Foydalanish uchun so‘zlar: an’ana, milliy libos, xalq sayli, sumalak
O‘quvchilar dastlab foydalanish uchun berilgan an’ana – urf-odat, libos – kiyim so‘zlarini ma’nodoshlari bilan alishtirib oladilar. Keyin esa mavzuga mos insho yozadilar.
Assalom, Navro‘z!
Bugun 21-mart Navro‘z bayrami. Bu bayramni nishonlash bizning milliy urf-odatimiz hisoblanadi. Navro‘zda xalq sayylari o‘tkaziladi. Buvijon va onajonlarimiz qozonlarda sumalaklar pishiradilar. Biz bolalar milliy kiyimlarimiz: atlas, adras liboslar, do‘ppilar kiyib o‘yin-kulgu qilamiz. Navro‘z – ajoyib bayram!
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari antonimlar bilan ham amaliy tanishtiriladi, ammo ularga hech qanday nazariy ma’lumot berilmaydi.
Qarama-qarshi, zid ma’no bildiradigan so‘zlar zid ma’noli so‘zlar (antonimlar) hisoblanadi. Antonimlar belgi bildirgan so‘zlarda, ya’ni sifatlarda juda ko‘p uchraydi.
1-4 sinflarda zid ma’noli so‘zlar ustida ishlash matn ichidan zid ma’noli so‘zlarni ajratib olishdan boshlanadi. Keyin esa maxsus mashqlar ishlatiladi.
Boshlang‘ich sinflarda antonimlar ustida quyidagi maxsus mashqlar bajariladi:
Berilgan so‘zlarga antonim tanlash
Zid ma’noli so‘zlarni qatnashtirib gap tuzish
Berilgan gapga antonim topib qo‘yish.4
Berilgan so‘zga antonim tanlash topshirig‘i berilgan mashqlar zid ma’noli so‘zlar ustida ishlashning eng soda usuli hisoblanadi. Bunday mashqlar 2-4 sinf ona tili darsligidan keng o‘rin egallagan.
Masalan, K. Qosimova, S. Fuzailov, A.Ne’matova muallifligidagi 2-sinf ona tili darsligidan o‘rin olgan 311-mashqda quyidagi she’r berilgan:
Yaxshi bola ukasini
Yig‘laganda ovutadi.
Yomon bola araz qilib,
Issiq oshni sovutadi.5
Mashq shartida esa shu she’rda qatnashgan qarama-qarshi ma’noli so‘zlarni tagiga chizish va ajratilgan so‘zga zid ma’noli so‘z topib yozish topshirig‘i berilgan. Demak, o‘quvchilar yaxshi va yomon so‘zlarining ostiga chizishlari va issiq so‘ziga qarama-qarshi qilib sovuq so‘zini yozishlari kerak bo‘ladi. Bu mashq berilgan so‘zlarga antonim tanlash mashqlari tipiga mansub. Bu tipdagi mashqlar boshlang‘ich sinflarga ko‘p beriladi.
Narsalarning belgisini bildirgan so‘zlar orasida qarama-qarshi ma’noli so‘zlar ham bor. Yozda issiq, qishda esa sovuq.6
R. Ikromova, X. G‘ulomova, Sh. Yo‘ldosheva, D. Shodmonqulovalar muallifligidagi 4-sinf ona tili darsligidan o‘rin olgan quyidagi mashq esa berilgan gapga antonim topib qo‘yish topshirig‘i berilgan mashqlar sirasiga kiradi.
268-mashq. Maqollarni o‘qing, ma’nosini tushuntiring. Ko‘chirib yozing va zid ma’noli sifatlarni aniqlang.
To‘g‘ri odam egri so‘zdan or qiladi.
Befoyda so‘zni ko‘p aytma, foydali so‘zni ko‘p eshitishdan qaytma.
Chin so‘zni yolg‘onga chulg‘ama, chin ayta oladigan tilni yolg‘onga bulg‘ama.
Ushbu mashqni bajarishda o‘quvchilar har bir so‘zning ma’nosiga e’tibor qaratadilar. Agar ular ma’noga emas so‘zlarning shakliga qarab ish tutishsa zid ma’noli so‘zlarni topa olmaydilar. Demak, mashqdagi zid ma’noli so‘zlar quyidagilar: to‘g‘ri-egri, befoyda-foydali, chin so‘z-yolg‘on.
Sinonim, antonim so‘zlardan tashqari boshlang‘ich sinflarga omonim so‘zlar ham amaliy tanishtirilib boriladi. Lekin o‘quvchilarga bunday so‘zlar to‘g‘risida hech qanday nazariy ma’lumotlar berilmaydi, faqatgina bunday tushunchalarni shakllantirishga dastlabki tayyorgarlik ishlari olib boriladi, xolos.
O‘quvchilar kundalik turmushda, o‘zgalar nutqida shakldosh so‘zlarga duch kelishadi, ammo ular shakldosh so‘z ekanini tushunib yetmaydilar.7
Chindan ham o‘quvchilar kundalik turmushda turli insonlar bilan muloqotga kirishadi va bu jarayonda turli so‘larga duch keladilar. Ular orasida shakldosh (omonim) so‘zlar ham uchrab turadi. Lekin bola bu so‘z shakldosh ekanligiga, har bir gapda boshqacha ma’no anglatishiga e’tibor qaratmaydi. Agar o‘qituvchi yuksak salohiyat egasi bo‘lsa o‘quvchilarga o‘z o‘rnida bunday so‘zlar haqida amaliy tushuncha berib o‘tadi.
Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklarida bunday so‘zlar va ular haqida tushuncha berishga qaratilgan bir nechta mashqlar mavjud. Quyida boshlang‘ich sinf darsliklarida berilgan shunday mashqlarni tahlil qilish orqali fikrimizni yanada asoslab o‘tamiz.
1-sinf ona tili darsligida berilgan 21-mashqda maqollar berilgan bo‘lib, maqollarning birida davlat so‘zi mol-dunyo tushunchasini ifodalash sifatida berilgan. Mashqning topshirig‘ida esa o‘quvchidan davlat so‘zi yana qanday ma’noni bildirishi so‘ralmoqda.
Bu mashq bilan ishlash jarayonida o‘quvchilar davlat so‘zining yana qanday ma’nosi borligini topishi uchun o‘qituvchi davlat so‘zini mamlakat ma’nosini ifodalagan holda biror bir gap tuzib aytishi lozim. Shunda o‘quvchilar bu so‘zning shakldoshi haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. Masalan, O‘zbekiston – buyuk davlat.
Bunday usuldan foydalanish orqali o‘qituvchi o‘quvchilarga so‘zning ma’nosini tushunarli bo‘lishiga erishadi.
3-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan ona tili darsligidan o‘rin egallagan 404-mashqda Erkin Vohidov qalamiga mansub quyidagi ajoyib she’r berilgan.
OLMA
Men sizlarning
Do'stlaringiz bilan baham: |