《Yozuv daftar》M.G‘ulomov. Qayta ishlangan 13-nashri. Toshkent - 《Ma‘naviyat》- 2015. Bu daftar avvalgisidan ( qayta ishlangan 11- nashridan ) biroz farq qilib yaratilgan. Lekin ayrim kiritilgan o‘zgarishlar hisobiga. Shu bilan bir qatorda daftarda mustaqil yozish uchun katta va kichik harflardan namunalar borligi, harflarni bog‘lab yozishda yordam berilgan bog‘lamlarning borligi, grafik suratlarning borligi bilan ajralib turadi. Bu yangi metodlar o‘quvchilarni o‘qish-yozishga bo‘lgan e‘tiborlarini yanada kuchaytiradi. Yozuv daftarida o‘quvchilar „Alifbe"da o‘rganilgan harfni yozma shakllantiradilar. Suhbat uchun daftarning yuqori qismida predmet rasmi yoki biror mazmunli rasm keltirilishi, ayrim predmet nomlarini ifodalovchi so‘z chizmasi katakchalarga ajratib berilishi, gap nusxalarining keltirilishi maqsadga muvofiqdir. Ba’zi o‘rinlarda o‘quvchilar berilgan gap yoki so‘z chizmasini o‘zlari mustaqil tasvirlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |