Boshlang`ich sinfda axborot texnologiyalari


O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasiga ilovalar namunasi



Download 45,93 Mb.
bet90/201
Sana30.05.2022
Hajmi45,93 Mb.
#619905
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   201
Bog'liq
amaliy

O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasiga ilovalar namunasi


O’qitishda ATdan foydalanishning psixologo-pedagogik asoslari
Ta’limda ATni joriy qilish va foydalanish masalalari ko’plab ta’minotchilarni o’ziga jalb qilib kelgan. Ta’limda ATni qo’llashning pedagogik maºsadga muvofiºligi muammolari, ATdan foydalanishning imkoniyatlari, ishlab chiqarishning istiqbolli yo’nalishlarini tadqiq etishga M.P.Lanchin, I.V.Maruseva, A.V.Mogilev, I.V.Robert va boshqalarning asarlari bag’ishlangan.
Ta’limda texnik vositalardan foydalanish istiqbollarini bundan yigirma yillar oldin B.G.Ananьev ham ko’rsatib o’tgan edi. Texnika fanlari va pedagogika fanlarini, muhandislik psixologiyasi va pedagogik psixologiyani birlashtirish asosida yangi texnik yoki industrial pedagogika yaratilmoqda... Pedagogik texnika va texnologiya texnika fanlari va pedagogika fanlarini juda yirik birlashtirish markaziga aylanmoqda .
Ta’limda Kompyuter texnikalarini qo’llashning psixologo-pedagogik aspektlarini o’rganishda B.F.Lomov, Ye.I.Mashbits, O.K.Tixomiov, L.I.Babaninning tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega. Mazkur tadqiqotlarda asosiy urg’u Kompyuterni “ta’lim samaradorligini oshirishning, odam psixik rivojlanishining qudratli vositasi” ekanligiga, Kompyuterlar o’qi­tuvchini almashtirmasligi kerakligi va uni to’la almashtira olmasligiga, uning mehnatini ham, talabalar va o’quvchilarning o’quv faoliyatini avtomatlashtira olmasligiga qaratilgan.
Psixologiya sohasidagi ko’p sonli tadqiqotlarda ko’rish analizatorlari eshitish analizatorlariga qaraganda ancha yuqori o’tkazish qobiliyatiga ega ekanligi isbotlangan. Ko’z bir sekundda millionlab bit axborotni, quloq esa faqat o’ minglab idrok qilishi mumkin. Ko’rish bilan idrok qilingan axborot ko’proq anglangan bo’ladi va xotirada yaxshiroq saqlanadi. masalan, tovushli qurilmalarni pedagogik maºsadga muvofiº va metodik savodli qo’llash o’zlashtiriladigan axborot hajmini 15% ga, vizual qurilmalar esa 25% ga o’zlashtirilishini, bularning ikkalasidan birgalikda foydalanish esa o’quv axboroti hajmini 65% gacha ta’minlashi isbotlangan . Eng yuqori o’zlashtirish sifatiga ta’lim jarayonida o’qituvchi so’zi va o’quvchilarga taqdim qilinayotgan tasvirni birlashtirilishida erishiladi. ATni amalga oshirishning asosiy vositasi bo’lgan Kompyuterning salohiyoti ko’roish va eshitish analizatorlaridan to’laroq foydalanish imkonini beradi. Bu esa, o’z navbatida, bilimlarni o’zlashtirishning boshlanish bosqichi – sezgi va idroklashga ta’sir ko’rsatadi. Sezgi organlari bilan qabul qilingan signallar, keyin logik ishlovga duchor bo’ladi va abstrakt tafakkur sferasiga tushundi. Yakunda hissiy obrazlar mushohadaga va xulosa chiqarishga kiradi. Buning oqibatida bilish jarayonining navbatdagi bosqichi – anglashning muvaffaºiyatli kechishiga asos yaratiladi.
Anglash bosqichida ATning tasviriy vositalaridan foydalanish tushunchalarining shakllanishi va o’zlashtirilishiga mushohadalar va xulosalarning ibotliligi va asoslanganligiga, sabab-oqibat bog’lanishlarining aniqlashga yordam berad. Psixologlar va didaktlarning fikriga ko’ra zamonaviy Kompyuterlarning audiovizual imkoniyatlari anglash asosida yotadigan tafakkur jarayoni uchun zaruriy sharoitlari yaratilishiga ta’sir ko’rsatadi, o’qish jarayonining logik tugallanishi bo’ladigan eslab qolishda katta ahamiyatga ega, materialning logik tizimini aiqlashga yordam beradi, olingan bilimlarning mustahkamlanishiga va ularning tizimlanishiga yordam beradi.
O’qitish jarayonida ATdan foydalanishning emotsional ta’siri o’quvchilarning diqqatini tashkil etilayotgan materialga javlanishiga yordam beradi, idroklashga qiziqish va emotsional kayfiyatni yuzaga keltiradi. Butun ta’lim-tarbiya jarayonida diqqatni saqlab turish pedagogikaning eng dolzarb muammolaridan biridir. Katta tasviriy va texnik imkoniyatlarga ega bo’lgan AT vositalari bayon etilayotgan materialdan olinadigan taassurotni kuchaytirish imkonini beradi.
Psixologlar, shuningdek, Kompyuterdan foydalanish o’quvchilarda ixtiyorsiz diqqatning kuchayishiga ham yordam berishini qayd etishadi. Dipsleyda video-axborotning almashinishi kuchli daqqatni talab qiladi, chunki klavishlarni ruxsat etlmagan bosilishi Kompyuter tizimini bir onda javobni chiqayotgan menyular yoki interaktiv dialog shaklida chiqishiga olib keladi.
Psixologiya va pedagogika sohasidagi tadqiqotlar Kompyuter o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlariga egaligini va bilimlarni yuqori anglash darajasida o’zlashtirilishini ta’minlashni ko’rsatdi (G.G.Brusnitsina, N.Ya.Vilenkin, L.A.Jukova, G.M.Kodjaspriova va boshq.). Grafik imkoniyatlarni displek ekranida rasmlar, diagrammalar, grafiklarni yaratish va ularni gu zahoti chop etish, turli ob’ektlarning modellarini loyi³alash atrof-olam hodisalarini modellashtirish va ularga turli omillarning ta’sirini bashoratlash imkonini beradi.
Ekran-tovushli obrazlar yordamida olingan bilimlar keyinchalik bilishning yuqoriroq bosqichi – tushunchalar va nazariy xulosalarga o’tilishini ta’minlaydi. AT vositalari tomonidan predmetli va illyustrativ ko’rgazmalilikdan tashqari logik ko’rgazmalilik ham ta’minlanadi, bularga ekranga yozma nutq ko’rinishida chiqarilgan nutqiy ifodalar, tasniflash sxemalari, tushunchalar munosabatlari sxemalari, doiraviy sxemalar, tasniflash daraxtlari xosdir. Bunday ko’rgazmalilik­ning vazifasi tushunchaga, g’oyaga, logik elementga obrazlilik baxsh etishdan iborat. AT vositalari logik ko’rgazmalilikni dinamik shaklda va individual o’rganish rejimida taqdim etishga qodirdir.
SHunday qilib, ATdan savodli foydalanish pedagogik jarayonning har qanday bosqichida ijobiy samara beradi, chunonchi:
- o’quvchilarga o’quv axborotini taqdim etish bosqichida;
- o’quv materialini o’zlashtirish bosqichid interaktiv o’zaro ta’sirlashuvda;
- o’zlashtirilgan bilimlarni (malakalar, uquvlarni) takrorlash va mustahkamlash bosqichida;
- erishilgan o’qitish natijalarini oraliq va yakuniy nazorat qilishda hamda o’z o’zini nazorat qilishda;
- ham o’quv jarayonini, ham uning natijalarini o’quv materialini me’yorlash, uni tasniflash, tizimlashtirish va h.k. yo’l bilan korrektsiyalash (to’g’rilash) bosqichida.

Psixologik muammolar:



  • boshlang’ich sinf o’quvchilari tomonidan oson o’zlashtiriladigan

atama va tushunchalar majmuasini tanlash va bu tushunchalarni qaysi
fanlar doirasida berilishini aniqlash ;

  • tanlangan atama va tushunchalarni uzluksiz, tizimli ravishda

o’quvchilar ongida shakllantirish ;

  • boshlang’ich sinf o’quvchilariga informatika elementlarini

o’rganishga doir o’quv faoliyat tuzilmasi;

  • pedagogik dasturiy vositalarini yaratishda ularga qo’yiluvchi

psixofiziologik, didaktik va texnik talablar;
informatika elementlarini o’rgatishga qaratilgan mashqlar tizimi
va ulardan foydalanish i.
Biroq shu bilan bir vaqtda o’qitishda ATdan foydalanish o’quvchilar displey oldida bo’lish vaqti bilan bog’liq bir qator salbiy oqibatlarni ham yuzaga keltirishi mumkin. Bundan ta’lim jarayonida Kompyuterlarni ishlatishning ergonomik normalariga qat’iy rioya qilinishi zarurligi kelib chiqadi.



Download 45,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish