Ona tili darslarida so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari ustida ishlash orqali o‘quvchilar lug‘atini boyitish yo‘llari
Modomiki, o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish ona tili darslarining asosiy vazifalaridan biri ekan, ularni turli lug‘atlar bilan tanishtirish va o‘quvchilarda bu lug‘atlardan foydalanish malakalarini shakllantirish muhim masala hisoblanadi. Lug‘atlar o‘quvchilarning imlo savodxonligini oshirishda, so‘z zaxirasini kengaytirishda muhim manba va shu bilan bir qatorda, o‘quvchining asosiy suyanchig‘i va maslahatchisi hamdir.
Lug‘atlardan foydalanish malakalarini shakllantirish uchun, avvalo, o‘quvchilarda bunga ehtiyoj bo‘lishi zarur. Bu esa o‘qituvchidan ana shu ehtiyojni tarbiyalashni talab etadi. Chunki ehtiyoj sezilmasa o‘quvchilar lug‘atlarga murojaat qilishmaydi. Ma’lum bir so‘zning ma’nosi, ma’nodoshi, qarama-qarshi ma’nosi yoki uyadoshini bilish zarurati ehtiyojni vujudga keltiradi. Shu ehtiyojni vujudga keltirayotgan ma’nodoshlik, qarama-qarshi ma’no, ko‘p ma’nolilik va paronimlik hodisalari esa so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlarini yuzaga keltiradi.
So‘zlar shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra to‘rt turga bo‘linadi:
Omonimlar – shakldosh so‘zlar
Sinonimlar – ma’nodosh so‘zlar
Antonimlar – zid ma’noli so‘zlar
Paronimlar.1
Barchamizga ma’lumki, ma’nodosh so‘zlar (sinonimlar) talaffuzi hamda yozilish jihatidan har xil bo‘lgan, lekin bir umumiy tushunchani, boshqacha aytganda bir umumiy ma’noni ifoda etadigan so‘zlardir.Sinonimlar tilni leksik tomondan boyitganligi sababli bunday so‘zlar ustida ishlash juda muhim hisoblanadi. So‘zlovchi lug‘atida sinonimlar qancha ko‘p bo‘lsa, uning nutqi, tilining ifodaliligi shuncha ortib boradi.
O‘zbek tili sinonimlarga boy tildir. Buning isboti sifatida “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati” da birgina yuz so‘zining 11ta, yaxshi so‘zining esa 15ta sinonimi berilganligini keltirishimiz mumkin.
Boshlang‘ich sinflarda olib boriladigan ona tili mashg‘ulotlarida sinonimlar to‘g‘risida hech qanday nazariy bilimlar berilmaydi. Aksincha, sinonimlar haqidagi tushuncha amaliyotda ya’ni mashqlarni bajarish jarayonida shakllantirilib boriladi. Bu esa o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashlariga bir so‘zning huddi shu ma’nodagi ikkinchi bir shakli borligini ongli tarzda tushunishlariga va bu orqali lug‘atlarini boyitishga turtki bo‘ladi.
Sinonimlar bilan elementar tarzda 1-sinfdan boshlanadi: o‘quvchilar berilgan so‘zning sinonimini topishga, boshqacha qilib qanday aytish mumkinligini tushuntirishga, 2 – 3 sinflarda esa berilgan so‘zning 2-3 sinonimini topib aytishga o‘rgatiladi.2
Demak, 1-sinf ona tili darslarida o‘quvchilar bilan mashqlar ustida ishlaganda biror so‘zni tanlab olib, ana shu so‘zni boshqacha qilib qanday aytish mumkinligini tushuntirib borish talab etiladi. Shu bilan bir qatorda so‘zning aynan shu ma’noli boshqa variantini topish topshirig‘ini berish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Metodik qo‘llanmalarda keltirilishicha, boshlang‘ich sinflarda ma’nodosh so‘zlarga oid quyidagicha mashqlar ihlatiladi:
Berilgan ma’nodosh so‘zlarni guruhlash.
Berilgan so‘zga sinonim tanlash.
Tushirilib qoldirilgan sinonim so‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib, matnni ko‘chirish.
Ma’nodosh so‘zlardan mosini qo‘yib, matnni ko‘chirish.
Sinonim so‘zlar qatoridan foydalanib didktik material tuzish va u bilan mashq ishlash.
1-sinf ona tili darsligidagi mashqlarni tahlil qilish jarayonida yuqoridagi fikrimizni ko‘rib chiqamiz.
Darslikdagi 119-mashqda “Yaproqlar” nomli she’r keltirilgan bo‘lib, mashq shartida quyidagi topshiriq berilganini ko‘rishimiz mumkin: yaproqlar va chorlaydi so‘zlarini qaysi so‘zlar bilan almashtirish mumkin?
Bu mashq 2-turga ya’ni berilgan so‘zga sinonim topish topshiriqlari toifasiga mansub. O‘quvchilar ushbu topshiriqni bajarish mobaynida o‘z lug‘atlaridagi barcha so‘zlarni tahlil qiladilar. Buning natijasida esa yaproqlar so‘zini barglar so‘ziga almashtirish mumkinligini osongina topib olishadi. Chunki bu so‘z ot so‘z turkumiga mansub va bola barglarni kundalik turmushda juda ko‘p marotaba uchratgan. Lekin chorlaydi so‘zini chaqiradi so‘zi bilan almashtirish o‘quvchilar uchun anchagina murakkabdir. Chunki u aniq predmentni emas, balki harakatni ifodalamoqda. Agar o‘quvchilarning lug‘at boyligi bilan bir qatorda mantiqiy fikrlay olish qobiliyati ham rivojlangan bo‘lsagina, ular bu so‘zning ma’nodoshini topa oladilar.
178-mashqda berilgan topshiriq esa yanada murakkablashgan. Mashq shartiga ko‘ra o‘quvchilardan maktub hamda xat so‘zlari ishtirokida gap tuzish topshirig‘ini bajarish talab etiladi. Bu mashqni 5-turdagi topshiriqlar tipiga kiritish mumkin. Bilamizki, maktub so‘zi xat so‘zi bilan o‘zaro ma’nodosh hisoblanadi. O‘quvchilar gap tuzish jarayonida bunga to‘liq ishonch hosil qiladilar.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib 2-sinflarda sinonimlar bilan ishlashda so‘zlarning ikki yoki undan ortiq ma’nodoshlarini topish topshiriqlari berilishini bilib oldik. Aynan mana shu fikr isboti sifatida 2-sinf ona tili darsligidagi sinonimlarga oid mashqlarini ko‘rib chiqamiz.
2-sinf ona tili darsligidagi 218-mashqda aynan biz aytgan topshiriq, ya’ni so‘zlarga sinonim topish vazifasi berilgan. Mashq sharti bo‘yicha o‘quvchilar ortar va boq so‘zlarining ma’nodoshini topishlari kerak. Bola 2-sinf ekanligini hisobga olsak bu topshiriq unchalik murakkab emas. O‘quvchilar mantiqiy fikrlashlari va o‘z lug‘at boyliklarini ishlatish orqali ushbu vazifani bajara oladilar. Demak, ortar so‘zi ko‘payar so‘zi bilan ma’nodosh bo‘lsa boq so‘zi qara so‘zi bilan ma’nodoshdir.
Bu mashq berilgan so‘zga sinonim tanlash topshirig‘i berilgan mashqlar tipiga mansubdir.
Darslikda keltirilgan 308- mashq sharti esa o‘quvchilar uchun yanada qiziqroq. Bu mashqni berilgan ma’nodosh so‘zlarni guruhlash mashqlari tipiga kiritishimiz mumkin. Mashqning shartiga ko‘ra o‘quvchilar berilgan topishmoqning javobini topishi bilan bir qatorda topishmoq matni ichidan ma’nodoshini topa oladigan so‘zlarini ajratib olishlari va shu so‘zlarning ma’nodoshi bilan yonma-yon qilib yozishi zarur. Demak, bu mashqni har bir o‘quvchi o‘z bilimi va lug‘at boyligidan kelib chiqqan holda o‘z bilimiga tayanib, mustaqil ravishda bajarishi kerak bo‘ladi. Mashqda berilgan topishmoqning matni quyidagicha:
Yerda asta unadi,
Oftob chiqsa kuladi.
Bahorning ilk elchisi,
Buni hamma biladi.3
O‘quvchilar mustaqil holda topishmoq matnidagi so‘zlarni mantiqiy tahlil qilishlari natijasida o‘zlari topa olgan ma’nodosh so‘zlarni yonma-yon yozadilar. Mantiqiy fikrlashi keng, lug‘at boyligi ko‘p o‘quvchu kamida quyidagi so‘zlarni topa oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |