Jahon tajribasi byudjet qonunchiligi shakllarining xilma-xilligidan dalolat beradi. Ular, odatda, ijroiya hokimiyatiga dasturlarni qonunchilik hokimiyati rahbarligida hisobdorlik saqlangan holda amalga oshirish imkoniyatini beruvchi tuzilmalardir. Har qanday davlatning huquqiy piramidasi asosini Qonstitutsiya tashkil etadi. Unda davlat moliyasini boshqarishga tegishli jihatlar faqatgina prinsipial tomonlarni chegaralaydi, masalan: - davlatning barcha mablag‘lari maxsus mo‘ljallangan hisobvaraqqa jamlanishi va ularni faqat qonunchilik doirasida foydalanilishi; - boshqaruvning markaziy va mahalliy darajalari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar; - davlat moliyasi borasida ijro va qonunchilik hokimiyatlari o‘rtasida vakolatlarning chegaralanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |