71. Qaysi qatordagi so‘zlar alifbo tartibida yozilmagan?
a) Akademiya, dovyurak, rais
b) javob, nazm, yodgor
c) rahbar, talaffuz, shoir
d) kashfiyot, matonat, erksevar
e) yaylov, o‘simlik, g‘alaba
72. Qaysi qatordagi so‘zlarda tutuq belgisi (‘) noto‘g‘ri ishlatilgan?
a) ta’sir, qit’a, me’mor
b) ta’na, shu’la, fe’l
c) a’lo, she’r, da’vo
d) af’yun, voqe’, had’ya
e) ma’no, ta’lim, mas’ul
73. Qaysi so‘zlarda (‘) belgisi unlini undoshdan ajratib aytilishini bildiradi?
a) ma’vo, sa’va
b) she’r, ma’no
c) mas’ul, fe’l
d) sur’at, jur’at
e) a’lo, ta’na
74. Qaysi so‘zlarni yozganda (‘) belgisi tushirib qoldirilsa ma’no o‘zgaradi?
a) sa’va, qal’a, sur’at
b) ma’qul, ma’mur, ma’no
c) me’mor, ta’na, Ra’no
d) la’l, ma’shuq, she’r
e) a’lo, a’zo, ba’zi
75. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarori qachon qabul qilindi?
a) 1989- yil 21- oktabr
b) 1994- yil 15- noyabr c) 1993- yil 29- sentabr
d) 1995- yil 24- avgust
e) 1996- yil 18 aprel
76. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” gi qonunni qachon qabul qilingan va unda nechta harfdan iborat alifbo joriy etilgan?
a) 1929- yilda 35 ta harf
b) 1934- yil o‘zbek tilshunoslarining 1- qurultoyida 30 ta harf
c) 1993- yil 2- sentabrda 31 ta harf va 1 tutuq belgisi
d) 1995- yil 6- mayday 29 ta harf
e) 1940- yilda 33 ta harf va 2ta belgi
77. “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida “ qachon qaror qabul qilindi va unda yangi alifbodagi harflar miqdori nechta deb belgilangan?
a) 1996- yil 26- avgustda, 32 ta harf va tutuq belgisi
b) 1995- yil 24- avgustda 26 ta harf 3ta harf birikmasi
c) 1995- yil 6-7 mayda 26 ta harf va 3ta harf birikmasi
d) 1929- yil 30ta harf
e) 1997- yil 3- martda 29ta harf va 1 tutuq belgisi.
79. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida” gi 1995- yll 24- avgustda qabul qilingan qarorga asosan, tutuq belgisining vazifalari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan hukumni aniqlang.
a)”s” va “h” harflari yonma yon kelganda, ularni “ sh” harf birikmasidan farqlash uchun ishlatiladi
b) arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarda unlidan oldin kelib, uni oldingi undoshdan ajratib aytilishini ifodalash uchun hizmat qiladi
c) arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarda unlidan keyin kelib, uning cho‘ziqroq aytilishini ifodalash uchun ishlatiladi
d) “n” va”g” harflari yonma yon kelganda ularni “ng” harf birikmasidan farqlash uchun ishlatiladi
e) a va d javoblaridagi hokum notog‘ri
Do'stlaringiz bilan baham: |