yati
Boshlang‘ich ta’limda dars samaradorligini oshirish muammolari
M.Boboyorova - G‘uzor tumanidagi
8-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Maktabdagi o‘quv jarayoning sifati ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib, ular orasida o‘qitishning usul va metodlari hal qiluvch ahamiyatga ega. Binobarin, ular bilimlarning ongli va chuqur o‘zlashtrishda o‘quvchilardan mustaqillik va ijodiy faollikning rivojlanishiga tasir ko‘rsatadi. Pedagogika amaliyotida o‘qitish usullari va metodlariga juda katta boylik to‘plangan. Ularni tanlashda turli sharoitlar o‘qitilayotgan fanning xarakteri bolalarning yosh xususiyatlari, oldingi tayyorgarlik darajasi va hokozalar hisobga olinadi. Burhoniddin Zarkujiyning fikricha, insonning bilish faoliyati bilmaslikdan bilishga qarab boradi. Aql - faol, ijodiy kuchdir, koinotni bilish qurolidir. Ammo dastlabki tajribasiz bilishning bo‘lishi mumkin emas. Chunki umuminsoniy aql tushunchasi taqqoslash, kuzatish va tajriba yo‘li bilan tarkib topadi. Inson hissiy idrokni boyitish bilangina o‘zining bilimlarini oshira oladi. Shuning uchun ta’limda o‘quvchilarning o‘zidagi tajribaga tayangan metodlardan iloji boricha keng foydalanish kerak.
Metodlar va usullarni tanlash o‘qituvchi darsda hal qilishi mo‘ljallangan masalaga bog‘liq bo‘ladi. Chunonchi, yangi materialni bayon etishda bir xil metodlar qo‘llansa, uni mustahkamlashda ikkinchi va mavzuni umumlashtrishda ya’nada boshqa xil metodlar qo‘llanadi. Darsning turli bosqichlarida puxta o‘ylash samarali usullar hamda metodlarni tanlash juda muhimdir.
O‘qitish metodlarining juda ko‘p turlari mavjud va ularning sonini aniqlab belgilab bo‘lmaydi. Metodlar o‘qitishning mantiqiy tomonlariga, komponentlari va vazifalariga asoslanib tasniflanadi. Maktabdagi o‘qitish metodlarining yagona tasnifi yo‘q. Tasnif tartib va tizimni vujudga keltiradi. Umumiy va muayyan, nazariy va amaliy, muhim va tasodifiy o‘qitish metodlarini aniqlashga yordam beradi, shu orqali ulardan amaliyotda samaraliroq foydalanishga xizmat qiladi.
O‘qitish metodlarini bilish manbalari bo‘yicha tasniflash ancha oddiy bo‘lib, ular maktab amaliyotida keng tarqalgan. Bu belgi bo‘yicha metodlar quyidagi 3 guruhga bo‘linadi:
Og‘zaki metodlar (bilimlarni so‘z bilan bayon qilish, suhbat, darslik, ma’lumotnoma va ilmiy adabiyotlar bilan ishlash)
Ko‘rsatmali metodlar (rasmlar, namoyishlar, kuzatishlar)
Amaliy metodlar (mashqlar, laboratoriyadagi amaliy ishlar)
Bular ma’lum darajada shartlidir, chunki mazkur metodlarning hammasi o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularni doim ham aniq chegaralab bo‘lmaydi.
Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyotining rivojlanishi o‘qituvchidan ijodkor bo‘lisni fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishni, yangi pedagogik texnologiyalar asosida mashg‘ulotlar olib borishni talab qiladi. Shuning uchun ham o‘qituvchining ushbu sohadagi malakalari o‘quvchi shaxsini shakillantrishning negizini tashkil etadi. Demak, o‘qituvchi ilg‘or tajribalarni to‘playdi, tahlil qiladi, ular asosida xulosalar chiqaradi. O‘z mutaxassisligi bo‘yicha bilimlarni egallaydi. O‘qituvchida pedagogik tajribalar yuqori bo‘lish, pedagogik tehnologiya, o‘qitish metodlari, pedagogik texnika, o‘z-o‘zini boshqarish, muloqot madaniyati, nutq madaniyati orqali o‘quvchiga tasir qila olishi, pedagogik axloq, o‘zaro munosabat, ijobiy natijalarga erishishi kabi bilim, ko‘nikma va malakalarning namoyon bo‘lishi uning ko‘p qirrali pedagogik mahoratga ega ekanligigni ko‘rsatadi.
Bu degani – dars jarayoni samarali bo‘lishi, uning pedagogik mahoratiga, kasbiy qobiliyatiga bog‘liq.
Xulosa qilib aytganda, o‘quvchi shaxsini shakillantrishda o‘qituvchining ahamiyati va ta’siri beqiyos. Chunki, o‘qituvchi o‘quvchi bilimlarini, tafakkurini o‘stiradi.
Shu sababli o‘quvchilar shaxsini shakillantrishda o‘qituvchi har qanday masalalarga to‘g‘ri yondashishi uning tabiati, tuzilishi, xulq-atvorini va unga sabab vositalarini inobatga olishi zarur.
Boshlang‘ich ta’limda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish.
A.Ahmedova - Kitob tuman 29-maktab o‘qituvchisi
Hozirgi kunda yoshlarning yuksak ma’naviy fazilatlarini kamol toptirish, har tomonlama bilimdon bo‘lishga yordam berish, milliy mafkurani shakllantirish, ularni vatanga bo‘lgan muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga, boy madaniy me’rosimiz va albatta, tarixiy an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohatlarni hal qiluvchi omilidir.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarida o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda yangi-yangi usullarni izlab topish, yangi pedagogik texnologiyaning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini dars jarayonida tadbiq etish borasida ham ko‘pgina yo‘l-yo‘riqlar aytib o‘tilgan. Bunga amal qilgan bugungi jonkuyar pedagoglarimiz o‘quv-tarbiya sifatini jahon standartlari darajasiga ko‘tarishga, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining yangi usullarini amalda qo‘llayaptilar. Bu borada yuqori ko‘rsatkichlarga erishish va o‘qituvchilarni nazariy va amaliy bilimlarini oshirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligining 2008 yil 24-maydagi 153-sonli”, “O‘qituvchilarning ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini oshirish tadbirlari haqida”gi buyrug‘i asosida Qashqadaryo VPKQTMOIda 2008 yil 22-24-sentabr kunlari o‘tkazilgan “O‘qituvchilarning ilg‘or pedagogik texnologiyalar sohasidagi nazariy va amaliy bilimlarini yanada oshirish” yuzasidan “Kaskad” usulidagi o‘quvi tashkil etildi va shu o‘quv kursiga ishtirok etib, bir qancha ilg‘or pedagogik texnologiyalardan xabardor bo‘ldim hamda tumanda targ‘ib etishga harakat qilib, o‘quvlar olib bordim.
Boshlang‘ich ta’limda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligiga, samaradorlik esa o‘z navbatida o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va faollashtirishga bog‘liq bo‘ladi. Har bir darsda o‘rganiladigan mavzuning mazmunini e’tiborga olgan holda kichik guruhlarda ishlash, didaktik o‘yinlar, “Aqliy hujum”, o‘z-o‘zini baholash kabilardan foydalaniladi. Bunday usullarda ilg‘or pedagogik texnologiyaning didaktik o‘yinli texnologiyalari didaktik o‘yinli dars shaklida qo‘llaniladi. Bunda bilim olish o‘yin bilan uyg‘unlashtiriladi.
Ishtirokchilarda o‘z bilimi, kuchi va faoliyatiga ishonch paydo bo‘ladi;
O‘quvchilar o‘rtasida ijodiy va mustaqil muhit tarkib topadi;
Musobaqa, hamkorlik, ijobiy raqobat, o‘zaro yordam vaziyatlari vujudga keladi.
Ilg‘or pedagogik texnalogiyalardan foydalanish o‘quvchilarni erkin firklay olish, bemalol muloqot, o‘z kuchiga ishonch, o‘zaro hurmat, hamkorlik mavzularni mustaqil o‘zlashtirishga qiziqish, yangiliklarga intilish, o‘rganganlarini uzoq vaqt esda saqlab qolish va amalda qo‘llash, xushmuomalalik bilan murojaat etish kabi ijobiy xislatlarni oshiradi. Darsda pedagoglar uchun vaqtdan unumli foydalanishda, darsni qiziqarli va mazmunli tashkil etishda, noyob fikrlaydigan o‘quvchilarni aniqlashda, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida hamkorlik, sinfdagi barcha o‘quvchilarni faollashtirish, o‘quvchilarni og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish va tezkorlik bilan baholay olish kabilarda katta yordam beradi.
Zamonaviy darslar tashkil qilish jarayonida barcha fan o‘qituvchilari borgan sari interfaol usullardan kengroq foydalanmoqdalar. Interfaol usullarni qo‘llash borasida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanib dars o‘tish natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni himoya qilish, munozara, sog‘lom muloqot, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.
Zamonaviy dars tashkil etishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarning “Kaskad” usulida o‘qitishda o‘zlashtirilgan bir qancha texnologiyalar: “Refleksiya”, “Kutuvlar”, “Glogingo”, “Buterbrot”, “Men kimman?” o‘yini, “Postek” o‘yini, “Fidbek”, “Qo‘shningiz yoqadimi?”, “Barchaga konfet”, “Oyga sayohat”, “Koptok o‘yini”, “Qarsak chalish”, “Bilimlar tog‘i”, “Orfografik estafeta” mashqi kabilar orqali tushuntirib o‘taman hamda bir qanchalarini o‘z darsimda qo‘llanilishi haqida aytib o‘taman. Mashg‘ulotni boshlashdan oldin “Oltin qoidalarimiz”ni belgilab, muhrlab olamiz, chunki mashq yoki o‘yin davomida qat’iy amal qilishimiz uchun.
“Oltin qoidalar”
vaqtdan unumli foydalanish;
o‘ng qo‘l qoidasi…………. .
Masalan: men “Globengo” mashqini darslarimda bunday tashkil etaman.
“Globengo” mashqi. (ona tili)
Gap turlarini bilasizmi?
Nutqning yozma shakli?
So‘z turkumlarini ayting?
O‘zbek tilida nechta tovush bor?
O‘zbek tilida nechta harf bor?
Kelishiklar sonini bilasizmi?
kabi qisqa javoblar so‘roqlar orqali tashkil etish orqali ham o‘quvchilar savodxonligini oshirish, ham sinfda o‘zaro hurmat, xushmuomalalik, tezkorlik va jonli muloqot hamda berilgan savollardagi javoblarni va javob bergan o‘quvchi ismini yozganda xatosiz va chiroyli yozishga e’tibor ham bo‘ladi va o‘yin oxirida rag‘batlantiriladi. Bu mashqda albatta reglament belgilanadi. (3-4 daqiqa). Bu mashqni boshqa fanlarda ham qo‘llayman. So‘rovnomalarni birinchi bo‘lib bajargan ishtirokchi “Globengo” deb aytadi va olib keladi.
“Kutuvlar” (Metoplankartada)
Bugungi darsdan nima oldingiz?
Bugungi mavzudan nimalar o‘rgandingiz? kabi savollarga har bir o‘quvchi o‘z javobini yozib, olib chiqadi va o‘qib beradi.
bu mashg‘ulotda ham o‘quvchilarning o‘tgan va yangi mavzu asosida olgan bilimlari aniqlanadi.
“Orfografik estafeta”
Bu mashqni ko‘proq ona tili darslarimda qo‘llayman, chunki o‘quvchilarni yozma va og‘zaki savodxonligi, husnixatiga e’tibor kuchayadi. Tezkor, chaqqon va hamkorlik kabi boshqa xislatlar ortadi. “Refleksiya” mashg‘ulotlarini o‘tganda, albatta, bu mashg‘ulotni har kuni dars boshlashdan oldin qo‘llayman. Masalan: “Koptok o‘yini” asosida verbal vositadan foydalanaman. Boshqaruvchi (o‘qituvchi), o‘tilgan mavzuni bilasizmi? Mavzu sizga yoqdimi? Mavzu qoidasini ayting? kabi davom etaveradi.
Darsni chiroyli boshlashda samarali muloqot Fedbek berish bilan ham boshlash juda yaxshi natija beradi. Men shunday boshlayman.
Salom aziz bolalarim, mening gul-u lolalarim.
Hammangiz bor, omonmisiz, bugungi darsga tayyormisiz?.
O‘quvchilar:
Aziz ustoz sog‘-omonmiz, dars boshlashga biz tayyormiz.
Juda yaxshi bolajonlar, bilishimcha, bugun hamma darsga tayyor. Adashmasam bugungi darsimizda hammangiz yuqori bal olishga oshiqmoqdasizlar kabi muloqotlar o‘z samarasini bermoqda.
G‘oyalar to‘gi
Yaxshilarning ziynati bobidan savollar:
1-guruhga: Xushmuomalalik mavzusida
2-guruhga: Kulish madaniyati mavzusida
Bunda o‘quvchilar o‘z bilganlari va donolar hikmatlari, mavzu-mazmuniga tayangan holda tezroq o‘z g‘oyalari bilan tog‘larga chiqishga harakat qiladilar.
Mana shu odobnoma fanidan o‘rganilgan odob sifatlarini barcha fanlarda qo‘llash maqsadida Klaster usuli ham yaxshi yordam beradi. Bu mashg‘ulotni “Doim amal qilaman” deb nomladik.
Xulosa qilib aytganda, dars samaradorligiga erishishda ilg‘or pedagogik texnaloigiya usullaridan foydalanishni tashkil etish, o‘qituvchidan o‘z ustida ishlash, intilish, innovatsion texnalogiyalarni o‘rganib, darslarda qo‘llash, zamon talabiga munosib bo‘lishga undaydi.
Shu talablarga amal qilgan holda yangiliklar sari intilib, Kaskad usulida o‘quvda ishtirok etib, tumanda o‘qituvchilarni o‘qitishga hissa qo‘shdim va yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha mashg‘ulotlarni qo‘llab ko‘rdim. Xullas, ilg‘or pedagogik texnalogiya asosida mashg‘ulotlar olib borganimdan buyon o‘quvchilarimda mustaqil fikrlash, fikrlarini to‘g‘riligini isbot qilish, hamkorlikda ishlash, o‘zaro hurmat, darslarga qiziqishlari ortishi, yangi mavzuni mustaqil o‘rganishga harakat, erkin fikrlay olish qobiliyatlari yanada ortdi. Ish faoliyatimda esa o‘quvchilar, ota-onalar, maktab jamoasi va tuman o‘qituvchilari hamda tuman xalq ta’limi xodimlari o‘rtasida yanada hurmatim ortdi.Mamlakatimizdagi barcha kasbdoshlarimga ham doimo yangiliklarga intilib ishlashlarida omad tilayman.
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining innovatsion faoliyati
M.G‘apporova - Kitob tumani 29 – maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Boshlang‘ich sinflarda ta’lim va tarbiyaning zamon talabi darajasida takomillashtirishi, yoshlarning ma’naviy barkamol shaxslar bo‘lib yetishishida asosiy omillardan hisoblanadi. Buning uchun o‘qituvchilarning ilmiy, pedagogik, metodik tayyorgarligini oshirish, darslarni takomillashtirish, yangi pedagogik texnalogiyalarning ta’lim jarayonida to‘laroq joriy etish, darslarni innovatsion usulda tashkil etish haqida ko‘plab fikrlar bayon etilmoqda.
Shunday ekan, pedagogning ish ko‘lamini kengaytirish bugungi o‘qituvchining asosiy faoliyati sanaladi. O‘qituvchidagi intellektual salohiyat ishchanlik, mehnatsevarlik, ijodkorlik xususiyatlari ta’lim mazmunining boyishida alohida va muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonida ilg‘or texnalogiyalarning yangi - yangi usullarining qo‘llanilishi darslarning rang – barang, qiziqarli tarzda o‘tishda olib keladi, o‘quv materiallarining chuqur o‘zlashtirishida ham keng imkoniyatlar yaratadi. Bu esa pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqa ekanligidan dalolat beradi. Tushunchalarning aksariyati texnika va iqtisod sohalaridan kirib kelgan bo‘lib, aynan shu sohalar insoniyat fikrining rivojlanishiga asos bo‘lmoqda. Bugungi kunda ta’limning iqtisodiyligi va takomillashganligi, o‘qituvchi va o‘rgatuvchi, texnika va texnalogiyalar, ta’lim iqtisodi o‘qitishni turli - tuman fikrlar bilan belgilamoqda.
“Innovatsiya - yangilik” so‘zining qachon paydo bo‘lganligi aniq bo‘lmasada, bu tushuncha umumiy fanlarga, tabiiy fanlardan kerib kelganligi haqida fikrlar mavjud. Innovatsiya jamiyat paydo bo‘lishidan boshlab o‘zgarib kelmoqda. Ba’zi pedagoglar innovatsiya so‘zining tor ma’noda ta’limni takomillashtirish, zamonaviylashtirish, boshqalari unga kengroq tushuncha bermoqda. Ta’lim sohasidagi ayrim yangi tushunchalarning, islohat, o‘qitishni zamonaviylashtirish, takomillashtirish, optimallashtirish kabilar bilan almashtirmoqdalar.
Fransuz olimi E. Bransuik pedagogik yangilikning uch turini ko‘rsatadi:
1) yangilik sifatida butunlay yangi, ilgari mavjud bo‘lmagan g‘oya va harakatlar yuzaga keladi;
2) ko‘pchilik yangiliklar ma’lum bir vaqtda, ma’lum bir muhitda g‘oya va harakatlarni moslashtirishni, kengaytirishni yoki o‘zgartirishni talab etadi.
3) pedagogik yangiliklar vaziyatga qarab sodir bo‘ladi. Bu yangiliklar o‘zgaruvchan talablar orqali qayta qo‘yilgan maqsad asosida ilgari mavjud harakatlarni jonlantiradi va g‘oyalarning samaradorligini ta’minlaydi.
O‘zbekiston milliy enseklopediyasida innovatsiya so‘zi quyidagicha izohlanadi: “innovatsiya - inglizcha innovationas - kiritilgan yangilik, ixtiro bo‘lib, ilmiy texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asoslangan texnika, texnalogiya, boshqarish va mahoratni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, faoliyat doiralarda qo‘llanilishi” deb ko‘rsatilgan.
“Innovatsion texnalogiyalar pedagogik jaroyon hamda o‘qituvchi o‘quvchi faoliyatiga yangiliklar va o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to‘liq foydalaniladi.”
Pedagoglarning muvaffaqiyatli ishlashlari, o‘quvchilarga ta’lim berishlari uchun ta’lim jarayoniga yangiliklarni tatbiq etishni bilishlari shart. Shuning uchun innovatsiya yangilik atamasi ko‘pchilikni e’tiborini tortdi. Innovatsiyaning ta’lim - tarbiya ishidan to‘liq va aniq qo‘llash uchun uning mazmun, mohiyatini tushunib yetish lozim. Innovatsiya orqali o‘qitish jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro munosabatlarini optimallashtiradi.
Avvalo, “pedagogik texnalogiya” haqida fikr bildirsak. Bu atama mutaxassislar tamonidan turlicha tahlil qilinmoqda. Jumladan, yangicha o‘qitish uslubi, o‘quv jarayonining nazorat qilish yoki boshqarishning ilg‘or tajribalari, o‘quv jarayonining tashkil qilish va tahlil qilishga nisbatan yangicha yondashuvlar “pedagogik taxnalogiya” deb yuritiladi. Demak, pedagogik texnalogiyani joriy qilish jarayoni yangicha yondashuvlar, yangiliklar kiritish jarayoni deb qabul qilinar ekan, maqsadimiz ham o‘qituvchilarni ana shu jarayonga – innovatsiya faoliyatiga tayyorlash haqidaligi ravshan bo‘ladi.
O‘qituvchinng innovatsion pedagogik faoliyatining shakllanish va rivojlanishi jarayonini tahlil qilish imkonini beradi.
Pedagogik texnalogiya vositasida ta’lim samaradorligini oshirish uchun o‘quv materiallarini imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish, ta’lim jarayonida o‘quvchilarni faollashtirish va har bir darsda muayyan maqsad asosida ularning aqliy rivojlanishiga, dunyoqarashini kengaytirishda imkon yaratish lozim. Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga innovatsion texnalogiyalar va interaktiv metodlari qo‘llashga qiziqish tobora keng tus olmoqda. Bunday metodlarni qo‘llash ta’lim samaradorligi va ta’sirchanligini oshiradi, o‘qituvchilarning o‘qish motivlarini oshiradi. Demak ta’lim jarayonida an’anaviy ta’limdagi kabi bir xil shablonlar asosida emas, balki yangiliklar asosida ta’lim jarayonining ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan. Ish shaklidan foydalanish ta’limda innovatsiya demakdir. Ta’limda pedagogik texnalogiyalarga asoslanish va innovatsiyaga intilish, o‘quvchilarni faollashtirishga qaratilgan turli interfaol metodlardan foydalanish ta’lim maqsadini samarali amalga oshirishga yordam beradi. Ta’lim jarayonini innavatsion metodlardan foydalanib tashkil etish uchun avvalo darsni rejalashtirish lozim.
Maqsadda aniqlikni yo‘qligi, ya’ni ta’lim jarayonida o‘qituvchi faoliyati nimadan iborat va o‘quvchilar faoliyatini faollashtirishdan iborat. Darsda yangiliklardan foydalanish qo‘l keladi. Darsda o‘quvchilarni faollashtirishga qaratilgan ish usullaridan foydalaniladi. Ko‘rsatilgan dars samarasida o‘qituvchi o‘zining ish shakllari va ko‘nikmalarini egallab olishi lozim. Bundan tashqari pedagogning innovatsion tayyorgarligida bolalar bilan muloqat - dialog sherikchilik, maqol - matallardan foydalanish, topishmoqalarni qo‘llash, hududiy o‘yinlardan, ashulalardan, hazil mutoyibalardan foydalanishning ham ahamiyati benihoya katta bo‘ladi. Bularning barchasi o‘qituvchining innovatsion faoliyatiga tayyorgarligidan yoki tayyorgarligini oshirishdan jiddiy va zaruriy zaxira hisoblanadi.
Yangi pedagogik taxnalogiyaning innovatsion usullardan foydalanib, quyidagi mashg‘ulotlar asosida dars tashkil etaman.
Masalan: “Globingo” mashqining, “Kutuvlar”, “Koptok o‘yini”, “Men kimman”, “Qo‘shningiz yoqadimi?”, “Samarali muloqat”, “Barchaga konfet”, “Bog‘dagi mevalar”, “Qarsak chalish o‘yini” , “Oyga sayohat”, “O‘zimga e’tibor”, “G‘oyalar tog‘i”, “Orfografik estafeta”, “Svot tahlili” (“Bilaman”, “Bilishni xoxlayman”, “Bilib oldim”). “Zegzag”, “Postik o‘yini”, “Tabiat hodisasi”, “Kasbiy mahorat va insoniy fazilat” mashg‘ulotlari asosida dars o‘tib boraman.
Dars jarayonida “Globimgo” mashqini quyidagicha qo‘llab boraman.”Globingo” mashqida o‘n oltita so‘rovdan iborat bo‘lgan so‘rovnomalar mavjud. Siz so‘ragan so‘rovnomangizga bilsangiz “ha” deb javob yozasiz, bilmasangiz “yo‘q” deb javob yozasiz agarda “yo‘q” deb javob bersalar, siz o‘sha savol bilan boshqa kishiga murojaat qilasiz. Bu so‘rovnomani olgan o‘quvchi har bir kishidan yurib borib, to‘ldirib chiqishi shart. Bu mashg‘ulotda ham reglament belgilanadi. Eng birinchi bajargan kishi “Globingo” deb aytadi. Bu mashg‘ulotni barcha fanlarda foydalanish mumkin. Masalan o‘qish fanidan
Alisher bog‘da bulbul bilan nimalar haqida so‘zlashdi?
Alisher o‘ziga qanday taxallus tanladi?
Alisher yoshligida qanday o‘sdi?
Alisher necha yoshida she’r yozishni mashq qiladi?
Alisherning yoshligi qanday o‘tdi?
Alisherni do‘sti kim?
Bu mashg‘ulot o‘quvchilarni ziyraklikka, topqirlikka, fikrini charxlashga, aqlini rivojlantirishga, barkamol inson bo‘lishiga undaydi. Men bu mashg‘ulotdan foydalanganimda o‘quvchilarimni hozirjavobligini, zukkoligini ko‘raman.
“Kutuvlar” mashg‘ulotini ham barcha fanlardan foydalanib, dars jarayonini boyitib boramiz. Bu mashg‘ulotda o‘quvchilar faol qatnashadi. Har bir bolaga rangli qog‘ozlar, “metoplankarta” turli shaklda qirqib tarqatiladi. Bolalar bu rangli qog‘ozlarga o‘z javoblarini, o‘z fikrlarini yozadilar. Har bir bola o‘z yozgan qog‘ozini “Kutuvlar” shabloniga olib borib yopishtirishadi. Yopishtirishdan oldin o‘quvchilarni fikrini birma - bir tinglab olamiz. Chunki o‘quvchilar fikri biz uchun qadrlidir
Bu mashg‘ulotni ham o‘quvchilar juda qiziqish bilan bajarishadi. O‘quvchilarni fikrini tinglab, ularni “Fidbek” berish orqali rag‘batlantirib boramiz har bir bolani fikrini tinglab ko‘ramiz. Shu bilan birga ularni barkamol inson qilib tarbiyalaymiz.
Ana shulardan kelib chiqqan holda o‘qituvchining innovatsion faoliyatiga tayyorgarligini murakkab jarayon sifatida baholash mumkin. Yuqorida aytib o‘tilgan usullar o‘qituvchi tomonidan ijodiy boyitiladi, rivojlantiruvchi axborotlar bilan to‘ldiriladi. Bular shunchaki gaplar emas, tajribadan natija samarasidir. Innovatsionlar yangiliklar yaratuvchilar shubxasiz milliy ta’lim – tarbiya tizimini takomillashtirishda uni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirishda katta muvaffaqiyatlarga erishishi tayin.
Darslarda innovatsion usullarni qo‘llashga qiziqishim “Kaskad” usulida o‘qishga ishtirok etishimdadir. Men shu o‘qishga ishtirok etib, barcha o‘rganganlarimni Kitob tuman o‘qituvchilariga tatbiq etdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |