1.2. Oilada bola ma’naviyatini shakllantirishning asosiy
Oilada bola ma’naviyatini shakllantirishning asosiy muhit bilan tanishib chiqamiz:
1. Oiladagi mehr-muhabbat muhiti. Ushbu tuyg’udan mahrum bo‘lgan kishi o‘z yaqinlarini, vatandoshlarini, Vatanini hurmat qilishga qodir bo‘lmaydi, odamlarga yaxshilik qila olmaydi. Oiladagi mehr-muhabbat va samimiyat, oila a’zolarining bir-biriga e’tiborliligi va g’amxo‘rligi bolalar ruhiyatiga kuchli ta’sir qiladi, bolaning his-tuyg’ulari namoyon bo‘lishi, uning ma’naviy ehtiyojlari shakllanishi va amalga oshishi uchun keng imkoniyatlar beradi. Bizlarning barchamiz o‘z ishlari bilan band bo‘lgan va bir uyda yashaydigan odamlarning alohida bir guruhiga mansub bo‘lishgina emas, balki yaqin kishilarimizning oldimizda ekanligini his etishga, o‘z individualligini, takrorlanmasligini, o‘zining alohida xususiyatini, o‘z an’analarini yaratadigan oilaning umumiy muhitidan nafas olishga ehtiyoj sezamiz.
2. Samimiylik muhiti. Ota-onalar hayotning muhim ahamiyatli holatlarida bolalarga yolg’on so‘zlamasligi kerak. Bola har kanday yolg’on, aldash, soxtakorlikni favqulodda o‘tkirlik bilan tez sezadi; uni payqab
sarosima va vasvasaga tushadi, shubha-gumonga g’arq bo‘ladi. Agar biror gapni bolaga aytish mumkin bo‘lmasa, u holda bemani gapni o‘ylab topib, so‘ngra kalovlanib qolgandan yoki yolg’on so‘zlab aldagandan, buni bola bilib qolganidan ko‘ra hamma vaqt yaxshisi to‘g’ri javob berishdan kochish yoki bolaga bildirishning ma’lum bir chegarasidan nariga o‘tmaslik lozim. Hech qachon «Buni bilishga yoshlik qilasan» yoki «Buni sen baribir tushunmaysan», demaslik kerak. Bunday javoblar bolaning yuragidagi kiziquvchanlik va xudbinlikni ko‘zlaydi. Yaxshisi «Men buni senga ayta olmayman: har bir kishi ma’lum bir sirlarni o‘zida saqlashga majburdir, o‘zgalarning siriga aralashib hadeb so‘raverish odobdan emas va kamtarlikka kirmaydi», deb javob bergan ma’kul. Bu bilan to‘g’rilik va samimiyatga ziyon etmaydi, burch, intizom va odoblilikdan anik saboq beriladi.
3. Tushuntirish. So‘z bilan ta’sir ko‘rsatish. So‘z bilan tarbiyalash uchun so‘z tarbiyalanuvchining fikrida va qalbida iz qoldirishi kerak. Buning uchun esa so‘zlarning ma’nosiga tushunib etishni o‘rgatish lozim. Faqat ana shundagina hissiy ta’sir kilishga umid qilishimiz mumkin. Tarbiyachi anik faktlar, vokealar, hodisalardan umumiy hakikatlarni, xulq-atvor printsiplarini ochib berishga o‘z vaqtida o‘tishi kerak. O‘smirlar mulohaza qilishni yoqtirishadi, biroq ota-onalar ularning balog’atga etmaganligini ta’kidlab, buni ular hali kichkina ekanligi va shu sababli ular o‘z fikrini bildirishga kichiklik qilishi bilan izohlab ko‘pincha ularning mulohazalarini bo‘lishadi. Biroq, aynan mana shu mulohazalar orqali o‘smirlar ma’naviy-axloqiy tushunchalarni anglab oladilar.
4. Bolaning ko‘z o‘ngida mehnat bilan shug’ullanish. Bola kattalarning ishini muntazam ravishda kuzatib borib, buni o‘yinda amalga oshirishga harakat kila boshlaydi, so‘ngra yordamchi sifatida mehnat jarayoniga kirisha boshlaydi va nihoyat, ishni mustaqil bajarishga kirishadi.
5. Bola hayotidan dabdaba, qashshoqlik, haddan tashqari mazaxo‘rlik, alkogol singari holatlarni istisno qilish zarur.
6. Bolani axloqsiz odamlar bilan muloqotga kirishishdan ehtiyot qilish zarur.
Imitatsiya (taqlid kilish) bilimlar va tajribani egallab olishning muhim usuli hisoblanadi. Imitatsiya instinkti bolani o‘z atrofidagi barcha odamlarning barcha xatti-harakatlarini qaytarishga majbur qiladi. Bola faqat 7 yoshga to‘lgandan keyin o‘z axloqiy asoslarini shakllantiradi va atrofdagi odamlarning xulq-atvori va qilmishiga baho berishi mumkin. Shu sababli bolani sevadigan va unga yaxshilik tilaydigan katta yoshdagilar o‘zlarining axloqsiz xatti-harakatlari bilan bolaga namuna bo‘lmaslik uchun o‘zlarining har bir qadamini qat’iy nazorat qilishlari zarur.
7. Ota-onalar oilaviy munosabatlarning sofligiga e’tiborni qaratishlari zarur.
Demak, oila bir kancha funksiyalarni bajaradigan ijtimoiy institut hisoblanadi. Bu funksiyalar ichida muayyan bir mafkura doirasida mustahkamlangan g’oyalar, qadriyatlar, g’oyalar tizimi asosida dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi ham bor.
Ajdodlarimiz oilada farzand tarbiyasining negizi sifatida axloqiy uchlik: o‘y-niyat - so‘z - ish birligini yaratishgan. Mazkur uchlik negizini keyiichalik lug’atimizga kirib kelgan «vijdon» so‘zi bilan ham ifodalash mumkii. «Men Yaxshi niyat, Yaxshi so‘z va Yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat Mazda qonuniga shon-shavkat baxsh etaman»1 — deb yozilgan «Yasna»da. «Yaxshi fikr deganda... yaqin kishisiga mehribon bo‘lish, muhtoj va xavf-xatar ostida qolganda ko‘maklashishga shaylik, yovuzlikka qarshi, kishilar baxt-saodati uchun faol kurashishga shaylik, hamma bilan ahil va totuvlikda, o‘z maslakdosh birodarlari bilan do‘stlik va hamkorlikda yashashga intilish ruhidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushuniladi. Inson o‘z fikri-xayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim, yaxshi niyatli kishi darg’azab bo‘lmaydi va boshqa jaholatlarga berilmaydi, chunki bunday holatida yaxshi niyatini yo‘qotadi, burch va adolat haqida unutadi va nojo‘ya harakatlar qiladi», — deb hisoblangan. Bu axloqiy fazilatlar kishini elga qo‘shilishga, el bilan birga bo‘lishga, elning tashvishi bilan yashashga tayyor turuvchi xalqparvar kishini tarbiyalashga qaratilganligi o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdi. Zamonlar o‘tib, odamlar orasidagi munosabatlarning boyishi, savdo-sotiqning yuzaga kelishi bilan qabilaviy tarbiyaga qo‘yiladigan talablar ham o‘zgarib, zamonaviylasha bordi. Ajdodlarimiz o‘zlaridagi xislatlarning nafaqat Xudo tomonidan ato qilingan, balki shakllantirilishini tobora chuqurroq ilg’ay bordilar. Jumladan, Yaxshi so‘zlar - ahdga vafodorlik, berilgan va’dani oklash, hamma oldi-berdilarda halol bo‘lish, o‘zgalarning haqini emaslik, buzuqlikdan o‘zini to‘xtata bilish kabi yangi sifatlar bilan boyib bordi.
Ajdodlarimizning ko‘hna tarbiyaviy tizimi hozirgi kunlarda biz to‘qnashgan axloqiy, madaniy, jismoniy, ekologik muammolarni bartaraf qilish nuqtai nazaridan bebahodir. Zardushtiylik axloqli kishining sog’-salomat, kuchli bo‘lishi kerakligini uqtirish bilan birga uning ma’naviyatiga asosiy e’tiborni qaratgan. Jumladan, ayol kishiga hurmat, uni e’zozlash, ona sifatida qadrlash g’oyalari markaziy o‘rinlardan biriii egallagan. Demak, bu g’oya yosh avlodga kundalik turmushda, yaxshi bolaning namunaviy siymosi orqali ijtimoiy tarbiyada izchil singdirib borilgan.
Markaziy Osiyoda islom ta’limotinint tarqalishi nafaqat diniy, balki axloqiy, ta’lim-tarbiya sohasida ham, oiladagi ma’naviy muhitda ham, katta burilish yasadi. Ajam mamlakatlari xalqlari, sunniylikning hanafiya mazhabi tarkibida o‘z milliy an’analarini shariat ahkomlari bilan uyg’unlashtirdilar.
Qur’oni karimdagi, hadislardagi ota-ona, farzandlarning ota-onalari oldidagi qarzlari haqidagi ibratlar barcha musulmonlarga farzandlarini oqibatli qilib tarbiyalashni farz qildi. Movarounnahrda machitlar ochilib, imomlar o‘gil bolalar uchun maktablar tashkil qila boshladilar. Turkiy til yangi so‘z — «maktab» (ar. «yozuv o‘rgatiladigan joy») bilan boyidi. XII asrdan boshlab islom dini turkiy tillarda yozilgan she’rlarda — Ahmad Yassaviyning «Hikmat» to‘plami, keyinchalik So‘fi Olloyorning ikki to‘plamida va boshqa to‘plamlarda ommalashtirila borildi. Madrasa va maktablarga dunyoviy bilimlar kirib kela boshladi. Bunga Qur’oni karimning «Har bir musulmon va muslimaning ilm olishi farzdir», — degan oyati asos bo‘ldi. Buning natijasi o‘laroq, Beruniy, Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino kabi allomalar qomusiy bilimlarning yuksak cho‘qqilarini egalladilar.
Aflotun fikriga ko‘ra, «muhabbat-eng yetuk e’tiqod, xar bir shaxs uchun shakllanish jarayondir». Ishq utida yonish hamma narsani unitish emas, balki boshqalardan ibrat olib, uzida yaxshi fazilatlarni shakllantirish hamdir. Yaxshi, pokiza kiyinishga, me’yor darajasida o‘ziga zeb berishga, uy- ruzg’or ishlarini ozoda va pokiza olib borishga, axloq, odob borasida ham ko‘zga tashlanishga harakat qiladi. Sevgan kishisining e’tiboriga sazovar bo‘lishga intilish insonni ma’naviy poklanish yo‘liga chorlaydi... O‘zi go‘zal bo‘lsa ham farosatsiz, axloq ham odobi tuban, ishyoqmas, erkatoy qizni hech kim umr yo‘ldosh tanlashga botina olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |