Boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligi 7-1btu-21 guruh magistratura talabasi Telefon: 91 408 62 47 Nutq


Nutq o‘stirishda uch yo‘nalish aniq ajratiladi



Download 22,63 Kb.
bet2/4
Sana30.06.2022
Hajmi22,63 Kb.
#718677
1   2   3   4
Bog'liq
MAQOLA BINAFSHA

Nutq o‘stirishda uch yo‘nalish aniq ajratiladi: 1) so‘z ustida ishlash; 2) so‘z birikmasi va gap ustida ishlash; 3) bog‘lanishli nutq ustida ishlash.
Ko‘rsatilgan uch yo‘nalish parallel olib boriladi: lug‘at ishi gap uchun material beradi; so‘z, so‘z birikmasi va gap ustida ishlash bog‘lanishli nutqqa tayyorlaydi. O‘z navbatida bog‘lanishli nutq hikoya va insho lug‘atini boyitish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Yozma nutqni rivojlantirish og‘zaki nutqqa qaraganda ancha murakkab jarayon sanaladi. Chunki u o‘quvchilardan grammatik va mazmun jihatidan to‘g‘ri jumla qurishni, har bir so‘zni o‘z o‘rnida to‘g‘ri qo‘llashni,fikrni ixcham, izchil, ifodali, uslub jihatidan sodda va ravon ifodalashni, bayon qilingan fikrlar asosida xulosalar chiqarishni talab etadi. Bu nutqning murakkab tabiati yana shundaki, u imlo, tinish belgilari va uslub bilan bog‘liq. So‘zni to‘g‘ri yozish, tinish belgilarini o‘rinli qo‘llash, fikrni uslub talabiga muvofiq bayon qilish o‘quvchidan katta mas’uliyatni talab etadi. Shu sababli nutqning bu turi ancha sekin va murakkab kechadi. Yozma nutqning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri uni tekshirish, tuzatish, takomillashtirish mumkinligidir. Bu jihatdan u og‘zaki nutqqa qaraganda ancha qulay imkoniyatlarga ega. O‘quvchi yozma nutqdagi xato va kamchiliklar ustida ishlaydi, ularni bartaraf etadi, keyingi ishlarida bu xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslikka intiladi. O‘qituvchi shuni ham unutmaslik lozimki, ko‘pincha o‘quvchilar yozma ishlarda imlo va tinish belgilariga katta e’tibor berib, matnning mazmuni ustida yetarli ish olib bormaydilar. Matnlarda ko‘pincha mavzuga aloqasi bo‘lmagan fikrlar ustunlik qilib, asosiy fikr e’tibordan chetda qoladi. Shuning uchun ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilar diqqati faqat imlo va tinish belgilariga emas, balki bayon qilinayotgan fikrning asosli dalillarga ega bo‘lishi, materialning to‘g‘ri joylashtirilishi, fikrning nutq sharoitiga mos holda to‘g‘ri bayon qilinishiga ham qaratilishi lozim.Nutq turlari:kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar. Ular o‘z fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqda o‘ylab oladilar.Bu icki nutq hisoblanadi.Ichki nutq eshittirilmagan va yozilmagan “o‘ylangan”(fikrlangan) nutqdir,bu nutq fikrlovchi kishining o‘ziga qaratiladi. Tashqi nutq tovushlar yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir. Ichki va tashqi nutqning fiziologik tabiati bir xil; farqi-tashqi nutqda nutq a’zolarining harakati natijasida tovush chiqariladi yoki yozib bayon etiladi; ichki nutqda nutq a’zolarining harakati tovushsiz yuzaga keladi.
Ichki nutq materialni tushunish va yodda saqlashga yordam beradi, tashqi nutqni o‘stirishda birdan-bir zaruriy vosita hisoblanadi. O‘ylash, fikr yuritish ichki nutq asosida bo‘ladi. Ichki nutq o‘quvchini tashqi nutqqa, javobgarlikni his qilib gapirishga o‘rgatadi. Ichki nutq jarayonida o‘ylash o‘quvchining nutqi va tafakkurining o‘sishida muhim vositadir. Maktabda o‘quvchilarning tashqi nutqigina emas, balki ichki nutqi ham o‘stiriladi. Bolalar ichda o‘qishga o‘rganadilar va ichki nutqda materialni o‘zlashtiradilar, turli vazifalarni o‘zlari hal qiladilar, asosiysi — o‘zlarining og‘zaki va yozma fikrlarini tayyorlab oladilar. Fikrni ifodalash usuliga ko‘ra nutq og‘zaki va yozma bo‘ladi. Og‘zaki nutq yozma nutqdan quyidagicha farqlanadi: og‘zaki nutq tovush nutqi, yozma nutq esa grafik nutqdir. Og‘zaki nutqda eshitish sezgisi, yozma nutqda esa ko‘rish va harakat (qo‘1 harakati) sezgisi asosiy o‘rin tutadi. Og‘zaki nutq ham, yozma nutq ham kishilarning o‘zaro aloqa quroli sifatida xizmat qiladi, ammo og‘zaki nutq aniq hayotiy sharoitda. bevosita aloqa jarayonida yuzaga keladi; yozma nutqdan bevosita, aniq sharoitdan ajratilgan holda ham, kishi ishtirokisiz ham foydalaniladi. Og‘zaki nutq ko‘pincha dialog tarzida, yozma nutq esa monolog tarzida bo‘ladi. Yozma nutq logik izchillikka rioya qilgan holda, ayrim til shakllarini tushirib qoldirmay, ortiqcha takrorga yo‘l qo‘ymay bayon qilishni talab etadi. Shuning uchun yozma nutq ancha murakkab va mavhum hisoblanadi. 1
Nutq haqida bir nechta tushunchalar mavjud.Masalan: “Nutq tafakkur bilan chambarchas bog‘langandir.Nutq bo‘lmasa,tafakkur ham bo‘lmaydi,til materiali bo‘lmasa,fikrni ifodalab berib bo‘lmaydi” 2

Download 22,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish