Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish shart-sharoitlari Bugungi kunda ilmiy, uslubiy adabiyotlarda «ijod», «ijodkorlik»



Download 369 Kb.
bet4/4
Sana09.09.2017
Hajmi369 Kb.
1   2   3   4

Rang bildiruvchi so'zlar

Maza bildiruvchi so'zlar

Shakl bildiruvchi so'zlar

Hajm bildiruvchi so'zlar


Qizil, jigarrang

Taxir, achchiq

Dumaloq, egri

Semiz, baland

Shunday qilib, o`quvchilar «O`qish kitobi», “Odobnoma” va boshqa badiiy asarlarni o`qiganda o`qigan matnlarida qo`llangan va ulardan aniqlay olgan sifatlarini yozib boraveradilar.



To`rtinchisi ortiqcha.

Bu mantiqiy o`yin. Bolaga 4 ta narsaning rasmini bering. 3 tasi bitta umumiy tushunchaga daxldor bo`lsin. U «ortiqcha»sini topsa, rag`batlantiriladi. Rasmlar to`plami turlicha bo`lishi mumkin: stol, stul, krovat va choynak, ot, mushuk, it va qisqichbaqa, archa, qayin, chinor va qulupnay, bodring, sholg`om, sabzi va quyon.

Agar bola hamma topshiriqdarni to`g`ri bajara olmasa, ajablanmang. Uning fikrlari va asoslarini tinglashga harakat qiling. Chunki bolaga quyon bilan sabzining bir-biriga bog`liqligi bodring va sholg`om kabi sabzavotlar qatoridan sab-ini ajratib olishiga asos bo`lishi mumkin. Unga sabzavot va jonivorlar degan tushunchaga asoslanib to`g`ri javobni topishda va quyon «ortiqcha» ekanini bilishda yordam bering. Bunda bolaga umumlashtiruvchi jumlalar aytish orqali o`zi javob topishiga imkon yaratib bering. Olamda nima bo`lmaydi?

Bolaga olamda yo`q, narsalar rasmini chizishni topshiring. Rasmdagi narsa nega olamda yo`qligini so`zlab berishni so`rang. Agar o`yinda o`zingiz ham ishtirok etsangiz, u yanada qiziqarli bo`ladi.

Hamma bir narsa haqida oilada bo`ladigan suhbatlarni biron-bir narsa haqidagi umumiy sifatlar va tushunchalar atrofida tashkil etib, bolalar ham unga jalb eti-ladi: daraxt nimaga o`xshaydi, nimadan farq qiladi? Daraxt bo`la turib nega odamlar plastmassa, temir kabilarni kashf etdi? U nimasi bilan noqulaylik kasb etadi? Yog`ochdan jihozlar, idishlar, o`yinchoqlar yasagan odam qanday sifatlar-dan foydalanadi? Yog`och maydalari va qirindilari nima maqsadda ishlatiladi? Yog`och cho`kadimi? Yonadimi? Bo`yaladimi? Nam tortadimi? Qiziydimi? Suv o`tkazadimi?

Bo`lishi mumkin — bo`lmaydi.

Bu o`yin boy tasavvur va sog`lom fikrni talab etadi. Siz aytayotgan narsalar bo`lishi mumkin yoki aksincha ekanligini bola mushoxada qilib kurishi kerak. Agar u to`g`ri javob topsa, navbatdagi topshiriqni bola sizga beradi. Agar noto`g`ri javob bersa, navbat yana sizda bo`ladi. Bunda siz bo`ladigan, bo`lmaydigan misollarni aniq, keltiring, masalan: «Bo`ri daraxtda o`tiribdi», «Idishda piyola pishayapti», «Mushuk tomda yuribdi», «Kuchuk tomda yuribdi», «Qayiq osmonda suzib ketyapti», «Qizcha rasm chizayapti», va x.k. Agar sizning va bolaning farazlari turlicha va kutilmagan tarzda berilsa, o`yin quvnoqroq, va qiziqarliroq bo`ladi. Agar ba'zan yanglishib ketsangiz, bu o`yinning faqat qiziqarli bo`lishini ta'minlaydi.



Nimadan nima hosil bo`ladi?

Bola kattalarning savollariga javob beradi: «tuxum, jo`ja, bola, urug`, un, temir, g`isht, mato, tikuvchi, kasal va h.z.lardan nima hosil bo`ladi?». Bola bergan javoblarni muhokama qilishda yana boshqa javob variantlari mavjudligini ham ta'kidlash kerak. Masalan: tuxumdan nafakqat qushcha balki timsoh, toshbaqa, ilon bo`lishi va xatto ovqat qilish ham mumkin. Bir o`yinda 6-7 so`zni muxokama etsa, bo`ladi. Bu o`yinning yana bir varianti:

Avval nima bo`lgan edi?

Bu o`yinning mazmuni avval nima bo`lgan edi? degan savolga javob berishdan iborat:

jo`ja (tuxum), ot (toychoq), sigir (buzoq), balik, (ikra), olma (urug`), kapalak (qurt), non(un), shkaf (yog`och), velosiped (temir), ko`ylak (mato), tufli (teri), uy (g`isht), kuchli (kuchsiz) va x.z. Bundan tashqari bittadan ko`p ma'noga ega bo`lgan so`zlardan ham foydalanish mumkin. Har bir so`zga mos javob va-riantlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.

Eng zarurini tanlash (morfologik tahlil uslubi)

Aytaylik, biz rasm chizmoqchimiz va bir qancha so`zlarni keltiramiz: qalam, bo`r, guash, asfalt, tosh, kog`oz, bo`yoq cho`tkasi, barmoqlar, tayoqcha. Ulardan 3 ta so`zni tanlab olish kerak va shu narsalar ishtirokida rasm chizish mumkin bo`lsin. Qancha ko`p variant topish mumkin bo`lsa, shuncha yaxshi.

O`qitish samaradorligini oshiradigan o`yin musobaqa darslaridan ham keng foydalanish mumkin. Harakatli ta’limiy o`yinlar bolaning darsga bo`lgan qiziqishini oshiradi. O`yin orqali bolalar bilim oladilar, topqirlik va hushyorlikka urganadilar. Ayniqsa, o`yinlarni hayotga bog`lab musobaqa asosida tashkil qilish bolalar faolligini va qiziquvchanligini yanada oshiradi.

O’z o’rningni top”

Agar sinfda u yoki bu mavzu bo’yicha tortishuvlar vujudga kelsa bu metod yordamida muammoning yechimini topish mumkin. Undan ko’pincha tarbiyaviy tadbirning kirish qismida foydalanishadi va o’tilayotgan mavzuni o’rganishga turli xil yondashuvlar mavjudligi namoyish etiladi. Bu bir tomondan. Ikkinchidan, o’quvchilarga o’z fikrini bayon qilishga, muloqot ko’nikmalarini qaytadan tuzatishga imkoniyatlar mavjud bo’ladi. Uchinchidan, dars so’ngida o’qituvchi tomonidan mavzuni o’zlashtirish darajasini baholash aniq amalga oshiriladi.

1.Sinfning qarama-qarshi burchaklariga ikkita plakat osildi. Ularning biriga “roziman”, boshqasiga “rozi emasman” degan so’zlar yozilishi kerak. Plakatlarda ba`zi bir mavzuga oid savollar bo’yicha bildirilgan qarama-qarshi fikrlar ham yozilish mumkin. Masalan: “anjir gullaydi va meva tugadi”, yoki “anjir gullamasdan meva tugadi”.





2. Darsni tashkil etish qoidalari muhokama qilinadi.

3. qaralayotgan muammo yuzasidan o’z fikrlariga mos keladigan plakat yoniga borish zarurligi o’quvchilarga taklif etildi.

4. Bo’lingan o’quvchilardan o’z qarshilarini asoslash so’raladi. Bu paytda bir guruhdan ikkinchi guruhga o’tish ruxsat etiladi va shu tariqa sinf o’quvchilarining hammasi jalb etildi.

5. Muammo bo’yicha fikrlar bildirilgach, o’quvchilar ichida munozara davomida o’z nuqtai nazarini o’zgartirganlar va boshqa guruhga o’tuvchilar bo’lishi mumkin. Bunday hollarda ular o’z o’rnini o’zgartirish sabablarini asoslashi kerak bo’ladi.

6. Ishtirokchilardan opponentlari ichida muammo yuzasidan eng ishonchli fikr aytgan o’quvchilarni aniqlash so’raladi.

Xullas, o’yinlar boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishda muhim vositalardan biri sifatida tan olingan. Ular orqali bolaning xulqi erkin shakllanadi, ijtimoiy ahamiyat kasb etadi va bilishga oid qobiliyati o’zaro aloqada rivojlanuvchi faoliyatni vujudga keltiradi.
XULOSA

Boshlang’ich ta’lim o’quvchilar bilim olishining poydevori hisoblanar ekan, mazkur sinfdan boshlab, o’quvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantirishni taqozo etadi. Shunday ekan o’quvchilarda ijodkorlik, ijodiy faoliyatni rivojlantirish lozimligi kun tartibidagi muammo bo’lib qoldi. Zero, 1-4 sinf o’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirishda o’quvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olish, ta’limni samarali tashkil etishda darslarni noan’anaviy tarzda o’tkazish, darslarda innovatsion metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirish ularni har tomonlama yetuk bo’lishiga xizmat qiladi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshlang’ich ta’lim jarayonida o’quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun turli shart-sharoitlarlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun ta’lim talablarini aniqlash va shu talablar asosida uning ustuvor qo’nalishlarini izlanuvchi ta’lim, muammoli vaziyatlar yaratish va ta’limga texnologik yondashuv asosida tashkil etilishi o’quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning samaradorligiga zamin tayyorlaydi.

Bozor munosabatlariga asoslangan jamiyatda yashash har bir insondan ayniqsa, o’quvchi-yoshlardan keng bilimlarga ega bo’lishni talab qiladi. SHunday ekan, voyaga yetayotgan yosh avlodni oilada va ta’lim-tarbiya muassasalarida ijodiy mushohada qilishga o’rgatib borish zarur.

Ilmiy izlanish jarayonida uzluksiz, yaxlit, o’zaro bog’liqlikni ta’minlovchi ta’lim to’laqonli amalga oshmayotganligi sababli o’quvchi-yoshlarning ijodiy faoliyat darajasi sust darajada rivojlanayotganligi aniqlandi. Ayrim paytlarda mustaqil mushohada yuritmaslik oqibatida ta’lim jarayonida muammolar yuzaga kelmoqda.

SHunday qilib, boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyati shaxsning shakllanishi bilan o’zaro aloqada real pedagogik jarayonni vujudga keltiradi va bu jarayon turli ta’lim konsepsiyalari, nazariyalari yordamida loyihalashtirilishi va ta’lim muassasalarida tadbiq etilishi maqsadga muvofiq.



Intellektuallik, mustaqil va erkin fikrga egalik, yuksak onglilik va intellektual madaniyatlilik kabi hislatlarni shakllantirish hamda o’quvchilarni ob’ektiv va hissiy bilishlarini rivojlantirish uchun maxsus metodika, maxsus pedagogik ta’sir o’tkazish mexanizmlarini ishlab chiqish orqali erishish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.: O’zbekiston, 2003.- 38 b.

  2. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni. -T.: 1997 .

  3. O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. -T.: 1997.

  4. Barkamol avlod orzusi. -T.: SHarq, 1999.-228 b.

  5. Boshlang’ich ta’lim Davlat ta’lim standarti.-T.: 2005.

  6. Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi, Boshlang’ich ta’lim, // Ta’lim taraqqiyoti. – T .: SHaraflik. 1999. 1- maxsus son.

  7. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar – T. :YAngi asr avlodi, 2001,184 b.

  8. Karimov I. A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari. -T.: O’zbekiston, 1997.-328 b.

  9. Karimov I. A. O’zbekiston XX1 asrga intilmoqda. -T.: O’zbekiston, 1999.- 73b.

  10. Karimov I.A Ma’naviy yuksalish yo’lida. T. :O’zbekiston, 1998.- 78 b.

  11. Karimov I. A. Bizdan ozod va obod vatan kolsin.-T.: SHarq.- 234 b.

  12. Adizov B.R.Boshlang’ich ta’limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari.- Toshkent: Fan, 1997.-182-b.

  13. Azizxodjayeva N.N. Pedagogicheskiye texnologii i pedagogicheskoye masterstvo.-T. Fan va axborot texnologiyalari, 2006. -167 b.

  14. Bikvayeva N.I., ye.YAngabayeva Matematika 3-sinf T., 2004 yil, 12-13 b.

  15. Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o’quvchisining psixologiyasi. T., O’zbekiston 30 bet.

  16. Dik N. F. Vospitivayem lichnost . Feniks, 2005 320 st.

  17. Karimova V.M. Sunnatova R. va boshqalar. Mustaqil fikrlash. Akademik litseylar va kasb- hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma.- T.: SHarq, 2000- 112 b.

  18. Karimova V, Nishonova Z. Mustaqil ijodiy fikrlash va shaxsning hissiy, irodaviy va intellektual hislatlari orasidagi bog’lanish // J. Xalq ta’limi, 2001. № 3-6, 64-69- b.

  19. Kulyutkin YU.N. Tvorcheskoy mыshleniye v professionalnoy deyatelnosti uchetelya // Voprosы psixologii –M. : 2004 - № 2 – 21 -30.

  20. Munavvarov A. Q. Oila pedagogikasi.-T.: O’qituvchi,1994.- 127 b.

  21. Levitov N.D. Sub’ekt. Ob’ekt. Poznaniye.- M. : Znaniye, 1999.- 47 s.

  22. Lerner I.YA. Uchebnыy predmet, tema, urok. – M. : MGU. 1995.- 133s.

  23. Mavlonova R., To’rayeva R., Xoliqberdiyev K. Pedagogika. – T. : O’qituvchi, 2002, - 384 b. 63.

  24. Matchonov S. Kitob o’qishni bilasizmi? -T.: O’qituvchi 1993-114 bet.

  25. Matchonov S., SHojalilov A., G’ulomova X., Sariyev SH., Dolimov Z O’qish kitobi 4-sinf T., “YAngiyo’l poligrafservis” 156-157 b. 2007 yil.

  26. Ochilov M. YAngi pedagogik texnologiyalar. O’quv qo’llanma. Qarshi.: Nasaf, 200. – 80b.

  27. Piaje J. Rebyonok i yego razvitiye . – M. Znaniye, 1984. 508 s.

  28. Pedkasistыy P.I. Samostoyatelnaya poznavatelnaya dyatelnost shkolnikov v obuchenыm. – M. Pedagogika 1991. 204 s.

  29. Podlasыy I. P. Pedagogika novыy kurs. Uchebnik dlya stud ped. vuzov: V 2 kn. – M: Vlados Kn 2 Protsess vospitaniya. – 256.

  30. SHodiyev R.D. Didakticheskiye osnovы realizatsiya problemы ponimaniya v uchebno-poznovatelnoy deyatelnosti: -avtoref. Diss. dok.ped nauk.-T.: 2004 -43 s.

  31. Egamberdiyeva F. Adabiy ta’lim samaradorligini oshirishda yangi pedagogik texnologiyalar: Ped fan. nom. diss va avtoref.-T.: 2005. 23 bet.

  32. YUsupov E. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. – T.: Universitet, 1998 184 bet.

  33. YAkilganskaya I.S. Razvitayusheye obucheniye. –M. Pedagogika, 1999 № 5 57-59 st.

  34. O’quvchilarning qiziqish va moyilliklari diagnostikasi.(metodik tavsiyalar)yu-T.: RO’MM, 2001-28 b

  35. Quronov. Maktab ma’naviyati va milliy tarbiya.-T.: Fan, 1995-118 bet.

  36. G’oziyev E. Tafakkur psixologiyasi / Dorilfunun talabalari uchun qo’llanma. –T.: o’qituvchi 1990-184 b.

  37. Haydarova O.Q. Bo’lajak o’qituvchilarni ta’lim jarayoniga texnologik yondashuvga tayyorlash. –Ped fanlari nom. yozgan avtoreferati. –T.: 2004.-23 bet.

  38. Mustaqillik. Izohli ilmiy-ommabop lug’at.-T.: SHarq, 1998.-177b.

  39. Abdullayeva SH. A., Axatova D. A., Sobirov B. B., Sayitov S.S. Pedagogika. Ekspress-ma’lumotnoma.-T.: Fan,2004.-264 b.

  40. Boshlang’ich sinf ta’lim DTS. Ona tili. Matematika, Tabiatshunoslik // Ta’lim tarakkiyoti. 2-maxsus soni, 2005.-B.-78-86.

  41. Bobomurodova A.YA. Ona tili ta’limi jarayonida o’yin-topishmoqlardan foydalanish: Ped. Fan.nom. diss. Avtoref. 1997b 20 bet.

  42. Boltayeva SH. Boshlang’ich ta’limda o’kuvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish. // Xalq ta’limi, 2004,№ 3.-34-34 betlar.

  43. Boltayeva SH. Boshlang’ich ta’limda o’kuvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirish. //Pedagogika nazariyasi va tarixining ayrim dolzarb muammolari. / Ilmiy ishlar to’plami.-Toshkent: Fan, 2006.-B.142-144.

MUNDARIJA


Kirish

  1. Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish shart-sharoitlari

  2. Boshlang`ich sinf o`quvchilari evristik faoliyatni texnologiyalashtirish

  3. O’quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirish yo`llari

  4. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ijodiy faoliyatini rivojlantirishda interfaol metodlar va o`yinlardan foydalanish

Xulosa


Navoiy DPI "Umumiy pedagogika" kafedrasi o’qituvchisi Sh.T.Boltayevaning

" Boshlang’ich sinf o’quvchilari ijodiy

faoliyatini rivojlantirish yo’llari"

monografiyasigasiga
T A Q R I Z
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni hamda “Kadrlash tayyorlash milliy dasturi”da ham barkamol shaxs tarbiyasiga asosiy e’tibor qaratilgan. Chunki, o’z bilimi, salohiyati, imkoniyatlarini jamiyat taraqqiyotiga to’liq sarflab, mustaqil fikrlay oladigan ijodkor shaxslarni shakllantirish, jamiyatda tub o’zgarishlar bo’lishiga zamin yaratadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “Mustaqillikni mustahkamlash, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash birinchi darajali ustuvor maqsad va vazifa bo’lib qolaveradi... Inkor etib bo’lmaydigan ushbu haqiqat shu muqaddas zaminimizda yashaydigan har bir insonning qon-qoniga, vujudiga singib ketishini istardim”, -deb ta’kidlashi ta’lim sohasini yangilashda ham ustuvor vazifa bo’lib sanaladi. Chunki shu jamiyatda yashaydigan inson keng faoliyatga tayyorlanar ekan, uning rivojlanishi, tafakkurini yangilashda o’quv jarayoniga ilg’or texnologiyalarni kiritish, o’quvchilarning erkin mustaqil fikrlash, ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirishni taqozo etadi.

Sh.T.Boltayeva ushbu monografiya boshlang’ich ta’lim o’quvchilar bilim olishining poydevori hisoblanar ekan, mazkur sinfdan boshlab, o’quvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantirishni taqozo etadi. Shunday ekan o’quvchilarda ijodkorlik, ijodiy faoliyatni rivojlantirish lozimligi kun tartibidagi muammo bo’lib qoldi. Zero, 1-4 sinf o’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirishda o’quvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olish, ta’limni samarali tashkil etishda darslarni noan’anaviy tarzda o’tkazish, darslarda innovatsion metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirish ularni har tomonlama yetuk bo’lishiga xizmat qiladi.

Ushbu qo'llanmadan, boshlang’ich sinf o'qituvchilari, boshlang’ich ta’lim uslubiyoti oliygoh va litsey talabalari o'z pedagogik mahoratlarini oshirish uchun foydalanishlari mumkinligini hisobga olib uni chop etishga tavsiya etaman.

NavDKI Pedagogika

kafedrasi dotsenti, p.f.n.: O. Shomiyeva




Navoiy DPI "Umumiy pedagogika" kafedrasi o’qituvchisi Sh.T.Boltayevaning “Boshlang’ich sinf o’quvchilari ijodiy faoliyatini rivojlantirish yo’llari” monografiyasiga

T A Q R I Z
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “Mustaqillikni mustahkamlash, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash birinchi darajali ustuvor maqsad va vazifa bo’lib qolaveradi... Inkor etib bo’lmaydigan ushbu haqiqat shu muqaddas zaminimizda yashaydigan har bir insonning qon-qoniga, vujudiga singib ketishini istardim”, -deb ta’kidlashi ta’lim sohasini yangilashda ham ustuvor vazifa bo’lib sanaladi. Chunki shu jamiyatda yashaydigan inson keng faoliyatga tayyorlanar ekan, uning rivojlanishi, tafakkurini yangilashda o’quv jarayoniga ilg’or texnologiyalarni kiritish, o’quvchilarning erkin mustaqil fikrlash, ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirishni taqozo etadi.

Ta’lim-tarbiya jarayonida bolalardagi yashirin iste’dodlarni yuzaga chiqarish, kichik maktab yoshidan boshlab o’z faoliyatini namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratish, ulardagi ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish - kelajakda yuksak salohiyatli, ijtimoiy faol, o’tkir zehnli, kashfiyotchilik qobiliyatini namoyon eta oladigan raqobatbardosh kadrlarni voyaga yetkazish garovi bo’lib hisoblanadi. Bu davlatimizning ustuvor yo’nalishlaridan biri – har tomonlama barkamol insonni voyaga yetkazish g’oyasiga mos keladi.

Sh.T.Boltayeva ushbu moyografiya boshlang’ich ta’lim o’quvchilar bilim olishining poydevori hisoblanar ekan, mazkur sinfdan boshlab, o’quvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantirishni taqozo etadi. Shunday ekan o’quvchilarda ijodkorlik, ijodiy faoliyatni rivojlantirish lozimligi kun tartibidagi muammo bo’lib qoldi. Zero, 1-4 sinf o’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirishda o’quvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olish, ta’limni samarali tashkil etishda darslarni noan’anaviy tarzda o’tkazish, darslarda innovatsion metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirish ularni har tomonlama yetuk bo’lishiga xizmat qiladi.

Ushbu qo'llanmadan, boshlang’ich sinf o'qituvchilari, boshlang’ich ta’lim uslubiyoti oliygoh va litsey talabalari o'z pedagogik mahoratlarini oshirish uchun foydalanishlari mumkinligini hisobga olib uni chop etishga tavsiya etaman.

Nav DPI Pedagogika kafedrasi

dotsenti v.b. , p.f.n.: S.S.Sayitov



1 Левитов Н.Д. Субъект. Объект. Познание.- М. : Знание, 1999.- 23 с

2 Х.Ибрагимов, Ш. Абдуллаева . Педагогика- Т.: “Фан”, 2004 й, 110-116 б.

Katalog: attachments -> article
article -> Axloqning kеlib chiqishi, unda ixtiyor erkinligining ahamiyati va axloq tuzilmasi
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish

Download 369 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat