U M U M I Y X U L O S A L A R .
O’zbekiston Respublikasining istiqboli xalq xo’ajiligining hamma tarmoqlarida bo’lganidek, xalq ta‘limi oldida ham muhim vazifalarni qo’ymoqda. Zero yosh avlod tarbiyasi O’zbekiston istiqbolini mustahkamlashning muhim zamini deb hisoblanadi.
“Yoshlari bilimdon, yurtning kelajagi buyukdir”.
(I.A.Karimov “Barkamol avlod orzusi”).
O’zbek xalqining boshqa viloyatlarida yashayotgan boshqa millat ahillarini, ma‘muriy boshlanishining muhim vazifasi yoki yosh avlodni boshlang’ich maktabdayoq ozodlik va mustaqillikni anglash qadrlashi, milliy g’urur, totuvlik hamjihatlikda, tarbiyalashdan iboratdir.
Maqsadimizga erishishimiz uchun xalqimizning tajribalaridan foydalanishimiz zarur.
“Ma‘rifatga intilish xalqimizning azaliy vazifalaridan biridir”.
(I.A.Karimov “Barkamol avlod orzusi”).
Xuddi shu vaqtda har tomonlama garmonik rivojlangan va kamol topgan, hozirgi vaqtda boshlang’ich sinflarda matematika fanini o’tishda ko’p jihatdan bog’liq hisoblanadi.
Bu davrda har bir kishidan ishbilarmonlikni, iqtisodiy hisob-kitob taqazo etadi.
Matematika kerak
Har bir o’g’il qizga
Aqlini va fikrini
Soladi yaxshi izga
SHuning uchun boshlang’ich sinflarda ta‘lim jarayonini tubdan yaxshilash davr talabi hisoblanadi. Bu esa har bir o’qituvchidan yuksak tajribani puxta bilimni, malakani talab qiladi.
Boshlang’ich sinflarda miqdor va birliklarni juda keng o’rganilmoqda. Boshlang’ich sinf matematikasida uzunlik o’lchovi, vaqt o’lchovi, yuzani o’lchash va topishga doir misol va masalalar berilgan.
Bu sinflarda miqdor o’lchovlari o’zgarmas birligidan foydalanib bilib boriladi.
Masalan: uzunlik o’lchovi, milli metr, santimetr, desemetr, metr, kilometr.
Bu yoshda o’quvchilar juda qiziquvchan, intiluvchan, sergak bo’ladilar ularning har bir qiziqib so’rayotgan savollariga esa to’g’ri, tushunarli, javobni mazmunli qilib aytishga harakat qilaman. O’quvchilar dars davomida bilmagan bilimlarini o’zlashtirib oladilar.
Miqdor o’lchov birliklari
Ba‘zi o’lchov birliklarini o’lchovi aniq emas. Ular: paysa, botmon.
Miqdor o’lchov birliklarini eski nom bilan atalishini o’rganish o’quvchilarda:
So’z boyligini oshiradi.
Nutq madaniyatini o’rgatadi.
Mustaqil fikrlash qobiliyatini o’rgatadi.
Hayotiy masalalarni o’lchash va hisoblashni o’rgatadi.
Men uzunlik o’lchovi mavzusini o’tayotganda qadimgi birliklardan foydalandim. Bu qadriyatlarimizni tiklash, o’tmishimizni unutmaslik namunasidir. Maqsad eski o’lchov birliklari orasidagi bog’lanishlarni isbotlab berishdir.
Men bundan keyingi ish jarayonimda ham albatta eski o’lchov birliklaridan batafsil foydalanmoqchiman.
Hozirgi zamon faktlari mazmuniga qarab ishtimoiy, tabiiy texnika va boshqa bir qator qismlarga bo’linadi.
Bularning har biri o’ziga mos ko’pgina fanlarni qamrab olib, butun bir sistemani tashkil qiladi.
Matematika texnikaning barcha sohalarida jumladan turli hil xisoblash mashinalarida atom reaktorlarning ishlash printsipini moslashtirishda, kosmosni o’rganishda, mo’ljallangan matematik boshqarish sistemalarida, reaktiv samolyotlarni va boshqa sohalarda keng qo’llanilmoqda. Qisqasi matematika fani ishlab chiqarishning barcha sohalari bilan uzviy bog’liq hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |