Boshlang'ich ta'lim bo'yicha matematikadan davlat ta'lim \ standarti ! О'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g'risida»



Download 89,51 Kb.
bet1/4
Sana31.12.2021
Hajmi89,51 Kb.
#212848
  1   2   3   4
Bog'liq
Matematila 1-amaliy


Boshlang'ich ta'lim bo'yicha matematikadan davlat ta'lim \ standarti !

О'zbekiston Respublikasining « Ta'lim to‘g'risida » gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ta 'limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli, vositalari hamda prinsiplari tanlanishi birinchi darajali ehtiyojga aylandi.

« Ta’lim to'g 'risida » g i Qonunnin g 7-moddasida belgilab berilganidek, «Davlat ta'lim standartlari» umumiy o'rta , o'rta maxsu s, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo 'yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta’lim standartlarini bajarish O'zbekiston Respublikasining barcha ta'lim muassasalari uchun majburiydir».

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasd iqlangan « Davlat ta'lim standarti to'g'risidagi Nizom » ga binoan umumiy о'rta ta’lim, shu jumladan,boshlang'ich ta'lim bosqichi uchun ham alohida-alohida davlat ta’lim standarti talablari va me'yoriy ko'rsatkichlari belgilab qo’yildi. « Ta'lim to'g 'risid a » g i Qonunda ta 'kidlaganidek: « Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshdan qabul qilinar edi, hozir esa yangi nizomga ko’ra yetti yoshga kirgandan keyin qabul qilinmoqda. .

O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta’lim to'g'risida»gi Nizomda ta'kidlanganidek: «Boshlang'ich ta'lim o'qish,yozish, sanash,o'quv faoliyatining asosiy malaka va kо'nikmalari, ijodiy fikrlash, о'zini-o'zi nazorat qilish uquvi, nutq va xulq – atvor madaniyati, shaxsiy gigiena va sog'lom turmush tarsi asoslarining egallab olinishini ta’minlashga da 'vat etilgan». S hunday ekan,

ushbu asosda boshlang 'ich sinflarda о'quvchilarning umum madaniy va axloqiy kо'nikmalari, dastlabki savodxonlik malakalari shakllantirilishi lozim.

Boshlang 'ich ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o'z-o'zini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sog 'lom bo'lishga, moddiy borliq go'zalliklarini his eta olishga, g o'zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni о 'ziga singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga о'rgatadi.

Boshlang‘ich ta'lim bosqichi oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish orqali amalga oshiriladi. Ta’lim standarti asosida boshlang'ich sinf o'quvchilaridan standartda belgilab qo 'yilgan ko’rsatkichlarga erishishni talab qiladi va о'z navbatida, bu kо'rsatkichlarga erishish uchun zarur bo’lgan talimiy xizmatlar va vositalar bilan ta'minlaydi.

Boshlangich ta'lim davlat standarti о'quv predmetlari bo‘yicha emas, balki ta’lim sohalari bo'yicha belgilanadi. Ta'lim sohalari bo'yicha standart ko'rsatkichlari 7 ( 6 ) - 11 уoshdagi bolalarning rivojlanish darajasi, ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy talab taqozo qilgan ta'lim mazmunining miqdoriga asoslanib aniqlanadi. Boshlang'ic h ta’lim davlat ta'lim standartining qo'llanishi shu bosqichda ta'lim mazmuni kо'lamini chegaralash, ta'lim sohalarini integratsiyalash imkonini beradi. Davlat ta'lim standartini qo’llash boshlang'ich ta'lim mazmunini konseptual asosga tayangan holda modernizatsiyalash (davr talablari nuqtai nazaridan yangilash )ni ko'zda tutadi. Davlat ta'lim standarti boshlang 'ich ta 'lim jarayoni oldiga qo'yilgan ijtimoiy talabga asoslangan holda о'quvchilar egallashlari lozim bo’lgan bilim, kо'nikma va malakalarga qo'yiladigan talablarni belgilab beradi. Bu esa o'z navbatida, o'quvchilarning egallagan bilim, kо'nikma va malakalarini baholash mezonlarini belgilashga imkon beradi. Boshlang 'ich ta ’lim standartining asosini

davlat va jamiyatning dolzarb ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ayni shu boshlang 'ich sinf о'quvchilarida kо'nikma va malaka hosil qilishga qaratilgan ta'lim sohalarining mujassamlashgan parametrlari tashkil qiladi.

Boshlang'ich ta’lim standarti mazkur ta'lim bosqichining har bir ta'lim sohasi uchun belgilangan standart parametrlari, mazkur ta'lim sohasining modernizatsiyalashtirilishi, shu mazmunning tarkibiy qismlari, ta'lim jarayonining vosita va metodlari hamda umum pedagogik, psixologik, texnologik tizimi va darajasini aniqlab berishga xizmat qiladi. Bunda butun e’tibor boshlang'ich ta'lim berishning maqsadi yuzasidan butunlik, uzviylik, tadrijiylik va to‘laqonlilikni saqlab qolishga qaratiladi.

Boshlang 'ich ta 'lim bosqichiga davlat va jamiyat tomonidan

qo'yiladigan talabda ta'lim sohalari bo'yicha о’zaro muvofiqlik, mutanosiblik,uyg‘unlik to‘la ta’minlangan bo’lmogi kerak.Shu jihatdan boshlang 'ich ta 'lim standartini belgilash ta 'lim jarayonining tarkibini va xuddi shu tarkib komponentlarining mazmunini modernizatsiyalash , boshlang'ich ta'lim jarayonida yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyani qo’llash imkonini beradi.

Quyidagi pedagogik omillar ta’lim jarayonida yangi texnologiyalarni qo’llash uchun asos yarata oladi:

— boshlang'icha ta'lim jaryoniga kiritilgan har bir ta’lim sohasi bo'yicha belgilanadigan ta'lim mazmuniga mos tarzda o'quv materialining tadrijiy tarzda berilishini ta’minlash;

— ta'lim jarayonini ta’lim sohalarining maqsadiga bo 'ysundirish va ta'limning sohalararo maqsadlar mutanosibligini ta 'minlash;

— har bir ta'lim sohasi bo'yicha boshlang 'ich sinf o'quvchilarida hosil bo'ladigan bilim, kо'nikma va malakalarning aniq darajalarini hamda ta’lim natijasini baholash mezoniga qo’yiladigan talablarni boshlang‘ich ta'lim standartining asosiy parametrlari bo'yicha ishlab chiqish.

Boshlang'ich ta'lim standarti ta’lim sohalariga qo'yilgan standart ko'rsatkichlarni mujassamlashtiradi. Standartning mezon va parametrlarini ta 'lim sohalarida belgilab qo'yilgan ta'lim standartining kо'rsatkichlari tashkil etadi.Ta'lim sohalari bo'yicha ta'lim natijasining sifati xuddi mana shu kо'rsatkichlarga asoslangan holda aniqlanadi. Bu о'rinda, belgilab qo'yilgan ko'rsatkichlar umum lashtiriladi hamda aniq o'lchov birliklarida ifodalanadi.

Davrning dolzarb talablari va jamiyat taraqqiyoti bilan barobar rivojlanib boruvchi ta’lim tamoyillariga asoslanib, jahon tajribasiga tayangan holda О‘zbekiston Respublikasidagi boshlang 'ich ta’lim tayanch о 'quv rejasi doirasiga ona tili, matematika , tabiat hamda inson va jamiyat ta 'limi sohalari kiritilgan.


Download 89,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish