G’aznachilik tizimining joriy qilinishi natijasida keyingi yillar davlat budjetini profisit bilan ijro etilishi ta´minlanmoqda. Xususan, 2014 yil yakunlariga ko’ra davlat budjetini, soliq yuki 20,5 foizdan 20,0 foizgacha kamaygani va foydadan olinadigan soliq stavkasi 9 foizdan 8 foizgacha pasaygani holda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan ijro etilishiga erishildi. Bunda hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy siyosatning to’la va izchil amalga oshirilishi, iqtisodiyotning muhim ustuvor tarmoqlarining belgilab berilishi hamda ularni rivojlantirish bo’yicha imkoniyatlarning safarbar etilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |