4. O‘z navbatida rioya qilish, o‘rtoqlariga halaqit bermaslik, ortiqcha xatti - xarakatlar qilmaslik kerak .
O‘yin qoidalari o‘quvchilarni jamoa bo‘lib xarakat qilishga, hozirjavob bo‘lishga , o‘rtog‘ining javobini diqqat bilan tinglashga va to‘ldirishga , intizomli,o‘z hatolarini tan oluvchi sofdil bo‘lishga o‘rgatadi .o‘yin qoidalari o‘yining olib borilishiga rahbarlik va tashkilotchilik vazifasini bajaradi, o‘yin jarayonida bolarning o‘zaro munosabatlarini boshqaradi . SHuningdek, boshqalarning faoliyatlaringa o‘z harakatlarini moslashtirib olib borishga , tirishqoqlik, sofdillik, ziyraklik kabi xislatlarni ham tarbiyalashga o‘rgatadi. O‘qituvchi o‘yin jarayonida o‘quvchilar faoliyatini, o‘yin qoidalarini, ularni bajarish yo‘llarini doimo nazorat qilib, so‘roqlar va luqmalar bilan o‘yini boshqarib turadi. O‘qituvchi o‘yinning didaktik tomonlariga ko‘proq berilib, uning tarbiyaviy ahamiyatini ikkinchi darajaga qo‘ymaslik kerak. O‘yinda sinfning barcha o‘quvchilari ishtirok yetishi kerak.
SHuning uchun o‘yinga barcha bolalar javob bera oladigan, ularning qo‘lidan keladigan qisqa topshiriqlar tanlash kerak. Bolalarning uzoq vaqt o‘yinga krishib ketaolmay o‘tirishlariga, qiziqishlarining susayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun topshiriqlar bir xil bo‘lmasligi kerak.Topshiriq berilgandan so‘ng o‘qituvchi uning qoidalarining ko‘rsatib beradi. O‘yin jarayonida shaxsiy manfatdorlik paydo bo‘lgan, o‘quvchilarda faollik ijodiy fikirlash, o‘zi uchun, guruh uchun jon kuydirish kabi xislatlar paydo bo‘ladi. O‘qituvchi darsga tayorlash jarayonida oldindan zarur didaktik materiallarni tayorlab qo‘yishi, o‘yining uyushtirish, nazorat qilish yakunlash va baholash kabi barcha tadbirlarni belgilab qo‘yishi kerak. O‘yin o‘tkazish, o‘yin vaziyatini yaratish har bir darsda ham shu ham axamiyat kasb etadi.
Bu ayniqsa, hali bolalar jiddiy diqqat bilan uzoq o‘tirishga o‘rganmagan birinchi sinf o‘quvchilari uchun taluqlidir. Ular tez toliqadilar, diqqati zaiflashib qoladi, bir xillik ularni zeriktiradi. SHuning uchun o‘yin birinchi sinf o‘quvchilari o‘quv faoliyatini tashkil qilishdagi ish faoliyatini eng samarali usullaridan biri bo‘lishi kerak.
O‘yin tashkil qilishdan oldin, unga kerakli materiallar oldindan tayorlash kerak. Didaktik materiallarni bolalar mehnat darslarida yoki ota-onalar yordamida uyda tayorlashi mumkin.
Murakabroqlarini yuqori sinf o‘quvchilari bilan tayorlash mumkin.
Quyida biz ,,Javobni ko‘rsat” (1) o‘yini uchun kerakli narsalar haqida so‘z yuritamiz. O‘yin jihozlari :har bir o‘quvchiga partada 1-10 gacha sonlar yozilgan kartochkalar, 6-6 va shunga o‘xshash raqamli katochkalar.eni 25 sm , bo‘yi 10 sm uzunligidan karton qog‘oz olinadi. 28sm li har ikki tomonida 1.5 sm dan 3 sm ajratib buklanadi va 25sm ni 8.3 sm qilib 3 ga bo‘lib, chizib chiqiladi.
CHekkadan belgilangan joygacha oysimon chizilib qirqibtashlanadi. Qirqilgandan so‘ng
1- katonga 2- karton yopishtiriladi. 1- katon 2- kartonga ustma-ust qo‘yiladi . 2 karton har ikkala tomondan va ostidan 1.5 sm qo‘yilib buklanadi so‘ng buklangan joy 1- kartonga yopishtiriladi. Natijada quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi.(1- rasim). SHundan so‘ng har bir chegaralangan joyga quyidagilar yoziladi : 1) 0-5 2) 6-10 3) + - = 1) 0-5 deb yozilgan kanvertning ichiga 0 dan 5 gacha bo‘lgan sonlar yozib, solib qo‘yiladi. 2) va 3) konvertlarga ham son va ishoralar yozib solinadi. Bularning hammasi bir hajimda bo‘lib quyidagicha tayorlanadi: bo‘yi 10 sm , eni 6 sm uzunlikdagi karton olinadi va pastki tomoni har ikkala tomonidan qirqiladi so‘ng sonlar yoziladi.
Eni 30sm, bo‘yi10 sm uzunligidagi karton olinadi va xuddi shu xajimda yupqaroq oq qog‘oz olinadi, kartonga yopishtiriladi. So‘ng 4 tomonidan 1 sm dan o‘lchab yopishtiriladi. So‘ng kerakli sonlar yoziladi.
O‘yin jarayonida samarali o‘tishi uchun quyidagi talablarga amal qilish kerak.
1)- o‘quvchilarning o‘yinda qatnashishlariga tayorligi har bir o‘quvchini o‘yin qoidalarini yaxshilab o‘zlashtirishi maqsadni aniq tushunib yetishi unda qatnasha olish darajasidagi bilimga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |