Morfologik belgilari: ruscha-baynalmilal leksemalarda prefiks+o`zak(a+morf, de+duksiya), o`zak+suffiks (bronx+it, jurnal+ist), prefiks+o`zak+suffiks (a+simmetr+iya) tarkibli so`zlar uchraydi.
Ruscha-baynalmilal so`zlar tarkibidagi affikslar o`zbek tilida so`z yasamaydi (mikroo`g`it, mikroiqlim, ultratovush kabi kalkalar bundan mustasno).
O`zbekiston mustaqillikka erishgach, sobiq ittifoq tuzumiga xos bir qator ruscha-baynalmilal so`zlar (raykom, partkom, gorkom, kolxoz kabilar) eskirib, o`zbek tili leksikasining eskirgan so`zlari (istorizmlar) qatoriga o`tib qoldi, ayni paytda yangi ijtimoiy-siyosiy tuzum taqozosi bilan hamda iqtisoddagi va ta’limdagi islohotlar tufayli o`zbek tili leksikasida yangi ruscha-baynalmilal o`zlashmalar paydo bo`ldi: investitsiya, marketing, minimarket, supermarket, test, reyting, litsey, kollej va boshqalar shular jumlasidandir.
TEKSHIRISH UCHUN SAVОLLAR:
Sо’zning semantik tarkibiga nimalar kiradi?
Leksik ma’nо nima?
Tushuncha nima?
Leksik ma’nоning qanday turlarini bilasiz?
Ma’no ko`chishi deb nimaga aytiladi?
Ma’no ko`chishining qanday turlari bor?
Metafora nima?
Metonimiya deb nimaga aytiladi?
Sinekdoxa nima?
Ma’no torayishi nima?
Ma’no kengayishi deb nimaga aytiladi?
Оmоnimlar dеb nimaga aytildadi?
Оmоnimlarning qanday ko`rinishlari bоr?
Оmоnimlarga yondоsh hоdisalar.
Оmоnimlaring paydо bo`lish yo`llari qanday?
Sinonimiya nima?
Sinonimiya hodisasining so`z turkumlariga munosabati qanday?
Sinonimik qator va dominanta haqida ma’lumot bering.
Leksik sinonimlarning qanday turlari bor?
Ma’no sinonimlari, uslubiy sinonimlar va nutqiy sinonimlar qanday farqlanadi?
Sinonimiya va polisemiya o`rtasida qanday bog`lanish bor?
Sinonimiya hodisasi tilning qaysi sathlarida uchraydi?
Antonimiya nima? Antonimik juftlik-chi?
Antonimiya hodisasining so`z turkumlariga munosabati qanday?
.Kontekstual antonimiya haqida ma’lumot bering.
Paronimlar va omonimlar qanday farqlanadi?
Paronimlar va omofonlar qanday farqlanadi?
Paronimlar va so`z variantlari qanday farqlanadi?
Paronimiya hodisasining nutqqa ta’siri bormi?
O`zbеk tili lug`at bоyligi qanday shakllangan?
O`zbеk tili lug`at tarkibi qanday guruhlardan tuzilgan?
Ishlatilish dоirasiga ko`ra so`zlar qanday guruhlanadi?
Qanday so`zlarning ishlatilish dоirasi chеgaralanmaydi?
Umumхalq lеksikasi nima?
Dialеktizmlar nima? Uning qanday turlari bоr?
Dialеktizm-so`z va dialеktizm-ma’nо qanday farqlanadi?
Fоnеtik dialеktizm va lеksik-fоnеtik dialеktizmning farqlarini tushuntiring.
Grammatik dialеktizm haqida ma’lumоt bеring.
Dialеktizmlardan uslubiy vоsita sifatida fоydalaniladimi?
O`zbek tili leksikasining tarixiy taraqqiyoti jarayonida so`z va leksemalarning qanday qatlamlari yuzaga kelgan?
O`z qatlam qanday so`zlardan tarkib topgan?
Qanday so`zlar umumturkiy leksemalar sanaladi? Buning sababi?
Umumturkiy leksemalarning fonetik, semantik va grammatik belgi-xususiyatlari haqida ma’lumot bering.
Qanday so`zlar sof o`zbek tili lug`aviy birliklari hisoblanadi?
O`zlashgan qatlam qanday so`zlardan tarkib topgan?
Arab tilidan so`z o`zlashtirishning ijtimoiy-tarixiy sabablari haqida ma’lumot bering.
Arabcha o`zlashmalarning fonetik, semantik va morfemik belgi-xususiyatlarini tushuntiring.
Fors-tojik tillaridan so`z o`zlashtirishning ijtimoiy-tarixiy sabablari haqida ma’lumot bering.
Fors-tojik tillaridan o`zlashtirilgan so`zlarning fonetik va morfemik tarkibi haqida ma’lumot bering.
Fors-tojik tillaridan o`zlashtirilgan so`z yasovchi prefiks va suffikslarning o`zbek tilidagi so`z yasalishida tutgan o`rni haqida gapiring.
Rus tilidan so`z o`zlashtirishning ijtimoiy-tarixiy sabablari haqida gapiring.
Ruscha-baynalmilal so`zlarning semantik xususiyatlari hamda fonetik va morfemik tarkibi haqida ma’lumot bering.
O`zbekiston mustaqillikka erishgach, o`zbek tiliga rus tilidan o`zlashgan leksikada qanday o`zgarishlar yuz berdi? Buning sabablari?
Do'stlaringiz bilan baham: |