Boshlang‘ich ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar asosida ish olib borilmoqda



Download 71,65 Kb.
bet4/16
Sana26.09.2021
Hajmi71,65 Kb.
#186359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshiris

ona tili fanidan imlo xatolar;

  • diqqatni bir joyga to‘play olmaslik;

  • matnni o‘qib, so‘zlay olmaslik;

  • o‘ta harakatchanlik;

  • bir-ikki gapirganda tushunib yetmaslik

  • geometrik shakllarni farqlay olmaslik;

  • o‘quv qurollarini toza tutaolmaslik;

  • vazifani mustaqil bajara olmaslik;

  • ko‘chirma diktantlarda ham qiyinchilikka duch kelish kabidir. Bu sanab o‘tilgan muammolarni hal etishda ham, o‘yinga asoslangan ilg‘or texnologiyalar juda samaralidir.

    O‘yin tarbiya vositasi. O‘yinni pedagogik jarayon strikturasida analiz qilish natijasida shu narsa aniqlandiki, o‘yin faqat psixologik hodisa bo‘lib qolmay, balki pedagogik hodisa hamdir.

    Biroq o‘yindan tarbiya masalalarini hal qilish uchun ongli ravishda foydalanilgandagina u pedagogik hodisa shaklini oladi.

    Pedagogik vazifa sifatida o‘yin turli vazifalarni: tarbiya vositasi, ta’lim berish, metod vazifasini, shuningdek, bolalarni o‘qitish usullari vazifasini bajaradi.

    Didaktik o‘yinlarning asosiy xususiyatlari shundaki, bularda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’limga aloqador masalalar o‘yin qoidalari niqobi ostida o‘tadi.

    Bola o‘ynar ekan, o‘rganaman deb o‘ylamaydi, lekin o‘yin jarayonida u nimagadir o‘rganadi. Ta’lim bu yerda ataylabdan o‘tilmaydi. Didaktik o‘yinlarning qimmati shundaki, u kichkina bolalarning imkoniyatlariga javob beradi va ulrning energiya sariflashlarini muozanatlashtiradi. U ma’lum darajada ta’lim mazmunini qabul qilish va o‘qitishni niqoblash kabi muhim xususiyatga egadir. Bola buni hayolga keltirmagan holda o‘rganadi. SHuni ham aytish keraki, didaktik o‘yinlarda, shaxsning tormozlanishi qobilyati, diqqatini o‘sishi, kuzatuvchanlik kabi xususiyatilarining o‘sishiga qaramay, bolalarning bevosita o‘quv faoliyatini shakillantiradi.

    O‘yinlarda kolektiv ish ongli intizomni tarbiyalash uchun kerak bo‘lgan do‘stona birodarlik hissiyoti, to‘g‘rilik, haqiqatgo‘ylik va boshqa hislatlar rivojlanadi. Jamoa o‘yinlarida astoydil maqsadga intiladigan va boshqalarni yetaklaydigan tashkilotchi bolalar, yo‘lboshi bolalar tarbiyalanadi.

    Bolalar qanchalik yosh bo‘lsa, o‘yin ularni faoliyatida shunchalik katta axamiyat kasb etadi. O‘quvchilarni tarbiyalashda o‘yining ahamiyati yetarlicha baho bermaydigan o‘quvchi o‘z ishida katta yutuqlarga erisha olmaydi.

    Amalda stol ustida o‘ynaladigan o‘yinchoqlar, harakatli o‘yinlar, texnik o‘yinlar, soha ko‘rinishi atraktsionli o‘yinlardan foydalaniladi.

    Bola hayyotida rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarda katta odamlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan munosabatlarni o‘zlari tushunadigan vaziyatlarda qaytaradilar. Bola o‘ziga ma’lum bir ro‘lni olar ekan, tegishli qoida, vazifalarni bajaradi va bu qoidalarni o‘zlashtirib oladi, ahloqiy malaka va odatlarni egallaydi. Rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yin ko‘pchilik bilan o‘tkaziladi.

    O‘yin davomida bolalar o‘rtasida kattalar orasidagi munosabatlar tarkib topadi, va asta-sekin mustahkamlanadi .

    Bolaning yoshi o‘sib borishiga qarab ro‘llarga bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlar bilan bir qatorda didaktik va harakatli o‘yinlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.

    Bola maktabga qatnay boshlaganda o‘yinning ahamiyati bir oz kamaydi. Lekin bu o‘qish o‘yinni bola hayotidan butinlay chiqarib tashlaydi, degani emas .Bu holda o‘yinning xarakteri, uning mazmuni o‘zgaradi, biroq uning bolalar tabiyasidagi muxumligicha qolaveradi.

    Kichik yoshdagi o‘quvchilarningi rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarda ular tasvirlayotgan kishilarning xususiyatlari muhimroq bo‘lib ko‘rinadi. O‘quchilarning kuchliylik, botirlik, chaqqonliligiga sabab bo‘ladi. Bolalar to‘siqlarni yengib o‘tishga harakat qiladilar, qahramonona ishlarni bajaradilar.

    Boshlang‘ich maktabda o‘qishning oxiriga borib, ong-bilim doirasining kengayishi munosabati bilan o‘quvchilar haqiyqiy qiyinchiliklarni yengib boradi. O‘yin elementlarini kiritish bolalarda belgilangan ishni mumkin qadar yaxshiroq bajarish ishtiyoqini uyg‘otadi va ularda har qanday ishga ma’suliyat sezgan, holda yondoshish odatini tarkib toptiradi.

    Boshlang‘ich talimda didaktik yoki o‘rgatuvchi o‘yinlar keng taqalgan. Ular bilishi mazmuniga ega bo‘lib, o‘quvchilarning aqliy rivojlanishiga qaratilgan.

    O‘quv faoliyatining har-xil turlarida hilma-xil o‘yinlardan keng foydalaniladi.

    Rus tili darslarida topishmoqli o‘yinlar, rasimli o‘yinlardan foydalanish mumkin.

    Giometrik shakillar: aylanma, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtbuchak haqida to‘laroq tassavur hosil qilishda yordam berishi mumkin. O‘qish va tabiatshunoslik darslarida sayohat o‘yinlaridan foydalanishi mumkin.

    O‘yin faoliyatini tashkil etishda bir qator pedagagik shartlarga rioya qilish lozim. O‘yining tarbiyaviy ahamiyatini o‘ylash kerak.

    Bola yosh fiziologik-psixalogik hususiyatlarni hisobga olgan xolda matematikaga bo‘lgan qiziqishlarni asta-sekin o‘yg‘ota borish lozim. Buning uchun darslikdagi o‘quv materiyallarni qiziqarli qilib tushuntirish, mahalliy materiyallar asosida xisoblash, o‘lchash, yasashga oid masalalar tuzish va yechish; didaktik o‘yinlardan ertak qahramonlaridan foydalanishi muhimdur. O‘yin boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining sevimli faoliyatidir. O‘yin yordamida ular o‘rtasida muayan munosabatlar o‘rnatadigan bolalar guruhlari yuzaga keladi. ,,O‘yin boshqa hamma usullardan ustunlik qiladi, chunki u xuddi bolalarning butun hayotini , shaxsiy faoligini , mustaqilligini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi,” - deb yozgan taniqli metodist A. Usova.

    O‘qituvchi o‘yinda bolalar faoliyatini to‘g‘ri boshqarib, bolalar hulq- atvorini ijtimoiy sifatlarini tarkib toptirishdek keng tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish lozim.

    O‘yin tarbiya vositasi sifatida ; tafakkur, nutq, hayol, xotira kabi pisixologik jarayonlarni kengaytirish va mustahkamlash vositasi sifatida qo‘llanishi mumkin. Masalan, ,,Nima o‘zgaradi” o‘ynida o‘qituvchi doskaga qo‘g‘irchoq, turli shakillar, rasimlar qo‘yadi . O‘quvchilar ko‘zlarini yumishadi. O‘qituvchi biror narsani o‘rnini almashtiradi yoki olib qo‘yadi . Bolalar yuqoridagi o‘zgartirishlarni aytadilar , bunda o‘quvchilarning xotirasi, giometrik shakillar haqida tasavvuri shakillanadi.


    O‘quvchilani darsga tayyorlash.

    Boshlang‘ich sinflarda o‘quchilarning bilim faoliyatini rivojlantirishning Yangi usullarini qo‘llash kerak .

    O‘quvchilar faqat rejadagi materialnigina emas, atof –muhitni, voqea va jarayonlarni kuzatishga mustaqil- tanqidiy fikirlashga, o‘z hulosalarini asoslashga o‘rganishi kerak,

    Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘quvchilar uchun qiyin va kam tushunarli fan bo‘lib tuyuladi. SHuning uchun bolalar ko‘p hollarda qoidalarning ma’nosiga tushunmasdan quruq yod olishiga harakat qiladilar, bu esa bilimda mavzularni o‘zlashtirishga to‘sqinlik qiladi .

    O‘quvchilarning darsda olgan bilimlari ongli ravishda mustaqil fikirlash asosida egallangan bo‘lsagina , u ishonchli va mustahkam bo‘ladi. O‘qituvchi o‘qitish jarayonida o‘quchilarni fikirlariga , izlanuvchanlikka , hulosa chiqarishga va umumlashtirishga undovchi metodik usullarni qo‘llash muhim ahamiyatga egadir.

    Didaktik o‘yinlar darsda ishni indivuduallashtirish har bir o‘quvchining kuchiga mos topshiriq berish , ularni qobilyatini o‘stirish imkonini beradi. ,, Har bir yaxshi o‘yinning mehnat kuchi – mehnatni kuchaytirish va fikirlashni o‘stirish xususiyati bo‘ladi ,“ - degan buyuk pedagok A. S. Makarenko.

    O‘yin jarayonidak o‘quchilar dastlab faqat o‘yinga qiziqa boshlasa , keyinchalik uni tezda o‘yin bilan aloqador material qiziqtira boshlaydi. Endi unda shu mavzuvni o‘rganish eslab qolish , o‘yinga qatashish istagi paydo bo‘ladi.

    O‘yin o‘quvchilar diqqatinit osonligcha jalb qilishga ularning eng muhim va murakkab narsalarga voqea va hodisalarga qiziqishlarini uzoq vaqt ushlab qolishga yordam beradi.



    Masalan: misollarni bir xil usulda yechaverish o‘quvchilarni toliqtiradi , o‘qishga qiziqishini yo‘qotadi. SHu misollarni o‘yin shaklida kim tez bajaradi? usuli bilan yechish esa o‘quvchilarni jonlantiradi . eni ular aniq maqsad yo‘lida , ya’ni topshiriqlarni bajarishda g‘olib chiqish, boshqalardan orqada qolmaslik, ularni bajarishiga qodir ekanini ko‘rsatishi hissi bilan harakat qiladilar.

    Didaktik o‘yinlarni darsga moslashtirib tanllash va o‘quvchilarning ma’lum bir o‘yindan zerikkanlarini sezgach, uning yangi turlarini qo‘llash zarur. Tanlangan o‘yin qiziqarli, o‘quvchilarning yoshiga mos, qisqa vaqtga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.

    Didaktik o‘yinlar fanga qiziqtirishni, mavzularni ongli o‘zlashtirishiga , o‘quvchilarning fikirlash faoliyatini rivojlatirishiga, ularda kuzatuvchanlikni oshrganda didaktik o‘yinlar vositachilk rolini tashkil qilishdan oldin uni qaysi maqsadga yo‘naltirishini va didaktik asoslarini aniqlab olish va dars jarayonida unga tayanish zarur. Metodika nuqtainazaridagi o‘yinlar, keltirilgan umumiy tarbiyaviy va o‘qitish topshiriqlaridan tashqari , o‘qituvchiga bolalarda maxsus ko‘nikmalarni xosil qilishda yordam beradi .

    O‘quchilarning matematik nutqini aniqlaydigan va kengaytiradigan o‘yinlar bor. Misol uchun, agar 1-sinf o‘quvchilari matematik harakat va raqamlar bilan ta’minlangan bo‘lsa, qator ustun tuzishga , o‘qish va yechishga o‘rgatish mazmuni ,,Kimda bor?” ,,Kim topadi? “ ,, Kim tez va ishonarli.?“to‘g‘ri keladigan uyin xolatida utkazish mumkin. O‘yindan ko‘rish va eshitish zexnini mukammallashtirshidan xam foydalanish mukin. (uyinlar ,, taq – tuq” ,, Narsa lotasi,” giometirik shakillar bo‘yicha sanash ,,va hz) O‘yinlar yordamida bolalar sonlarini esda saqlab qolishi qobilyatini mustahkamlash mumkin. (,,Hotira”, ,,Tasavvurini rivojlantirishlar “ ,,G‘alati gugurtchalar”,)

    Ko‘pgina o‘yinlar bolalarda joy tushunchasin rivojlntirishda yordam beradi. ( ,,Giometirik domino “, ,, qurilishi materiallari , ,,Tangram “ o‘yini ) , kombinatorik qobilyatini rivojlatiradi (mozayka rangli domino, giometrrik jisimlarni yoymoq va b. ) va konsturuktiv qobilyatini rivojlantiradi ( konstruktorlar, uchburchakning siri va x.z.)

    Tez sanashni o‘rgatishga yordam beradigan o‘yinlar ,, Kim tez “, ,, eng yahshi sonoqchi “. Matematik o‘yinlarni nazariy asoslariga quydagilarni kiritish mumkin.



    Download 71,65 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish