Boshlang‘ich sinf o‘qish darsliklaridagi lug‘atlarda o‘zlashma so‘zlarning ishlatilishi
Boshlang‘ich sinflar uchun mo‘ljallangan o‘qish kitobi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirishga, ularda erkin hamda obrazli fikrlay olish, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma ravishda bayon qila olishga, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgandir.
Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslari o‘z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko‘ra ta’lim tizimida alohida o‘rin tutadi. Negaki, uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta’limini o‘qish ta’limisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.11
Har bir sinflar uchun mo‘ljallangan o‘qish darsliklari o‘zining puxtaligi, rang-barangligi, qiziqarli ekanligi hamda berilayotgan janrlarning xilma-xilligi bilan o‘quvchilar diqqatini o‘ziga jalb etadi. Ulardan o‘quvchilar berilgan asar matnini o‘qish bilan bir qatorda bir qancha qiziqarli, ilmiy ma’lumotlarga ham ega bo‘ladilar.
Izohli lug‘atlar o‘qish darslarida tez-tez kerak bo‘ladigan qo‘llanmalardir. O‘quvchilar bunday lug‘atlardan barcha jumboqlarga javob topadi, istagan bir so‘zlari haqida keng va atroflicha ma’lumot oladilar.12
O‘qish darslarida lug‘atlardan foydalanish o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish, ularni turli lug‘atlar bilan tanishtirish va bu lug‘atlardan foydalanish malaklarini shakllantirish muhim masala hisoblanadi. Bu ko‘nikmalarning eng muhimlaridan biri alifbo tartibini yaxshi bilishlikdir. Alifboni yoddan bilmagan o‘quvchi lug‘atdan foydalanib o‘zi uchun zarur bo‘lgan so‘zni topa olmaydi. Shuning uchun ham boshlang‘ich sinflardayoq o‘quvchilarning alifbo tartibini yaxshi bilishlariga e’tibor qaratish va bunga erishish talab etiladi.
Mana shu kabilarga erishish maqsadida boshlang‘ich sinf o‘qish darsliklari so‘ngida izohli lug‘atlar berilgan. Bundan asosiy maqsad esa o‘quvchilar o‘zlariga tushunarsiz bo‘lgan so‘zlarning ma’nosini izlashlari davomida lug‘at bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishlaridir.
O‘zbek tili leksikasi boshqa ko‘plab tillardan so‘z olish natijasida ham boyib boradi. Tilimizdagi so‘zlar orasida umumturkiy so‘zlar bilan bir qatorda ko‘plab fors-tojik tilidan, arab tilidan, rus hamda boshqa tillardan kirib kelgan o‘zlashma so‘zlar ham mavjuddir. Shunday ekan, o‘qish kitoblarida berilgan lug‘atlarda berilgan so‘zlarning ma’nodoshligi hamda izohiga qo‘shimcha ravishda bu so‘zlarning qaysi tildan o‘zlashganligini ham keltirib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Dunyoda boshqa tillardan so‘z olmasdan faqat o‘z ichki imkoniyatlari asosidagina rivojlanadigan birorta til yo‘q. Bundan o‘zbek tili ham mustasno emas. Faqat ma’lum zarurat tufayli yangi tushunchani ifodalovchi o‘z tilimizning ichki imkoniyatlari asosida ifodalab bo‘lmagandagina tashqi manbalarga murojaat qilish foydalidir. Bobolarimiz Alisher Navoiy, Mahmud Qoshg‘ariy ham shunga da’vat etgan.13
1-4 sinf o‘qish darsliklarida berilgan lug‘atlar o‘quvchilar nutqini boyitishda alohida ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, lug‘atlar bilan tanishgan o‘quvchi nimani qayerdan izlash kerakligi haqida ham yetarli ma’lumotlarga ega bo‘ladi. O‘quvchilarga darslikdagi tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zni tushuntirishda, bu so‘zni ularning iste’moliga ko‘chirishda ana shu lug‘atlarning o‘rni beqiyos hisoblanadi.
Quyida ushbu lug‘atlarning qaysi tildan o‘zlashganligini ham kiritib, jadval ko‘rinishida o‘quvchilar uchun yanada qiziqarli hamda tushunarli shaklda qayta ishlab hukmingizga havola etamiz. UNICEF ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda 1-sinf o‘quvchilari uchun tayyorlangan, 2021-yilda nashr etilgan Azimova, K. Mavlonova, S. Quronov, Sh. Tursun hammuallifligidagi Ona tili va o‘qish savodxonligi (1-qism) darsligining so‘nggi 102-103 betlarida darslikda foydalanilgan ayrim so‘zlarning lug‘ati mavjuddir. Ushbu lug‘at o‘quvchilar so‘z boyligining ortishida, nutqining rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etadi. Quyida ushbu lug‘at tahlili bilan tanishamiz:
T/r
|
So‘z
|
So‘zning ma’nosi
|
Qaysi tildan o‘zlashganligi
|
1.
|
Anhor
|
Katta ariq
|
O‘zbekcha
|
2.
|
Axloq
|
Odamning o‘zini tutishi, odobi
|
Arabcha
|
3.
|
Bakteriya
|
Ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda tirik organizmlar
|
Yunoncha
|
4.
|
Behad
|
Juda ko‘p, mo‘l
|
O‘zbekcha
|
5.
|
Behuda
|
Foydasiz, foydasi yo‘q
|
Forcha
|
6.
|
Borliq
|
Bizni o‘rab turgan butun olam
|
Forscha
|
7.
|
Bug‘lanmoq
|
Issiqlik ta’sirida suvning parlanishi
|
O‘zbekcha
|
8.
|
Daromad
|
Foyda
|
Forscha
|
9.
|
Hazm
|
Ovqatning inson tanasiga yaxshi singib ketishi
|
Arabcha
|
10.
|
Hordiq chiqarish
|
Dam olish
|
O‘zbekcha
|
11.
|
Hurpaymoq
|
Soch, jun, patning to‘zg‘ish holati
|
O‘zbekcha
|
12.
|
Ildam
|
Chaqqon, tez
|
O‘zbekcha
|
13.
|
Immunitet
|
Organizmning zararli narsalardan himoyalanishi
|
Lotincha
|
14.
|
Irmoq
|
Kichik daryocha
|
O‘zbekcha
|
15.
|
Izg‘irin
|
Judayam sovuq shamol
|
O‘zbekcha
|
16.
|
Jismonan
|
Odamning tanasiga oid
|
O‘zbekcha
|
17.
|
Kislorod
|
Biz nafas oladigan tova havo tarkibidagi modda, ko‘zga ko‘rinmaydi
|
Lotincha
|
18.
|
Ko‘lmak
|
Chuqur joyda saqlanib qolgan suv
|
O‘zbekcha
|
19.
|
Kunbotar
|
Quyoshning botish vaqti (tomoni)
|
O‘zbekcha
|
20.
|
Laqab
|
Biror kishiga hazil qilib yoki masxaralab berilgan qo‘shimcha nom yoki hayvonlarga qo‘yilgan nom
|
Arabcha
|
21.
|
Loyiha
|
Bir ishni bajarish uchun oldindan tuzilgan reja
|
Arabcha
|
22.
|
Mahorat
|
Bir ishni juda yaxshi bajara olish
|
Arabcha
|
23.
|
Mahsulot
|
Odamlar ishlab chiqargan narsa
|
Arabcha
|
24.
|
Mavsumiy
|
Yilning ma’lum vaqtiga oid
|
Arabcha
|
25.
|
Miriqib
|
To‘yib, qonib, maza qilib
|
O‘zbekcha
|
26.
|
Modda
|
Ko‘rish yoki ushlash mumkin bo‘lgan narsa.Moddalar ko‘zga ko‘rinmaydigan darajada mayda bo‘lishi ham mumkin
|
Arabcha
|
27.
|
Momiq
|
Paxtaday yumshoq
|
O‘zbekcha
|
28.
|
Nokikta’b
|
Ta’bi nozik, juda ham e’tiborli
|
Arabcha-fors
|
29.
|
Organizm
|
Odam va boshqa jonzotlarning butun tanasi
|
Lotincha
|
30.
|
Parvarish
|
Qaramoq, boqmoq
|
Forscha
|
31.
|
Payvandlash
|
Biror o‘simlik novdasini boshqa o‘simlikka ulash
|
O‘zbekcha
|
32.
|
Pinjiga kirmoq
|
Yonidan joy olish, bag‘riga kirish
|
O‘zbekcha
|
33
|
Qadoq
|
Mahsulotning ustki qismi
|
O‘zbekcha
|
34
|
Qal’a
|
Mustahkam devor bilan o‘ralgan, yaxshi himoyalangan bino yoki shaharcha
|
Arabcha
|
35
|
Qapishish
|
Zich tegib turish, yopishish
|
O‘zbekcha
|
36
|
Qiyoslamoq
|
Bir nechta narsani o‘zaro solishtirish
|
O‘zbekcha
|
37
|
Qizg‘anchiq
|
Narsasini birovga bergisi kelmaydigan odam
|
O‘zbekcha
|
38
|
Ruhan
|
Odamning kayfiyatiga oid
|
Arabcha
|
39
|
Sahar
|
Quyosh chiqishidan oldin, g‘ira-shira yorug‘lik paydo bo‘ladigan payt
|
Arabcha
|
40
|
Sa’va
|
Rang-barang patli sayroqi qush
|
Arabcha
|
41
|
Serob
|
Ko‘p, mo‘l-ko‘l
|
Forscha
|
42
|
Shabada
|
Mayin, yengil shamol
|
O‘zbekcha
|
43
|
Shom
|
Quyoshning botish payti
|
Forscha
|
44
|
Sustqadam
|
Sekin yuradigan
|
O‘zbekcha
|
45
|
Suyuqlik
|
Suv kabi oqish xususiyatiga ega, qattiq bo‘lmagan modda
|
O‘zbekcha
|
46
|
Tabriknoma
|
Tabrik so‘zlari yozilgan xat
|
O‘zbekcha
|
47
|
Tomorqa
|
Hovli-joy yonida jolashgan ekin maydoni
|
O‘zbekcha
|
48
|
Tong
|
Quyoshning chiqish vaqti
|
O‘zbekcha
|
49
|
Tush
|
Quyosh osmonning qoq o‘rtasiga ko‘tarilgan vaqt
|
O‘zbekcha
|
50
|
Tushlik
|
Tush vaqtida yeyiladigan ovqat
|
O‘zbekcha
|
51
|
Vitamin
|
Inson va hayvon organizmi uchun foydali bo‘lgan moddalar
|
Lotincha
|
52
|
Xazon
|
Kuzda sarg‘ayib to‘kilgan burglar
|
Forscha
|
53
|
Yupqa
|
Qalin emas, nozik
|
O‘zbekcha
|
54
|
O‘ra
|
Sabzavot, don va shu kablarni ko‘mish uchun maxsus qazilgan, odatda, osti kengroq bo‘ladigan chuqurlik
|
O‘zbekcha
|
55
|
G‘amxo‘r
|
Boshqalar haqida o‘ylaydigan, ko‘p yaxshilik qiladigan odam
|
O‘zbekcha
|
56
|
Chatoq
|
Yomon, xato, noto‘g‘ri
|
O‘zbekcha
|
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 1-sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darsligidagi lug‘atdan o‘rin olgan jami 56 ta so‘zning 30 tasi o‘zbekcha ekan. Qolgan 26 ta so‘zdan 11 tasi arabcha, 6 tasi forscha, 1 tasi yunoncha, 4tasi lotincha, qolgan 1tasi arabcha nozik so‘ziga forscha ta’b so‘zining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan arab+forscha so‘zlardir. Demak, 1-sinf ona tili va o‘qish savodxonligi kitobida berilgan lug‘atning yarmini o‘zlashma so‘zlar egallab olgandir. O‘quvchilarga ushbu so‘zlarni o‘rgatish davomida uning qaysi tildan o‘zlashganligini ham aytib o‘tish, shu so‘zning bola hotirasida mustahkamroq o‘rnashib qolishiga olib keladi hamda bu tarzda ishlash o‘quvchining zerikishini oldini olib, ularga yanada qiziqarli hisoblanadi.
Lug‘at ustida ishlash jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish
Bugungi kunda umumta’lim maktablarida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanib dars o‘tish nafaqat o‘qituvchilar oldiga qo‘yilgan talablardan biri, balki ulardan foydalanish o‘quvchi shaxsi bilan samimiy aloqa o‘rnatish, o‘quvchilarda o‘ziga ishonchni vujudga keltirishga yordam beradi.
Bola tabiat va insonlar bilan munosabatda bo‘lishi natijasida so‘z, ibora, tasviriy ifoda, maqol, hikmatli so‘zlarni o‘rganadi, ularni o‘z so‘zlariga aylantiradi.14
O‘quvchi lug‘atining boyishiga, birinchi navbatda, uni qurshab turgan muhit, tabiat, kundalik hayoti, bilim olish jarayoni, o‘zidan kattalar hamda tengdoshlari bilan bo‘ladigan o‘zaro muloqat jarayonlari asosiy manba bo‘lib hizmat qiladi. Bu esa bola lug‘atining boyishida yetakchi o‘rinni egallaydi. Agar bu jarayonda AKT vositalaridan samarali foydalanilsa, yanada samaraliroq natijaga erishish mumkin.
Har bir zamonaviy o`qituvchidan zamon bilan hamnafas bo‘lgan holda ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalangan holda, o‘quvchilarni o‘z faniga qiziqtirish va bu orqali ta’lim sifatini oshirish talab etilmoqda. Buning uchun boshlang‘ich ta’limda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Bu jarayonda “Macromedia Flash”, “GIF Animation”, “Microsoft Front Page”, “Abobe Fotoshop”, “3D Max”, “Microsоft Power Point” kabi dasturiy vositalardan foydalanish tavsiya etiladi. Bu kabi dasturiy vositalar yordamida rangli, harakatli, ovozli tasvirlar yaratish mumkin. Bu esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining berilgan mavzuni oson, sodda ko`rinishda, tez o‘zlashtirishlariga yordam beradi.
O`quvchilarning lug‘at xazinasini boyitishda sinonim, antonim, paronim, omonim so‘zlarning o‘rni beqiyos hisoblanadi. Bu kabi so‘zlarni o‘rgatishda esa axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish ham mumkin.
Ma’nodosh so‘zlar ustida ishlash jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish
Boshlang‘ich sinflarda ma’nodosh so‘zlar ustida ishlashda so‘zning sinonimini topish topshirig‘idan foydalanish yaxshi natija beradi. Bunday topshiriqlarni berishda AKTdan foydalanish yanada samaraliroqdir.
Quyida Microsoft Power Point dasturida tayyorlangan “Mushukoy uchun moychechak” deb nomlangan o‘yindan foydalanib o‘quvchilar bilan ishlash yo‘llari haqida tushuncha beramiz.
O‘yin qoidasiga ko‘ra o‘quvchilar Mushukoyga berilgan so‘zning ma’nodoshlarini topishga yordam berishlari kerak bo‘ladi. Agar so‘zning ma’nodoshlari to‘g‘ri topilsa moychechak Mushukoyga beriladi. Aksincha, noto‘g‘ri bo‘lsa o‘sha moychechak yo‘qolib qoladi. Bu esa o‘quvchilarning qiziqishlarini yanada ortishiga, ko‘proq izlanishlariga, zerikib qolmasliklariga hamda o‘z xatolarini o‘rnida bilib, to‘g‘rilab borishlariga sabab bo‘ladi.
O‘yinning birinchi sahifasida yurt so‘zi asosiy so‘z sifatida berilgandir. O‘quvchilar shu so‘zga ma’nodosh so‘zlar topishi kerak bo‘ladi. Masalan, yurt so‘ziga diyor, vatan, o‘lka so‘zlari ma’nodosh bo‘la oladi, lekin tong, bog‘, yashamoq so‘zlari ma’nodosh bo‘la olmaydi.
Qolgan sahifalardagi so‘zlarga ham shu tariqa ma’nodosh so‘zlar topib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |