Annotation.
This article discusses the conscious, expressive, accurate, and quick teaching
of text - and poems in the primary school. In primary education, students are taught to read
consciously when explaining topics. When the material he reads is a piece of art, whether it is a
poem or a poem, the poet must be able to think consciously about what he means. vision,
thinking ability increases. Improving the conscious, fast, expressive, correct reading skills of
primary school students is one of the important tasks set for primary school teachers.
Key words
: reading skills. Conscious - reading, expressive reading, fast reading, correct
reading, preschool education, primary education text, poetry, speech meaning, dictionary.
Ishonchimiz va tayanchimiz bo’lmish navqiron yosh avlodni barkamol shaxs
bo’lib voyaga yetishini ta’minlash buyuk kelajagimiz poydevorini mustahkamlash
yo’lidagi orzu-maqsadlarimizdan biridir.
O’bekiston kelajagi buyuk davlat darajasiga ko’tariladigan ijodkor shaxsni
yaratishda boshlang’ich ta’lim poydevor vazifasini bajaradi. Boshlang’ich sinf
o’qtuvchilarining asosiy maqsadi kelajakda yetuk avlodni tarbiyalashdan
iborat.o’quvchining ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang’ich
sinflarda o’qituvchining mahorati, uning zamonaviy texnalogiyalarni ta’lim
jarayonida mohirona tadbiq eta olishi ilg’or pedagogik tajribalardan mohirona
foydalana olishi, ta’lim berishning yangi usullarini ishlashi juda muhim ahamiyat
kasb etadi. Bugungi tez o’zgaryotgan dunyo insoniyat oldiga ,yoshlar oldiga yangi-
yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda.Ayniqsa mamlakatimiz mustaqillikka
erishgandan so’ng barcha sohalarida tub islohatlar, o’zgarishlar,ta’lim mazmuni va
sifatini yangilashga doir bir qancha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunday
islohatlarning tub mohiyatiga kirib boradigan bo’lsak, ularning ortida yoshlarni har
tomonlama yetuk barkamol qilib tarbiyalash,bu orqali sog’lom fikirlaydigan,
dunyo hamjamiyatidagi na’muna bo’la oladigan yoshlar bilan tenglasha oladigan
kadrlar qilib voyaga yetkazish maqsad qilib olinganiga guvoh bo’lishimiz mumkin.
Muhtaram Birinchi prizidentimiz ta’kidlaganidek:”Bugungi kunda oldimizga
qo’yilgan buyuk maqsadlarimiz,jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning
taraqqiyoti va istiqboli uchun amalga oshirilayotgan islohatlarimiz, rejalarimizning
samarasi, taqdiri bularning barchasi, avvalombor, zamon talablariga javob
beradigan yuqori malakali, ongli mutahasislar tayorlash muommasi bilan
chambachas bog’liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz. [1]
Boshlang'ich sinflarning o'qish darslari o’z mohiyati, maqsadi va vazifalariga
ko’ra ta’lim tizimida alohida o’rin tutadi. Negaki, uning zaminida savodxonlik va
ahloqiy-ta’lim tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar
ta’limini o’qish ta’limisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Oquvchi matnni tog’ri, tez,
tushunib o’qish ,mazmunini o’zlashtirish bilan ilk bor o’qish darslarida yuzlanadi.
O’qish darslari orqali o’quvchining Davlat ta’lim standartlari (DTS) talablari
bo’yicha o’zlashtirishlari ko’zda tutilgan o’quv bilim ko’nikmalari hamda
bilimlarni egallashlariga yo’l ochiladi. Aynan o’qish ta’limida insonning, avvalo,
o’zligini qolaversa olamni anglashga bo’lgan intilishlariga turtki beriladi. Shu
maqsadda “O’qish kitobi”darsliklarga ona tabiat ,atrofimizni o’rab turgan olam,
Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik,
istiqlol va milliy-manaviy qadryatlar,xalqlar do’stligi va tinchlik kabi turli
mavzular bo’yicha atroflicha tushuncha berishga mo’ljallangan badiiy, ahloqiy-
ta’limiy, ilmiy ommabop asarlar kiritiladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta’lim-tarbiya berishdagi muhim
vazifalarning asosiy qismi o’qish darslarida amalga oshiriladi. Boshlang’ich sinf
o’qish darslarining, ayniqsa birinchi sinfdagi o’qish darslarining maqsadi
o’quvchilarda ongli, ravon, ifodali, tez o’qish malakalarini hosil qilishdir. O’qish
darslari, tabiat, odobnoma, matematika fanlariga doir mavzularda beriladigan
bilimlarni mustahkam o’qib olishlarida juda katta ro’l o’naydi, chunki bola tog’ri,
ongli ravon o’qisagina matn mazmunini yaxshi anglab oladi. O’qish darsining
o’zoro mahkam bog’langan to’rt asosiy tarkibiy qismi bor. Ular quyidagilardan
iborat: ifodali o’qish, ongli, tog’ri va tez o’qish.
Boshlang’ich ta’limda o’qishning uch turidan foydalfniladi:
1.
Ovozli o’qish
2.
Ichda o’qish
3.
Shivirlab o’qish
Psixologik izlanishlar shuni ko’rsatadiki, o’qishni endi o’rganayotgan
o’quvchilar o’qilayotgan matnni tushunib borishlari uchun eshitish sezgisiga ham
e’tibor qaratadilar.
2-sinf „O 'qish kitobi“dagi „Оnа yurtim-oltin beshigim" bo‘limiga kiritilgan ,
O‘zbekistonim“ (H. Imonberdiyev), „ Istiqlol “ (J.Jabborov), 0‘lka “(E.Vohidov),
„Yur tog‘larga“ (U .N osir),[2]. 3-sinfda „Ona bitta, Vatan yagona" bo'limidagi
„Vatan haqida she’r" (A.Avloniy), 0‘zbegim“(E.Vohidov), „Vatan mo'tabardir" (X
.D avron), „Bilib qo'yki, seni vatan kutadi“ (T. Malik),[3]. 4-sinfda „ O‘zbekiston
— Vatanim manim “bo'limidagi „Serquyosh o‘lk a “ (Z. Diyor), „Iqboli buyuksan“
(A. Oripov), „Toshkentnoma" (M .Shayxzoda), ,,Xotira“ (N .N orqobil)[4] kabi
asarlar misolida atroflicha tahlilga tortiladi. Ijtimoiy-tarixiy matn undagi mavzular
Vatanimiz o'tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug' siymolar tomo
nidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy sanalar to'g'risida muayyan tasavvur beradi.
Beruniy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarim iz haqidagi
matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi asarlar o'quvchilarni faqat o'tmishimiz
bilan tanishtirib qolmasdan, Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas’uliyatini teran
anglashga ham yordam beradi.
1. O'quvchilarda yaxshi o'qish sifatlari: to'g'ri, tez, ongli, ifodali o'qishlarini
shakllantirish.
2. O'quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga
o'rgatish, kitobga muhabbat uyg'otish; ularni oddiy kitobxondan
chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish.
3. O'quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish
hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.
4. O'quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yetuk va m ehnatga muhabbat ruhida
tarbiyalash.
5. O'quvchilam ing bog'lanishli nutqini va adabiy-estetik tafakkurini o'stirish.
6. O'quvchilarning xayolot olamini boyitish.
7. Elementar adabiy tasavvurlarini shakllantirish.
O'qish darslarining samaradorligi ko'p jihatdan ta’lim metodlarining to'g'ri
tanlanishiga bog'liq. Binobarin, fanning o'zi kabi o'qitish metodlari ham doimiy
rivojlanishda bo'ladi. Masalan, eski maktablarda o'qish quruq yod olish metodi
asosida o'rgatilgan bo'lsa, hozir izohli o'qish asosida olib boriladi. Yod olish
metodida matndagi so'zlarga izoh berishga, ma’nosini tushuntirishga, o'qilganni
qayta hikoyalashga, umum an olganda, o'qishning ongli bo'lishiga mutlaqo e’tibor
berilmagan. Ularda ko'proq to'g'ri talaffuz, qiroat bilan o'qish, ifodali o'qish
nazarda tutilgan. Hozir maktablarda o'qish izohli o'qish metodi asosida olib
borilayotgan ekan, quyidagicha savol tug‘iladi: Izohli o'qish nima Izohli o'qishga
XIX asrning 60-70 yillarida rus pedagogi K.D. Ushinskiy asos solgan, u o‘qishda
o'quvchilarni „ongli, tushunib, o'ylab o'qishga" o'rgatishni alohida ta’kidlaydi va
uni „Izohli o'qish" deb nomlaydi.[5]Izohli o'qish metodiga K .D .U shinskiy
ishining davomchilari yangiliklar kiritdilar. Korf va Vaxterev izohli o'qish
o'quvchilarga real bilim berish vositasi desa, Professor Asqar Zunnunov
o'qitishning mazm uni va usullari haqida fikr yuritib, o'quvchilaning oldin
bilimlarni o'zlashtirishiga, so'ng yod olishlariga e ’tibor berilishi ta ’lim jarayonida
izohli o'qish deb nomlanganini ta ’kidlaydi. Demak, izohli o'qish deb o'ylashga, his
qilishga, asarni to'liq idrok qilishga, o'qilganning mazm unini o'zlashtirishga olib
keladigan o'qishga aytiladi. Izohli o'qish asar mazmunini tushunishni, asardagi
muhim fikrni, yozuvchi ilgari surayotgan g'oyani anglashni ta’minlaydi.
O'qish darslarida o'quvchilaning o'qish malakalari shakllantiriladi va
takomillashtiriladi.
O'qish malakasining sifatlari o'zaro bog'liq bo'lib, ularning asosi ongli o‘qish
hisoblanadi. O'quvchi matnni tez va to 'g 'ri o‘qisa-yu, anglab o'qimasa yoki uning
tez o'qishi natijasida boshqalar matn mazmunini tushunmasa, to'g'ri o'qisa-yu, o'ta
sekin o'qisa, nutq birliklari orasida to'xtamlarga e’tibor bermasa, matnda ifoda
etilayotgan fikr tushunilmaydi. Muayyan tezlikda va to'g'ri o'qish ongli o'qishga
xizmat qiladi, to'g'ri, tez va ongli o'qish esa ifodali o'qishning asosi hisoblanadi.
O'qish malakalarini egallash maktabda o'qitiladigan barcha predmetlarni
muvaffaqiyatli o'zlashtirishning muhim sharti hisoblanadi. O'qish faoliyatning
asosiy turi bo'lib, o'quvchilarni g'oyaviy-siyosiy, aqliy, estetik va nutqiy tom ondan
rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat yaratadi. Bu jarayon esa o'qish
malakalarini o'stirish va takomillashtirish ustida tizimli va maqsadga muvofiq
ishlashni talab qiladi.
O'qish malakasini egallash ancha murakkab bo'lib, uni shakllantirish uzoq
vaqtni talab etadi. Ruhshunos olim T. G. Yegorov o'zining „Очерки психологии
обучени детей чтению" nomli asarida o'qish malakalarini shakllantirish
jarayonini uch bosqichga ajratadi: analitik bosqich, sintetik bosqich va
avtomatlashgan bosqich. O'qish so'z m a’nosini idrok qilish bilan amalga oshadi.
O'quvchilar sintetik bosqichga 3-sinfda o'tadilar. Bundan keyingi yillarda o'qish
avtomatlasha boradi.O'qish darslarida asar ustida ishlashni shunday tashkil etish
kerakki, asar mazmuni unini tahlil qilish o'qish malakalarini takomillashtirishga
yo'naltirilgan bo'lsin.
Ongli o‘qish. Ongli o'qish yaxshi o'qishning asosiy sifati hisoblanadi. Ongli
o'qish o'qilgan matnning aniq mazmuni unini, asarning g'oyaviy yo'nalishini,
obrazlarini va badiiy vositalarining rolini tushunib o'qish, shuningdek, asarda
tasvirlangan voqea-hodisalarga o'z munosabatini ifodalay olishdir. Ongli o'qish o'z
navbatida, o'quvchilarning zarur hayotiy tajribasiga, so'zning leksik m a’nosini,
gapda so'zlarning bog'lanishini tushunishga va bir qator metodik shartlarga bog'liq.
Hozirda ongli o'qish atamasi adabiyotlarda va maktab tajribasida ikki
ma’noda: birinchidan, o'qish jarayonini egallashga nisbatan o'qish texnikasini
ma’nosida, ikkinchidan, keng m a’nodagi o'qishga nisbatan o'qish sifatlaridan biri
ma’nosida qo'llanadi.Matnni ongli o'qish uchun o'quvchilar to'g'ri, me’yorida
o'qishni egallagan bo'lishlari va o'qish jarayonida qiynalmasligi talab etiladi.
O 'quvchilar matnni ongli o'qishlari uchun matn mazmuni va badiiy vositalari
jihatidan tahlil qilinadi. Ongli o'qishning muhim sharti asar qurilishi va mazmunini
tushunish hisoblanadi. O'qituvchi ongli o'qishni matnni ifodali o'qishga (agar ovoz
chiqarib o'qilsa) va asar mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javobning
to'g'riligiga, asar voqealari va qahramonlarning xatti-harakatiga bildirgan
munosabatiga qarab baholaydi. Ongli o'qish va ifodali o'qish bir-birini taqozo
qiladi, ammo bir-biriga aynan o'xshamaydigan o'qish sifatlaridir.[6]
Ongli o’qish jarayonida o’quvchilar quyidagilarni bilishlari zarur o’qigan
so’zlarning asl va ko’chma ma’nolarini,har bir gapning ma’nosini aytib bera
olishlari, bo’limning mazmunini qisqacha bayon qilib bea olishlari,o’qiganlariga
nisbatan o’z munosabatlarini bildirishi lozim.
Ongli o’qish malakasini oshirish maqsadida,darslik matnlari oxirida savollar
va topshiriqlar berilgan. Bu savol va topshiriqlar o’quvchilarni matn mazmunini
qayta hikoya qilishga hamda o’quvchilarning savollarga mustaqilavishta javob
qaytarishga va o’z hayotiy tajribalari asosidaijodiy so’zlab berishga o’rgatadi.
O’quvchilar matnni qismlarga bo’lib, unga mos salovha qo’yishga, har bir
qisim mazmunini ochuvchi rasmlar chizishga savollar topa bilishga ham asta sekin
o’rgatib boriladi. Avval hajmi kichik mazmunan soda so’nga esa hajmi katta va
mazmuni murakkabroq matnlar bilan ish olib boriladi.
O’qishning ongli bo’lishiga yordam beradigan vositalardan biri bu to’ri
o’qishdir. O’qiganda hato qilmay, so’larni buzmay, tovush va bo’g’inlarni tushiib
qoldirmay yoki o’rnini almashtirmasdan oxirgi bo’g’inlarni ya’ni qo’shimchalarni
to’g’ri talaffuz etish, orfaepiya qoidalariga rioya qilish to’ri o’qishni ta’minlaydi.
To’ri o’qish malakalarini hosil qilish hamma jaroyonida olib boriladi. O’qish ongli
bo’lsagina to’g’ri va tez malakasi hosil bo’ladi. O’qish tezligi ongli, ravon o’qishga
bog’liqdir o’qish tezligini oshirishga bog’liqdir. Bolalar ta’sirchan bo’ladilar.
O’ituvchi asarni his hayajon bilan o’qib berishi,uning bolalarga chuqur ta’sir
etishiga erishadi. Asar mazmunini o’quvchilarga to’la anglatishi uchun
o’qituvchining o’zi uni ifodali o’qish va hikoya qilib berishga puxta tayyorgarlik
ko’rishi zarur.
Ifodali o’qish ongli o’qishning ko’rsatkichidir, chunki matnning ma’nosini
anglab o’qiy olgan o’quvch, albatta, ifodali o’qish malakalarini ham egallagan
bo’ladi. Ongli o’qish ifodali o’qish malakalarini o’stirish va mustahkamlashga
yordam beradi.
Ongli, to’g’ri va ravon o’qish malakasi hosil qilingan sari ta’sirli o’qish
malakasi ham o’sib boradi.Ta’sirli o’qish o’quvchidahis tuyg’u uyg’otishga, voqea
hodisalarni tassavvu,estetik zavq bag’ishlashga xizmat qiladi. [7]
Ularning o’qish malakalari qanchalik yuqori bo’lsa, aqliy qobiliyati va
salohiyati oshib boraveradi.
Biz qachanki farzandlarimizni ongli fikrlaydigan tarbiya qila olsakgina
kelajakda fikrlash qobilyati yuksak darajadagi avlodni tarbiyalagan bo’lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |