Boshlang'ich ta'lim kurslari uchun test savollari.
1. I-IV sinflarda ona tili ta'lim sohasi bo'yicha o'quvchilar malakaga ega bo'lishi lozim.
А) O'qish texnikasi bo'yicha.
В) Matn mazmuni va o'zgalar fikrini anglash bo'yicha.
S) Diktant yozish malakalari, fikrni yozma shaklida bayon etish malakasi.
D) Barcha javoblar to'g'ri.
2. Ichda o'qishning afzalligi nimada?
А) Matn tez tushuniladi, bir vaqtning o'zida butun sinf o'qiydi.
В) Matn ustida mustaqil ishlash ko'nikmalari takomillashadi, o'qituvchi har bir o'quvchining mustaqil o'zlashtirish darajasini aniqlaydi.
S) Bola estetik zavq oladi, ongli o'qiydi.
D) O'qituvchi o'quvchilarning o'quv ko'nikmalarini aniqlaydi.
3. O’quvchilarning barcha turdagi yozma ishlarini tekshirishda nimalarga e’tibor beriladi.
А) Imlo va tinish belgilaridagi xatolar, chiroyli yozuv sifatida.
В) Chiroyli yozuvga, imlo xatolariga.
S)Bosh harflarning yozilishiga, chiroyli yozuvga, tinish belgilariga.
D) B va S javoblar to’g’ri.
4. Tayyorgarlik davrida o'quvchilar bilishlari lozim.
А) Odob va orastalik sabog'i.
В) Muomala va ma'rifat sabog'i/
S) Ma'rifat va hayot ibrat sabog'i.
D) Odob, orastalik, muomala, ma'rifat va hayot ibrat sabog'i.
5. Chiroyli yozuvga o'rgatish qoidalari.
А) To'g'ri, aniq va chiroyli yozuvga o'rganish.
В) Daftarni past burchagini ko'krak o'rtasini qarshisiga to'g'rilab yozish.
S) Boshni salgina pastga egib, to'g'ri o'tirish, shoshmasdan, chaplamasdan yozish.
D) Hamma javoblar to'g'ri
6. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi bob, nechanchi moddasida Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar deyilgan?
А) 11-bob, 41-modda.
В) 12-bob, 55- modda.
S) 11-bob, 50-modda.
D) 12-bob, 50-modda
7. Bog'lanishli nutq malakalarini shakllantirishda diktantning qaysi turidan foydalaniladi?
А) Erkin va saylanma diktantdan;
В) Ijodiy diktantdan;
S) Izohli va erkin diktantdan;
D) Erkin va ijodiy diktantdan;
8. Ta’limiy diktantni o’tkazish jarayoni qaysi javobda aks etgan?
А)Belgilangan MSNI lar tarkibida.
В) O’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni to’ldirishda.
S) O’rgatilgan mavzularni mustahkamlash maqsadida, yozuv daftarining bir qismida mashq sifatida o’tkazilib, unga alohida soat ajratilmaydi.
D) Darslikdagi ajratilgan bo’limlar so’ngida.
9. Xat-savod o'rgatish ishlari qaysi metod asosida olib boriladi?
А) Suhbat metodi asosida;
В) Bo'g'in-tovush metodi asosida;
S) Tarkib metodi asosida;
D) Tahlil va tarkib metodi asosida;
10. Boshlang'ich sinflarda yozuv mashqlari nimadan boshlanishini kuzatib bering.
А) Bosh va kichik harflarni yozishdan
В) Undosh harflarni yozishdan
S) Unli harflarni yozishdan
D) Bosh va kichik harf elementlarini yozishdan
11.Diktant so'zining ma'nosi qaysi variantda to'g'ri ko'rsatilgan.
А)Aytib ko'riladigan yozma ish.
В) Aytib turmoq, gapirmoq, so'zlamoq.
S) Olingan bilimlarni sinovchi yozma ish.
D) Bo'lim tugaganda o'quvchilar bilimini tekshirish.
12. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitishda qaysi metoddan foydalaniladi?
А) Tushuntirish metodidan;
В) Ko'rgazmali metodidan;
S) Tahlil va tarkib metodidan;
D)Suhbat metodidan;
13. Imlo malakalarini mustahkamlash uchun qaysi tahlilni samarali deb bilasiz.
А) Fonetik tahlilni;
В) Morfologik tahlilni;
S) Sintaktik tahlilni;
D) Fonetik-morfologik tahlilni;
14. 1-4 sinflarda log'at diktant so'zlar soni to'g'ri ko'rsatilgan qatorni toping.
А) 1-sinfda olinmaydi, 2-sinfda 8-10, 3-sinfda 10-12, 4-sinfda 12-15 so’z
В) 1-sinfda 6, 2-sinfda 8-10, 3-sinfda 10-12, 4-sinfda 12-15
S) 1-sinfda 4, 2-sinfda 6. 3-sinfda 8-10, 4-sinfda 10-12 so’z
D)1-sinfda 10, 2-sinfda 8-10, 3-sinfda 10-12, 4-sinfda 12-15 so’z
15.Yaxshi o'qish malakasi sifatlari qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan.
А) To'g'ri, ifodali o'qish.
В) Tez, tog'ri, ongli o'qish.
S) Tez, ifodali.
D) Ifodali, ongli o'qish.
16. Diktant turlari qaysi javobda ko'rsatilgan?
А) Ta'limiy, tekshirish.
В) Saylanma, lo'g'at, tekshirish, kuzatish.
S) Tekshirish, lo'g'at.
D) Tekshirish, lo'g'at, yod yozish, kuzatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |