Shuningdek, darslikda didaktik materiallardan unumli foydalanib, darsning ta‘limiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish yuzasidan tavsiyalar beriladi. Har bir mavzudagi o‘quv ma‘limotlarini turmush bilan bog‘lab, uning tarbiyaviy ta‘sirini kuchaytirib, o‘quvchilarning ma‘naviy dunyoqarashini shakllantirish yo‘sinlari bayon qilinadi.Darsga tayyorlanishda o‘qituvchi darslikdagi o‘quv ma‘lumotlari va yo‘sinnomadagi ko‘rsatmalar bilan to‘liq tanishib chiqib, ularning mazmunini va maqsadini puxta idrok qilganidan keyingina dars rejasini tuzadi; kerakli ta‘lim vositalarini tayyorlaydi. Albatta, bu ishlar o‘qituvchining ongli va ijadiy mehnati orqali amalga oshiriladi.Darslik har qaysi mavzu bo‘yicha avval uni o‘rganishda doir umumiy yo‘l – yo‘riqlar va asosiy vazifalar belgilanadi. Dars tarkibi va bosqichlari bo‘yicha usuliy maslahat va tavsiyalar keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |