O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasiga ilovalar namunasi
MS POWERPOINT DASTURIDA TAQDIMOT YaRATISH. TAQDIMOTLAR BILAN ISHLASH
PowerPoint taqdimoti grafikli dasturlar sirasiga kiradi. Bunday dasturlar o’zida matnlar, rasmlar, sxemalar, grafiklar, animatsion effektlar, ovoz, videokliplar va hokazolardan iborat slaydlar hosil qilish imkonini beradi.
Slaydlar ketma-ketligidan hosil bo’lgan taqdimotni Kompyuter ekranida, videomonitorlar va katta ekranlarda namoyish qilish mumkin. Taqdimot yaratish – bu slaydlar ketma-ketligini qurish va bezagini berishdir. Quyidagi rasmda siz POWERPOINT dasturining ekrani va uning asosiy elementlarini ko’rib turibsiz:
Jihozlar javoni Menyu satri
Ekranda qaysi elementlar ko’rsatilishini belgilash uchun bosh menyuning
SERVIS (Xizmat) bo’limini oching va undagi Parametrы (Xususiyatlar)
buyrug’ini tanlang.
S layd tuzilishini o’zgartirish
Slaydning asosiy formatini o’zgartirishning eng oson usuli
avtorazmetkadan foydalanishdir. Unda 24 ta standart ko’rinish bor, buni siz
ma’lum bir slaydga yoki slaydlar guruhiga qo’llashingiz mumkin. Bundan keyin
slaydning alohida qismlarini tahrir qilsa bo’ladi.
Slaydlar holati yoki slaydlarni saralash holatiga o’ting. Slaydlarni
saralash holatida o’zgartirish kerak bo’lgan slaydlarni belgilang. Bosh menyuning
Format bo’limini oching va undagi Razmetka slayda (Slaydlarni hoshiyalash)
buyrug’ini tanlang. Keyin quyidagilarni bajaring:
Maslahat: slaydlarni saralash holatida birdaniga bir nechta slaydni
belgilash uchun Shift tugmasini bosib turib, kerakli slaydlarni belgilash etarli.
Yangi format qo’llanilguncha slayddagi mavjud barcha elementlar o’z joyida
qoladi, chunki ularni ko’chirish yoki o’lchovini o’zgartirishga ehtiyoj paydo bo’lishi
mumkin.
Maslahat. POWERPOINTda matnli ob’ektlarni ko’chirishda yoki ularning
o’lchovlarini o’zgartirishda sichqondan foydalanish mumkin.
Slaydlarga matn kiritish.
Yangi slayd yaratishda (agar yangi taqdimotni tanlamagan bo’lsangiz)
POWERPOINT har bir slaydni namunaviy matn bilan to’ldiradi. Bu matnlarni siz
o’zingizning matningiz bilan almashtirishingiz lozim. Quyidagi rasmda siz o’zgartirishingiz kerak bo’lgan namunaviy matn
ko’rsatilgan:
O ’z matningizni kiritish uchun bu maydonlardan biri ustida sichqon
tugmasini bosing. POWERPOINT matnning kiritilishini ta’minlaydi. Keyin esa
quyidagini bajaring:
Oxirida esa matnning kiritilganligiga amin bo’lish uchun maydonning
tashqaridagi istalgan joyida sichqon tugmasini bosing.
Siz matnga har xil formatlash elementlarini qo’llashingiz mumkin. Sizda
quyidagi imkoniyatlar mavjud:
1. shrift yoki uning o’lchamini o’zgartirish;
2. shriftning ustiga chizish yoki maxsus effekt qo’llash;
3. rangini o’zgartirish;
4. matnni tekislash;
5. satrlar orasining intervalini o’zgartirish.
Kerakli matn ustiga kelib sichqon yordamida formatlash kerak bo’lgan
qismini ajrating. Bosh menyuning Format bo’limini ochib, SHrift buyrug’ini
bering.
Maslahat: rang tanlaganda, agar sizga bu ranglar yoqmasa, Drugoy tsvet
(Boshqa rang)ni bosing. Yangi paydo bo’lgan muloqot oynasida oyna markazidagi
olti burchakdagi kerakli rangni tanlang. Keyin OK tugmasini bosing.
Do'stlaringiz bilan baham: |