda bolalar „Bu nima ?" so'rog'iga javob berishga o'rgatiladi: Bu nima? - Avtobus. Avtobus nima? - Mashina.
2. Bir turdagi narsalarni sanab ko'rsatish va umumlashtiruvchi bir so'z bilan nomlash. Masalan, stol, stul, shkaflarni bir so'z bilan qanday nomlash mumkin? (Mebel)
3. Berilgan narsalardan bir guruhga kirmaydiganlarini ajratish. Masalan, qalam, chizg'ich, o'chirg'ich, stul ko'rsatiladi, o'quvchilar o'quv qurollarini ajratadilar, stul o'quv quroliga kirmasligini, mebel ekanini aytadilar.
Bunday mashq o'yin tariqasida o'tkazilishi ham mumkin: ma’lum so'zlar berilib, ortiqchasini topish va nima uchun ortiqcha ekanini tushuntirish talab etiladi: qaldirg'och, chumchuq, mushuk, musicha.
4. Predmet nomlari va belgi bildirgan so'zlarni guruhlarga ajratish. Bunda so'zlar choynak, tesha, bolta, piyola, arra, tarelka kabi aralash beriladi. O'quvchilar guruhlab, idishlar nomi: choynak, piyola, ... ; ish qurollari nomi: tesha, bolta, ... kabi yozadilar. Narsa belgisini bildirgan so'zlar ham aralash beriladi, bolalar to'rt guruhga (rang, maza, shakl, xususiyat) ajratadilar.
5. Qarama-qarshi qo'yish bilan umumlashtirish: qaldirg'och, chum-chuq, bulbut - qushlar, tovuq, xo'roz, kurkalar-chi? (Parrandalar.)
Mantiqiy mashqlar sermazmun bo'lishi, o'quvchilarning tajribasi bilan bog’lanishi, ularni to'g'ri fikrlashga o'rgatishi, bilimlariga aniqlik kiritishi va tartibga solishga xizmat qilishi lozim. Bunday mashqlardan o'rni bilan boshqa darslarda ham, o'qish va grammatika darslarida ham foydalaniladi.
V -Ma’ruza: BOSHLANG’ICH SINF ONATILI DARSLARIDA LUG'AT USTIDA ISHLASH YO’LLARI.
5- mavzu
|
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida lug’at ustida ishlash yo’llari
|
5 - Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi
Vaqti: 2 soat
|
Talabalar soni: 90 ta
|
Mashg’ulot shakli
|
Anjuman ma’ruza
|
Ma’ruza rejasi:
|
1. Boshlang’ich sinflarda so’z ustida ishlash metodikasi.
1.1. O'quvchilarni notanish so'z va iboralar bilan tanishtirish.
1.2. O'quvchilarni so'zning yangi ma'nolari bilan tanishtirish.
1.3. O'quvchilar tilida kam qo'llanadigan so'zlar ma'nosi ustida ishlash.
1.4. Yangi paydo bo'lgan so'z ma'nolari ustida ishlash. 1.5. Grammatik atamalar ma'nosi bilan tanishtirish.
2. Lug'at ustida ishlashning lingvistik
asoslari.
2.1. So'z ma'nosini tushuntirish. 2.2.Ma'nodosh so'zlar ustida ishlash.
2.3. Zid ma'noli so'zlar ustida ishlash.
2.4. Ko'p ma'noli va shakldosh so'zlar ustida ishlash. 2. 5. Mantiqiy mashqlar.
|
O’quv mashg’ulotning ta’limiy maqsadi
|
Boshlang’ich sinflarda lug’at ustida ishlash usullarini o’rgatish. Darslarda foydalaniladigan samarali metodlardan foydalanish yo’llarini tushuntirish va mavzuga doir ko’rgazmalardan foydalanish.
|
O’quv mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi:
|
Yuksak insoniy hislatlarga ega bo’lgan pedagogik kadrlarni tarbiyalash.
|
O’quv mashg’ulotning ma’naviy-ma’rifiy maqsadi:
|
Pok niyatli, qalban uyg’oq, irodasi baquvvat , iymoni butun, vijdonli, o’z kasbiga sadoqatli qilib tarbiyalash.
|
O’quv mashg’ulotning gigienik maqsadi:
|
O’z kasbi doirasida sog’lik va salomatlikni birinchi o’ringa qo’yuvchi va shuning uchun kurashuvchi kasb egasini tarbiyalash.
|
Та’lim vositasi
|
Proyektor
|
Ta’lim shakli
|
Anjuman ma’ruza, savol-javob.
|
Ta’lim sharti
|
Auditoriya, texnika vositalaridan foydalanish
|
Nazorat
|
O’z-o’zini nazorat qilish, refleksiya
|
Anjuman-ma’ruzaning texnologik xaritasi
Dars bosqichlari va vaqti
|
O’qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich
Kirish
(5 daqiqa)
|
1.Ma’ruza mavzusini
(Boshlang’ich sinf ona tili darslarida lug’at ustida ishlash yo’llari.); s
2. Ma’ruza maqsadini; 3.Ma’ruza rejasini e’lon qilish.
|
Eshitadi, yozadi, javob beradi.
Ushbu mavzu bo’yicha talabalar bilgan ma’lumotlarini yozadilar.
|
2-bosqich
Bilimlarni faollashtirish
|
Lug’at ustida ishlashning ahamiyativa bu jarayondagi vazifalarni sanang.
Boshlang'ich sinf ona tili dars-larida
|
Muhokama uchun savol-topshiriqlarga talabalarning javoblari tahlil qilinadi.
Ushbu mavzu bo’yicha talabalar
|
(5 daqiqa)
|
lug’at ustida ishlash metodikasidan misollar keltiring.
Boshlang'ich sinf ona tili darslarida so'z yasovchi qo’shimchalar bilan ishlash yo’llari.
Boshlang'ich sinf ona tili darslarida so'z yasovchi qo’shimchalar bilan ishlash jarayonidagi mashg’ulot turlari.
|
bilmoqchi bo’lgan ma’lumotlarini yozadilar.
|
3-bosqich
Axborot berish (60 daqiqa)
|
1. Ma’ruza: 15 daqiqa
So'zning morfemik tarkibi va so'z yasalishi ustida ishlashning ahamiyativa bu jarayondagi vazifalar. 2. Ma’ruza: 15 daqiqa.
Boshlang'ich sinf ona tili darslarida so'z tarkibi va yasalishini o'rganish metodikasi
3. Ma’ruza: 15 daqiqa.
Boshlang'ich sinf ona tili darslarida so'z yasovchi qo’shimchalar bilan ishlash yo’llari va undagi mashg’ulot turlari.
4.Ma’ruza: 15 daqiqa
Grammatik va so'z yasalishiga oid mashqlar
|
Eshitadi, muammoli joylarda savollar bilan o’qituvchiga murojaat etadi. Muhim joylarini yozadi.
Ushbu mavzu bo’yicha talabalar bilib olgan ma’lumotlarini yozadilar.
|
4-bosqich
Yakuniy bosqich
(10 daqiqa)
|
1.Berilgan so’zlarning morfemik tarkibini tahlil qiling.
2.Dasturga muvofiq so'zning tarkibi va yasalishiga oid dars ishlanmasini tayyorlang.
|
B.B.B. strategiyasi bo’yicha qisqa savol-javob.
|
Savol va topshiriqlar.
1. Fikr va til vositasi o’rtasidagi bog’liklik.
2. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida notanish so’z va iboralar bilan tanishtirishning qulay usullarini sharhlang.
3. Oquvchilarni so’zning yangi ma’nolari bilan tanishtirishda foydalaniladigan ko’rgazmali qurollaridan foydalanish yo’llari haqida gapirib bering.
4. Darslarda o’quvchilar kam foydalanadigan so’zlar ma’nosi ustida ishlash yo’llari va kutiladigan natijalar haqida gapiring.
5. Yangi paydo bo’lgan so’zlar va ularning ma’nolari ustida ishlash jarayonida ko’rgazmalilikning ahamiyati haqida gapiring.
6. Grammatik atamalar ma’nosi bilan ishlashning o’quvchilar nutqini shakllantirishning ahamiyatini sharhlang.
7. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida lug’at ustida ishlash jarayonida qanday metodik usullardan foydalaniladi.
8. Bolalar o’yinlari nomini lug’atini tuzing; o’zingiz bilgan shoir nomlari ro’yxatini tuzing; ertak nomlari ro’yxatini tuzing; joy nomlari ro’yxatini tuzing; ma’nodosh so’zlar ro’yxatini tuzing; kabi topshiriqlar aks ergan dars ishlanmalarini yarating.
Do'stlaringiz bilan baham: |