Boshlang'ich ta'limga innovatsiyalarni joriy etish amaliyoti Reja



Download 23,99 Kb.
bet2/2
Sana30.04.2022
Hajmi23,99 Kb.
#595123
1   2
Bog'liq
Boshlang\'ich ta\'limga innovatsiyalarni joriy etish amaliyoti

Innovatsiya – (inglizcha “Innovation” – yangilik kiritish) – tizim ichki tuzilishini o’zgartirish, amaliyot va nazariyaning muhim qismi. Innovatsion jarayonning mazmuniy tomonini o’z ichiga oladi (ilmiy g’oyalar va ularning texnologiyalarini amaliyotga kiritish)3. 3 J.G`. Yo`ldoshov “Interfaol ta`lim sifat kafolati” (O`.M.O.N) 2008 Pedagogik yangilik – pedagogik faoliyatda ilgari ta'lim jarayonida noma'lum bo’lgan o’zgarishlarni kiritish orqali ta'lim va tarbiyaning nazariya va amaliyotini boyitish va uni rivojlantiruvchi vositasidir. Innovatsiya – yangilikni yaratilish qonuniyatlarini o’zlashtirishni va targ’ibotini o’rganadigan fan. Innovatsion jarayon – yangilikning kiritilishi va shart – sharoitlari, tizimni yangi ko’rsatgichlarga muvaffaqiyatli o’tishini ta'minlovchi o’zgarishdir. Innovatsion o’zgarishlarga tayyorgarlik ko’rish va uni amaliyotga kiritish jarayonidir. Innovatsion faoliyat – yangi ijtimoiy talablar bilan an'anaviy me'yorlarning mos kelmasligi yohud amaliyotning yangi shakllanayotgan me'yorlarining mavjud me'yorlar bilan to’qnashuvi natijasida vujudga kelgan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyatdir (V.I.Slobotchikov).
O’qituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim va markaziy masalasi o’quv jarayonini sifatli va samarali tashkil etishdan iborat. Bu faoliyat shaxsan o’qituvchini o’zigagina taaluqli bo’lib qolmay, bir qator shaxs, guruh, omma, institutsion masshtabda ham bo’lishi mumkin.
Yangilikni kiritish:
- Innovatsiyadan foydalanish mexanizmi (yangilikni va uning jarayonini amaliyotga kiritish);
- Maqsadli o’zgartirish bo’lib, ma'lum sotsial – ijtimoiy birlik (muassasa, jamoa, guruh)ga yangilik kiritish, uni yangi stabil rivojiga olib keladi (A.I.Prigojin). - Yangilikni tarqatish va foydalanish orqali aniq maqsadga yo’naltirish bilan odamlar ehtiyoji yangi vositalar bilan ta'minlanadi. Bu kiritilgan yangiliklar ma'lum sifat o’zgarishlarga olib keladi. Bu esa o’z navbatida pedagogik ish faoliyatini sifat va samaradorlikni ta'minlashga, stabil holatda ish yuritishga, hayotiy talablarga javob berishni ta'minlaydi (V.A.Slastenin, P.S.Podynova).
- Dinamik sistema bo’lib, innovatsion jarayonni bosqich va strukturasini atrof muhit bilan o’zaro ta'sirida yangilanish va rivojlanish rejimida ishlashni ta'minlaydi.
Innovatsiyaning maqsadi – sarflanayotgan mablag’ va kuchdan eng yuqori va sifatli natija olishdan iborat. Innovatsiya – boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi o’zgarishlar mexanizmini tashkil etadi.
Innovatsion muhit – bu pedagogik jamoada, umuman ta'lim muassasasida shunday ijodiy, samimiy, do’stona sharoit tug’diradiki, unda o’qituvuchi o’zini erkin his qiladi, jamoada ichki intilish, moddiy, ma'naviy qiziqish yuqori darajada bo’ladi. U muhitda o’qituvchi ijodiy fikr yuritishga, ishlashga tayyor bo’ladi.
Novatsiya – agar islohat faoliyatining shakli, mazmuni va ko’lami qisqa muddatli bo’lsa va yaxlit tizim xususiyatiga ega bo’lmasa, u o’z oldiga muayyan mavjud tuzumdagi faqat ba'zi elementlarni o’zgartirishni vazifa qilib qoygan bo’lsa, u holda biz novatsiya bilan muloqat qilayotgan bo’lamiz.
Novator – yangilikni qabul qilish va amalga oshirishga tayyor shaxs. O’z shaxsiy pedogogik amaliyotida doimiy yangilik izlaydi, o’zlashtiradi, qo’llaydi. Innovatorlar yangilklardan yaxshi habardor va ular bilan kommunikativ muloqot o’rnatadi. Ishni yaxshilash maqsadida tavakkalchilikda shaklda ish tutadi. O’quv jarayonini taraqqiyoti va rivojlanishi uchun yangiliklarni loyihalaydi, zarur hollarda izlab, tanlay oladi.
O’zgarish – biror bir mavjud narsani boshqasiga almashtirish (o’zgartirish va variatsiyalash), ilgari mavjud bo’lganidan boshqacharoq ko’rinishda (avvalgiga ko’ra yaxshi tomonga o’zgargan, ya'ni yangicha ko’rinishda). Islohot – keng masshtabli, butun sistemani qamrab oladi. Natijada sistema yangi ko’rinish oladi.
Yangilik – ilmiy tadqiqotning yakuniy baholash mezonidir. Yangilikning qiymati va xususiyati aniq mantiqiy ketma – ketlikdagi rivojiga ega bo’lib, u butunlay yangilanadi yoki nisbatan yangilangan bo’ladi.
Innovatsiyalarning belgilari:
a) Aktual muammolarni hal etishga qaratilganligi (pedagogik innovatsiya muammolarini mazmunini yangicha yechimini amalga oshirishga qaratiladi).
b) Pedagogik amaliyotda keng qo’llanish imkoniyati ochiladi.
Pedagogik innovatsiyalar jarayonining o’zgarishi yangilanishga olib keladi. Natijada yangi (stabil) sifatga ega bo’lgan natijalar qo’lga kiritiladi. Innovatsiyani sistemaning turli predmetlariga ta'siri yangi samaradorlikka olib keladi.
c) Moslashuvga (qanday sharoitda bo’lishidan qat'iy nazar).
d) Ishning poyoniga yetishiga (innovatsiya to’liq potensialli tatbiq etish darajasiga yetadi).
Yangilikning o’ziga xosligi (V.A.Slastenin, L.S.Podymova, A.I.Prigojin va b.):
- Pedagogik yangilik innovatsiyaning barcha xususiyatlarini o’zida saqlab qoladi.
- Predmet faoliyatining ob'ektiga ta'siri - shaxsning shaxsiy rivojlanishiga ta'sir etadi.
- Yangilikning mavjudligi va uni kelib chiqishi – ijtimoiy buyurtmaga ta'sir qiladi.
- Pedagogik jamoatchilik yangilikni qabul qilish va tatbiq etishga psixologik jihatdan tayyor bo’lishi kerak.
- Novatorlarning yangiliklari – ularning eng yuqori mahsulotlari deb qabul qilinishi kerak.
- Innovatsion jarayonlarni tatbiq etilishini uzoq muddat cho’zilishlari kuzatiladi.
- Innovatsiyalarning maqsadlari – qiymatli harakterga ega.
- Innovatsion jarayonlarning ijtimoiy – pedagogik shart – sharoitlar bilan o’zaro bog’langanligidadir. Shuningdek, innovatsiyalarning pirovard natijasini aniqlash ham juda murakkabdir.
Ta'lim tashkilotlariga yangiliklarni kiritish bosqichlari S.D.Polyakov tomonidan yangiliklarni kiritish modeli ishlab chiqilgan va u to’rt bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi faza – yangi g’oyalarni izlash. U o’z navbatida:
1. Axborotlar fondini yaratish. O’qituvchilarni ta'limda innovatsion jarayonlar rivojlanishiga bag’ishlangan konferensiya, amaliy seminar, treninglarda ishtirokini rag’batlantirish.
2. Ta'lim muassasasini innovatsiyalarga bo’lgan ehtiyojini aniqlash, metod birlashma, markazlar, tuman, shaharlardagi internet orqali innovatsion banklar bilan aloqa o’rnatish.
Ikkinchi faza – yangilikni kiritishni shakllantirish. U o’z navbatida uch bosqqichni o’z ichiga oladi:
1. Tahlil va loyihalashtirish. Yangilikni kiritish g’oyalarini shakllantirish va o’quv yurtini ichki imkoniyati, ishni borish jarayonini loyihalash.
2. Innovatsion g’oyani novator o’qituvchilar ijodiy guruhi bilan aprabatsiyadan o’tkazish.
3. Aprobatsiya o’tkazilgan amaliy ishni yakunini chiqarish, shu asosda yangilikni keng miqyosda o’tkazish bo’yicha qaror qabul qilish va uni amalga oshirish bo’yicha dastur ishlab chiqish.
Uchinchi faza – yangilikni amaliyotga kiritish.
1. Boshqaruv resurslari. Keng masshtabli yangiliklarni amalga oshirishda boshqaruv resurslari ishga solinadi. U holda rahbar tashabbus va ma’suliyatni o’z bo’yniga oladi va butun pedagogik jamoani eksperimentga jalb etadi, qatnashishni talab etadi.
Download 23,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish