Boshlang’ich ta’lim va tarbiyaviy ish yo’nalishi



Download 205,5 Kb.
bet2/6
Sana08.04.2022
Hajmi205,5 Kb.
#536261
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BOLA TARBIYASI KURS ISHI

Kurs ishining maqsadi: Oilada bolalarni o’z millati va uning tarixi, tili, madaniyati, ma’naviyati, an’analari, urf – odatlari, haqida ma’lumot berish, bolalarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning samarali shakl va metodlarini aniqlash va bir butun mazmunini tarkib toptirish.
Kurs ishining obyekti: Oilada bolalar tarbiyasini amalga oshirish jarayoni
Kurs ishining predmeti oilada bolalarni yoshligidan milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash mazmuni va undan foydalanish yo’llari shart – sharoitlari.
Kurs ishining ishining maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi.

  1. Bolalarni milliy qadriyatlar, an’analar ruhida tarbiyalashning yo’llarini aniqlash.

  2. Bolalarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlarini yoritib berish va hokazo.

  3. Bolalarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashni shart – sharoitlari va usullarini aniqlash.

  4. O’rganayotgan muammoga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga tadbiq etish.

Kurs ishining metodologik asosini O’zbekiston Respublikasining ta’lim – tarbiyada doir me’yoriy hujjatlari. Prezidentimizning ta’lim – tarbiyaga oid asoslari, Markaziy Osiyo mutafakkirlarining ilmiy merosi hamda oilada farzand tarbiyasiga oid yaratilgan darsliklar, qo’llanmalar, ilmiy tadqiqot ishlari tashkil etadi.
I BOB OILADA MILLIY TARBIYA
1. Oilada milliy tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari.

O’zbekiston o’ziga xos turli milliy urf – odatlar, an’analarga boy ulkan mamlakat. Qadriyatlar qadri – mustaqillik sharofati va istiqlol shukuhi ila ko’p orzu – niyatlarimiz ro’yobga chiqmoqda. Yetmish yil ichida yo’l qo’ygan xato – kamchiliklar tuzatilib, hamma sohalarda haqiqat tiklanmoqda. Jumladan qadimiy boy va betakror xalq an’analari, urf – odatlari, rasm – rusumlari, marosimlar, udumlar, ya’ni milliy qadriyatlarimizga jon ato etildi, turmushga keng joriy etila boshlandi.


Qadriyatlarimizning oliysi payg’ambarimiz Muhammad sallollohu alayhu vassalomning so’zlari, qilgan ishlari va ul ulug’ zot tomonidan ma’qullangan boshqa ishlar islomda keng targ’ib qilinmoqda. Islom olamining nuroniy siymolari: Axmad Yassaviy, Imom Al – Buxoriy, Xakim, At Termiziy jaxon ilm fani va milliy o’zbek davlatchiliginiing buyuk darg’alari: Imom Al – Xorazmiy, Axmad Farg’oniy, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Jaloliddin Manguberdi kabi qator namoyondalar milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan xissa qo’shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo’lib qoldilar.
Ma’naviy qadriyatlarining yana bir qudratli manbai an’anaviy oila va qarindoshlik munosabatlari odobidan iboratdir.
Kattalarni hurmat qilish o’zaro yordamlashish, kelajak avlod haqida g’amxo’rlik qilish hamisha uning qoidalari bo’lib kelgan.
Sho’rolar davrida komfirqa mafkurasi talabi, taqozosi bilan zukko ota – bobolarimiz, oqila onalarimizning ijodi, teran aql – zakovoti, o’ziga xos dunyoqarashi va xayotiy falsafasi, ko’p asrlik sinov – tajribalari juda chuqur, ammo ixcham, lo’nda shaklda chiroyli bayon etilgan, hayot sabog’i – donishmandlikning ba misoli qomusiga aylangan, tarixning xar hil to’fon unsurlariyu jangu – jadallariga bardosh berib davrdan – davrga, avloddan – avlodga o’tib kelayotgan xalq mafkurasi – ma’naviyati, ma’rifiy va axloqiy – ruxiy tarbiyasi bilan bog’liq qadriyatlarga, xalq an’anaviy sharqona pandu – nasixatlar, o’gitlar va boshqa katta tarbiya vositalariga befarq qaraldi.
Shu bilan birga, qarindoshlarning o’zaro yordami ba’zi xollarga jamiyat taraqqiyotini sekinlashtirib qo’yadigan tayyoriga – ayyorlikka va tanish – bilishchilikka aylanib keldi.
Oila qadriyatlari va qon – qarindoshlik munosabatlarini qayta tiklanishi o’z umrini yashab kelayotgan urug’ munosabatlarini abadiylashtirishni emas, balki har bir oilaning iqtisodiy – ma’naviy va kasb jixatidan erkin bo’lish imkoniyatini aniqlatishi lozim.
Shunday ekan bugungi kunga kelib tanish – bilishchilik juda avjiga olib ketdi. Biz yosh bilimli, saviyali mutaxassislarimizning o’z o’rniga qo’ya bilishimiz lozim.
Milliy an’analarimizga tiklanishi ularni hozirgi dunyo va axborot sivilizatsiyasi qadriyatlarga moslashishni ham anglatadi. Biz xozirgi sivilizatsiyasi o’ziga ifoda etadigan ijobiy qadriyatlar jumlasiga huquqiy demokratik jamiyat qurish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlarni kiritamiz. Bu inson huquqlariga rioya etish, tadbirkorlik erkinligi, so’z erkinligi, matbuot erkinligi va xokazolardir.
Shunday ekan bizning bugungi kunda oldimizga qo’ygan eng oliy maqsad ham xuquqiy demokratik jamiyat qurishdir. Shunga ko’ra biz o’zimizning milliy qadriyat va urf – odatlari, an’analarimizning tiklashimiz va uni asrab avaylash kelajak avlodga yetkazishimiz lozimdir. Shu bilan birga hammamiz yana bir haqiqatni anglab olmoqdamiz.
«Faqatgina chinakam» ma’rifatni odam inson qadrini, millat – qadriyatlarini, bir so’z bilan aytganda o’zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jaxon hamjamiyatiga munosib o’rin egallashi uchun fidoiylik bilan qarashi mumkin.
Shunday ekan har birimiz Vatanimiz, millatimiz erkinligi va ozodaligi uchun ilm – ma’rifat bilan kurashimiz, biz yoshlarning oldimizga qo’ygan asosiy maqsadimiz bo’lmog’i lozim. Sir emaski har qaysi davlat, har qaysi millat nafaqat yerosti va yerusti tabiiy boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab chiqarish bilan saloxiyati bilan balki birinchi navbatda o’zining yuksak madaniyati va ma’naviyati bilan kuchlidir.
Inson moddiy jixatdan qanchalik boy bo’lmasin ammo ma’naviy jixatdan qashshoq bo’lsa u ilm ma’rifatga erisha olmaydi va shu bilan birga komil shaxs bo’la olmaydi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek «vatanimiz azaldan bashariyat tafakkur xazinasida unutilmas xissa qo’shib kelgan. Asrlar mobaynida xalqimizning yuksak ma’naviyat, adolatparvarlik, ma’rifatparvarlik kabi ezgu fazilatlari sharq falsafasi va islom dini ta’limoti bilan uzviy ravishda rivojlanadi va o’z navbatida falsafiy axloqiy ta’limotlar ham xalqimiz dahosidan bahra olib boyib boradi».
Milliy qadriyatlarimiz urf – odat va an’analarimiz qayta tiklanib yanada rivojlangandagina jamiyatimizda o’tkaziladigan islohotlar muvaffaqiyatli amalga osha oladi, chunki ma’naviy barkamol, ma’rifatli ruhan bardam, yangicha tafakkurlash qobiliyatiga ega insongina istiqlol va taraqqiyot yo’lini sharof bilan o’ta oladi. Shunday ekan xalqimizning madaniy merosi, yuksak mahnaviy qadriyatlarini chuqur va atroflicha o’rganib, ularni Respublikamizda yashovchi har bir insonning ongiga singdirish ayniqsa yosh avlodni ma’naviy yetuk fidoiy kishilar etib tarbiyalash hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan hisoblanadi.
«Bugun biz o’tkazayotgan islohotlardan ma’naviyat sohasidagi vazifalar mening uchun asosiy masala bo’lib qolmoqda. Nimaga deganda bozor iqtisodiyotini ko’rish mumkin. Yangi hayotni ham albatta barpo etamiz, xalqimizning xayot darajasini ham ko’tarib olamiz. Ishsizlik bartaraf etiladi, odamlarning daromadi yaxshilanadi.
Lekin odam nafaqat iqtisodiy jixatdan balki uning nazarida, avvalo ma’naviy jixatidan baquvvat bo’lishi shart.
Yana bir bor aytaman: ildizi baquvvat, ya’ni ruhan bardam, ongi teran, ma’naviy nuqtai – nazardan yuksak kishilar bilan oldimizda turgan barcha muammolarni hal etish oson kechadi» - deydi Prezidentimiz I.A.Karimov.
Bundan ko’rinib turibdiki bugungi kunda maktab o’qituvchilarini oila bilan ham hamkorlikda milliy qadriyatlar, an’ana hamda urf – odatlar asosida tarbiyalash ota – bobolarimizda bizga qoldirilgan boy ma’naviy me’rosni avaylab – asrab uni zamonaviy fan yutuqlari bilan ijodiy boyitib, bo’lajak avlodning tafakkuri, dunyo qarashi milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirib, ularning bunyodkorlik faolligini oshirish – masalasi biz pedagoglarga katta ma’suliyat yuklaydi. Nafaqat pedagogiklarimizga, balki ota – onalarimizga ham farzand tarbiyalash uchun uning barkamol shaxs bo’lib voyaga yetishida milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni dolzarbligini anglab yetishi lozim.
Prezidentimiz I.A.Karimov «Bola tug’ilgan kundan boshlab oila muxitida yashaydi. Oilaga xos an’analari, qadriyatlar, urf – odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talabalarini anglaydi, his etadi»1 - deb bildirgan fikri nihoyatda qimmatli.
Shu nuqtai – nazardan yondoshgan oilada tarbiya jarayonini bolaning shakllanishi ham milliy oila qadriyatlari asosida tarbiyalashdan aniq ajratib tasavvur etish mumkin emas.
Milliy oilaviy qadriyatlar oila a’zolari ayniqsa bolalar hayoti tarzida mazmun qo’shadi, boyitadi, takomillashtiradi. Odamlarga bo’lgan axloqiy munosabatni tartibga soladi. Shunday ekan biz avvalo bolalarni tug’ilgandan boshlab oilaviy an’analar, udum va qadriyatlar asosida tarbiyalashimiz lozim bo’ladi.
Buning uchun avvalo ota – onalarimiz ham, milliy qadriyat, an’ana urf – odat va marosimlarimizni to’g’ri anglashimiz tushunish va o’z farzandlarining tarbiyasida namunali ravishda qulay bo’lishi lozim.
Ular farzand tarbiyasida yetarlicha bilimga ega bo’lish va bugungi kundagi yangiliklardan xabardor bo’lish lozim. Ota – onalarimiz o’z farzandlarini tarbiyalash borasida faqatgina moddiy jixatdan emas balki ularning ma’naviy yetuk bo’lishiga juda katta ahamiyat qaratmog’i lozim. O’zbek xalqining oila tarbiyasida ajdodlar tarbiyasida asoslangan sinovdan o’tgan milliy an’analardan xozirgi davrda bolalarni baxramand qilish amaliy qimmatga ega.
Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u bilan qalban va vijdonan, aql va qo’l bilan mexnat qilish kerak. Oila bolaning ma’naviy – axloqiy fazilatlarigagina emas, balki uning o’z – o’zini anglashiga, milliy ongiga samarali ta’sir ko’rsatadi.
Shu jumladan oilaning bolaga tarbiyaviy ta’siri doirasini ham kengaytirishga olib yetadi. Bunda oiladagi turmush sharoiti, undagi tartib – intizom, urf – odat va an’analar bolaga yo ijobiy yoki salbi ta’sir etish mumkin.
Ayrim onalar uchun ko’tarinki rux doimiy barqaror bo’ladi. Bunday oilalarda kelishmovchilikka, nifoqqa o’rin qoldirmaydi. Oilaning har bir a’zosi o’zaro mehribon, g’axo’r ittifoqli bo’ladi. Mehnat har birining ijtimoiy majburiyati, oila a’zolari hayotida ro’y berayotgan har qanday voqyea hamma tomondan shodiyona va tantanali hisoblanadi.
Tabiiyki bunday oilada o’sib tarbiyalanayotgan o’g’il va qiz, g’amxo’r, mehribon, o’rtoqlariga iltifotli, mehnatsevar, tirishqoq bo’lib o’sadilar. O’zbek oilalarida mansub an’analar va ularning bolalarining ma’naviy – axloqiy tajribasidagi ta’siri nihoyatda katta ekanligi hayot tajribasi hisoblangan.
BULAR

  1. Diniy va zamonaviy bayram an’analari.

  2. Kundalik turmush an’analari.

  3. Oilaning maishiy turmush an’analari.

O’zbek xalq an’analari mazmunan boy va keng bo’lib, unda turli shakldagi: mazmuni, usuli, yo’nalishi vositalari va maqsadi jixatdan farq qiladigan yo’nalishlari. Har bir yili o’zbek oilalarida an’anaviy bayram – Navro’z zo’r xursandchilik bilan kutib olinadi. Bu qadimiy bayram tabiatning uyg’onishi, uning go’zalliklarini namoyish etuvchi ramziy xususiyatga egadir. Navro’zni dastlab oilalarda, so’ngra shahar va qishloqlarda, dala – bog’larda, sayllarda ko’tarinki rux bilan nishonlashga odatlangan.
O’rta Osiyo va Qozig’istonda juda mashhur bo’lgan «gul sayli, u xosil bayrami», «qovun sayli» va boshqa shu kabi bayramlar hamda marosimlar esdan chiqarildi. Oilaviy an’analarni o’rganish, uning xalqchilligini, milliy xususiyatini bilish, xalqning ma’naviy go’zalligi va bilishdir.
Mustaqillik xayotimizning hamma jabxalariga dadilroq kirib borgani sari har bir xalq, har bir millatning tarixidan bugungi kunda ham dastur qilib olsa bo’ladigan an’analari chuqurroq o’rganib, jonlashtirish kerakligini anglayapmiz.
Biz shartli ravishda ijtimoiy – siyosiy an’analar deb atagan bu an’analar jamiyat va oila manfaatlarining mafkuraviy mevalarining qaror tanishida namoyon bo’ladi.
Yana biz shartli ravishda oilaviy – ijtimoiy urf – odatlar va an’analar deb ataydigan an’analar ham bor. Bularga yangi shakllarda tashkil qilinayotgan va o’tkazilayotgan nikox marosimlari, oila a’zolarini sharafini jamoa bo’lib ximoya qilish, tug’ilgan kunning muborakbot etish, onalar bayrami, yubiley, yigit va qizlarning yetuklik yoshini nishonlash, kumush oltin to’ylar, nafaqaga kuzatib qo’yish, shunga o’xshashlarni kiritib qo’yish mumkin.
Milliy qadriyatlarimiz, an’analarimiz, urf – odatlarimizni ta’lim – tarbiya jarayonida yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashda amaliy qo’llash, uning nazariy asoslarini ochib berish, kelajakni asosi bo’lib xizmat qiladi.

Download 205,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish