Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 2-kurs magistranti Axmedova Diyoraxon Obidjon qizining



Download 1,66 Mb.
bet5/9
Sana27.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#711570
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi Diyora

Olmangiz,
Xomligimda
Olmangiz.
Nortojiga
O‘xshab so‘ng,
“Voy qornim”, deb
Qolmangiz!8
She’rning birinchi misrasidagi olmangiz so‘zi ikkinchi misradagi olmangiz so‘zi bilan o‘zaro shakldosh, ya’ni shaklan bir xil, mazmunan boshqa ma’noli so‘zlardir. “Men sizlarning olmangiz” misrasidagi olmangiz so‘zi meva ma’nosini ifodalamoqda. “Homligimda olmangiz” mistasidagi olmangiz so‘zi esa ish harakat ma’nosini, ya’ni homligida uzmaslik kerakligini ifodalab kelmoqda. Ushbu mashq ustida ishlash davomida o‘qituvchi mana shu ikki so‘zga o‘quvchilar diqqatini jalb qila olishi zarur. Bu orqali o‘quvchilar ongiga bir shakldagi ikki, uch so‘z bo‘lishi mumkinligini, ularning har biri alohida ma’no anglatishini singdirishga erishiladi. Keyinchalik bu dastlabki tushuncha yuqori sinflarda mustahkamlanib omonim so‘zlar haqidagi umumiy bilimga aylantiriladi.
R. Ikromova, X. G‘ulomova, Sh. Yo‘ldosheva, D. Shodmonqulovalar muallifligidagi 4-sinf ona tili darsligidan o‘rin olgan quyidagi mashq esa yanada qiziqarli va aynan shakldosh so‘zlarni topishga qaratilgan:
258-mashq. Birikmalarni o‘qing. Bir xil shakldagi so‘zlar ma’nosini ayting. Tilda ot, o‘t so‘zlari nechta? Ular qaysi tomoni bilan bir-biriga o‘xshaydi? Nimasi bilan farq qiladi.
Ko‘m-ko‘k o‘t – ariqdan o‘t
Minishli ot – kaptokni ot
Mashq shartiga ko‘ra birikmalardagi o‘t hamda ot so‘zlarining ma’nosini aytish so‘ralmoqda. Ko‘m-ko‘k o‘t – birikmasidagi o‘t so‘zi maysa, o‘t-o‘lan, giyoh ma’nolarini anglatayotgan bo‘lsa ariqdan o‘t – birikmasidagi o‘t so‘zi ish- harakat ma’nosini bildirib kelmoqda. O‘quvchilar birikmalarni o‘qishlari bilanoq, ularning farqiga yeta oladilar. Keyingi birikmalarimizdagi ot so‘zi ham huddi shunday minishli ot – birikmasida hayvonni, kaptokni ot – birikmasida esa ish-harakat ma’nosini ifodalamoqda. Mashq ustida ishlab bo‘lgach o‘qituvchi shu kabi yana boshqa shakldosh so‘zlar ishtirok etgan birikmalarni o‘quvchilar hukmiga havola etishi ham o‘quvchilarning omonim so‘zlarni o‘rganishlari uchun zamin bo‘ladi.
O‘quvchilarning lug‘at boyligini kengaytirishda paronim so‘zlarning ham o‘rni beqiyosdir. Bundan tashqari paronim so‘zlar ustida ishlash o‘quvchilarning imloviy savodxonligini oshiradi, so‘zlarni to‘g‘ri yozish malakalarini shakllantirisshga hizmat qiladi.
Paronimlar faqat bir tovushi bilan farqlanuvchi, lekin bir xil talaffuz qilinadigan so‘zlardir. Masalan: afzal-abzal, fol-pol, bob-bop, tub-tup.9
Bilamizki, paronimlar orfografiya (to‘g‘ri yozish) hamda orfoepiya (to‘g‘ri tallaffuz) bilan uzviy bog‘liq. So‘zlarning imlosini yaxshi bilmaslik natijasida paronimlar bilan bog‘liq xatolar yuzaga keladi. Shu sababli ham paronimlarni o‘quvchilarga o‘rgatishni savod o‘rgatish jarayonidan boshlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
1-4 sinf ona tili darsliklarida paronim so‘zlar bilan ishlashga doir bir qator mashqlar berilgan. Quyida ularni tahlil qilib chiqamiz.
T. G‘afforova, E. Shodmonov, X. G‘ulomovalar muallifligidagi 1-sinf ona tili darsligida paronimlarga oid mashqlar juda ko‘plab uchraydi. Masalan, 41-mashqda ham paronim so‘zlar berilgan bo‘lib, o‘quvchilarga ularning ma’nosini taqqoslash hamda har ikkalasining yozilishini yodda saqlab qolish topshirig‘i berilgan.
tug – tuk qarz – qars
yod – yot tub – tup
ganj – ganch uflamoq – uvlamoq10
Ushbu mashqni bajarish orqali bolaning so‘z boyligi yanada ortadi. Paronimlar orfografiya (to‘g‘ri yozish) hamda orfoepiya (to‘g‘ri tallaffuz) bilan uzviy bog‘liq. So‘zlarning imlosini yaxshi bilmaslik natijasida paronimlar bilan bog‘liq xatolar yuzaga keladi. Shu sababli ham paronimlarni o‘quvchilarga o‘rgatishni savod o‘rgatish jarayonidan boshlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish