Boshlang’ich sinflarda ona tilidan sinfdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish, ona tilidan konkurs bellashuvlar tayyorlash va o’tkazish metodikasi



Download 37,64 Kb.
bet3/3
Sana06.02.2022
Hajmi37,64 Kb.
#433942
1   2   3
Bog'liq
2-Amaliy

Mavzu: Tabiat- mening uyim.
Darsning maqsadi: She’r mazmuni bilan tanishtirish va tabiat xaqidagi bilim, malakalarini rivojlantirish. She’r o’qish sifatlarini takomillashtirish. Tabiatga mehr-muhabbat hissini kuchaytirish.
Dars tipi: Yangi bilim beruvchi.
Dars usuli: suhbat, tushuntirish
Dars jixozi: tabiat manzarasi tasvirlangan plakat, rasmlar, kushlarning rasmlari. Darsning borishi.
A) salomlashish. B)davomatni aniqlash V) darsga hozirlash
Yangi mavzuning bayoni.
1.Bir necha o’quvchiga "Tabiat - mening uyim" she’ri o’qitiladi.
Dalalarni aylansam,
Uzoq xayolga botsam,
Chigirtkalar kushigin
Utloqda tinglab yotsam.
Tabiat mening uyim Tabiat jonimda jon shivirlayman men unga va onamga:-Onajon!
Shundanmi ko’ksim og’rir Zaxarlansa ona yer, Tabiat mening uyim Tabiat eng go’zal she’r
Shivirlasam giyohga: Xapriqqancha:-Ey ko’kat, Nega keldim dunyoga, sirin o’rgat?
Toshni yorgan giyohlar
Sabotdan darc o’qisin,
Oy cho’milgan daryolar
Bolaga she’r to’qisin
Uchadi bola tomon
Shu sabab mening so’zim:
—Tabiat— jonimda jon,
Tabiat mening uyim she’r yuzasidan suhbat.
Barakalla bolajonlar, juda chiroyli she’r aytdinglar. Joyingizga o’tiring.
-Tabiat shoirning uyi ekan (bolalarning javobi). -Tabiat sizning uyingiz emasmi? -Toxira tabiat sening ham uyingmi?
-Tabiat mening ham uyimdir. Shu tabiat qo’ynida tug’ildim, ulg’aydim.
-Miraziz tabiat sening ham uyingmi?
-Tabiat mening xam uyim. Negaki men ham shu tabiat quynida yashayman. Tabiat qo’ynida o’sgan mevalardan iste’mol qilaman.
-Bolalar xozir o’rtoqlaringiz o’qigan she’rlarning mualliflari nimani kuylashyapti. Nima haqida gapirishyapti?
-Tabiat haqida. (bolalar javobi).
-Siz yuqorida o’rtoqlaringiz ishtirokida X.Davronning "Tabiat mening uyim" she’rini tingladingiz. She’rda nimalar deyilgan ekan?
-She’rda dalalarni aylanaman, chigirtkalar qo’shig’ni eishtaman, gullarni o’pib, bulbullarni shod qilsam, it bilan suhbatlashsam, mushukni sut bilan mehmon qilsam, hayron bo’lmang. Ular mening do’stlarim. Ular bilan ko’nglim xush. Tabiat mening uyimdir, deb aytyapti. (bolalarning javobi).
—Juda yaxshi Umid.
- Shaxnoza sen davom ettirgin.
-Mening tomirimga tutash o’t ildizi, tunlari, oyu yulduzlari daftarimni yoritadi. Orol dengizi kurib boryapti. Ona yer zaxarlansa ko’ksim og’riyapti. Sen uni asra, mangu qolsin, ulmaosh, deyapti. (bolalarning javobi).
-Demak, bolalar biz tanishgan she’rlarimizda tabiat kuylangan ekan. Tabiat bizning ikkinchi onamiz. Chunki, biz onamiz va tabiat quchogida yashaymiz. Shuning uchun xam biz uni "Ona tabiat" deb ataymiz.
Uning bag’ridagi o’simliklarni, qushlarni, xayvonlarni, dengizu-ko’llarni va boshqa boyaliklarni asrashimiz, e’zozlashimiz kerak. Tabiat insonga birgina toza suv, xavo, oziq-ovqat, kiyim-kechakkina emas, sog’lik, a’lo kayfiyat ham beradi.
-Bolalar tabiatimizni qushlarsiz tasavvur qila olmaymiz. Ular tabiatning nodir va galati jonivorlaridan biri. Ular zarakunanda xashoratlarni yeb, kishilarga foyda keltiradi. Va estetik zavq baxsh etadi. Siz ularni sayrashidan olam-olam zavq olasiz.
Masalan: Bulbul, sa’va, va boshqalar. (Shu o’rinda qushlarning rasmi ko’rsatiladi. Bahor valsi eshittiriladi).
Xasharotlardan kapalak va ninachilar tabiatimizning jonli bezagidir. Kapalaklar o’z chiroyi bilan o’ziga maftun etadilar. Gullar chamani uzra qanot qoqib, hayot qo’shigini kuylashadi. Lekin hozirgi kunda ularning turlari kamayib ketgan. Buni xamisha yodda tuting. Ularni asrang, ermakka kapalak tutmang. (Rasm kursatiladi). Ya’ni bizning hayotimizda o’usimliklar ham katta o’rin tutadi. Ayniqsa, yalpiz, qoqio’t, otquloq, kabi ko’katlar inson salomatligini tiklashda o’rni kattadir.
-Bolalar bizning hayotimizda yana bir muhim narsa obihayotdir. Biz suvsiz hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Mana shu suv ham tabiat qo’ynidan inju bo’lib oqadi. Suvni ham asrashimiz kerak. Buning uchun daryolarni, ko’llarni, irmoqlarni saqlamognmiz darkor. Turmushda kundalik hayotimizda suvlarni tejab ishlating... Demak, o’quvchilar tabiatimizni bundan ham chiroyli, obod bo’lishi siz bilan bizning qo’limizda ekan . „O’quvchilarning tabiat haqida yodlagan she’rlaridan ayttirish. Topishmoq va maqollar bilasizmi? -Qani Zebo sen nima aytmoqchisan? -Topishmoq.
Dengizu-daryoda yashar, Asosan ko’klarda kezar Zeriksa bormi, osmondan Zamin uzra qaytib tushar.
(Suv.)
Ikki yaproq bir tanda, Kezar gulzor chamanda.
(Kapalak.)
Shoirlarning she’rlar to’plamlar ko’rgazmasini o’tkazish.
Uyga vazifa "Gullar" haqida hikoya o’qib, she’r yod olib keling.
Keyingi darsimizda "Gullar aytishuvi" qilamiz.
Darsni yakunlash.
Download 37,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish