2.2. Oilada bolalarni va milliy ruhda tarkib toptirishning shakllari va vositalari
Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari ega bo’lgan ma’naviyatga bog’liq. Shu bois O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov jamiyat rivojlanishining ma’naviy axloqiy negizlarini aniq belgilab berdi. Bular:
- Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
- Xalqimizning ma’naviy me’rosini mustaxkamlash va rivojlantirish;
- Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
- Vatanparvarlik.
Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi ma’naviy - axloqiy tarbiya asosini ham ilg’or milliy, ma’naviy – axloqiy qadriyatlar xalq pedagogikasi g’oyalari tashkil etadi. Asarlar o’sha ajdodlarimizdan qolgan urf – odat, to’yu – tomoshamiz, mehmon kutishimizdan tortib to kiyinish madaniyatigacha barii odobu – xayo pardasiga o’ralganki, bu ham bo’lsa o’zimizga xosligimizni ko’rsatib turadi.
Inson odobi – turmush oftobi. Insonni odobli qilib tarbiyalash muxim axamiyatga egadir. Bunda ajdodlarimiz aloxida e’tibor berishgan.
Yusuf Xos Xoji, Alisher Navoiy, Ogaxiy singari allomalar asarlari xalq tarbiyashunosligi sharbati bilan siylangan. Turkiston xalqi Qur’on va Xadislarni targ’ib va tashviq etish borasida juda katta ishlar amalga oshirishgan. Turkiston yurti sobiq sovet ittifoqi tomonidan zabt etilgandan so’ng, ayniqsa kommunistik firqa raxbarlik qilgan sovet davrida birinchi navbatda muqaddas Qur’oni Karim va Hadislarga nisbatan ayovsiz urush e’lon qilindi.
Bu musulmon xalqiga uning an’ana, urf – odatlariga, tarbiya yo’singa bo’lgan shavqatsizlik edi.
Shuning uchun xozirgi zamon odamlari e’tiqod degan uluq narsadan qisman bo’lsada maxrum bo’lib qoldi. Mustaqillik sharofati bilan Turkiston xalqiga o’zbek xalqiga o’zligi qaytarildi, milliy tarbiya gulshaniga keng yo’l ochilmoqda. Har bir ota – ona, har bir tarbiyachi muallim, har bir raxbar, jamiyatning xar bir a’zosi samarali foydalanishi lozim.
Xalq so’zi – xaq so’z, xalq ijodi pand – nasixat, ya’ni tarbiya maktabidir. Unda xalqning ijtimoiy – siyosiy dunyoqarashi, falsafi – estetik, didaktik.
An’ana uzoq zamonlardan beri avloddan – avlodga, otalardan bolalarga o’tib davom etib kelayotgan urf – odatlar, axloq me’zonlari qarashlaridir. An’ana ijtimoiy va madaniy me’rosdir.
O’zbek an’anaviy qadriyatlari xususan xalq og’zaki ijobiy ijodi uning tarkibidagi pandnomalar o’gitlar, nasixatlar, olqish – duolar har kun har daqiqa jonli jarayonlarda shaxob, turmush tarzimizni bezab ayniqsa farzandlarimizga to’g’ri bo’lish, tug’ri yashash va odob – axloqi joyida bo’lishlikni eslab turuvchi da’vat qiluvchi manbalardir. Aytmoqchimizki yoshlarimiz xalqona qadriyatlardan nechog’lik ko’p saboq olsalar ularning tafakkurlari shunchalik boyib, aql idroklari qayralib har tomonlama kamol topa beradilar.
Axloq – odob bu jamiyatda kishilar o’rtasida kundalik turmushga zarur bo’lgan xatto xarakatlar, urf – odatlar normalari qoidalaridir. Barcha norma va qoidalarni kishilar tomonidan ado etishini nazorat eti shva tartibga solish ijtimoiy, yuridik asosda ta’minlanadi.
Axloq – odob qoidalari va normalari har bir xalqning qadriyatlarida muxim o’rin egallaydi. Unga o’sha xalqning turmush tarzi madaniy saviyasi, an’analari guruhi, dini ifodalanadi, aks etadi.
Shuning uchun odob – axloq qoidalari va normalari o’sha xalqning bitmas – tugalmas ma’naviy boyligi xisoblanadi va millat darajasida shakllanganlik darajasi deb qaraladi. Axloq – odob norma va qoidalari jamiyat taraqqiyoti bilan rivojlanib o’zgarib boradi. Bunda qardosh xalqlar, mintaqada yashovchi xalqlar, millatlar, urf – odatlar bir – biriga ta’sir ko’rsatadi. Ilg’or qulay urf – odatlar, an’analar esa qadriyatlar darajasiga ko’tariladi. Bugungi kunda yoshlarni yuksak ma’naviy g’oya va milliy urf – odat, an’analar asosida tarbiyalash dolzarb masalaga aylangan. Yuksak ma’naviy g’oya va urf – odatlar ko’lami nixoyatda keng va serqirra bo’lib, ularda eng muximlar: iymonlilik, vatanni sevish, insonparvarlik, do’stlik, o’rtoqlik, ongli intzom, ijtimoiy faollik, halol mehnat, oila, davlat va jamiyat oldidagi burchni anglash, tinch – totuv yashash uchun kurashish xurfikrlilik kabilar.
Umuminsoniy oilaviy urf – odatlar va an’analarni chuqur o’rganish ularni tahlil qilish, ularni turkumlashtirish, ularni paydo bo’lish yo’llari, revosutsion paydo bo’lish aniqlash ilmiy asoslardan g’oyalarni ilgari surish va shular asosida an’analardan foydalanish yo’llarini tavsiya etishni xayot talab etmoqda. Bularni xamon kelajak kishini tarbiyalashda amaliy yordam beradi. Qadim zamonlardan hatto o’zbek xalqini yozuvi bo’lmagan paytlardanoq yosh avlodni tarbiyalash asosan oildada amalga oshirilgan. Bunda tabiat va ijtimoiy omillar xal qiluvchi o’rin tutganligi shubxasiz.
Xalq pedagogikasi xamisha yaxshi samara bergan. Shuning uchun ham xalqning tarbiyaga oid bilimlarini chuqur o’rganish tarbiya natijalariga asoslanib, ularning asaliy manbalariga tarbiya sirlariga nazar tashlash bugungi kunda ham axamiyatni yo’qotmagani yo’q.
Har bir xalq o’zining o’tmishda qolgan milliy – an’analarga asoslangan tarixiy madaniyat va turmush tarziga egadir. An’analar insonlarni turmushi va madaniyati asosi sifatida xozirgi kishilar axloqiga ta’sir etish mumkin. An’analarning bunday tarbiyaviy ta’sir etishi katta axamiyat kasb etadi. An’analarning vujudga kelishi va shakllanishi murakkab ijtimoiy jarayondir. Unda xalqni dono fikrlari axloq me’zonlari insonni xurmatlash va qadrlash o’z ifodasini topgan.
Shuning uchun ham yosh avlod – ajdodlarimiz tomonidan tarixiy sharoitdagi vujudga kelgan ilg’or an’analarni o’zlashtirish, unga rioya etish, boyitish nixoyatda zarurdir. Nixoyatda mazmuniga ko’ra milliy an’analar qaror topmoqda. Eski va yangi an’analar qarama – qarshiliklar jarayonida saralanadi, sayqal topadi. Ayrim onalar qanday bo’lsa o’sha xolda ko’rinishda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Ba’zilari ko’rinishni o’zgartiradi, ba’zilari esa yangilarini uyg’unlashadi, takomillashadi. Bolalar oilaviy an’analarga juda katta e’tibor, qiziqish bilan tayyorlanadilar, kutadilar. Bunday an’analar ular tarbiyasiga taalluqli bo’lgan vositalar sanaladi, ko’rinishdagi an’analarning umri boqiydir, urf – odatlar qancha xayotiy xalqchilik qancha ko’p tarqalgan bo’lsa u xalqda shuncha tez singadi, shuncha uzoq yashaydi.
Sharq xalqlari jumladan o’zbeklar bolalar tarbiyasiga befarq qaramaganlar. Xayotdagi hamma xatti – xarakatlarning oqibati to’g’ri baxolangan. Yoshga mos ravishda ta’sir ko’rsatish yo’l va vositalarni ajratilgan kerak bo’lganida rag’batlantirish turlaridan foydalanilgan lozim bo’lsa jazolangan. Bir bolaga yetti maxalla ota – ona deb bejiz aytilmagan noaxloqiy xatti – xarakatlar qisqa lekin o’ta tarbiyaviy axamiyatga ega bo’lgan yomon bolada iborasi bilan tavsiflangan.
Masalan xalqimizning qadimdan amal qilib kelayotgan odob – axloq qoidalariga ko’ra non ulug’langan «ushog’i bexosdan yerga tushib ketsa yomon bo’ladi» deb uni qo’lga olib ko’zga surib o’pib og’ziga solgan uni chetga olib qo’ygan.
«Suvga tuflash gunox bo’ladi», «yomon bqladi» deb tushuntirilgan. Qadimgi xovuzlarning suvi xaftalab, oylab toza turgan, biror kishi uni ifloslantirib «xarom» qilishga botinolmagan. Kechasi uy supurilmagan, supurgi yotqizilib qo’yilmagan. Ikki qo’lni orqada tirab o’tirish, barmoqlarni zanjir qilish, oyoqlarni chalishtirib ko’pchilik oldida o’tirib uzatish odatsizlik xisoblangan.
«Yomon bo’ladi» iborasi orqali kattalarga xurmat, kichiklarga g’axo’rlik tarbiyalangan, otaga tik qarash, ularga ters javob berish, xotin – qizlarga bexayolik qilish yomon bo’lishni yoshlikdan tushuntirilgan.
Masalan, musulmon farzandi quyosh chiqqancha uxlasa «yomon bo’ladi» erta shaharda eshik ochilmasa «yomon bo’ladi», «Kunlik rizqimizdan benasib qolishimiz iborasi bolalarni erta turishiga undagan kechki payt quyosh botishi arafasida uxlash yomon bo’ladi deb o’qtirilgan. Xayvonlar, qushlarga tosh otma ozor berma «yomon bo’ladi» ekinlarni poyxon qilma «yomon bo’ladi» kabi iboralari orqali ona tabiatga hurmat uni avaylab – asrashga o’rgatilgan. Xozirgi so’zimiz bilan aytganda ekologik tarbiya berilgan.
O’zbek xalqida bolalar bilan bog’liq juda ko’p yaxshi an’analar bor. Xalq pedagogikasi bolalarga mexr – muxabbat, ularni sevish, erkalash, parvarish qilish ta’lim – tarbiya berish extiyotlash kabi insoniy qarashlarni targ’ib qilib kelgan. O’zbek xaqining qadimiy urf – odatlariga ko’ra yangi chaqaloqning dunyoga kelishi, faqat uni ota – onasi uchungina emas, balki hamma qarindosh – urug’larni va maxalla – kuy uchun ham sevinchli xodisa xisoblanadi.
Xozirgi davrda saqlanib kelayotgan qadimiy odatlardan biri yangi chaqaloq sharafiga mevali daraxt o’tqazilishidir. Bu bilan ular yangi chaqaloqni dunyoga keltirishni an’anaviy marosimga aylantirish va tabiatga mexr uyg’onishgina emas balki keyingi avlodlar xayotini farovonlashishini xam ko’zlangan. Xaqimizga faqat o’zining bolasinigina emas umuman o’ziga yaqin xamma bolalarni sevish extiyodlash ularning tarbiyasi bilan shug’ullanish payti kelsa sho’x bolalarni tartibga chaqirish ona suti berish parvarish qilish an’analari avloddan avlodga o’tib keladi.
Bir bolaga butun maxalla ota ona degan maqol shundan. Maxalladagi xar bir bolaning yurish turishi tarbiyasi uchun xamma barobar ma’suliyat xis qilgan.
Ota onasi bolalarni boqishi butun maxalla o’z zimmasiga olgan. Emizikli bolalar uchun ko’krakdagi suti bor onalarni jalb etish g’oyatda qadrlangan. Boquvchisi yo’qlar xam maxalla etiboridan chetga qolmagan. Xalq og’zaki ijodi asoslarini ko’zdan kechirar ekanmiz xalqning xam qo’yishi odatda keng o’rin berilganini ko’ramiz. Sharq xalqlari xususan o’zbek xalqida shunday odat bor bolalarga oiladagi kattalar elu yurt o’rtasida mo’tabar bo’lgan kishilar, etiborli qariyalar nom qo’yadilar bu qadimdan qolgan irimdir.
Masalan Erali va Sherali dostonida aytilishicha o’sha zamonning rasmiga ko’ra bolaning birini podsho qo’liga birinchi xotiniga ko’tartirib ipak alvon chodirlarning ichidan xaloyiqqa qarab bolalarga qarab munosib ot qo’yishni so’radi.
Birisini berdim xaylo gulima,
Birisini o’zim oldim qo’lima.
Bir maslaxat sizlarday-el ko’nima,
Birodarlar ot qo’yinglar o’g’lima.
Ba’zilar aytdi Egizak bo’lganidan keyin Xasan-Xusan bo’ladi deb. Birovlar Shamsi va Qamar, deyishadi. Yana biri aytdi, Zalil va Karim deb xech birini degani podshoga yoqmay turgandi to’qson yamoqli to’n kiygan qalandar el o’rtasiga chiqdi. Ana shu qalandarning qo’ygan oti Erali-Sherali xammaga maqul bo’ladi.
Bola aziz odobi undan aziz. Bu maqolda o’zbek xalqining tarbiyaga oid qarashlari o’z ifodasini topgan. Bu e’tiqod yillar davomida ular ongiga singib ketgan. Ota onalar farzand ko’rish ularni sog’lom o’stirish bilan birga ularning odobli bo’lishlarini xam orzu qilishgan. Bola tilga kirishi bilan axloqiy tarbiyaning alifbosi bo’lgan salomlashishini o’rgatishdir.
O’zbek xalqi o’zining milliy tarbiya uslublarida bolalarga kattalarga birinchi bo’lib salom berishni kattalar suxbatiga aralashmaslikni ularni xadeb noo’rin savollar bezor qilmaslikni kattalar o’z joylariga o’tirganlariga qadar o’tirmaslikni uyda mexmondan so’ng kirishni lekin birinchi bo’lib lekin eshikni ochishni ularga yordam berishni odob qoidalariga doimo rioya etishni talab qilgan. Ota-ona dasturxonga qo’l uzatmaguncha dsturxon atrofiga yoshi kattalar to’rga o’tirishi lozim.
Bunday qoidalarga rioya qilgan bolalargina tarbiya ko’rgan bolalar sanaladi. Bolalar xulq atvorlariga qarab ota onalarning tarbiyaviy iqdidorlariga baxo berilgan. Ijobiy baxolar Otanga raxmat kabi rag’batlarga ifoda yetgan, bo’lsa, aksincha salbiy holatlarga duch kelganda Padaringga la`nat deb koyish o’zbek xonadoni shaniga katta dog’ hisoblanadi.
Yuqoridagi odob qoidalariga hozirgi kunimizda xam o’z axamiyatini deyarli yo’qotmagan bo’lib ular bolalarimizning madaniy xulq ko’nikmalaring qaror topishida muhim o’rin tutadi.
XULOSA
Biz oilada farzand tarbiyasi mavzusini o’rganib chiqib quyidagi xulosalarga keldik.
Barcha milliy an’analarimizni avaylab – asrab, rivojlantirib, kelajak avlodga yetkazib berish bizning asosiy vazifamiz bo’lib, hisoblanadi. Jamiyatning taraqqiyoti ko’pgina davrlarda tarbiyaning mazmuni va yo’nalishi milliy qadriyatlarimiz, an’analarimiz va urf – odatlarimiz uyg’unligi bilan belgilanadi.
Bu nazariy qoida xozirgi kunda ijtimoiy tarbiyaga bog’liq.
Yosh avlodni tarbiyalashda bugungi kunda bu qadriyatlar, an’analar o’zining barcha qirralarini ko’rsatib yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishida ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bolalarni milliy an’analar ruhida tarbiyalash uchun oila, maktab va mahallalar birgalikda quyidagilarni bosqichma – bosqich amalga oshirsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Oilada bolalarni milliy an’analar asosida tarbiyalashda oila va jamiyatchilik faoliyatlarini muvofiqlashtirilsa.
Bolalarni milliy an’analar asosida tarbiyalash jarayonidagi amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarni aniqlash, ularni amalga oshirish uchun zarur shart – sharoitlar yaratilsa.
Maktab yoshidagi o’quvchilarni milliy an’analari asosida tarbiyalashning asosiy tamoyillarini belgilash.
Bolalarni milliy an’analar ruhida tarbiyalashda ota – onaning pedagogik madaniyatini shakllantirish.
Milliy an’analarimiz xis etgan ilmiy va badiiy kitoblar, darslik va qo’llanmalar, ko’rgazmali vositalar ishlab chiqarish.
Oilada yo’qolib ketayotgan an’analarimizni yosh avlod ongiga singdirish, milliy tarbiyamizni yanada rivojlantirishda xalq pedagogikasining axamiyati beqiyos.
Do'stlaringiz bilan baham: |