Boshlang’ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish ta’lim yo’nalishi



Download 60,61 Kb.
bet3/16
Sana05.01.2022
Hajmi60,61 Kb.
#319840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
D.Nizomova1

Kurs ishining maqsadi: Ijtimoiy pedagogikada me'yor va me'yordan og`ish tushunchasiga oid tavsiyalar bilan ishlab chiqish;

Kurs ishining vazifalari:

1. Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashni yanada mustahkamlash;

2. O’quvchilarni xulqini me’yorlashtirishva shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish;

3. Me’yorlarni buzgan o’quvchiga nisbatan chora qo’llash va uni to’g’ri yo’lga boshlash;



Kurs ishining obyekti: Ijtimoiy pedagogikada me'yor va me'yordan og`ish tushunchasini shakllantirish.

Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

1.Ijtimoiy pedagogikada me'yor tushunchasi

Rivojlanishning qaysi bosqichida bo’lishian qat’iy nazar, har qanday jamiyatda, u eng jamiyatda, u eng rivojlangan, farovon, iqtisodiy rivojlangan mamlakat bo’ladimi yoki rivojlanayotgan jamiyatli ularda o’zlariga maxsus alohida e’tibor talab etadigan insonlar bo’ladi. Bunday insonlar biror bir jihatdan: jismoniy, psixik yoki ijtimoiy rivojlanishdan nuqsoni bor insonlardir. Bunday insonlar jamiyat va davlatda doimo alohida guruhga mansub bo’lib ajralib turadi. Ularga doimo maxsus munosabatda bo’lib kelingan. Biroq bu toifadagi insonlarga jamiyatning tarixiy-madaniy sharoitiga muvofiq turli davrlarda turlicha munosabatda bo’lib kelingan. Masalan, Qadimgi Spartada jismoniy, psixik nosog’lom bolalarni spartachilar qoyalardan uloqtirganlar. Bunday toifadagi insonlarga boshqa bir jamiyatda esa insonparvarlik nuqtai nazardan yondashganlar, ular mehribonlik va g’amxo’rlik ko’rsatganlar. AQSh va Yevropaning mamlakatlarida hozirgi davrda nosog’lom, jismoniy kamchilikli bolalarga barcha teng huquqli insonlar qatori munosabatda bo’ladilar. Ularga jamiyatning teng huquqli a’zosi sifatida qarab, bu insonlarni muammoli yoki imkoniyati cheklangan shaxs sifatia alohida maxsus e’tibor beriladi.


“Muammoli inson” tushunchasi AQSha keng qo’lianilsa, Yevropa mamlakatlarida “imkoniyati cheklangan inson” iborasi ko’p ishlatiladi.
Bugungi kunda imkoniyati cheklangan insonlarga munosabatda, eng avvalo sog’liq masalasi dolzarb masala hisoblanadi. Chunki bunday insonlar soni dunyo miqyosida o’sib bormoqda. YUNESKOning istiqbol bo’yicha ma’lumotlarida yaqin vaqtda jahon hamjamiyati bu ko’rsatkichni o’zgartira olmaydi. Sog’lom muhit doimo insonlar ongida o’z chegarasiga ega bo’lib, chegaradan tashqi bo’lganlar “nome’yoriy”, “potologik” deb belgilanadi. Amaliyotda inson anglagan yoki anglamagan holda o’zgalarni belgilariga muvofiq layoqatli yoki layoqatsiz deb baholaydi. Me’yor tushunchasi tibbiyotda, psixologiya, pedagogika, sosiologiya va boshqa fanlarda keng qo’llanilib kelinadi. Bu tushuncha aniq va yaxlit, yagona, ta’rif berishga bo’lgan intilash muvaffaqiyatsizlikbilan yakunlangan. Masalan, faqatgina tibbiyotda olimlar 200ga yaqin ta’rif berganlar. “Me’yor” tushunchsi ifodalab berishning murakkabligi shundaki, u nafaqat terminologik, balki mazmun mohiyat jihatidan ham yagona ifodaga ega emas. Masalan, axloqiy me’yorlar doimo bir xil, hamma uchun deb belgilana olmaydi. Shu sababli ham ular birinchidan, milliy o’ziga xoslik bundan tashqari, vaqt o’tishi bilan qayta-qayta o’zgarib turadilar. AQShda II jahon urushidan so’ng 2-3 o’n yiliklar mobaynida chekish odatiy “me’yor” hisoblangan bo’lib, unga jamiyatda bee’tibor bo’lganlar, hozirda, jamiyat bu sog’liq uchun zararli odatga qarshi turgan bir vaqtda, chekishga axmoqona xulq belgisi sifatida munosabatda bo’ladilar. Aslida qanchalik jamiyat demokratik tuzumga asoslangan bo’lsa, shunchalik shaxsning nostandart shakldagi xususiyatlariga chidamlimunosabatda bo’linadi, agar totalitar rejimga asoslangan bo’lsa, inson xulqini qattiq chegara doirasiga oladi, mabodo xulqiy og’ishlik xolatlariga yo’l qo’yilsa, ular rahmsizlik bilan jazolanadilar. Shuni unutmaslik loimki, me’yor bu shunday g’oyaviy hosilaki, unda ob’ektiv borliq (reallik) shartli ravishda, o’rtacha statistic ko’rsatkich bo’yicha, real haqiqat tavsiflanadi, biroq unda mavjud holatlar ifodalanmaydi.Tibbiyot, psixologiya, sosiologiyada me’yorning o’z ko’rsatkichlari parametr (o’lchami), tavsifnomalari mavjud. Me’yorga muvofiq bo’lmagan bo’lmagan holatlar barchasi boshqa so’z “me’yordan og’ishlik” deb yuritiladi.
Ijtimoiy pedagogika “me’yor” va “me’yordan og’ishlik” tushunchalari juda muhimdir. Ular bolaning ijtimoiy xulq – atvori rivojlanish jarayonini xarakterlash uchun qo’llaniladi. Xulqiy og’ishlik negaiv va pozitiv xarakterga ega bo’lishi mumkin. Masalan, me’yordan xulqiy og’ishlik xolati bola rivojlanishida ham aqliy norasolik va qobiliyatlilik bo’lib ifodalanishi mumkin.
Bola xulq-atvoridagi bunday negativ xulqiy og’ishlik jinoyatchilik, alkogolizm, giyohvandlik va boshqalar sifatida insonning (nafaqat inson, balki jamiyatning) ijtimoiy shakllanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Xulq atvordagi pozitiv og’ishlikka ijtimoiy ijodning barcha shakllari taalluqli bo’lib, ular: iqtisodiy tadbirkorlik, ilmiy vabadiiy ijodkorlik va boshqaalr, aksincha eski me’yorlar o’rniga almashinuvi ijtimoiy tuzim rivojlanishiga hizmat qiluvchi omil hisoblanadi.
“Ijtimoiy meʼyor” tushunchasini dastlab antik davr mutafakkirlari oʻrganganlar. Xususan, Aflotun “Qonunlar” asarida insonlar hayvonlar kabi yashay olmasliklarini taʼkidlab, aql bilan ishlab chiqilgan qonunlar orqali boshqarilishini aytib oʻtadi. Buyuk mutafakkir “qonun” atamasi ostida ijtimoiy meʼyorning barcha koʻrinishlarini nazarda tutib, jamiyat hayotida ular muhim oʻrin egallashani oʻsha paytlardayoq isbotlab bergan. Keyinchalik, uning shogirdi Arastu “Axloqi kabir” asarida uning qarashlarini rivojlantirgan. Ulugʻ mutafakkir barcha xatti-harakatlarda oʻrtachalik, meʼyoriylikni saqlashni fazilat deb hisoblagan. Uning taʼkidlashicha, “fazilat qarama-qarshi xislat va mayllarning oʻrtasidagi holatdir”. Oʻrta asrlar Sharq mutafakkirlarining qarashlarida ham, Aflotun va Arastu yondashuviga yaqin qarashlarni kuzatishimiz mumkin. Ular insonlararo munosabatlarni tartibga solishda ijtimoiy meʼyor koʻrinishlaridan biri boʻlgan – axloqning oʻrnini eʼtirof etgan holda, koʻproq komil axloqni tarbiyalash masalalariga eʼtibor qaratganlar.Keyinchalik yevropalik olimlar ham, Sharq mutafakkirlari izidan borib, axloq va uning insonlararo munosabatlardagi oʻrniga yuksak ahamiyat bilan qarashda davom etdilar. Xususan, yirik nemis faylasufi I.Kant har bir insonda aks etuvchi umuminsoniy axloq haqida gapiradi, olim axloqni yuksak insoniy tushuncha ekanligini izohlab beradi. U xatti-harakat va xulq-atvorni tartibga solib turuvchi qonunlar insoniy axloqning natijasi sifatida shakllanishi kerakligini aytadi, yaʼni axloqni ijtimoiy meʼyorning barcha koʻrinishlari uchun asos deb hisoblaydi.Kant va ungacha boʻlgan mutafakkirlar ijodida axloqning barcha uchun ekanligi, bajarilishi shart boʻlmasada, umumiy qoida ekanligi taʼkidlab kelingan va uni umuminsoniy, mavhum tushuncha sifatida oʻrganganlar. XVIII-XIX asrda paydo boʻlgan “Utilitarizm” vakillari esa, “koʻproq insonni koʻproq baxtliligi”ni axloqiy deb hisoblaganlar. Yaʼni, kantchilar inson umumiy axloq yoʻlida oʻzini cheklashi kerakligi haqida gapirgan boʻlsa, I.Bentam va uning izdoshlari axloqning oʻzini ham oʻzgaruvchan hodisa deb qaraydilar. Fan metodologiyasi va falsafiy yondashuvlardagi boʻlinish, XIX asrdan boshlab ijtimoiy meʼyorlarga yondashuvlarni ham ikkita katta yoʻnalishga ajratib yubordi. Birinchi yoʻnalish – metafizik yondashuv tarafdorlari boshqa ijtimoiy hodisalar kabi ijtimoiy meʼyorni ham jamiyatdan alohida qotib qolgan tushuncha sifatida taʼriflaydi. Ularning nazdida ijtimoiy meʼyor boshlangʻich nuqta, oʻziga xos tayanch dastur. Har bir individ undan andaza olib harakatlanadi. Ikkinchi yoʻnalish – dialektik metodologiya tarafdorlari esa, ijtimoiy meʼyorni oʻzgaruvchan jamiyat murakkab tuzilmasining bir elementi sifatida qaraydilar.Sotsiologiyada insonlar oʻrtasidagi munosabatlarga katta taʼsir qiluvchi omil sifatida “Ijtimoiy meʼyorlar” keng oʻrganilgan. Dastlab bu haqida E.Dyurkgeym “Oʻz joniga qasd qilishlar” asarida keng toʻxtalgan. Keyinchalik T.Parsons va R.Mertonlar oʻz asarlarida ijtimoiy meʼyor, uning jamiyat hayotidagi oʻrni, tuzilishi, amal qilishi masalalarini tahlil qilib berdilar. Klassik sotsiologiya maktabi vakillari ijtimoiy meʼyorni jamiyat tomonidan tan olingan va bajarilishi lozim boʻlgan xulq-atvor sifatida talqin qiladilar. Bugungi kunda sotsiologiyada ijtimoiy meʼyor bu kishilarning uzoq vaqt birga yashab orttirgan tajribalari asosida yuzaga kelgan xulq-atvor namunalari boʻlib, birgalikda faoliyat yuritish natijasida toʻgʻri xulqning barcha uchun maqbul boʻlgan shakl va shamoyillari yaratilgan. Ijtimoiy meʼyorlar inson nima qilishi kerakligini, qanday qilishi kerakligini, va nihoyat, u qanday boʻlishi kerakligini koʻrsatib beradi. Ijtimoiy meʼyorlar insonning xulqini boshqaradi, garchi, baʼzida bu insonning irodasiga qarshi borsa-da. Yaʼni, hayotimizni ayrim biz “yoqtirmaydigan” narsa-hodisalar ham boshqaradi, biz ularga oʻz irodamizni boʻysundirishga majbur boʻlamiz. Agar shunday qilinmasa, insoniyatning yashab qolishi qiyin. Barcha ijtimoiy meʼyorlar, xalqaro huquq normalarigacha, birinchi navbatda, mana shu ehtiyojdan kelib chiqib yaratiladi. Yuqorida taʼkidlanganidek, “ijtimoiy meʼyorlar” insonlararo munosabatlarni tartibga solib turadi. Shu vazifani bajarish orqali u inson xulqiga taʼsir qiladi. Biroq, xulqni boshqaruvchi omil faqat shundan iborat emas. Inson bitta meʼyor doirasida, chegaradan chiqmagan holda ikki xil yoki undan koʻp turda harakatlanadi. Xususan, nikohlangan holda oila qurish ijtimoiy meʼyor talabi. Unga amal qilsangiz, jamiyatda oʻrnatilgan tartibni buzmayapsiz. Biroq, nikoh juftini tanlashda hammaning oʻz qarashlari bor va bu juda katta xilma-xillikni tashkil qiladi. Kimdir boy kelin qidirsa, kimdir goʻzallikni qadrlaydi. Yana kim uchundir tarbiya muhim. Demak, bizning xatti-harakatimizni boshqaruvchi yana bitta omil – ijtimoiy qadriyatlardir. Yaʼni, biz uchun nima qadrli boʻlsa, shunga qarab intilamiz.

 Qadriyatlar



“Qadriyat” tushunchasi faylasuf olimlar tomonidan keng oʻrganilgan. Xususan, yirik qadriyatshunos Q.Nazarov qadriyatni “biron bir tarzda va shaklda zohir boʻladigan, subyekt uchun muayyan taʼsirini namoyon qiladigan voqelikning turli-tuman shakllari, koʻrinishlari, narsalar, hodisalar, jarayonlar, munosabatlar, turli sifatlar, xususiyat, axloq va maʼnaviylik mezonlari hamda boshqalarning subyekt uchun ijtimoiy ahamiyati va qadrini ifodalaydigan umumiy aksiologik kategoriya” deb hisoblaydi. Yaʼni, inson uchun nimaiki qadrli boʻlsa, bu uning qadriyatlar tizimini tashkil qiladi. Bu juda keng koʻlamli tizim boʻlib, juda koʻp qadriyatlarni – moddiy va maʼnaviy koʻrinishdagi umuminsoniy, milliy, diniy va boshqa koʻrinishdagi qadriyatlarni oʻz ichiga oladi, bular juda xilma-xilligidan, ayrimlari bir-birini inkor ham etadi.Har bir insonga xos boʻladigan shaxsiy qadriyatlar tizimini turlicha sinflashtirish mumkin. Qadriyatshunos Q.Nazarov uni quyidagicha koʻrinishini taklif qiladi:

  • odam zotining tabiiy-tarixiy qadriyatlari;

  • maʼnaviy-axloqiy qiyofasi, nafosati va goʻzalligi bilan bogʻliq qadriyatlar;

  • mehnati va iqtisodi bilan bogʻliq qadriyatlar;

  • individual kamoloti va ijtimoiy mavqei (yoki “karyera”si) bilan bogʻliq qadriyatlar;

  • huzur-hlovati bilan bogʻliq “gedonistik” qadriyatlar;

  • qobiliyati va isteʼdodi bilan bogʻliq intellektual qadriyatlar;

  • his-hayajon, tuygʻulari bilan bogʻliq “emotsional” qadriyatlar.

Inson oʻzi uchun qadrli boʻlgan narsa-hodisalarga intilib yashaydi va uning uchun ikkita qadrli boʻlgan holat bir-biriga zid kelib qolganida, u oʻzi uchun ustuvor ahamiyatga ega boʻlganiga qarab intiladi. Insonni harakatlantiruvchi qadriyatlarni biz uning qadriyat moʻljallari deb ataymiz. Bu moʻljallarda qadriyatlar turlicha boʻlishdan tashqari, ustuvorligiga koʻra ketma-ketlikka ham ega boʻladi. Yaʼni, har bir inson oʻzi qadrli deb hisoblagan barcha holatlarni ahamiyatiga koʻra ham, iyerarxiya tarzida ketma-ket joylashtirib olgan boʻladi. Bu murakkab tizim asosan yoshlikda olinadigan bilimlar orqali singdiriladi va ayrimlari keyinchalik hayotiy tajriba orqali ham orttirilishi mumkin. Shu boisdan, yoshlikda taʼlim berish bilan birga, tarbiya berishga, xususan, nima jamiyatda qadrli ekanligini oʻrgatishga va mavjud qadriyatlar xilma-xilligida ustuvor qadriyatni aniqlash va faoliyatda shunga amal qilish oʻrgatilishiga alohida eʼtibor qaratish talab etiladi. Biroq, taʼlim muassasalari va umuman, ijtimoiy institutlarning oʻzlarida turli muammolar mavjud boʻlsa-chi? Bu, albatta turli muammolarni keltirib chiqaradi va ijtimoiy institutlardagi nomaʼqbul holatlarni ham chuqur oʻrganish lozim.


Download 60,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish