Boshlang’ich ta’limda aktdan foydalanish fanidan maruzlar matni


Murakkab masalalarni yechishni o`rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o`rgatish



Download 315,49 Kb.
bet21/32
Sana02.07.2022
Hajmi315,49 Kb.
#729875
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
Bog'liq
Boshlang’ich ta’limda aktdan foydalanish fanidan maruzlar matni

21.Murakkab masalalarni yechishni o`rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o`rgatish


Reja :
KIRISH
MASALA TUSHUNCHASINING PEDAGOGIK, PSIXOLOGIK, METODIK TALQINI
Pedagogika, psixologiya, metodikaga oid adabiyotlarda masala tushunchasining yoritilish
Boshlang’ich sinflarda matnli masala ustida ishlashning umumiy masalalari
Tarkibli masalalar ustida ishlash bosqichlari
BOSHLANG’ICH SINFLARDA YECHILGAN MASALA USTIDA ISHLASH USULLARI
Yechilgan masalani tekshirish usullar
Berilgan masalaga teskari masala tuzish va uni yechish
O’quvchilarni yechilgan masala ustida ishlashga o’rgatish yuzasidan usuliy tavsiyalar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ILOVALAR
Mavzuning dolzarbligi.
Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama yetuk, bilimdon qilib voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor yo’nalisharidan biridir. 2012 yilning 16-17 fevral kunlari poytaxtimizda bo’lib o’tgan, “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va madernizatsiya qilishning muhim sharti” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, oliy ta’lim dargohlari hayoti bilan tanishish jarayonida bu fikrning hayotiyligi, umuman, O’zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasiga ustuvor ahamiyat berilayotganiga shohid bo’lishdi. Bu konferensiyaga muhtaram Prezidentimiz “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash-mamlakatni barqaror taraqqiy yettirish va madernizatsiya qilishning muhim sharti” mavzusida ma’ruza qilib, “… Iqtisodiyotni izchil va barqaror taraqqiy yettirishning eng muhim sharti bo’lgan ta’lim tizimini isloh etish masalalari insoniyatning buyuk mutafakkirlarini doimo o’ylantirib kelgan vazifa – har tomonlama uyg’un rivojlangan barkamol shaxsni shakllantirishning ko’p qirrali va keng qamrovli muammolarining barcha jihatlarini hech bir darajada to’liq qamrab olishi mumkin emasligini biz albatta yaxshi tushunamiz” deb ta’lim tizimining ustuvorligini ko’rsatib berdilar.

Muammoning o’rganilganlik darajasi.
O’quv topshiriqlarining bir ko’rinishi masala – o’quvchi o’quv-biluv faoliyatini faollashtiruvchi bir vositadir. Psixologiya tadqiqotlarida o’quvchi o’quv-biluv faoliyatini faollashtirish muammosi juda ko’plab olimlarning ishlarida o’z ifodasini topgan. Masalani tekshirishning usullari metodik adabiyotlarga keltrilgan, ammo boshlang’ich sinf o’quvchilari o’quv-biluv faoliyatini faollashtirishga yo’nalgan yechilgan masala ustida ishlash usullari atroflicha o’rganilmagan.
Tadqiqot ishini bajarishdan maqsad: Boshlangich sinf o’quvchilarini yechilgan masala ustida ishlashga o’rgatish orqali ularning o’quv faoliyatini faollashtirish va bu borada usuliy tavsiyalar tayyorlash.
Tadqiqot ishini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi
Matnli masala tushunchasining pedagogik, psixologik, metodik talqinini yoritish
Tarkibli masalalar ustida ishlash bosqichlarini umumiy jihatdan asoslash
Boshlang’ich sinflarda yechilgan masala ustida ishlash usullarini asoslash
Tadqiqot mavzusi yuzasidan usuliy tavsiyalar tayyorlash va tajribada sinash
Tadqiqot obyekti: Boshlang’ich sinflarda matematika ta’limi jarayoni.
Tadqiqot predmeti: Boshlang’ich sinflarda matematika darslarida masala, uning ustida ishlash usul, vositalari.
Bitiruv-malakaviy ishni yozishda quyidagi faraz ilgari surildi:
Agar o’quvchi matnli masala ustida ishlash bo’yicha, yetarli bilim, malaka va ko’nikmaga ega bo’lsa, u holda o’quvchining o’quv-biluv faoliyati faollashadi, mantiqiy tafakkuri o’sadi, fanga qiziqishi ortadi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Boshlang’ich sinflarda yechilgan masala ustida ishlash usullari nazariy va metodik jihatdan asoslandi.
Tadqiqot metodlari: Adabiyotlarni o’rganish, ilg’or pedagok, boshlang’ich sinf o’qituvchilar ish tajribasini o’rganish, kuzatish, suhbat, so’rovnomalar o’tkazish, maktab hujjatlarini o’rganish, pedagogik tajriba o’tkazish va tahlil qilish.
Tadqiqot natijalarini nazariy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijasida boshlangich sinflarda matematika o’qitish metodikasidagi matnli masalalar yechish bo’limi yechilgan masala ustida ishlash bo’yicha ayrim nazariy materiallar bilan boyitildi. Bu yechilgan masala ustida ishlash usullari boshlang’ich sinflarda masalalar yechish jarayonida qo’llanilishi natijasida o’quvchilarni o’quv-biluv faoliyati oshishi yo’lida qo’llash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, olti band, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilova qismlaridan iborat bo’lib, matn sahifani tashkil etadi. Unda boshlang’ich sinflarda yechilgan masala ustida ishlash metodikasi yoritiladi.
Pedagogika, psixologiya, metodikaga oid adabiyotlarda masala tushunchasining yoritilishi
“Masala” atamasi ijtimoiy ishlab chiqarishda, fan sohasida, o’quv tarbiya jarayonida qo’llaniladigan boy, sermazmun kategoriyadir. Olimlarning fikrlaridan kelib chiqgan holda uni bir necha yo’nalishlarga bo’lib o’rganamiz. Ya’ni, masalani
Muammoli holat sifatida qarash.
Berilgan shart asosida sub’ekt faoliyatining maqsadi sifatida qarash.
Masalaning belgili harakterdagi talqinini qarash. “Masala” va “muammoli holat” tushunchasini farqlab, A.M Matyushkin shuni ta’kidlaydiki, “masala” atamasini harakatning maqsadini, harakatni bajarish shartlari va bajariladigan harakatlarning ba’zi talablarini o’z ichiga olgan intelektual topshiriqlarni bajarishda ishlatiladi.
Muammoli holatning psixologik tarkibiga quyidagi 3 ta komponent kiradi.
O’rganiladigan bilim yoki faoliyat usuli.
Kishini faoliyatga undovchi biluv usuli.
Kishining ijodiy qobiliyati va oldingi tajribasini o’z ichiga olgan intelektual sharoitlar.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun arifmetik masalalarning ahamiyati.
Bola maktabdagi mashg’ulotlarning birinchi kunidayoq masala bilan uchrashadi. O’quvchilarning qanday hayotiy tajriba va bilimga ega ekanini aniqlash maqsadida o’qituvchi o’quvchiga eng sodda masala orqali murojaat qiladi. Masalan: "Sening to’rtta qalaming bor edi, sen yana bitta qalam olding. Sendagi qalamlar nechta bo’ldi?"
Matematik masalalar o’quvchilarga matematik tushunchalarni to’g’ri shakllantirishga, uni o’rab turgan muhitni chuqurroq anglashga, shu bilan birga masalalar yechishga bola tafakkurining rivojlanishiga yordam beradi.
Masala haqida tushuncha.
" M a t e m a t i k ma s a la " o’ z i n i m a ?
Matematik masala -ihcham hikoya bo’lib, unda ba’zi kattaliklarning qiymatlari kiritilgan bo’lib, ularga bog’liq va masala shartida ular bilan ma’lum munosabatlar orqali bog’langan boshqa kattaliklarning qiymatlari izlanadi.Har qanday arifmetik masalada noma’lum son va berilgan sonlardan iborat elementlar albatta bo’lishi kerak.
Demak, istalgan arifmetik masala uch komponentdan iborat bo’lar ekan.
a) masalaning matni, b) masaladagi sonli faktlar, v) masalaning savoli.
Bu uchchala komponent oldida malum t a l a b l a r ham yotadi.
A) Masalaning matni: qisqa, ravon va tushunarli bo’lishi kerak.
B) Sonli faktlari: hayotiy, taraqqiyot dinamikamizni ochib beruvchi mantiqan to’g’ri tanlangan, imkoniyat chegarasidan chiqmagan bo’lishi kerak.
V) Matn ohirida so’roq gap tariqasida yozilgan aniq savol bo’lishi kerak.
Shart va savol - masalaning asosiy elementlaridir.
Ikki amalli masalalar bilan dastlabki tanishtirish usullari.
Ikki amalli masalalar murakkab arifmetik masalalarning dastlabki ko’rinishidir. SHuning uchun ham uni alohida ko’rish ahamiyatga ega. CHunki, istalgan murakkab arifmetik masalani yechish uchun poydevor hisoblanadi. Ikki amalli masalalar bilan tanishtirishning ikki etapi bor:
1. Tayyorgarlik;
2. Tayyor ikki amalli masalalar ustida ishlash;
Tayyorgarlik davrida metodikaning o’ziga hos tajribalarda sinalgan ba’zi tasvirlari mavjudki, ular to’g’risida gapirib o’taylik:
Umuman olganda istalgan masala ustida ishlash eng kamida 5 etapdan iborat bo’lishi kerak:

1.Masalaning shartini o’zlashtirish.
2.Masalaning qisqacha shartini tasvirlash.
3.Qisqacha shartga qarab muhokama qilish.
4.Yechish rejasini tuzish va yechish.
5.Echilgan masala ustida ishlash.
Endi quyidagi masalani ko’raylik.
“Kolhoz avtoparkiga 2400 l benzin keltirildi. Bundan 1-kun 3q10 qismi, 2-kun 2q10 qismi sarflandi. Har ikkala kunda necha litr benzin sarflandi?”
Bu masalaga quyidagi uch hil ko’rinishda qisqa shartni yozib ko’rsatish qulay.
1.Grafik usuli.

Shunday qilib masala qanday qisqa shartida tuzilmasin, masalaning to’la shartini ifodalashi va yechim yo’lini tanlashga yordam berishi kerak.
Masala bu –
so’zlar bilan ifodalangan savol bo’lib, uning javobi arifmetik amallar yordamida olinishi mumkin. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini mantiqiy tafakkurini o’stirishda matnli masala muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Masala tushunchasini turli olimlar tomonidan turlicha talqin etilishi ishimizning birinchi bandida keltirilgan. Shartli ravishda masala quyidagi tarkibiy elementlarga ajratilishi mumkin.
masalaning sharti – syujetlarning so’zlar bilan bayoni bo’lib, unda son qiymatlari masala tarkibiga kiruvchi kattaliklar orasidagi funksional bog’lanish oshkor (sonlar yordamida) holda yoki oshkormas shaklda (so’zlar yordamida) ko’rsatilgan bo’ladi.
masalanig savoli – bunda bir yoki bir necha kattalikning noma’lum qiymatlarini bilish taklif qilinadi.
Boshlang’ich sinflarda yechiladigan masalalarni ikki turga bo’ladilar:
Sodda masalalar va murakkab masalalar. Bir amal bilan yechiladigan masalalar sodda masalalar bo’lib, bunday masalalar bilan o’quvchilar birinchi, ikkinchi sinflarda tanishadilar. Ikki va undan ortiq amal bilan yechiladigan masalalar murakkab masalalar deb aytiladi.
Murakkab matnli masalalarni yechishda quyidagi bosqichlarga rioya qilinadi:
masala matnini o’zlashtirish bosqichi
masala qisqa shartini tasvirlash bosqichi
masalani muhokama qilish bosqichi
masalani yechimini tasvirlash bosqichi
yechilgan masala ustida ishlash bosqichi
Bu bosqichlarga rioya qilgan holda masalalar yechish o’quvchilarga yaxshi malaka va ko’nikma erishishga sabab bo’ladi. Yechilgan masala ustida ishlash bosqichi masalalari quyidagi II bobda qarab chiqiladi.
Yechilgan masalani tekshirish usullari
Metodikaga oid adabiyotlarda matnli masalalar o'quvchilarga matematik tushunchalarni to'g'ri shakllantirishga, uni o'rab turgan muhitning o'zaro aloqadorligini turli tomonlarini chuqurroq anglashga yordam berishi, o'rganilayotgan nazariy qoidalarni qo'llashga, kuzatilayotgan hodisalarda har xil sonli bog'lanishlarni o'rgatish imkonini berishi o'z ifodasini topgan. Matnli masalalarni yechish o'quvchi mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga katta yordam beradi. Demak, har bir bajarilayotgan amalning to'g'riligini tekshirib, masalani yechish orqali o'quvchida fikrlash qobiliyati o'sadi, mantiqiy tafakkur qilishi ortadi. Masalalarni yechib, yechimning to'g'riligini tekshirish orqali o'quvchilarning matematikadan o'rganilgan nazariy bilim, malaka va ko'nikmalari mustahkamlanadi, mushohada qilish, tafakkur yuritish, tegishli xulosalar chiqara olish xususiyatlari tarkib topadi.
Berilgan masalaga teskari masala tuzish va uni yechish
Boshlang’ich sinf o’quvchilarni masala yechishga o’rgatish orqali ularda mantiqiy tafakkur rivojlanadi, matematik nutqi o’sadi. Masala yechishga oid ishlar birinchi sinfdan boshlanadi. To’la ko’rsatmalilikka tayangan holda o’quvchilar sodda masala tuza boshlaydilar. Bunday masalalar yig’indini topishga doir, qoldiqni topishga doir yoki “ta orttirish”, “… ta kamaytirish”ga doir sodda masalalar hisoblanadi. Bu ayniqsa raqamlash davrida ya’ni o’n ichidagi son bilan tanishtirish maqsadida predmetlar, rasmlar to’plamidan foydalanib o’quvchilar masala tuzadilar va uni yechadilar. Shuni ta’kidlash joizki masala, masala sharti masala savoli degan atamalarni kiritishga mo’ljallangan mavzu “Matematika darsligida” alohida mavzu sifatida o’z ifodasini topmagan. Darslikning 49-betidan boshlab masala atamasi kiritilgan. Ammo o’quvchi maktabga qadam qo’ygan kundan boshlab narsa, predmet, rasmlarga qarab, masala tuza olishga o’rgatib boorish kerak. Garchand masala, masala sharti, masala savoli kabi atamalarni o’quvchilarga aytmasdan turib ham matnli masala tuzish va uni yechish ishlari bajariladi. Dastlab yig’indini topishga doir masala tuzish ishlari bajarilayotganda ikki to’plam elementlari birlashtirib, birlashma to’plamdagi elementlar sonini topishga qaratilgan turli mazmundagi masalalarni ko’rgazmali vosita asosida tuzib va uni yechish yo’llari o’quvchilarga tushuntirib boriladi. Masala: “bir qalamdonda uchta qalam, ikkinchi qalamdonda ikkita qalam bor. Ikkila qalamdonda nechta qalam bor?” Bu masalani o’qituvchi ko’rgazmali qilib, birinchi qalamdondagi uchta qalamni ko’rsatib, uning ustiga ikkinchi qalamni qo’yib ikkala qalamdonda hammasi bo’lib nechta qalam bo’lishini o’quvchilardan so’raydi. Dast avval ikkal qalamdondagi qalamlar sonini sanash orqali, masala yechimi besh ekani aniqlanadi. So’ngra birinchi qalamdondagi uchta qalamni ko’rsatib, ikkinchi qalamdondagi ikkita qalamni ko’rsatib ikkalasini ustma-ust ko’rsatib, ikkalasida nechta qalam borligini hisoblab topishni talab qiladi va natijada masala yechimi 3Q2q5 (qalam) tarzida raqamli kartochkalar orqali namoyish qilinadi.
O’quvchilarni yechilgan masala ustida ishlashga o’rgatish yuzasidan usuliy tavsiyalar
Kuzatish va tajribalarimiz shuni ko’rsatdiki boshlang’ich sinflarda masala yechilgach uning to’g’ri yechilganligini albatta tekshirish zarur. Aksholda o’quvchilar masala yechimini topib, uning to’g’ri yoki noto’g’ri yechim ekanligini aniqlay olmay qoladilar. Yechilgan masala ustida ishlash bo’yicha bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun quyidagi tavsiyalarni berishi mumkin.
1) Masala ustida ishlash metodikasi asoslangan holda masalani yechib imkon qadar har bir masala to’g’ri yechilganligi tekshirishi shart.
2) Masalani turli usullarda yechish yechilgan masala ustida ishlashning bir usuli ekan, o’qituvchi imkon qadar ko’proq masala yechish jarayonida foydalanishi maqsadga muvofiq.
3) Yechilgan masala ustida ishlash bo’yicha o’qituvchi o’z ishini shunday loyihalashtirishi kerakki, yechiladigan masala qanday usulda tekshirilishini o’quvchiga aytishi zarur.
4) Masala yechish jarayonida ko’rgazmali vositalar muhim ahamiyatga ega.
5) Yechilgan masla ustida ishash jarayonida o’quvchi o’quv faoliyatini tashkil etishning umum sinf guruh yakka (individual) ta’limni tashkil etish shakllarini mutanossibligini ta’minlash har bir o’qituvchi oldida turgan vazifalardan biri hisoblanadi.
6) Yechilgan masala ustida ishlash jarayonida o’qituvchi o’qitishning ko’rgazmalilik, mustaqil ish, darslik ustida ishlash muammoli ta’lim, qisman izlanish tadqiqot induksiya, diduksiya analogiya metodlaridan foydalanish bilan birga yangi pedagogik texnologiya axborot texnologiyalar metodlaridan ham foydalanishi ta’lim samaradorligini oshirishga olib keladi.
Yechilgan masalalar ustida ishlashning turli usullari mavjud:

Yechilgan masalalar ustida ishlash bosqichi masala yechish bosqichining yakuniy sifatida qaralar ekan o’quvchining mustaqil masala yechishga o’rgatish, masala to’g’riligini tekshirish, ko’nikmalarini shakllanishiga olib keladi.
Yechilgan masalalar ustida ishlashning turli usullari mavjud:
Javobini o’rniga qo’yib tekshirish
Berilgan masalaga teskari masala tuzib uni yechib tekshirish
Masalani turli usullarda yechib tekshirish
Masala yechimidagi har bir amaldan so’ng “bu amalni bajarib nimani topding” degan savolga javob berib izohlab tekshirish
Masalada berilganlarga qarab masala javobi chegaralarini aniqlab tekshirsh
Masalani yechimini grafik tekshirish
Masalani yechib uni javobini tekshirish o’qituvchidan katta mahoratni talab qiladi.



Download 315,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish