Boshlang’ich sinflarda fanlarni o’zaro integratsiyalashning o’ziga xos xususiyatlari



Download 31,74 Kb.
bet2/3
Sana29.01.2022
Hajmi31,74 Kb.
#417740
1   2   3
Bog'liq
19-mavzu

Integratsiyalangan darslar. Boshdan integratsiyalangan kurs bu - sinfdan tashqari o'qish. Bu yerda yaxlit jarayon kechadi:
a) kitob o'qish asbobi sifatida o'qish darslarida olgan o'qish ko'riikmalarini takomillashtirish;
b) matn ustida ishlash;
d) suhbatdoshlar doirasini tanlash kabi kitoblarni tanlash.
Malematika ham integratsiyalangan kurs — arifmetik materialni o'zlashtirishga imkon beruvchi arifmetika, algebra va geometriya elementlari, shu bilan birga algebra va geometriya, mehnat ta'Iimi asoslarini o'rgatishga tayyorgarlik. Boshidan integratsiyalangan kurs — tabiatshunoslik (tabiatshunoslik asoslari). Boshidan integratsiyalangan yuqoridagi kurslardan tashqari quyidagi fanlarning birikishi mumkin: o'qish-rus tili, o'qish-tabiatshunoslik, o'qish-tasviriy san'at, o'qish-musiqa, tabiatshunoslik-matematika, tabiatshunoslik-mehnat ta'limi, matematika-mehnat ta'limi, matematika-jismoniy tarbiya.
Didaktik tizimda predmetlararo asosda integratsiyalash o'qituvchi (ta'lim berish) va o'quvchi (ta'lim olish) harakatlarining mos kelishini ko'zda tutadi. Har ikki faoliyat ham umumiy tuzilishga ega: maqsadlar, sabablar, mazmun, vositalar, natijalar, nazorat. Biroq, o'qituvchi va o'quvchi faoliyatlarining mazmunida farq bor.
1. Maqsadli bosqichda o'qituvchi umumiy maqsadni o’z oldiga qo'yadi. O'quvchilar o'qituvchi boshchiligida predmetlararo bog'liqliklarni tushunib yetishlari, turli predmetlardan kerakli bilimlarni tanlab olishlari, bunda ular o'z e'tiborlarini faqat umumiy bilimlarni o'zlashtirishga emas, balki ko'chirish, tahlil qilish, shaxsning belgilari, qobiliyat va qiziqishlarini rivojlantirishga qaratishlari kerak.
2. Isbotlash bosqichida o'qituvchi o'quvchilarning dunyoqarashini o'stiruvchi bilimlarga, turli predmetlar tushunchalarini umumlashtirishga rag'batlantiradi. O'quvchilar o'z irodalari, dunyoqarashni kengaytiruvchi bilimlarga qiziqishga yo'naltiriladi.
3. Faoliyatning mazmun bosqichida o'qituvchi yangi o'quv ma-terialini kiritadi, shu bilan birga integratsion dalillar, tushunchalar, muammolar majmuyi darajasidagi boshqa predmetlardan olingan tayanch bilimlarni jalb qiladi. O'quvchilar umumpredmetli tushuncha, muammolarni umumiy bilimlar darajasida o'zlashtiradi.
4. Vositalar tanlash bosqichida o'qituvchi turli predmetlar bilimlarini umumlashtirishga yordam beruvchi ko'rgazmali vositalarni — darsliklar, jadvallar, sxemalar savolnomalar, amaliy vazifalar. O'quvchilar ko'chirish, umumlashtirish, biriktirish xarakterlarini integratsion masalalarni hal qilishda ko'rgazmali vosi­talar yordamida bajaradilar.
5. Keyingi bosqich — natija. O'qituvchi ta'lim berish, rivojlantirish, tarbiyalash maqsadida integratsiyani amalga oshirish uchun pedagogik bilimlarni qo'llaydi. O'qituvchi bilimlar tizimida umumlashtirishini amalda qo'llaydi.
6. Nazorat qilish bosqichida o'qituvchi bir-biri bilan bog'langan predmetlarga o'quvchilarning tayyorligini baholaydi, nazorat qiladi, o'zlashtirish sifatida baholaydi. O'quvchilar o'z bilimlarini baholashni, turli predmetlar bo'yicha o'z-o'zini ham, ularni birlashtirish ko'nikmalarini nazorat qilishadi.
Tekshiruvlar ko'rsatishicha, integral yondashuvni amalga oshirishga yordam beruvchi usul va vositalarga:
1. Evristik suhbatlar;
2. Umumiy suhbatlar; ekskursiyalar;
3. Ona tili, tabiatshunoslik darslarida kuzatishlar, badiiy asarlar materiallari asosida nutq o'stirish uchun yozilgan ijodiy ishlnr;
4. Ta'Iimning ko'rgazmali metodlari;
5. Mustaqil ishlar;
6. O'qish, matematika darslarida og'zaki rasm chizish;
7. Imo-ishorali ko'rinishlar (pantomimalar);
8. Tabiatshunoslik darslarida tabiat tasvirlarini ifodali o'qish;
9. Ona tili darslarida tabiatshunoslikka oid diktantlar, matnlar yozish (shu sinfga tegishli orfogrammalarni takrorlagan holda);
10. O'lkashunoslik asosida matematik masalarni hal qilish va boshqalar kiradi.
Ta’limni tabaqalashtirish rad etilmaydigan, uni to'ldiradigan inkgratsiya tizimini kiritish yaxlit dunyoqarashga, o'zidagi bor hilimlarni mustaqil tartibga solish va turli muammolarni hal qilishga noan'anaviy yondashish qobiliyatiga ega bo'lgan bilimdon voshlarni tarbiyalashga an'anaviy predmetlarga bo'lib o'qitishga nishalan ko'proq yordam beradi.
Ta’limni integratsiya qilish mohiyati nimadan iborat? Ta'limga bog'liq «integratsiya» tushunchasi ikki ma'noga ega:
1. O'quvchida atrofidagi olam to'g'risida yaxshi tasavvur hosil qilish (bu yerda integratsiya — ta'lim maqsadi sifatida ko'riladi).
2. Predmetli bilimlarni yaqinlashtirish uchun umumiy platformani topish (bu yerda, integratsiya ta'lim vositasi).
Inlegratsiya ta'lim maqsadi sifatida olam tizimining alohida q|ismlari bog'liqligini ko'rsatuvchi bilimlarni berishi emas, bolani kirclui elementlari bir-biriga bog'liq yaxlit olamni tasavvur qilishga birinchi qadamlarida o'rgatishi kerak. Bu maqsadni boshlangch maktab amalga oshirishi lozim.

Download 31,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish