Farg‘ona davlat universiteti
Magistratura bo‘limi
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
(boshlang‘ich ta’lim) yo‘nalishi
2-kurs magistranti
Axmedova Diyoraxon Obidjon qizining
“Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklarida berilgan lug‘atlar ustida ishlash” mavzusida tayyorlagan
Qabul qildi: I. Xoldarova
Farg’ona - 2021
Mavzu: Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklarida berilgan lug‘atlar ustida ishlash
MUNDARIJA
I. Kirish. ……………………………………………………..……3-4
II. Asosiy qism: …………………………………………………5-18
1. Ona tili darslarida so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari ustida ishlash orqali o‘quvchilar lug‘atini boyitish yo‘llari.…………………………………….....………5-10
2. Boshlang‘ich sinf o‘qish darsliklaridagi lug‘atlarda o‘zlashma so‘zlarning ishlatilishi.…………………………………………………11-12
3. Lug‘at ustida ishlash jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish.…………13-18
III. Xulosa .............……………………………………………19
IV. Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………20
Kirish
Hozirgi kunda Prеzidеntimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich mamlakatimizning istiqlol yo`lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk ma'naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish millat ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan yo`nalashtirish asosida jahon andozalari va ko`nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat bеrib kеlmoqda.
Shu asnoda aytib o’tish kerakki, ta’lim sohalariga ko’plab o’zgartirishlar kiritilmoqda, yangiliklar qilinmoqda, qonunlar yatilmoqda. Ushbu qonunlarga muvofuq, maktabda ona tili o‘qitishdan asosiy maqsad og‘zaki va yozma nutq yuzasidan o‘quvchilarda mustahkam bilim hosil qilish, ishlab chiqarishning, hayotning hamma sohalarida faol ijodiy faoliyat ko‘rsata oladigan savodli va madaniyatli kishilarni tarbiyalab yetishtirishdir.
Ma’lumki, yosh avlodni tarbiyalash va ularga har tomonlama yetuk bilim berish alohida e`tibor talab qiladigan jarayondir. Ta`lim berish jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun turli xil interfaol usullardan foydalanib dars olib borish juda samarali usul hisoblanadi. Yangi mavzuni tushuntirish, o’tilgan darslarni takrorlashda kompyuter texnologiyalari va multimedia vositalari eng muhim omillaridan biridir.
Shu o‘rinda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini rivojlantirish, ularni tashqi olam bilan erkin muloqotga kirishishi uchun zarur til materiallari bilan qurollantirish ham o‘qituvchi oldiga qo‘yilgan eng dastlabki talablardan biri bo‘lishi zarur. Har qanday nutqni bayon etish uchun o‘quvchi ma’lum so‘zlarning ma’nosini, talaffuzi hamda imlosini yaxshi bilishi talab etiladi. Kishining lug‘at xazinasi qay darajada boy bo‘lsa, u bayon etayotgan nutq shu qadar mazmunli, chhiroyli bo‘ladi hamda uni tinglovchi aniq va qiynalmasdan tushuna oladi.
Ushbu kurs ishida boshlang‘ich sinf ona tili hamda o‘qish darslarida lug‘at ustida ishlashning samarali usullarini aniqlash, boshlang‘ich sinf o‘qish drsliklarida berilgan lug‘atlardagi o‘zlashma so‘zlar bilan ishlashga o‘qituvchilarni jalb qilish hamda lug‘at ustida ishlash jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishni targ‘ib etish to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud.
Bugungi kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining har tomonlama bilimli bo‘lishida o‘qituvchilar zimmasiga ulkan ma’suliyat yuklanganligi barchamizga ma’lum. Ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish, dars o‘tish jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan unumli foydalana olish, o‘qitishning interfaol metodlarini o‘zlashtirib borish hamda ulardan o‘quv-tarbiya berish vaqtida samarali foydalana bilish vazifalarini mana shunday ma’suliyatlar zimmasiga kiritishimiz mumkin.
Boshlang‘ich ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, o‘quvchi yoshlarni kichik yoshdanoq mustaqil fikrlashga, yaratuvchanlikka o‘rgatish kabi ko‘plab shart-sharoitlarni yaratib berish o‘qituvchi shaxsidan zamonaviy o‘qitish usul va metodlarini bilishni hamda ularni amaliy jarayonda qo‘llay olishni talab qiladi.
Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yetuk inson sifatida kamol topishlarida ular lug‘atini yangi so‘zlar bilan boyitib borish, bu orqali ularda nutq madaniyatini shakllantirish eng asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda joriy qilingan ta’lim tizimida, boshlang‘ich ta’lim tizimida ko‘plab ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirilib kelinmoqda. An’anaviy ta’lim o‘z o‘rnini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvli ta’lim jarayonlariga bo‘shatib berdi. Mana shu nuqtayi nazardan, o‘quvchilar tomonidan egallanilayotgan bilim, ko‘nikma hamda malakalarni doimiy ravishda nazoratga olish, ular egallayotgan bilimlardagi bo‘shliqlarni o‘z o‘rnida to‘ldirib ketish, iqtidorli o‘quvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga zarur shart-sharoitlarni yaratib berish, sinfdan tashqari ishlar rejasini tuzib chiqish, dars jarayonida fanning eng ilg‘or yutuqlaridan foydalana bilish singari ko‘plab masalalarga to‘g‘ri yechim topa bilish eng dolzarb vazifaga aylanib qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |