2-Mashg'ulot. Bolalarga yordam bering!
1. 20 ta yong‘oqni besh nafar bolaga toq donadan bo‘lib bersa bo‘ladimi?
2. Uchta 5 raqami yordamida 2, 5 sonlarini hosil qiling.
3. 123456789 raqamlarini tartibini o‘zgartirmasdan qo‘shish va ayrish
amallarini shunday joylashtirinki natijada 100 hosil bo‘lsin.
Zarur holatda ikki yoki uch xonali son sifatida foydalanish mumkin.
4. Bo‘linma bo‘linuvchidan 17 marta kichik. Bo‘luvchini toping.
5. Yulduzchalar o‘rnidagi raqamlarni toping.
6. Berilgan XXII, XXXIV. DXV, MMI, MCXLVI rim raqamlarini arab
raqamlari ko‘rinishda yozing.
7. Bir xil shakldagi 9 ta xalqadan bittasi yengilroq. Pallali tarozda taroz
toshlaridan foydalanmasdan ikki marta tortishda yengil xalqani topish mumkinmi?
8. To‘rtta butun musbat sonlarning yig‘indisi va ko‘paytmasi 8ga teng. Shu
sonlarni toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |