Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni matn yozishga o’rgatish yo’llari



Download 76 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi76 Kb.
#905826
Bog'liq
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni matn yozishga o’rgatish yo’llari


Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni matn yozishga o’rgatish yo’llari


Har bir o’quv mashg’uloti, jumladan, insho yozish ham jiddiy mehnat talab qiladi. Insho yozish adabiy mehnat hisoblanadi. Adabiy mehnat kishidan juda katta aqliy va xissiy kuch- quvvat talab etadi hamda yetuk malakali bo’lishni taqazo qiladi. Ana shu talablarga rioya qilgan o’quvchilarda mustaqil fikrlash, so’z va material tanlash va to’plash ularni mantiqiy jihatdan o’zaro bog’liq xolda ifodalash orfografiyaga e’tibor berish qobiliyati tez rivoj topadi, mehnat intizomi ham tarbiyalanadi.
Umuman olganda, adabiy mehnat to’g’ri tashkil etilgandagina insho tarbiyaning samarali vositasiga aylanadi. O’quvchilarda insho yozishga qiziqish, havas, kuzatuvchanlik qobiliyatini o’stiradi, ko’rgan narsalari va o’qigan kitob, ertak hikoyaga to’g’ri baho berishga o’rgatadi.
Boshlang’ich sinflar uchun tanlangan insho materiallari o’quvchilarda adabiy mavzuda, hayotiy tajribalar va tasviriy san’at asosida insholar yozish malakasini kamol toptirishga imkoniyat beradi. O’quvchilarda badiiy asarga mustaqil yondashish, uni mustaqil baholay olish, materiallarni umumlashtirish adabiy xodisalarni tarixiy jarayon bilan bog’lab o’rganish qobiliyatining o’sib borishi ham yuqori sinflarda turli mavzularda insho o’tkazish uchun imkoniyat yaratadi.
Insho – o’quvchilarning fikrini bayon etish vositalari bo’lgan rivoya va dialogni anglab olishlariga, o’quvchilarda ulardan foydalanish, fikrni izchil bayon etish, so`z va gapni o`z o`rnida ishlatish, ravon uslub malakasini hosil qilish va rivojl;antirishga yordam beradi.
Boshlang`ich sinflarda o`tkaziladigan chorak yakunidagi erkin mavzudagi insholar ham o`quvchilardan atrof-muhit taiat odamlarning xarakteri, xatti-harakati, mehnat faoliyatining o’rganishni, shuningdek, ijtimoiy hayot va tabiat hodisalarini kuzatishni ular haqida fikrlashni talab etadi. Kuzatish asosida yoziladigan insholar o’quvchilarda Vatanga, mehnatga muhabbat hissini tarbiyalashda, ularni nafosat olamiga olib kirishda muhim rol o`ynaydi, ta’limni hayot bilan bog`lash, o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqini o`stirish uchun xizmat qiladi.
Insho oquchilar nutqini o`stirishda eng samarali vosita hisoblanadi. Nutq madaniyatini takomillashtirish esa, insho ustida mustaqil ishlashni talab qiladigan vazifalardan biridir. Insho yozishga tayyorlanish va uni yaratish jarayonida o`quvchi yangi bilim va ko`nikmalarni kuzatish, fikrlash, adabiy hayotiy hodisalarni baholash, o`qiganlari va o`zlashtirgan bilimlari ma’lum bir tartibga solish malakasini egallaydi.
Inshoning tarbiyaviy ahamiyati tanlanadigan mavzuga shuningdek, insho ustida o`quvchilar qanchalik mustaqil ishlash va qiziqishigam insho g`oyasiga ham bog`liq.
Insho bolalarning voqea-hodisalarni chuqur his etishiga yordam beradi, izchil fikrlashga o`rgatadi, tilga va adabiy ijodga qiziqishlarini oshiradi.
Tanlangan mavzuning g`oyaviy yo`nalishini ochish tarbiyaviy vazifani hal qilishga imkon beradi. Bu jihatdan mehnat, mehnat qahramonlari haqidagi, bolalarning hayoti, maktab tug`ilib o`sgan qishlog`i yoki shahri haqidagim urush qahramonlari haqidagi mavzular ayniqsa, qulay.
Insho jamiyat hayotini tuzunishga o`rgatadi. Tabiatga, kishilarga, ularning yaxshilikka intilishlari va harakatlariga, mehbarga va mehnat mahsuliga muhabbatni tarbiyalaydi, kishilar xatti-harakatidagi chiroyli jihatlarni egallashga, hozirgi zamon axloqiy talablarini anglashga o`quvhcilarga yordam beradi.
Inshoning tarbiyaviy ahamiyatini oshirish uchun quyidagilarga rioya qilish talab etiladi:

  1. Osondan qiyinga tamoyiliga rioya qilgan holda og`zaki va yozma inshoni muntazam o`tkazib boorish bilan o`quvchilarda mustaqillikni tarbiyalash.

  2. Inshoni hayot bilan bog`lash.

  3. Insho uchun maktab va o`qituvchining tarbiyaviy vozifalariga mos bo`lgan mavzu tanlash.

  4. Insho ustida ishlashda ishning hissiy darajasini-ta’sirini oshirish.

“Vatan” so`zini aytish bilan kishining bolalikda o`sib ulg`aygan joyi tasviri ko`z oldida paydo bo`ladi. Ishlab chiqarishga ekskursiya materiali asosida mehnat haqidagi insho yangi tarbiyaviy imkoniyatlarini ochib beradi. Unda bolalar ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyat va qiyinchiliklar, ilg`or kishilar haqidagi, kasb va mutaxassislik haqidagi, texnika haqidagi ma’lumotlardan foydalaniladilar. Ishlab chiqarishga ekskursiya va mehnatni tasvirlash bilan bog`liq holda kasb haqidagi suhbatlashishga to`g`ri keladi va bu inshoda o`z aksini topadi.


Mehnat haqidagi yoki insho mavzulariga “Bizning qishloq”, “Bog`da”, “Paxtakorlarga”, “Daraxt o`tqazish”, “Polizda” kabilar kiradi.
Insho ijodiy ishning eng yuqori shakli bo``ib, maktabda alohida o`rin tutadi, barcha nutqqa oid mashqlar ma’lum mazmunda inshoga bo`ysunadi.
Insho 1- sinfda kichik axborot va ehtirosli hikoyadan boshlanib, o`z fikrini ifodalashga o`quvchi shaxsini tashkil topishiga xizmat qiladigan, ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan jiddiy rejali aqliy ishga aylanadi.
Insho shaxsnbi shakllantirishda foydali vosita bo`lib, his-hayajon uyg`otadi, aqliy mustaqillikka, fikrlashga, ko`rgan kechirganlari va o`zlashtirganlarini baholashga, kuzatuvchanlikka, voqea-hodisalar o`rtasidagi sabab-natija bog`lanishni topishga, ularni iyoslashga, xulosa chiqarishga o`rgatadi. Insho fikrni tartibga soladi, o`quvchilarga o`ziga, o`z kuchi va imkoniyatiga ishonch tug`diradi..

Insho mavzusi – insho predmeti bo`lib, uning mazmunini tashkil etadi. Mavzuga qarab inshoda aks ettiriladigan materiallar, dalillar, hodisalar tanlanadi. Inshoning to`g`ri va to`liq bo`lishi `oqituvchi mavzuni qanday shakllantirishi, o`quvchilar uni qanday tushunishlariga bog`liq.


Insho ustida ishlashda mavzu tanlash, uni rejalashtirishda esa og`zaki va yozma insho mavzusini belgilab olish muhim rol o`ynaydi.
O`quvchilarni 1-sinfdan boshlab mavzu tanlay bilish, uning ustida ishlay bilish, yoziladigan inshoda fikrni bayon etishda har bir so`z, ibora haqida o`ylashga o`rgatish kerak. Chunki mavzu ustida fikr yuritish bilan insho ustida ishlash ham oshlanadi. Mavzularning bir-biridan farqini his etish ularni qiyoslashga yordam beradi.
Boshlang`ich sinflarda qiyoslash soda mavzularni tanlashdan boshlanadi.
O`quvchilar mavzuni yoritishga 1-sinfdan boshlab o`rganadilar. Ular mavzuga oid gap tuzadilar. Masalan, bahopr havosi haqida, ona qishlog`i haqida, qo`rqoq quyon, ayyor tulki haqida gap tuzadilar.
Maktab o`tkaziladigan insholarda ko`zga tashlanadigan nuqsonlardan biri mavzudan chetga chiqish, ya’ni uning haddan ziyod qisqa, yoki aksincha, ortiq darajada keng hajmda bo`lishidir. Aslida insho uchun aniq chegaralangan mavzular tanlanishi o`rinlidir. Masalan, “Mening gulzorim”, “Yozgi ta’tilning bir kunida”, “Biinchi qo`ng`iro”, “Matematika darsida”, “Sevimli o`qituvchim” va boshqalar.
Og`zaki va yozma insho ustida ishlashda mavzu berib, uni yoritishni talab qilishdan tashqari, avvalmaterial tanlash, keyin shu yig`ilgan materiallar asosida mavzuni shakllantirishni tavsiya qilish ham mumkin.
Mavzu zaminida inshoning asosiy mazmuni yotadi. O`quvchilar u haqida aniq tasavvurga ega bo`lsalargina, inshoni talabga javob beradigan darajada yozishlari mumkin. Bunda mavzuning juda aniq bo`lishi muhim rol o`ynaydi. Puxta o`ylab tanlangan mavzu o`quvchilarning unga mos material tanlashlari va bu materiallarni izchillikda yoritishlari uchun yo`llanma sifatida xizmat qiladi.
Odatda, adabiy mavzulardagi insho uch qismdan – kirish, asosiy qism, xulosadan iborat bo`lib, reja asosida yoziladi.

  1. Inshoning kirish qismida, odatda voqea yuz berggan davr, asarning yaratilishi, mavzusi, yozuvchi ijodida tutgan o`rni to`g`risida qisqacha ma’lumot beriladi.

  2. Inshoning ikkinchi, asosiy qismida mavzu bo`yicha to`plangan materiallar ifodalanadi.

  3. Inshoning xulosa qismida odatda, qoida bo`yicha, asosiy qismida bayon etilsa fikrlar umumlashtiriladi, shaxsiy xulosa bayon etiladi. Xulosa qismining mazmuni, insho mazmuniga qarab turlicha bo`ladi. Masalan, agar insho adabiy xarakterda bo`lsa, xulosa qismida obrazlarning tipikligi, yozuvchi ijodining ahamiyati, yozuvchining adabiyot rivojidagi roli haqida so`z yuritiladi.

Og`zaki va yozma inshoga o`rgatish jarayonida o`quvchilarda mavzuni tushunish va yopritish, `oz inshosini aniq fikrga bo`ysundirish, material to`plash, uni tartibga solish va joylashtirish, reja tuzish va reja asosida yozish, mazmunga va nutq vaziyatiga mos ravishda til vositalaridan foydalanish, yozgan inshosini takomillashtirish ko`nikmalari hosil qilinadi. Bulardan tashqari texnik vazifalar ham amalga oshiriladi, ta’ni matnni yozishda imlo qoidalari va husnixatga e’tibor berish, matnni xatboshidan yozish, husnixat va hoshiyaga rioya qilish kabi talablarga ham amal qilinadi.


1-4 sinflardagi bayon va insho ta’limiy xarakterga ega bo`lib, o`qituvchi rahbarligida o`tkaziladi. Bu sinflarda o`quvchilar mazmuni o`zlashtirilgan ertak, hikoya bo`yicha bayon, hayotiy tajribalar va rasmlar asosida kichik hajmda insho yozadilar.
Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarni insho mavzusi va uni yoritishga o`rgatish insho mavzusi bilan tanishtirishdan boshlanadi. Xususan, ularda insho yozish malakasi rivojlanishi uchun qulay, mazmunli, soda mavzu tanlash talab qilinadi.
Bundan tashqari kelajak haqidagi “Kim bo`lishni xohlayman” mavzusida tayyorgarliksiz hikoya qilish tarzidagi insho ham katta tarbiyaviy kuchga ega. O`quchilar ushbu mavzu asosida insho yozganlarida kimga havas qilishlari, kim bo`lmoqchi ekanliklari v anima uchun shu sohaga yoki shu kasbga qiziqishlari, bu kasbni tanlashda kim havas uyg`otgani, bu kasbning foydali jihatlari haqida to`lib-toshib hikoya qiladilar.
Xullas, mavzu inshoda yoritilgan gikrlarga muvofiq kelishi va uning mazmunini to`la qamrab olishi lozim. Hech vaqt kuzning shirin-shakar mevalari haqida fikr yuritib, “Qovun pishdi”, “Polizda” deb sarlavha qo`yilmaydi. U albatta, “Kuz saxovati”, “Kuz ne’matlari” kabi nomlar bilan atalishi lozim.
Reja – inshoning tuzilishi, qismlarga bo`linishi va shu qismlarni izchillik bilan bayon qilish demakdir. Reja asosida yozilgan inshoda ikkinchi darajali emas, balki asosiy masalalar yoritiladi.
O`quvchilar insho mavzusi bilan tanishganlaridan keyin yoziladigan insho rejasi ustida ishlaydilar. Reja inshoni yozishga kirishishda muhim bosqich hisoblanadi. Rejaning mavzu mazmuniga muvofiq bo`lishi uchun o`quchilar mavzu haqida bir fikrga kelishlari, yoritiladigan materialni chegaralab olishlari kerak.
Reja o`quvchilarning insho mazmuni va g`oyasini yoritishda mantiqiy izchillikda qay darajada amal qilganliklarini va mavzuga bo`lgan munosabatlarini ko`rsatadi. Shuningdek, reja insho mavzusi va g`oyasini yoritishda muayyan bosqich bo`lishi bilan birga, ifodalash lozim bo`lgan fikrni, voqea va obrazni tasavvur etish, u haqda ma’lum bir xulosaga kelish uchun vosita vazifasini ham bajaradi.
Insho rejasi ustida ishlash har bir o`quvchiga alohida, nafosat tuyg`usi bilan yondashishni talab etadi.
Reja – inshoning tuzilishi, qismlarga bo`linishi va shu qismlarni izchillik bilan bayon qilish demakdir. Reja asosida yozilgan inshoda ikkinchi darajali emas, balki asosiy masalalar yoritiladi.
Bolalar avval o`qigan hikoyalariga reja tuzadilar va uni reja asosida qayta hikoya qiladilar, keyin bayon rejasini tuzadilar, so`ng bir mavzuga oid bir necha rasm asosidagi insho rejasini, ya’ni rasmli reja tuzadilar, inshoga sarlavha topadilar.
Reja tuzishga o`rgatishda oldin nima haqida to`xtalish, keyin uni qanday davom ettirish, undan so`ng nima haqda aytish, nihoyat, hikoyani qanday tugatish kerakligini o`quvchilarga tushuntirish foydali usul hisoblanadi.
Reja ko`pincha insho yozishdan oldin unga tayyorlanish jarayonida tuziladi. Ba’zan rejani ekskursiya, kuzatishdan oldin, unga tayyorgarlik jarayonida tuzish maqsadga muvofiq. Ekskursiya, kuzatish, ijtimoiy foydali mehnat rejasi shu yuzasidan material to`plash, insho uchun material tanlash va uni tartibga solish jarayonida tuziladi.
Bunday reja insho yozishdan oldin ko`rib chiqilib, unga ayrim aniqliklar kiritiladi.
O`qituvchining adabiy jarayon, badiiy asar to`g`risidagi bayoni, muhim masala bo`yicha qiladigan ma’ruzasi yaxshi insho namunasi bo`ladi.
O`quvchilar o`qituvchining ma’ruzasidan kirish so`zni uyushtirishni, keyin asosiy qismga o`tishni, asosiy maqsadni bayon etish va asarlardan misollar keltirish bilan uni isbotlashni, fikrni xulosalash yo`llarini bilib oladilar.

O`quvchilarni insho yozishga tayyorlash ishi sinfda alohida darslar uyushtirish yo`li bilan amalga oshiriladi. O`quvchilar bu darslarda o`zlari mustaqul amalga oshiriladigan ishlarni o`rtoqlari bilan hamkorlikda bajaradilar. Ishni bajarishda qiynalsalar, o`qituvchi ularga ko`maklashadi.


Sinfda tashkil etiladigan tayyorgarlik darsi aniq va qiziqarli mavzu asosida uyushtiriladi. Shundagina, bu dars o`quvchilarda insho ustida ishlash ko`nikmasini shakllantirishga yordam beradi. O`quvchilar inshoga nisbatan qo`yiladigan talablarni bilishlari kerak. Metodik adabiyotlarda va ”Ona tili” darsligida insho yozish uchun o`quvhcilarga bir qator zarur maslahatlar berilgan, jumladan:

  • insho mavzusini puxta o`ylash, nimalar haqida yozishni aniqlab olish, mavzuga oid so`zlar tanlash;

  • inshoning asosiy mazmunini, shu mazmunni yoritish uchun nimalar haqida va qanday yozishni o`ylab olish, inshoning rejasini tuzish;

  • inshoning tiliga, fikrning yaxshi ifodalanganligiga e’tibor berish, zarur o`rinlarga tuzatish kiritish;

  • yozgan inshoni oqqa ko`chirish.

Insho murakkab ijodiy ish bo`lganligi uchun ham u o`quchidan zarur bilim hamda ko`nikma va malakalarni talab etadi.


Birinchi yo`nalish ona tilidan deyarli barcha mashg`ulotlarda amalga oshiriladi. O`quvchilar o`rganilayotgan til hodisasini amalda tadbiq etgan holda ijodiy matnlar yaratar ekanlar.
Ikkinchi yo`nalish ijodiy yozma ish ustida ishlash uchun ajratiladigan maxsus soatlardir. Biz ijodiy yozma ish ustida ishlash usullarini morfologiya o`rganilgandan keyin kiritishni maqsadga muvofiq deb bilamiz.
Ma’lumki, maktabda o`tkaziladigan insholarda ko`zga tashlanadigan muhim kamchiliklar, asosan, mavzudan chetga chiqish, ya’ni uning haddan tashqari qisqa yoki, aksincha, ortiq darajada keng hajmda bo`lishidir.
Inshoga tayyorgarlik inshoni yozishdan bir necha kun ilgari boshlanadi, darsdan tashqari vaqtlarda va boshqa darslar jarayonida ham olib boriladi.
Og`zaki va yozma insho ustida ishlash quyidagi uch bosqichga bo`linadi:

  1. material yig`ish, ya’ni kuzatish, ekskursiya, mehnat jarayoni, rasmni ko`rib chiqish, kinofilm, spektaklni ko`rish, badiiy va boshqa adabiyotlarni o`qish;

  2. mavzuga va uni yoritishga mos material tanlash, uni tartibga solish, joylashtirish, ya’ni suhbat, muhokama qilish zarur materialni ajratish, reja tuzish, lug`at ustida ishlash, imlo va leksik tomondan tayyorlash va hokazo.

  3. inshoni nutqiy shakllantirish, ya’ni insho matnini tuzish, uni yozish, takomillashtirish, xatolarni to`g`rilash va uni tekshirish.

Insho yozish uchun 2- sinfda odatda, bir dars, zarur bo`lib qolsa ikkinchi darsdan 15-20 daqiqa, 3-4 sinflarda bir yarim yoki ikki dar, ayrim vaqtlarda ikki yarim darsgacha ajratiladi. Bulardan tashqari, insho tahlil va xatolar ustida ishlash uchun 20-25 daqiqa vaqt ajratiladi. Bunda eng yaxshi yozilgan insholar tahlil qilinadi, imloviy, punktuatsion, nutqiy, mantiqiy xatolar va mazmundagi yetishmovchiliklar ustida ishlanadi.


O`qituvchi har bir insho turi uchun o`quv vazifasini belgilab oladi. Masalan, rasmlar seriyasi asosida birinchi marta yozdiriladigan insho uchun quyidgi vazifalar belgilab olinadi:

  1. o`quvchilarni inshoning yangi turi bo`lgan rasmlar seriyasi asosidagi insho bilan tanishtirish;

  2. rasmli reja asosida matn rejasini tuzish;

  3. reja q9ismlariga mos ravishda matnni xatboshilarga bo`lish va har birini xatboshidan yozish;

  4. insho matnini mustaqil tekshirish, uni takomillashtirish.

O`quvchilarning mustaqil darahasi o`sib borgani sayin, inshoga talab ham orta boradi.


Nutq o`stirish metodikasida o`quvchilar inshosi uchun baho me’yori muhim masala hisoblanadi. Tabiiyki, bunda yuqorida bayon etilgan asosiy talablarga rioya qilinadi.


Inshom matnini takomillashtirish, unda yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish ham o`quvhcilar uchun o`ta zarur malakalardan biridir.
Ammo afsuski, ko`pchilik o`quvchilar o`zlari yozgan matn ustida deyarli ishlay olmadilar. Ko`pincha ular ishning qoralama nusxasiga birorta ham tuzatish kiritmay, uni aynan oqqa ko`chiradilar. O`qituchilar esa matnni tekshirayotgan yo undagi barcha atolarni tuzatadilar yoki xatoli o`rinlar ostiga chizish, har il belgilar qo`yish bilan cheklanadilar.
“Ijodiy yozma ish ustida ishlash usullari” bo`limidan o`quvchilarni quyidagi zarur bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirishni maqsadga muvofiq deb bilamiz:

  • “Ijodiy yozma ish” tushunchasi: rasm asosida hikoya, manzara tasviri, shaxs hayvon, narsa-buyum, voqea-hodisa tasviri.

  • Yozma ishga mavzu tanlash, ayni bir narsa, manzara, voqa, hodisalar asosida turlicha mavzu tanlash;

  • Berilgan mavzu, erkin mavzu;

  • Mavzuni yoritish uchun zarur material, o`quvchining bilimlari, kuzatishlari, taasurotlari, mushohadalari, qiyos va o`xshatishlari, xulosa va hukmlari.

  • Yozma ishning rejasi.

  • Mavzuni yoritishda mazmun izchilligi xat boshi tushunchasi.

  • Yozma ish matni ustida qayta ishlash, qoralama nusxada so`zlar ustida ishlash.

  • Matnning uslubi ustida ishlash.

  • Ishni oqqa ko`cherish.

  • Ishni tekshirilgach, xatolar ustida ishlash yo`llari.

O`quvchilar inshosini baholashda quyidagilar hisobga olinadi:



  1. Insho mavzusining yoritilishi. (Mazmun mavzuga mosmi, ya’ni yetarli yoritilganmi, haqiqatga mos keladimi?)

  2. Reja, kompozitsiya, izchillik. (Reja to`g`ri tuzilganmi, materialni bayon qilish tartibi rejaga mos keladimi, mazmunda takror yo`qmi.)

  3. Janri, uslubi.

  4. Insho hajmi.

  5. Leksika

  6. Sintaksis

  7. Imloviy va punktuatsion savodxonlik, xatolar xarakteri.

  8. Husnixat, tashqi tomondan shakllantirish (hoshiyaga, xatboshidan yozishga, sarlavhani to`g`ri joylashtirishg rioya qilish)



O`quvchilar inshosiga qo`yiladigan bunday talablar uni baholashda real yondashishga imkon beradi.
Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish