O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI “BOSHLANG’ICH TA’LIM METODIKASI” KAFEDRASI 5111700 - boshlang’ich ta’lim va sport - tarbiyaviy ish yo’nalishi 4-KURS RAHMATOVA SITORANING “ONA TILI O’QITISH METODIKASI” FANIDAN KURS ISHI MAVZU: BOSHLANG`ICH SINFLARDA GRAMMATIKA, IMLO VA NUTQ O`STIRISH
Buxoro 2022-yil
MUNDARIJA Kirish……………………………………………………………………………...4 I Bob. Boshlang`ich sinflarda grammatikaning tarkibiy qismlari……………7 1.1 Grammatika va uning tarkibiy qismlari……………………………………….7
1.2 Grammatik ma`no va grammatik shakl…………………………………..…..11
II Bob. O`zbek tilining imlo qoidalari va nutq o`stirishning tamoyillari…...15 2.1 Unlilar va undoshlar imlosi…………………………………………….….…15
2.2 Ona tili darslarida nutq o’stirish tamoyillari haqida ma’lumot…….………...19
Xulosa…………………………………………………………….………..….…30 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………….……….32 REJA Kirish I Bob. Boshlang`ich sinflarda grammatikaning tarkibiy qismlari 1.1 Grammatika va uning tarkibiy qismlari
1.2 Grammatik ma`no va grammatik shakl
II Bob. O`zbek tilining imlo qoidalari va nutq o`stirishning tamoyillari 2.1 Unlilar va undoshlar imlosi
2.2 Ona tili darslarida nutq o’stirish tamoyillari haqida ma’lumot
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Kurs ishining umumiy tavsifi. Mavzuning dolzarbligi. Ona tili darslari fan o`qituvchilari tomonidan puxta o`ylangan, ma’lum tizimga solingan, o`quvchilar aqliy bilimlarini charxlaydigan bo`lishi lozim. Zotan, “Milliy dastur”da ko`zda tutilgan asosiy masala - O`zbekistonning kelajagi bo`lgan barkamol avlod, komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish jamiyatning oldida turgan muhim vazifadir.
“To`qqiz yillik (1-9-sinflar) o`qishdan iborat umumiy o`rta ta’lim majburiydir. Ta’limning bu turi boshlang`ich ta’limni (1-4-sinflar) qamrab oladi hamda o`quvchilarning fanlar asoslari bo`yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o`zlashtirish ehtiyojlari, asosiy o`quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni mehnat ko`nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo`lishni va kasb tanlashni shakllantiradi” 1 Kelajagimiz bo‘lgan yosha vlod bilim egallashda boshlang‘ich ta’limda o‘tiladigan fanlarni chuqur, ongli tarzda o`zlashtirishlari muhim sanaladi. Shunday ekan, bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda boshlang`ich ta’limdagi fanlarni o`tishda jahon andozalariga mos va xos bo`lgan o`qitish usullaridan foydalanish muhimdir.
Kurs ishi uchun tanlangan mavzu ana shu jihati bilan ahamiyatlidir.
Bugungi kunda o`qituvchilik kasbiga nihoyatda yuksak mas’uliyatlar qo`yilmoqda, chunki biz o`qituvchi-murabbiylar qo`liga farzandlarimiz taqdirini ishonib topshiramiz.Shu jihatdan tanlangan mavzu hozirgi vaqtda olib borilayotgan ta’lim-tarbiya ishlarining eng dolzarb mavzularidan sanaladi.