10-ilova
MUL’TIMEDIANI TA’LIMDA QO’LLASH SOHALARI
Hozirgi kunda o’quv jarayonini takomillashtirish va qo’llab-quvvatlash
uchun ishlab chiqilgan ko’pgina komp’юter dasturlari mavjud.
Ulardan ba’zilari ta’lim jarayoniga doimiy ravishda tatbiq etilmoqda.
Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
• avtomatlashtirilgan o’quv tizimlari;
• ekspert o’rgatish tizimlari;
• o’quv ma’lumotlari bazasi;
• bilimlar bazasi;
• mul’timedia tizimlari;
• virtual voqelik tizimlari;
• ta’lim komp’юter telekommunikasiya tarmoqlari.
Avtomatlashgan o’qitish tizimi (AO’T) – ta’lim oluvchi bilan faol dialog tarzidagi ta’sirni tashkil etishga mo’ljallangan dasturiy-texnik va o’quv-uslubiy vositalar (dialogning didaktik va psixologik aspektlari) majmuasi. Dialog AO’T va foydalanuvchi orasidagi o’zaro ta’sirlashuv vositasi hisoblanadi. Ta’lim oluvchi tizimdan ish rejimini belgilab olib, materialning o’rganish usulini tanlab, javoblarni tizimga kiritadi. AO’T materiallarni o’rganish usullarini va yo’llarini tanlaydi va ta’lim oluvchining javoblarini talqin etib beradi, ta’lim jarayonining borish tartibini tanlaydi.
O’quv ma’lumotlar bazasi va bilimlar bazasi berilgan sinf o’quv topshiriqlarini ma’lumotlar va tanlashni amalga oshirish, saralash uchun mul’timedia to’plami shakllantirishni taqozo etadi. Bilimlar bazasini fanning asosiy tushunchalari, topshiriqlar, ularning yechimi, mashqlar va usullar majmuasi, ta’lim oluvchi yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan xatolar va ularning oldini olish uchun ma’lumotlar tashkil qiladi.
Ekspert o’rgatish tizimlari (EO’T) ma’lum sohadagi bilimlarni o’z ichiga oladi. Mul’timediali vositalarni ishlab chiqish va o’quv jarayoniga joriy etish quyidagi instrumental vositalarning keng taklifi yetishmasligi sababli qiyinlashmoqda:
• o’quv jarayonini boshqarish qismi tizimi;
• o’quv topshiriqlarini shakllantirish qismi tizimi;
• o’quv masalalarni yechish vositasi;
• o’quvchilarning xatolarini tashxis etish vositalari.
EO’Tni loyihalashtirish va ishlab chiqish maxsus instrumental vositalar asosida amalga oshirilishi mumkin. Bunday vositalarning amaliy foydasi quyidagilardan iborat:
• turli ta’lim sohalarida qo’yilgan talab va chegaralarga javob beradigan EO’Tni ishlab chiqish muddati va narxining qisqarishi;
• dasturlash sohasida kasbiy malakaga ega bo’lmagan foydalanuvchi tomonidan ham EO’Tda o’quv jarayonini boshqarish;
• ko’p jihatli va formallashtirish qiyin bo’lgan o’quv jarayoni
samaradorligini foydalanuvchi tomonidan qo’yiladigan turli shartlarda tahlil qilish;
• tarmoq tuzilmaga ega bo’lgan EO’Tni yaratishda ishlab chiqish muddati va qiymatini qisqartirish hamda komp’юter imkoniyatlaridan samarali foydalanish. Bilimlarning ikki turi farqlanadi: deklarativ bilimlar, ya’ni turli xil fakt, hodisa va qonuniyatlar haqidagi bilimlar va prosedurali bilimlar, masalalarni yechish ko’nikmasi. Prosedurali bilimlar faol amaliy mashqlar orqali deklarativ bilimlar asosida shakllanadi. SHu bilimlarning mavjudligi malakali mutaxassis (ekspert)larni yangi o’rganganlardan farqlaydi.
Deklarativ bilimlarni o’rgatishning komp’юter tizimlari anchadan beri qo’llanib kelinmoqda, ularning sifati esa zamonaviy gipertekst va mul’timedia texnologiyalari hisobiga юqori darajaga ko’tarilgan. Ma’lum qiyinchiliklar ikkinchi turdagi bilimlarni uzatish bilan bog’liq, chunki buning uchun ekspertning prosedurali bilimlariga asoslangan va masala yechishni o’rgatishga imkon beradigan muhit zarur. Bu kabi tizimlarni algebra va geometriyaning odatiy masalalarini
echish kabi formallashgan sohalar uchun yaratish muammo emas, bu holda ekspert-matematik to’g’ri yechimga olib keladigan ideal strategiyani ko’rsatishi mumkin.
Unchalik aniqlanmagan bilim sohalarida esa holat mutlaqo boshqacha.
Bu esa nafaqat an’anaviy ma’lumotlarga ishlov berish uslublariga
asoslangan, balki bilimlar ombori – muammo sohasidagi ob’ektlar va ularning o’zaro aloqasini ma’lum formallashtirish qoidasi (uslubi) yordamida aks etuvchi bilimlar birligini yaratish va undan foydalanish uslublariga asoslangan dasturiy tizimlar ishlab chiqish zaruratini юzaga keltirdi. YAngi axborot texnologiyali komp’юter tizimlari – qaror qilishni qo’llab-quvvatlash tizimlari (QQQQT) – foydalanuvchilarga tuzilmasi aniq bo’lmagan sohalarda yordam ko’rsatish uchun mo’ljallangan. Ular yordamchi vazifani bajarib, foydalanuvchining qobiliyatlarini kengaytiradi, lekin yechim topish jarayonida sub’ektiv fikr hisobga olinishi talab etilganligi sababli to’liq formallashtirilishi va komp’юter orqali amalga oshirilishi mumkin bo’lmagan hollarda foydalanuvchi fikri va qarori o’rnini bosmaydi.
Qaror qilishni qo’llab-quvvatlash mul’timediali tizimlaridan amaliyotda eng keng foydalaniladigan soha – bu boshqarish faoliyatining turli shakllari uchun rejalashtirish va tahmin qilish. QQQQT odatda ma’lumotlar bazasi, turli xildagi ma’lumotlarni qayta ishlash va taqdim etish vositalari, foydalanuvchi bilan muloqotni amalga oshirish vositalari va matematik dasturlash, statistik tahlil, o’yinlar nazariyasi, qaror qabul qilish nazariyasi uslublari va modellari hamda tizimning moslashish imkoniyatlari va o’zlashtirishni ta’minlaydigan evristik uslublar majmualarini o’z ichiga oladi. So’nggi yigirma yil davomida ta’lim jarayoni uchun mo’ljallangan ekspert tizimlarini yaratish va foydalanish sohasida intellektual tizimlar bo’yicha mutaxassislar tomonidan faol tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bunday o’quv
tizimlarining “ekspertligi” ularda ta’lim berish metodikasi bo’yicha
bilimlarning mavjudligidan iborat, bu o’qituvchilarga ta’lim berish,
o’quvchilarga esa ta’lim olishga yordam beradi. Ammo hozirgi kunga qadar ishlab chiqilgan tizimlar aksariyat hollarda o’quvchi bilan muloqotni tashkil etishda cheklangan uslublardan foydalanadi, ish jarayoni ham aniq tushuntirilmaydi. Ekspert o’quv tizimlarining paydo bo’lishi
o’quv jarayonida mul’timediali vositalardan foydalanish sohasidagi mavjud yondashuvlarni qayta ko’rishni talab etadi.
O’quv ma’lumotlar bazalari va bilimlar omborlari – ma’lum sinf o’quv
masalalari uchun mul’timediali vositalar to’plamini tayyorlash va ularda mavjud bo’lgan ma’motlarni tanlash, saralash, tahlil qilish va qayta ishlash imkonini beradi. Bilimlar omborlarida fan sohasidagi asosiy tushunchalar tavsifi, masalalarni yechish strategiyasi va taktikasi, mashqlar va misollar majmui, yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan asosiy xatolar ro’yxati va ularni bartaraf etish uchun ma’lumotlar keltiriladi.
O’QUV QO’LLANMALARI YARATISHDA MUL’TIMEDIANI QO’LLASH
Bugungi kunda eng ommabop mavzu – mul’timedia loyihasini yaratish. Bu yerda har kim o’zining bor ijodiy o’ziga xosligini, aql-zakovatini, bilimini, nozik didini namoyon qilishi mumkin. Afsuski, taqdimot tayyorlash va ma’lumotlar bazasi yaratish bilimlariga ega bo’lmasdan mul’timediali loyiha tayyorlab bo’lmaydi, shunga qaramasdan maxsus dasturiy vositalar borki, ularning ishlash texnologiyasini o’rganib, ko’pfunksiyali ishlash vositalariga ega bo’lish mumkin.
Biz sizga namunali dasturiy vositalar yordamida amalda shunday qilishni o’rgatamiz. Vositalarni qanday o’zlashtirishingiz emas, balki mul’titimedia mahsulotini yaratish texnologiyasining o’zi muhim hisoblanadi. Mul’timedia mahsuloti o’zi nima? Bu hujjatli fil’mga juda o’xshash, faqat komp’юterda mavjud mahsulot. Bu yerda musiqa, rang effektlari, harakat (animasiya), ovoz bor. Mul’timedia mahsulotida asosiy narsa nima? Har bir fil’mda bo’lgani kabi bu – ssenariy. Siz bir vaqtning o’zida ham ssenarist, ham rejissyor, ham rassom, ham operator bo’lishingiz kerak. Faqatgina o’z mavzusini o’ylab topish emas, balki uni komp’юter ekrani maydoniga mos ravishda qismlarga
bo’lib taqdim etishni ham o’rganish kerak. Siz rejissyor va rassom sifatida har bir kadr bezagi va ularning o’zaro aloqasini o’ylab topishingiz kerak. Alohida slaydlar, fragmentlar, ma’lumotlar bazalari yaratish bo’yicha oldindan ko’p ishlash talab qilinadi. Faqat shundan keyingina avvaldan tayyorlangan barcha fragmentlarni birlashtirishga kirishish mumkin. Kompyuterdagi ensiklopediyalar, elektron darsliklar, dam olish va bilim olish uchun zarur dasturlar va boshqalar haqida gap ketganda hozirgi vaqtda asosan mul’timedia mahsuloti yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda. Mul’timedia mahsuloti o’zi nima? Birinchidan – foydalanuvchiga albatta interfaollikni taqdim etadigan, ya’ni inson va komp’юter o’rtasida komandalar va javoblar almashinuvini ta’minlab, dialog muhitini yaratadigan dasturiy mahsulot.
Ikkinchidan, turli video va audio effektlar ishlatiladigan muhit. U
tomoshabinga o’zicha u yoki bu ssenariyni tanlash imkonini beruvchi videofil’mni juda eslatadi.
Mul’timedia mahsuloti – tarkibiga musiqa taralishi, videokliplar,
animasiya, kartinalar va slaydlar galereyasi, turli ma’lumotlar bazalari va boshqalar kirishi mumkin bo’lgan interfaol, komp’юterda ishlangan mahsulot.
Mul’timedia mahsulotlarini quyidagilarga bo’lish mumkin:
- ensiklopediyalar;
- o’rgatuvchi dasturlar;
- ongni rivojlantiruvchi dasturlar;
- bolalar uchun dasturlar;
- o’yinlar.
So’nggi yillarda mul’timedia mahsulotlari keng xaridorlar olishi mumkin
bo’lgan darajaga keldi. Ularning ishlatilishi har doim ham bir xil emas. Turli mul’timedia jihozlarini sotib olishda quyidagi ko’rsatkichlarga ahamiyat berish kerak:
- berilayotgan materialning sifati va ishonchliligi;
- berilayotgan grafik materialning sifati;
- ovoz jo’rligi (matn, musiqiy bezak va b.);
- videomaterial mavjudligi va ularning sifati;
- interfaollik imkoniyatlari (turli yo’nalishlarda ko’rish, materialni
chuqur o’rganish, chop etish imkoniyati va boshqalar);
- do’stona interfeys.
Har bir tayyor mul’timedia mahsuloti ham ushbu talablarga javob
beravermaydi, qolaversa, sizning shaxsiy qiziqishlaringiz mualliflar tomonidan taklif qilingan yo’nalishdan farq qilishi mumkin. Bu holatda siz tanlagan mavzuingizni ochib beradigan o’z dasturiy mahsulotingizni ishlab chiqishingiz va xususiy interfeysingizni yaratishingiz mumkin. Mul’timedia mahsuloti ishlab chiqish qiyin va qimmat turadigan jarayon bo’lishiga qaramasdan nafaqat dasturchilar, balki ko’plab rassomlar, dizaynerlar ushbu o’ziga tortuvchi ishga qo’l
urmoqdalar.
Mul’timedia mahsuloti yaratish uchun quyidagilarni jalb qilish mumkin:
1. Butun malakali dasturchilar guruhi bilan ishlashni talab qiluvchi
dasturlash tili.
2. Instrumental vositalar, ya’ni Macromedia Director, Formula Grap’ics
Multimedia System, Multimedia Creator, Asymetrix ToolBook, Aut’orWare Professional va boshqa shu kabi maxsus dasturiy mahsulotlar. Bu shaklda yaratilgan loyihalar
birmuncha arzon, shu bois unchalik universal emas, qo’llanilgan instrumentlar imkoniyatlari cheklangan bo’lsa-da, malakali foydalanuvchilar bunday instrumental vositalar yordamida ishlay oladilar.
Ta’lim berish maqsadida mul’timedia mahsulotini Microsoft Office
dasturlari asosida ishlab chiqish mumkin, materialni tayyorlash uchun esa P’otoSHop (rasmlarni qayta ishlash), Adobe Premier yoki Vstudio2 (videokliplarni qayta
ishlash), Stoik Software (tasvirlarni qayta ishlash va morfing yaratish), fonograf Windows 95 (ovoz yozish va uni qayta ishlash uchun) kabi qo’shimcha dasturlardan foydalaniladi.
Mul’timediali dasturiy mahsulot ko’pincha ishlatish mumkin bo’lgan
ma’lumotlar bazalaridan tarkib topadi, masalan, Access yoki Works yordamida. Rasmlar yoki kliplar namoyishi PowerPoint dasturi yordamida amalga oshiriladi. Interfaollik rejimini yaratish uchun to’liqroq izohga murojaat qilishga yordam beradigan gipermurojaatlardan foydalaniladi. Birinchi navbatda ta’lim beradigan mul’timediali loyihani yaratib, uning asosida belgilangan mavzular bo’yicha darslar yoki tematik ensiklopediyalar ishlab chiqishingiz mumkin (musiqa yo’nalishlari, sevimli qo’shiqchilar, mashhurartistlar, kino yangiliklari va b.). Buning uchun ikki xil dasturiy vositalarga ega
bo’lish lozim:
- mul’timedia mahsulotiga qo’shilishi kerak bo’lgan materialni tayyorlash;
- mahsulotning o’zini yaratish.
Material tayyorlash uchun mo’ljallangan dasturiy mahsulotlarning
umumiy sharhi
Mul’timedia mahsulotiga qo’shiladigan material rasmlar, audio va
videoyozuvlar, matnlar holida berilishi mumkin. Bular ishlash uchun munosibinstrumentlarga ega bo’lgan o’z dasturiy vositalari mavjud ma’lumotning turli ko’rinishlaridir. Quyida ma’lumotning turli shakllari uchun nisbatan mashhur dasturiy mahsulotlar keltiriladi.
Grafik ob’ektlarni qayta ishlash
Grafik ob’ektlar bilan ishlashda faoliyatning ikki shaklini ajratib olish
kerak: skanerlash va rasm yaratish (tahrirlash).
Skanerlash deganda qog’oz ko’rinishidagi ma’lumot tashuvchilardan maxsus
qurilma – skaner yordamida axborotning avtomatik o’qilishi va komp’юterga kiritilishi jarayoni tushuniladi. Rasmlarni skanerlash uchun quyidagi dasturiy mahsulotlardan foydalaniladi.
- P’otoEditor – Microsoft Office tarkibiga kiruvchi rasm skanerlashga yordam beruvchi hamda grafik material tayyorlash uchun ba’zi operasiyalarni bajaruvchi dastur (kontrast, yorug’lik, ranglilik va rasm orientasiyasini o’zgartirish).
- P’otoPaint – rasmni skanerlash hamda materialga dastlabki ishlov berishga
imkon beruvchi dastur (tuzatish, rang o’zgartirish, orientasiya, masshtab, gamma nurlari bilan to’yinganlik va b. ni o’zgartirish).
Rasm yaratish va tahrirlash sizga tanish. Bu yerda keng tarqalgan dasturiy vositalarga qisqacha ta’rif berib o’tamiz:
- P’otoSHop – grafik fayllarni qayta ishlashga imkon beruvchi dasturiy
mahsulot. Ushbu tahrir dasturi ko’pgina fayl formatlari (JPG, GIF, PSD, TIF va
boshqalar) bilan ishlaydi, rasmlarni standart qayta ishlashdan tashqari ularni turli fil’trlardan (qayirish, bo’rtma ko’rinish berish, donadorlik, yoritilganlik darajasi va boshqalar) o’tkazishga imkon beradi.
- Stoik ArtMen – Stoik Software dasturiy mahsulotlari safiga kiradi va
turli rassomlar tomonidan chizilganga o’xshatib qayta ishlashga yordam beradi, masalan, akvarelda, moybo’yoqda, o’yma naqsh, emal’ va b.
- Paint – rasm orientasiyasini o’zgartirish, tozalash, belgilangan maydonni kesib olishga imkon beruvchi standart grafik muharrir. Faqat BMP va PCX fayllari bilan ishlaydi.
Videoyozuvlarni qayta ishlash.
Videoyozuvlar bilan ishlash videomagnitofon yordamida yozib olingan
tasvirni oldindan raqamli ko’rinishga o’tkazishni talab qiladi. Tasvirni raqamli shaklga o’tkazish deganda materialni analog shaklidan komp’юterga kiritish mumkin bo’ladigan raqamli shaklga o’zgartirish tushuniladi. Tasvirni raqamli shaklga o’tkazish uchun komp’юter maxsus videokarta, TV-tюner va unga hamroh bo’lgan dasturiy mahsulot bilan jihozlanishi kerak. Raqamli shaklga o’tkazilgan videoyozuv TV-tюner talab qilmaydi, quyidagi dasturiy mahsulotlar bo’lishi yetarli:
- Vstudio2 – videomagnitofondan videoyozuvni raqamliga o’tkazish uchun
ishlatiladi; videoparchalarni turli shaklda montaj qilishga imkon beradi.
- Adobe Premier – fragmentlarni raqamlashtirish va ular orasida ko’plab o’tishlar bilan montaj qiluvchi murakkabroq dasturiy mahsulot. Adobe Premier kadrlar o’lchamini va ularning orientasiyasini (aylanish, kadr harakati traektoriyasini) o’zgartirishi mumkin.
- Morp’Man – Stoik Software tarkibiga kiruvchi va videomaterial montaji
hamda morfing yaratishga imkon beruvchi dastur. Morfing deganda bir tasvirning boshqasiga qadamba-qadam o’zgarib o’tishi tushuniladi.
Ushbu dastur statik morfing bilan birga alohida videofragmentlar orasida ham morfing yarata oladi. Bunday qayta ishlovlar natijasida AVI kengaytmali videofayl yaratiladi.
Tovushni qayta ishlash.
Fonograf – Windows 95ning (CD-disklar, mikrofon va chiziqli) ovoz yozishga va uni tahrirlash (ovozni ko’tarish/pasaytirish, tezlikni ko’tarish/pasaytirish, exo effekti yaratish)ga imkon beradigan standart dasturi.
Matnni qayta ishlash.
Matn bilan ishlashda uning qaysidir qismini bevosita klaviatura yordamida komp’юterga kiritish mumkin, katta hajmdagi o’zgarmaydigan matnlarni keyinchalik maxsus dasturiy mahsulotlar yordamida qayta ishlashni ko’zda tutib
skaner yordamida kiritish qulay.
FineReader – keyinchalik matn muharrirlarida tahrirlash uchun
skanerlangan materiallarni matn shakliga o’tkazuvchi dastur.
Mul’timedia mahsulotlari yaratishga mo’ljallangan dasturlar sharhi
- Macromedia Director – taqdimot va mul’timedia mahsulotlari yaratishga
xizmat qiladi. Ushbu dastur MMX-texnologiyalar bilan ishlaydi va tugmalar,
slaydlar, klip va animasiyalar bilan ishlashga imkon beradi.
- Formula Grap’ics Multimedia System – interfaol rejimda ishlovchi
mul’timedia dasturlarini tayyorlashni ta’minlaydi.
Sanab o’tilgan dasturlar qimmat turadi, shuning uchun foydalanuvchilar
orasida bular kam ishlatiladi. Maktabda mul’timedia loyihalarni ishlab chiqish uchun nima qilish kerak, buning uchun keng imkoniyatlarga ega bo’lgan Microsoft Office dasturlaridan foydalanish yetarli. Agar loyihangizga ma’lumotlar bazasi qo’shishni istasangiz, sizga Access, animasiya effektlari bilan taqdimot tayyorlashingiz uchun esa PowerPoint dasturi kerak bo’ladi.
Mul’timedia loyihasini ishlab chiqish bosqichlari
Mul’timedia loyihasini ishlab chiqishda o’rtacha holatdagi mahsulotdan
a’lo darajadagi mahsulotni farqlay olish uchun ayrim mezonlarga e’tibor qaratish lozim bo’ladi. Birinchidan, e’tiborga olinishi kerak bo’lgan narsa – bu loyihaning mavzusi. U ko’pchilik foydalanuvchilarga qiziqarli bo’lishi kerak, shundagina ushbu mahsulot tanila boshlaydi. Mavzuni tanlashda uning dolzarbligi, ko’rib chiqilayotgan masalalarning o’tkirligi, ijodiy va madaniy rivojlantirish imkoniyatlari, dunyoqarashni kengaytirish darajasi ham o’ta muhim sanaladi.
Loyihani yaratishda ikkinchi muhim narsa – bu uning quyidagilardan iborat bo’ladigan amaliy maqsadidir:
- qandaydir axborotni namoyish etishda (masalan, yoqtirgan
qo’shiqchilaringizni tanlash);
- qaysidir malakalarga o’rgatishda (masalan, sochni qanday turmaklash yoki ovqat tayyorlash);
- qaysidir soha bo’yicha bilimlarni berish (masalan, o’quv fanlari bo’yicha mul’timedia darslari yoki ma’lumotnoma yaratish).
Loyihani yaratishda e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan uchinchi narsa yaxshi yozilgan ssenariy va ish jarayonida ko’rsatilayotgan xizmatlarning sifatidir. Sizning loyihangizga bo’lgan talab siz taqdim etayotgan axborotlar bilan ishlashning qulayligiga bog’liq. Grafik va videomateriallarning sifati to’rtinchi muhim narsa hisoblanadi.
Videomateriallarning mavjudligi har qanday axborotni o’zlashtirishni
yaxshilaydi, grafikaning юqori sifatliligi esa rasm va slaydlarni zavqlanib ko’rish imkoniyatini beradi, sifatning past bo’lishi noqulaylik tug’diradi va materialning o’zlashtirilishiga xalaqit beradi. Bunday sifat loyihaga jalb etilgan matnlarga ham taalluqli. Hech qanday orfografik yoki stilistik xatolarga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Axborotlarning tezkorligi, to’liqligi va haqqoniyligi ham muhimdir. Loyiha ustida ish boshlaganda ma’lumotlarni taqdim etish modelini tanlash lozim va u quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- axborotlar taqdim etilishining ko’rgazmaliligi;
- axborotlar kiritishning soddaligi;
- axborotlarni qidirish, ko’rish va tanlash qulayligi;
- boshqa dasturiy mahsulotlardan axborotlarni ishlatish imkoniyati;
- loyihani qayta tuzatish imkoniyati (yangi ma’lumot qo’shish yoki o’chirish);
- interfaol rejimni ta’minlab beruvchi yaxshi interfeys.
Mul’timedia loyihasini ishlab chiqishda ish bosqichlarining muayyan ketma-ketligini saqlash kerak bo’ladi.
I bosqich. Mavzuni tanlash va muammoning qo’yilishi.
Mavzu aniqlangandan so’ng mul’timedia mahsulotini yaratish uchun aniq
topshiriqlarni yozish kerak bo’ladi, u yerda maqsad va vazifalar ko’rsatilgan bo’lishi
kerak.
II bosqich. Ob’ektni tahlil qilish.
Ushbu bosqichda loyiha qanday ob’ektlardan tashkil topishi, shuningdek, bu
ob’ektlar qanday parametrlar bilan ajralib turishi ko’rib chiqiladi. Agar siz biologiya bo’yicha mul’timediali ensiklopediya yaratayotgan bo’lsangiz, ob’ekt sifatida har bir hayvon turi uchun alohida dasturiy mahsulotni ko’rib chiqish mumkin. Mul’timediali dars ishlanmasini tayorlashda tushuntirish qismi, materiallar bilan ishlash, nazorat qismi kabi tarkibiy tashkil etuvchilarni nazarda tutish kerak. Mul’timedia loyihasini tayyorlagandan so’ng har bir ob’ektning alohida xususiyatlarini ko’rib chiqish kerak. Bu ma’lumotlarni alohida
yozuv va jadvallar ko’rinishida joylashtirish mumkin.
III bosqich. Ssenariyni ishlab chiqish va modelni sintez qilish.
Ssenariyni ishlab chiqishda mahsulot bilan ishlash ketma-ketligi, ishning o’zgarishi mumkinligi va undan chiqish (ishni tugatish)ni nazarda tutish kerakbo’ladi. Avariya holatlarining oldini olish maqsadida ularni hisoblab chiqish muhim, shuningdek, ishning ko’p variantlilik darajasini, ya’ni bir xil natijaga turli yo’llar bilan erishish imkoniyatlarini tekshirib ko’rish kerak. Ssenariyda ish jarayoniga tovush jo’rligi kiritilgan bo’lishi, masalan, ekranda matn musiqiy
yoki istalgan tovush jo’rligida paydo bo’lishi kerak. Bunda unisi ham, bunisi ham ishga xalaqit bermasligi va toliqtirmasligini hisobga olish lozim. Agar dastur imkoniyatlari yo’l bersa, tovushni o’chirib qo’yishni ham nazarda tutish mumkin. Ikkinchi bosqich tahlili natijalaridan foydalangan holda kelgusi loyihaning muayyan modelini tanlash kerak. Model’ tanlanganidan so’ng ilovalar yoki bo’g’inlar orasidagi bog’lanishlarni ko’rsatgan holda uning chizmasini chizish kerak. IV bosqich. Axborotlarni taqdim etish shakli va dasturiy mahsulotlarni tanlash.
Ssenariy ishlab chiqilib, model’ yaratilganidan so’ng loyihani realizasiya qilish uchun dasturiy mahsulotni aniqlash kerak bo’ladi. Bu bosqichda ikki xil dasturiy mahsulotlar ta’minlangan bo’lishi kerak:
- proektni tashkil etuvchi: grafik ob’ektlar, audio- va videoyozuvlar,
matnlarni tayyorlash va materiallarni qayta ishlash uchun;
- mul’timedia mahsulotini yaratish uchun, ya’ni bevosita ish qurollari.
Dasturiy vositalar tanlab olingandan so’ng axborotlarni taqdim etish
shakli va uni realizasiya qilish instrumentlarini tanlash zarur. Agar sizning loyihangizga Access ilovasida tayyorlangan ma’lumotlar bazasi kiritilgan bo’lsa, axborotlarni jadval yoki shakl ko’rinishida berish mumkin. Instrumentlar sifatida “Panel’ instrumentov” yoki shakl va tugmachalarni yaratish bo’yicha masterlar xizmat qilishi mumkin. PowerPointda axborotlar alohida slaydlar yoki ob’ektlar (matnli yoki grafik) ko’rinishida bo’ladi. PowerPointda instrumentlar
sifatida animasiyalar, rasm chizish yoki formatlash paneli ishlatiladi.
V bosqich. Ob’ektning komp’юter modelini sintez qilish.
Ko’rib chiqilgan barcha imkoniyatlar tanlab olinganidan so’ng loyihangizni komp’юterda amalga oshirishga kirishish mumkin. Kompyuter modelini yaratishda yana ikkita bosqichdan o’tishga to’g’ri keladi.
1-bosqich. Ishlash uchun materiallarni tayyorlash.
Bu bosqichda siz tanlagan dasturiy mahsulotlar yordamida grafik, matnli, audio, video materiallar tayyorlanadi. Grafik axborotlar bilan ishlashda shunga ahamiyat beringki, siz tanlagan rasmlarning sifati qancha юqori bo’lsa, ular vinchesterda va komp’юter xotirasida shunchalik katta joyni egallaydi va sizning mahsulotingiz sekinroq ishlaydi. Videokliplarni yaratishda kadr o’lchamlari va axborotlarning siqilish darajasiga e’tibor qarating. Kadr o’lchami ekran kattaligida bo’lgan videokliplarni yaratishda faylning hajmi bir necha юz megabaytlarni tashkil qiladi. Kadr o’lchamlari katta bo’lganda va kam darajada
siqilganda klipni namoyish qilish tezligi keskin pasayadi. U yoki bu
parametrlarni tanlash komp’юteringizning imkoniyatlariga bog’liq.
Materiallarni tayyorlash bo’yicha ishlash tajriba orttirish orqali paydo bo’ladigan юqori malakani talab etadi.
2-bosqich. Mul’timedia mahsulotini yaratish.
Bu bosqichda tayyorlangan materiallar va tanlangan dasturiy vositalar
yordamida mul’timedia loyihangizning komp’юter modeli yaratiladi. Keyingi mavzu bu jarayonlarning to’liq texnologiyasini ko’rib chiqishga bag’ishlanadi.
VI bosqich. Mul’timedia mahsuloti bilan ishlash.
Endi siz yaratgan mul’timedia mahsuloti bilan ishlash, ya’ni ko’rish, izlash,
axborotlarni tanlab olish mumkin.
Raqamli mul’timedia va yangi axborot texnologiyalarini elektron interfaol o’quv qo’llanmalari va taqdimotlarini yaratishda qo’llash o’quv jarayonida kuchli yordamchi vosita hisoblanadi. O’qitishning elektron vositalari arxitekturasi o’qitish uslublariga bog’liq holda turlicha bo’lishi mumkin. Taqdimot yoki fil’m xohishga ko’ra – axborot uchun ma’lumotlar, bilim berish, namoyish qilish vazifalarini bajarishi mumkin. Kompyuter texnologiyalari real holatga o’xshagan virtual modellarni yaratish imkonini beradi.
Kompyuter grafikasi yangilikdan zaruratga aylandi, lekin mul’timedia
texnologiyalari turli Web-taqdimotlarni loyihalashtirishda alohida ahamiyatga ega, ma’ruzalar, darsliklar va o’quv qo’llanmalari shular jumlasidandir. Ular loyihani yaratishda ijodiy yondashuvga e’tibor qaratishga yordam beradi.
O’qituvchi yoki kursni loyihalashtiruvchi taqdimotlarni yaratishda turli
murakkablikdagi vizual materiallarni taklif etishi mumkin. Bundan tashqari, yakuniy mahsulotga ta’sir etuvchi ishtirokchilarning aqliy rivojlanish darajasi, psixologik barqarorligi va shu kabi omillarni e’tiborga olish zarur. Va nihoyat, ehtimol, hal qiluvchi omil – vizual grafik animasiyalar va interfaol ishlanmalar ish jarayoniga ko’lam va o’ziga yarasha joziba beradi.
Yuqorida ko’rib o’tilgan yondashuvlarni umumlashtirgan holda ta’kidlash
mumkinki, юqori ilmiy-uslubiy saviyada elektron o’quv nashrini yaratish o’quv uslublarini takomillashtirish yo’llaridan biri hisoblanadi.
Elektron o’quv nashrini loyihalashtirishning quyidagi asosiy
bosqichlarini ajratish mumkin:
- o’quv materiallari mazmuni modelini tuzish;
- qo’llanma uchun ssenariy ishlab chiqish;
- o’quv paketi uchun ssenariylar va algoritmlar tuzish.
SHunday qilib, zamonaviy sharoitda elektron o’quv nashrining axborot
ta’lim muhiti o’qitish vositalarining majmui bo’lishi mumkin. Uning vazifasi esa muayyan hajmdagi yangi bilimlarni mustahkamlash, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat bo’ladi.
3.4. PEDAGOGIK VAZIFALAR
Pedagogik dizaynda mul’timediani qo’llashdan maqsad shunchaki bir nechta mediaformatlar, yorqin effektlar yoki murakkabliklarni qo’shishdan iborat emas. Balki har bir formatdan uning barcha afzalliklari bilan birga foydalanish lozim va ularni o’zaro shunday birlashtirish kerakki, ilg’or o’quvchilar har bir elementdan alohida holda samarali foydalanish imkoniyatlariga ega bo’lsin.
Quyidagi jadvalda har xil vazifalarni qo’llab-quvvatlaydigan har xil
mediaformat turlari keltirilgan.
2-jadval: Har xil vazifalarni qo’llab-quvvatlaydigan har xil mediaformat turlariga misollar.
Pedagogik vazifa Media tiplari va instrumentlari Navigasiya Tugmachalar, havolalar, imidjmaplar, sahifa xaritalari, jadvallar, navigasiya daraxti, izlash, yordam
Izoh, hujjat, mulohaza Matn (tushuntirish, detallashtirish, foydalanish
bo’yicha yo’riqnoma, sharh matni)
Modellar, misollar, taqdimotlarni namoyish qilish Foto (nusxa ko’chirish apparatining yangi modeli) Diagramma (nusxa ko’chirish apparatiga qog’ozning
qanday joylashtirilishi) Ekran tasviri (ilovadagi menю)
Sxema (audiomiksherning tarkibiy qismlari diagrammasi)
Jarayon modeli (blok-sxema) Miqdor va sifat munosabatlari
namoyishi Konsepsiya xaritasi (tegishli konsepsiyaning vizual xaritasi sifatida ko’rsatilgan Internet) Diagramma (tashkiliy tuzilmasi)
Jadval (stress darajasi va umrning davomiyligi o’rtasidagi korrelyasiya) Vaqt bo’yicha o’zgarishlarni ko’rsatish Animasiya (jaladan oldingi ob-havoning o’zgarishi) Applet (me’yoriy taqsimot egri chizig’i shakliga
standart og’ishning ta’siri) Video (kutilayotgan foydalanuvchi qiziqishlarini ko’rsatish) Simulyasiyalar (alkogolning reaksiya vaqtiga
ta’siri) YAshirin (mavhum, murakkab narsalarni oddiy tushuntirish)
konsepsiyalarni ko’rsatish Grafik o’xshashliklar (murakkab foizlar qanday
hisoblanadi) Animasiya (qon юrakka qanday oqadi va undan qanday oqib chiqadi) To’g’ridan-to’g’ri amaliy ish Simulyasiya (seksiya yakunini hujjatga tirkash va undan olib tashlash)
Ushbu mediaformatlarning bir qanchalari 3.1. bo’limdagi suratlarda
keltirib o’tilgan. Masalan, 1–5 tasvirlarda navigasiya va matn bilan grafikdan foydalanish keltirilgan. 3, 5 rasmlardagi tasvirlarda real ilovalar keltirilgan. 5-rasmda vaqt bo’yicha o’zgarish va real amaliy ish ko’rsatilgan. 6- va 7-rasmlarda jarayonlar va yashirin konsepsiyalar aks ettirilgan. Ayrim nazariyotchilar, masalan, Van Merrienboer (Van Merrienboer)ning fikricha, yo’naltirilgan ta’lim muhiti yangi o’quvchilar uchun to’g’ri keladi. Bunday sharoitda birmuncha tayyorgarlikka ega bo’lgan o’quvchilar kam yo’naltirilgan usullarni lozim ko’radilar. O’quvchilarga ta’limning eng yaxshi usullari va metodlarini tanlash imkoniyatini berish kursning dizaynini ishlab chiqishda muammolar keltirib chiqaradi, lekin ba’zan, ayniqsa aralash auditoriyalarda, shunday yo’l tutish zarur bo’lib qoladi.
YAxshi ishlab chiqilgan mul’timedia motivasiya, o’zlashtirish va bilim
berishni yaxshilaydi.
6-rasm: Matn va grafikadan foydalanish jarayoni modeli.
7-rasm: YAshirin konsepsiyalarni tushuntirish uchun foydalanilgan tavsiflarning namoyon bo’lishi. (Manba: ‘elen Macfarlane, Medical Illustrator, www.uchsc.edu/ltc/Fertilization.’tml)
4. MUL’TIMEDIA TIZIMLARI UСHUN DASTURIY
VOSITALAR.
4.1. TAQDIMOTLAR UСHUN DASTURIY TA’MINOT
Mul’timedia tushunchasi keng ma’noli bo’lib, turli soha mutaxassislari uni qo’llanish mazmuniga qarab turlicha talqin etishga harakat qiladilar.
Elektronika bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar ushbu atamani har xil formatdagi matn, grafika, animasiya, ovoz, video ko’rinishdagi ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyatini ta’minlovchi apparat vositalari sifatida tushunadilar. Bu CD/DVD-ROM, ovoz kartasi, videokarta, tashqi yig’uvchilar) kabilardan iborat.
Dizaynerlar, animatorlar, dasturchilar ushbu tushuncha orqali birinchi galda foydalanuvchiga bir necha yo’l bilan ta’sir ko’rsatish imkoniyatini beruvchi tayyor materialni tushunadilar (matn, ovoz, animasiya).
Mul’timedia tushunchasining eng umumlashgan holati (mul’timedia
vositalari) – matn, rasmlar, sxema, jadval, diagramma, fotografiyalar, video va audiofragmentlar va boshqa har xil ma’lumotlarni raqam ko’rinishida ishlab chiqish, yaratishning dasturiy-apparat vositalari tushuniladi.
Bugungi kunda mul’timedia texnologiyalari inson faoliyatining biznes,
ta’lim, tibbiyot va boshqa shu singari turli sohalarida qo’llanilishini ko’rish mumkin. Ushbu faoliyat yo’nalishlarida mul’timedia mahsulotlarini yaratish uchun keng ko’lamdagi dasturiy mahsulotlar mavjud. Ularning ayrimlari mul’timedianing alohida komponentlari bilan ishlashga mo’ljallangan (audio muharrirlar, videomuharrirlar, grafik muharrirlar).
Ba’zi dasturiy materiallar alohida komponentlarni integrasiyalashtirib, mul’timedia majmualarini hosil qiladi. Eng mukammal dasturiy mahsulotlar юqorida sanab o’tilgan vazifalarni bir vaqtning o’zida hal etishga yo’naltirilgan. Quyida mul’timedia mahsulotlari ishlab chiqishga mo’ljallangan dasturiymahsulotlarni qisqacha sharhlab o’tamiz.
Microsoft PowerPoint
U shbu mahsulot dasturiy ta’minotlar orasida taqdimot yaratishga qaratilgan eng yetakchi mahsulot hisoblanadi. U Microsoft Office paketining tarkibiga kiradi. Har bir yangi versiyasi yangi imkoniyatlarga ega bo’ladi. U taqdimot tayyorlash uchun oldindan ishlab chiqilgan shablonlardan iborat. Dasturiy mahsulot audio va video fayllar, animasiyalarni hosil qilish, har xil diagrammalar yaratish, taqdimotni himoyalash, fotoal’bomni avtomatik generasiyalash funksiyalariga ega.
1-rasm. Microsoft PowerPoint ilovasining darchasi.
Adobe Director SD va DVD disklarda, ijtimoiy terminallarda, shuningdek,
Internetda e’lon qilinadigan ilovalar va axborotlar bilan to’ldirish, amalga oshirishda tayyor mul’timedia vositalaridan bir necha bora foydalanish imkoniyatini beradi. Ilova mul’timedia materiallarini qayta ishlash sohasida amaliy jihatdan cheklanmagan imkoniyatlarni taqdim etadi. Foydalanuvchining ixtiyorida materiallarni har xil platformalarda e’lon qilish vositalari, shuningdek, DVD-Video formatlarni qo’llab-quvvatlash, ikki tilda ssenariylar
yozish va bularning hammasini Flash paket bilan integrasiyalashgan holda hal etish imkoniyati bor.
Mul’timedia formatlarining ko’p miqdorli qo’llab-quvvatlanishi tufayli Director ish jarayonini optimallashtirishga yordam beradi. Taqdim etilayotgan ishlab chiqish muhiti mul’timedia axborotlarini yaratish uchun zarur barcha vositalarni ta’minlaydi. Interfaol audio va video-fragmentlar, vektor va grafiklar, har xil shriftlar va boshqalarning qo’shilishi mahsulotdan foydalanuvchilarning diqqatini jalb qiluvchi jozibaga ega bo’ladi.
Foydalanuvchi uchun qulay interfeys Adobe mahsulotlari seriyasining
barchasi uchun yagona. Ishingizning samarasini ancha oshiradi va Adobe Flash paketidan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi.
Opus Presenter Pro – interfaol taqdimot uchun instrument bo’lib, interfaol
o’rgatuvchi materiallar katalogini namoyon etadi. PowerPoint bilan raqobatlasha oladigan va interfaolligi jihatidan ustunlikka ega bo’lgan mahsulot. MatchWare Mediator – interfaol taqdimotlarni yaratish uchun professional instrument. Uni asosiy imkoniyatlarni oshirish uchun xizmat qiladigan skriptlar qo’llab-quvvatlaydi.
Multimedia Builder – CD/DVD disklarning, taqdimotlarning, mul’timedia
ilovalarining, MP3-pleerlarning, o’yin va boshqalarning avtomatik ishga tushishini ta’minlash menюsini yaratish imkonini beradi. U foydalanuvchiga Windows-ilovalarni, grafiklarni, animasiyani, musiqani mukammal tuzishga olib keladi. Mazkur dastur boshlovchilar hamda mutaxassislar (professionallar)ga ham qo’l keladi.
Multimedia Builder foydalanuvchi uchun zarur bo’lgan katta bo’lmagan
mustaqil yexe-ilovalarni yaratadi. Foydalanuvchi uning yordamida murakkab illarni o’rganish uchun vaqt sarflamasdan mul’timedia dasturlarini tuza oladi.
Agar imkoniyatlaringizni oshirmoqchi bo’lsangiz, buning uchun sizga MMB kriptlari tili yordam beradi.
AutoPlay Media Studio – taqdimot, elektron qo’llanma, mul’timedia
ilovalari ko’rinishidagi har xil mul’timedia elektron nashrlarini yaratish uchun mukammal vositadir.
Paket o’zida interfaol taqdimot, elektron vizitkalar, web-brauzerlar,
mediafayllar, ovoz chiqarish imkonini beruvchi tayyor shablonlardan tashkil opgan.
Freelance Grap’ics (www.lotus.com/’ome.nsf/welcome/freelance). Lotus firmasining slayd-shou yaratish uchun ishlab chiqqan dasturi. U slayddagi matnlarni, rasmlarni, grafiklarni va jadvallarni shaklga solish singari imkoniyatlar bilan ta’minlaydi. Freelance Grap’ics dasturi bo’lmagan holda ham aqdimot namoyishi komp’юterda amalga oshiriladi. GIF formatda tasvirlar shaffof fonda aks ettiriladi. ‘TML formatidagi tayyor taqdimot maxsus ustalar rdamida sahifani samarali tezlikda юklashni ta’minlagan holda amalga
oshiriladi. Internetda slayd-shouni taqdim etish brauzeri yoki Freelance Grap’icso ActiveX uchun Plug-Inning qo’shimcha komponentlarini talab etadi.
2-rasm. Freelance Grap’ics ilovasining darchasi.
Corel Presentations (www.corel.com/ Office2000/ professional.’tm#CP). Corel
firmasining slayd-shou yaratish dasturi. Har xil tipdagi юqori sifatli taqdimotlar tayyorlashga mo’ljallangan. Grap’ics Editor tarkibida tasvirlarni tahrir qilish tizimi mavjud.
‘arvard Grap’ics (www.’arvardgrap’ics.com/’tml/’arvard_grap’ics_98.’tm).
Taqdimotlar tayyorlashga mo’ljallangan dastur. Unda talab etilgan mavzu va
z arur materialni ajratib olishga mo’ljallangan ko’p variantli taqdimot shablonlari mavjud. Maxsus usta avtomatik tarzda taqdimotning uslubi varasmiylashtirishni tahrir qiladi. Slaydga animasiya va ovozli fayllarni biriktirish mumkin.
Macromedia Action! (www.macromedia.com/software/). Taqdimotni hosil
qilish elementlarini yagona izchillikda yoki ekran knopkasi orqali chaqirish mumkin bo’lgan alohida tasvirlardan tashkil topgan interfaol shoudir.
Macromedia Action taqdimotiga misol. Astound (www.golddisk.com/site/astound6/astound6_page.’tml). Gold Disk
firmasi dasturi bo’lib, faqat taqdimot yaratish vositasi emas, mul’timedia yaratish uchun instrumentlar hamdir. Astound Draw moduli chizma ob’ektlar bilan ishlashga, xususiyatlar hosil qilish, egri chiziqlar ustida ishlashga mo’ljallangan o’ziga xos to’plamga ega. Astound Actorni har xil ishlash rejimiga to’g’rilash animasiyadagi personajlarni aniq chizishga, har xil effektlar hosil qilishga, ob’ektlarni harakatlanishga imkon beradi. Uning ovozni rostlovchi modullari ham mavjud. Astound Video moduli ikkita videokanal va har xil effektlardan
foydalanishga mo’ljallangan oltita xususiyat bilan ishlash xarakteriga ega.
4.2. TAQDIMOTLARNI FORMATLASH VA TAHRIRLASH
Freelance Grap’ics Edition for Windows dasturida taqdimotlarni
yaratish, tahrir qilish va formatlash.
Lotus kompaniyasining Freelance Grap’ics paketi versiyasi ajoyib
interfeysga ega bo’lib, foydalanish qulayligi va o’ta moslashuvchanligi bilan ajralib turadi. Biroq uning ayrim funksiyalari noqulay (va hatto eskirgan), shuningdek, Windows yoki Windows NTning imkoniyatlaridan foydalanilmaydi. Ta’kidlash joizki, Freelance Grap’icsda ko’pgina yangi g’oyalar amalga oshirilgan bo’lib, qisqartirilgan menyu va xossalar ro’yxati keltiriladi.
Taqdimotlarni o’tkazish uchun Freelance Grap’ics Smart Master deb nomlanuvchi va o’zida 30 xil moliyaviy hisobotlar yoki o’rgatuvchi dasturlar kabi, shuningdek, sahifalarni joylashtiruvchi, fon ranglari, shrift garniturasi va rangini belgilovchi 120 ta grafik shablonlarni mujassamlashtirgan bezash uslublaridan iborat juda sodda tizimni taklif etadi. Freelance Grap’icsning rang tizimi ajoyib bo’lib, uning palitrasi juda keng, yaxshi tashkil etilgan. Ayniqsa, rasm chizish vositalarining keng to’plamiga ega bo’lgan Drawing and Text ranglar palitrasi tuzilmasi bilan ajralib turadi. Sichqonchaning o’ng tugmachasi yordamida ekrandagi har qanday element: grafika, chizilgan ob’ektlar, matn, import qilingan rastrli tasvirlar va ko’chirib qo’yilgan
ob’ektlar bilan samarali ishlash mumkin. YAratilgan slaydlarni tahrir qilish murakkab emas. Komponovka qilish
funksiyalari turlicha, biroq ko’pgina imkoniyatlari to’laqonli emas. Masalan, umumiy komponovka rejimida faqat ASCII formatidagi matnli hujjatlarnigina import qilish, Word Pro formatida esa faqat ko’chirish va qo’yish mumkin. Bu dasturning eng yaxshi funksiyalaridan biri Info Boxesning ko’pgina zakladkalaridan iborat oyna bo’lib, dasturning qaysi joyida bo’lishingizdan qat’i nazar, ob’ektlarning keng diapazonli xossalari – rang, garnitura va shrift o’lchami, abzas holatini oson sozlash imkoniyati mavjud. Ko’p yo’nalishdagi uzluksizlik funksiyasi bu yerda ham o’zini oqlaydi; taqdimotlar bilan ishlash uchun Info Boxesning chetki chiziqlariga sichqonchaning klavishini bosish shart emas.
Grafik formatdagi fayllarni qamrab olish yetarli darajada keng bo’lib, tayyor tasvirlarni chaqirib olish oddiy va tayyor tasvirlardan iborat bo’lgan bir necha yuzlab fayllar bilan to’lgan uncha katta bo’lmagan bloknot shakliga ega.
Qisqartirilgan menyuda Fast Format tez formatlash komandasi juda qulay bo’lib, grafik ob’ektlarning atributlarini o’zlashtirish va ularni boshqa ob’ektlarga qo’llash imkoniyatini beradi. Ma’ruzachi fikrlarini yaratish ham oddiy amalga oshiriladi; ularni repetisiya yoki World Wide Webda taqdimot qilish jarayonida ko’rsatib o’tilgan dasturlarning xohlagan birida tayyorlash mumkin.
O’zgartirishlar kiritish ham juda oson: dasturning o’zi tanlash uchun tayyor kompozisiyalarning bir nechtasini taklif etadi.
Endi kamchiliklari haqida: taqdimot fayllarini import qilishda
natijalar har xil bo’lishi mumkin. Freelance Grap’ics dasturi Freelance Grap’ics, ‘arvard Grap’ics va PowerPointning avvalgi versiyalaridan fayllarni import qilish xususiyatiga ega. PowerPointdan import qilish esa juda ajablanarli – ob’ektning dastlabki rang tuzilmasi va komponovka elementlari saqlab turiladi.
Parvard Grap’is for Windows
Parvard Grap’ics dasturining imkoniyatlaridan ko’pchiligi, yordam berish
vositalari, diagrammalar tuzish funksiyasi va qo’yilmalar xarakteristikasi ajoyib. Biroq yaxshi tahrir qilish vositalarining yo’qligi va tayyor tasvirlarning yetarli emasligi dasturga yuqori baho berishga to’sqinlik qiladi.
‘arvard Grap’ics dasturida taqdimotlarni 12 xil, ya’ni biznes-reja,
kompaniya tuzilishi haqida oddiy ma’lumotlarni o’zida mujassamlashtirgan Ыuick Presentation vositasi yordamida yaratishni boshlash mumkin. 31 grafik shablonlar va slaydlarning turlariga qarab (masalan, aylanali diagrammalar yoki jadvallar) bo’lingan bir qancha komponovka variantlarini tanlash mumkin. Xohishingizga ko’ra
komandalar menyusi yordamida o’zingiz komponovkalarni yaratishingiz mumkin (masalan, jadvallar slaydiga diagramma qo’yish).
‘arvard Grap’icsning qulay funksiyalaridan biri kontekstga bog’liq Advisor
opsiyasi bo’lib, ekranda paydo bo’ladigan menyu oddiy ingliz tilida (sahifada matn markerlari juda ko’p, kabi xabarlarni ko’rsatib) komponovka va dizaynerlik usullarini taklif etadi. Bu opsiya ayniqsa diagrammalarni tuzish va jadvalli ma’lumotlarni tahrir qilishda juda foydalidir. Sichqonchaning o’ng tugmachasini bosib chaqiriladigan qisqartirilgan menyu juda samaralidir. Attributes menyusining bandlari kontekstli-bog’langan xususiyatga ega bo’lib, ob’ektlarning turli xossalariga moslashuvchan bo’ladi.
OLEning standart funksiyalari OLEni qo’llab-quvvatlovchi va Windowsning
ro’yxatiga kiritilgan har qanday ilovalar yoki Microsoft Worddan jadvallarni qo’yish imkoniyatini beradi. Ko’chirib qo’yilgan va elektron jadvallar bu dasturda grafik ob’ekt sifatida qaraladi. Joyida tahrir qilish funksiyasi talab
darajasida bo’lib, noodatiy vizual effektlarni yaratish uchun ajoyib grafik va gradient to’ldiruvchilarga ega.
‘arvard Grap’icsda diagrammalar to’plami cheklangan bo’lsa-da, ulardan
foydalanishning osonligi bu kamchilikni qoplab ketadi. Doiraviy diagrammadan parcha ko’chirib olishda uning o’lchamlari o’zgarmaydi. Foydalanuvchi tanlagan izohlarni diagramma bilan birga joylashtirish ham oddiy amalga oshiriladi, xuddi sichqoncha bilan diagrammani aylantirish, bitta slaydda tuzilmaviy sxemalarni yaratish yoki turli diagrammalarni kombinasiyalash kabi bo’ladi.
Logarifmik o’qlar ham qo’llab-quvvatlanadi: ko’p sonli raqamlarni kiritish
uchun jadvallardagi ustunlar o’lchamlarini o’zgartirish mumkin. Bularning hammasi diagrammalarni yaratishni qulaylashtiradi.
Dastur bir qancha foydali tahrir qilish vositalariga ega. Matnli yoki
grafik ob’ektni to’ldirish uchun rastrli grafika fayllaridan foydalanish mumkin. Xuddi shunday to’ldirish usuli import qilingan jadvallar va ma’lumotlar to’plamiga nisbatan qo’llanganda zo’r taassurot qoldiruvchi o’zigaxoslikni namoyon qiladi. Garchi ‘arvard Grap’icsda yaratilgan jadvallarga ushbu
to’ldirish usulini qo’llash mumkin bo’lmasa-da, ‘arvard Grap’ics jadvalini grafik ob’ekt sifatida konvertirlash va shu tarzda to’ldirishni amalga oshirish yetarli bo’ladi. Outline view ko’rish rejimida tanlangan slaydga yangi diagrammalarni qo’shish mumkin. Ushbu rejimda haqiqatan ham korxona tuzilmasi ichidagi matnlarni ko’rish mumkin.
Outline view rejimida matn qo’yish mumkin, biroq sichqoncha yordamida tortib
yurish va import (garchand bu faqat ASCII formatidagi matnlar uchun tegishli bo’lsa-da) qilish mumkin emas. YAna bir g’alati tomoni shuki, Promote va Demotetugmalarini Outline instrumentlar paneliga chiqarish uchun ekrandagi dialog oynasi knopkalarini tortib olib borishga to’g’ri keladi.
‘arvard Grap’ics odatda ko’pgina amaliy dasturlarda uchraydigan grafik
formatdagi fayllarni qo’llab-quvvatlaydi. Lekin tayyor tasvirlardan foydalanish funksiyasi – eng zaif qismi hisoblanadi.
Agar siz tortib yurish metodi bilan ishlasangiz, dastur tasvirni rastrli grafikaga yoki rasmga aylantirish, tanlash imkoniyatini beradi. Har gal rasmning dastlabki fayli yangilanganda sizning taqdimotingizdagi rasm ham yangilanadi.
‘arvard Grap’ics dasturidagi rasm chizish funksiyasi ajoyib taassurotlar qoldiradi. Dastlabki rasm Microsoft kompaniyasining Paint dasturini eslatuvchi juda sodda ilova yordamida yaratiladi. Rasm chizishning ayrim funksiyalari, shuningdek, maxsus effektlar so’zsiz foydali deb hisoblash mumkin, lekin umuman olganda foydalanuvchilar uchun ular qo’shimcha imkoniyatlar yaratmaydi.
Ikki o’lchovli grafikalarni uch o’lchovliga aylantirish va ko’plab maxsus
effektlarni qo’llash imkoniyatlari mavjud. Dastur bilan ishlash oson bo’lib, bosh
chizg’ich (lineyka)da qaysi tugmacha qanday vazifalarni bajarishini tushuntirib beruvchi yorliqlar paydo bo’ladi.
‘arvard Grap’ics ma’ruzachi belgilar va o’zgartirishlar kiritishi uchun katta
imkoniyatlarga ega. O’zgartirish kiritishda siz rastrli rasmlar, qo’lda chizilgan grafik ob’ektlar, matnlardan o’zingiz tayyorlagan komponovkalar, tasvirlarning chekka qismlarida maxsus effektlardan foydalanishingiz mumkin. Bitta kamchilik
mavjud bo’lib, Print Preview funksiyasi yo’qligi sababli siz kiritgan o’zgarishlar qanday ko’rinishga ega bo’lishini ko’rish imkoniyatidan mahrumsiz. Ma’ruzachining o’zgartirishlarini kiritish uchun barcha asosiy funksiyalar, jumladan, ekranni, slaydlardagi tasvirlarning o’zgaruvchan o’lchamlarini oldindan ko’rish va to’g’ridan-to’g’ri tahrir qilish, shuningdek, har bir betda matnni formatlash qamrab olingan.
Agar sizga ko’zga tashlanadigan yaqqol taqdimot yaratish kerak bo’lsa, maxsus effektlar, to’ldiruvchilar, tayyor tasvirlar va rasmlardan foydalanishingiz mumkin. Logotiplar va sarlavhalarni o’zgartirish va izohlarni kiritgandek qo’shish mumkin.
PowerPoint for Windows.
PowerPoint dasturi bu toifadagi dasturlar ichida eng yaxshisidir.
Moslashuvchan interfeysning mavjudligi, choklarsiz ko’chirib qo’yish funksiyasi va ko’p (murakkab) vazifalarni bajarish rejimida barqaror ishlash imkoniyati bu dasturni yangi avlod taqdimotli grafika mahsulotlari orasida lider darajasiga chiqardi.
PowerPoint dasturining birinchi afzalligi yaxshi sozlanuvchi interfeysidir. Ekranga dasturiy oynada yettitagacha turli instrumentlar panelini chiqarish mumkin.
PowerPoint xizmat, ijodiy seans va hatto “noxush xabarlar” yo’nalishlarini
qamrab oluvchi ko’p turdagi slaydlar to’plamini taklif etadi. Ushbu tiplarning har biri materiallarni joylashtirishning muayyan strategiyasiga ega bo’lib, AutoContent har bir slaydni taqdimotning dastlabki maqsadlari bilan bog’lashni taklif etadi. (Masalan, agar siz “noxush xabarlar”ni namoyish qilayotgan bo’lsangiz, AutoContent sizning ikkinchi slaydingizda “bizning holatimiz” muhokama qilinishi va ma’ruzachi “bu qanday sodir bo’lgan”ligini tushuntirishini mo’ljallab turadi.)
PowerPoint dasturida ko’p martalab orqaga qaytish "multiple undo" imkoniyati
juda yaxshi amalga oshiriladi. Masalan, 150 ta o’zgartirishlarni ketma-ket yoki birdaniga 149 ta o’zgarishga orqaga sakrab amalga oshirish mumkin. Agar siz jarayonlarga chuqur kirishib, ikki va undan ortiq dialog oynalariga murojaat etgan va Cancel tugmasini bosgan bo’lsangiz, dastur sizni dastlabki holatga qaytarib qo’yadi, lekin bajarilgan ishlarni umuman o’chirib yubormaydi. Ma’lumotlar jadvali o’lchamlarini o’zgartirish va unda turli shriftlarni ishlatish mumkin. Agar siz Microsoft Excelda ishlash bo’yicha katta tajriba egasi bo’lsangiz, unda PowerPointdagi Grap’ ilovasi ham xuddi shunday diagramma
turlari va ularni to’g’rilash usullaridan foydalanadi.
PowerPointda diagramma tuzishning ayrim modernizasiya qilingan
funksiyalari kiritilgan bo’lib, ular boshqa dasturlar bilan mos kelmaydi.
Organizational СHart ilovasini o’rnatish ham birmuncha qiyinlashtirilgan.
Funksiya umumiy ko’rinishidan kishida yaxshi taassurot qoldirmasa-da, Outline view rejimida qulay taqdimotlarni yaratish imkoniyatiga ega bo’lgan yagona dasturdir.
Har qanday hajmdagi matnni tortib ko’chirib qo’yish silliq amalga
oshiriladi. Bundan tashqari, Word hujjatlarini import qilish va odatdagi shriftlarni qo’llash mumkin.
Grafikani qo’llab-quvvatlash asosi ham mustahkam. PowerPoint boshqa har qanday dasturlardan farqli o’laroq 16 turdagi grafik format fayllarini import qila oladi. U o’zining avvalgi versiyalari bilan to’liq mos tushadi, sekinroq bo’lsa-da, fayllarni import qilish zararsiz amalga oshadi.
PowerPoint tayyor (Microsoft kompaniyasining Clip Art Gallery to’pamidan
olingan) tasvirlarni chiqarish bo’yicha eng yaxshi funksiyalarga ega.
PowerPointning rasm chizish funksiyalari Freelance Grap’ics funksiyalaridek
emas, ular uchta instrumentlar panelida tarqoq holda joylashgan bo’lib, bir vaqtning o’zida ko’rinmaydi. Qisqartirilgan menyu ko’p rangli o’tishlarga, ranglardagi nozik farqlar va soyali ajratishlarga, teksturali to’ldirishlar (granit, marmar va yog’ochning sirti kabi) va hattoki har qanday grafik yoki matnli ob’ektni fonli to’ldirishga imkoniyatlar yaratadi. Guruhlarga biriktirish, ajratish va ko’p sathli tuzilmalar to’liq qo’llab-quvvatlanadi. Uch o’lchovli effekt qo’shish uchun uch o’lchovli tizimda ob’ektlarni “siqib chiqarish” usulidan foydalanish mumkin, lekin bu namoyish tizimning ishlashini sekinlashtiradi. PowerPoint dasturi ma’ruzachining o’zgartirishlari va izohlarini bevosita kiritish uchun qator imkoniyatlarga ega. Master Views opsiyasi to’ldiruvchi belgilarni ishlatgan holda sarlavha, izoh, boshqa grafika va matn qo’shish imkoniyatiga ega. Matnlarni tahrir qilish uchun Microsoftning boshqa ilovalarida qo’llaniladigan instrumentlar yacheykasi va tugmalar ishlatiladi, bu esa PowerPoint bilan ishlashni osonlashtiradi. Xohishingizga ko’ra PowerPoint ekranining har qanday elementi, sarlavhalari va matn markerlari, shuningdek, fon zalivkasi uchun rang tanlashingiz mumkin. Slide Master maxsus funksiyasi siz yaratgan slayd-shouga kompaniya logotipi, sana va boshqa turdagi ma’lumotlarni qo’shishni yengillashtiradi. Har qanday tahrir qilingan shablonni PowerPointning yangi shabloni sifatida saqlash mumkin. PowerPoint bundan tashqari toza shablonlar yoki mavjud bo’lgan slaydlardan yangi shablonlar yaratish va ularni shablonlar kutubxonasida saqlash bo’yicha kengimkoniyatlarga ega. Afsuski, PowerPointda foydalanuvchi tomonidan yaratilgan slaydlar komponovkasini saqlash mumkin emas, lekin bunda anchagina slaydlarning asosiy komponovkalarini saqlash ta’minlanadi. Parvard Grap’ics, xuddi PowerPoint kabi, slaydga Excel formatidagi elektron jadval joylashtirilishni “tushunadi”. ‘arvard Grap’ics instrumentlar paneli dastlabki amaliy dasturning tashqi ko’rinishini qabul qiladi va uning imkoniyatlariga ega bo’ladi.
Freelance Grap’ics Edition for Windows
Freelance Grap’icsning eng foydali funksiyasi – taqdimotlarni ‘ypertext
Markup Language (‘TML) hujjatlari sifatida saqlash va WWW. serveriga joylashtirish imkoniyatidir. Nescape Communications korporasiyasining Navigator dasturidan foydalanib, slayd-shouni ko’rishda taqdimotlar sifati va u bilan ishlash hayron qolarli darajada oson. Siz hattoki taqdimotingizni ‘TML
hujjatiga kiritib, Lotus kompaniyasining Mobile Screen SHow ilovasini Web. ko’rish dasturingiz uchun yordamchi sifatida belgilab qo’yishingiz mumkin.
4.3. SLAYD-SHOU, MUL’TIMEDIA VA BOSHQA IMKONIYATLAR
Freelance Grap’ics Edition for Windows Freelance Grap’ics dasturining taqdimot qilish va maxsus funksiyalaridan eng muhimi – taqdimot jarayonini repetisiya qilish imkoniyati. Dastur repetisiya davomida taqdimotga sarflangan vaqtni hisoblab boradi va taqdimot yakunida har
bir slayd uchun qancha vaqt sarflanganligini ko’rsatadi. Dastur
ko’pfunksiyaliligiga qaramasdan ishlatish uchun qulay va sodda.
Slayddan slaydga o’tishda “o’tish” (perexod)ning 27 turidan foydalanish va ularga kerakli ovozli effektlarni qo’shish mumkin. Zaruriy amallar bajarilib, ishlar tugatilganida Escape tugmasi bosiladi va shou materialini yaratish yakunlanadi.
Dasturning mul’timedia funksiyalari imkoniyatlaridan slaydlarga video-kliplarni qo’shish, uni sichqoncha yordamida ishga tushirish, vidoe-kliplarning ketma-ketligini belgilashda foydalanish mumkin. Lekin ushbu effektlarni video-ob’ektlarga nisbatan qo’llash yaxshi samara bermaydi va videofragmentlar aksariyat hollarda fon ranglari yoyilgan holda namoyish etiladi. Freelance Grap’ics o’zining animasiya funksiyasiga ega emas, shu sababli animasiyalarni boshqa dasturlarda tayyorlash va ushbu dasturga import qilish talab etiladi. SHunga qaramasdan, komponovkalash effektlaridan foydalanish juda qulay. Properties sxemasidan foydalanib, tanlab olingan markerli ob’ektlar uchun komponovkalash effektlaridan zarurini tanlash va ularni bitta ob’ekt uchun yoki birvarakayiga barcha ob’ektlar uchun qo’llash mumkin.
Parvard Grap’ics for Windows
Parvard Grap’ics dasturida Windowsning asosiy mul’timedia imkoniyatlari
ishlatiladi va dasturning uskunaviy vositalari shunga moslashtirilib, sozlangan. Slayd-shou ishga tushirilganda barcha asosiy opsiyalar bitta dialog oynasida namoyon bo’ladi. Play Preview oldindan ko’rish funsiyasi orqali tayyorlangan slayd-shouni boshidan oxirigacha qadamba-qadam ko’rib chiqish va slaydlarga o’tish effektlari va boshqa jarayonlarni kuzatish mumkin. Repetisiya qilish funksiyasi minimallashtirilgan. Masalan, slayd-shou uchun vaqt oralig’ini belgilash imkoniyati mavjud emas, lekin Navigation panelidagi Next Slide i Previous Slide kabi bir necha asosiy funksiyalar yordamida slaydlarni namoyish etish mumkin.
Slayd-shouni namoyish etish uchun ‘arvard Grap’ics dasturining pyper SHow
funksiyasi imkoniyatlari boshqa dastur imkoniyatlaridan birmuncha keng.
Tarmoqlanish nuqtasi sifatida joriy faylning xohlagan ixtiyoriy slaydi tanlanishi mumkin. SHuningdek, dastur yordamida muayyan bir amalni ishga tushirish mumkin, masalan, maxsus ovozni namoyish etish, ovozli effektlarni namoyish etishni to’xtatish yoki slaydga ma’lum bir ob’ektni qo’shish uchun OLE funksiyasini ishga tushirish.
Slaydga ob’ektni qo’shish jarayonida, ayniqsa, komp’yuter qattiq diskidagi papkadan video- yoki boshqa kliplarni qo’shish paytida Windowsning dialoglar oynasi bilan ishlashda birmuncha noqulayliklar yuzaga keladi. Dialoglar oynasiyordamida ob’ektni tanlash jarayonida faqat zurur bo’lgan ob’ektnigina emas, balki avtomatik ravishda diskdagi barcha ob’ektlar qidiriladi (Insert Objecs dagi All Files opsiyasi) va ekranda ularning ro’yxati chiqariladi.
‘arvard Grap’ics dasturining mul’timedia funksiyalari foydalanuvchilarning asosiy extiyojlariga javob beradi. YAngi ob’ektlarni yaratish yoki mavjudlarini yuklash uchun Object Insertion standart komandalaridan foydalaniladi. ‘arvard Grap’ics dasturi, kiritilgan mul’timedia ob’ektiga Object Packager utilitasi vositasida qo’shimcha qat (sloy) qo’shadi, bunda zaruriy sozlovlar belgilanmasa slayd-shoudagi mul’timediali elementlarni samarali namoyish etish imkoniyatlari pasayadi.
PowerPoint for Windows
PowerPoint (RR) dasturida taqdimotlarni repetisiya qilish imkoniyatlari
va ularni namoyish etish funksiyalari zaruriy talablarga javob beradi. Maxsus taymer slayd-shoudagi barcha amallarga sarflanadigan vaqtning tez belgilanishini va yozilishini ta’minlaydi. Ekranga chaqirilgan muayyan jadvaldan foydalanib, taqdimotga sarflanadigan vaqtni soniyasigacha aniq belgilash mumkin. Taqdimotlarning tarmoqlanishi yaxshi tashkil etilgan. Muhim funsiyalaridan biri taqdimot davrida ixtiyoriy slaydlarga o’tish funksiyasidir. Bundan tashqari, joriy taqdimotga kiritilgan ob’ekt sifatida boshqa bir taqdimot faylini ham qo’shish imkoniyati mavjud. Sichqoncha tugmasining ketma-ket chertilishi (bosilishi) ikkinchi taqdimot faylini ekranga chiqaradi. Ikkinchi
taqdimot materiali tugagach, dastur sizni avvalgi slaydga qaytaradi.
Kiritilgan ikkinchi taqdimot fayli o’zining barcha parametrlari,
xususiyatlari va mazmunini saqlab qoladi. Ta’lim oluvchilarning qiziqishiga qarab taqdimotni davom ettirishning bir necha yo’llarini belgilash mumkin.
Meeting Minder maxsus opsiyasi ko’rinmas auditoriya, elektron daftarcha
sifatida xizmat qiladi va taqdimot davomidagi kuzatuv natijalarini, taklif va e’tirozlarni yozib borish imkoniyatini beradi.
Pack and Go Wizard opsiyasi katta hajmdagi taqdimotlarni egiluvchan
disklarga yoki ulanuvchi o’qish/yozish qurilmalariga (Zip) ko’chirish imkoniyatini beradi.
PowerPoint dasturida taqdimotga ovozli va video-kliplar boshqa dasturlarga qaraganda qulay kiritiladi va namoyish etiladi. Dasturda mul’timediali ob’ektlarni tanlash uchun sichqonchaning o’ng tugmasidan foydalaniladi, bunda namoyish etish opsiyasini o’rnatish uchun Animation Settings menyusining komandalariga yo’l ochiladi.
Taqdimotdagi mul’timedia materiallarini namoyish etish uchun ro’yxat
tuzish va ketma-ketligini belgilash mumkin, ulardan foydalanishning barcha jihatlari oson va qulay. Ikkita dialog oynasi bilan ishlayotgan taqdirda ham asosiy funksiyalarga murojaat etish uchun bitta usuldan foydalansa bo’ladi.
PowerPoint dasturi videomateriallarni namoyish etishda fon ranglarining aniq va tiniqligini ta’minlaydigan yagona dastur hisoblanadi. SHuningdek, PowerPoint dasturi, boshqa dasturlardan farqli ravishda,
videoob’ektlarga namoyish davrida suzib (uchib) yuruvchi videotasvir kabi effektlarni qo’llash imkoniyatini yaratadi. Bundan tashqari, slayddan slaydgao’tishning 46 xil effektidan foydalansa bo’ladi, bunda Slide Sorter rejimidagi Transition uskunalar panelidan foydalanish samara beradi. Animation Settings funksiyasi PowerPoint imkoniyatlarini yanada
kengaytiradi. Ikkita dialog oynasi orqali u tasvirli hamda mul’timediali ob’ektlarni, animasiyaning ko’pgina funksiyalarini birlashtiradi va taqdimotning xohlagan joyida ishlatilishi mumkin.
Dasturda, shuningdek, ob’ektlarga aylanish effektini qo’llash, xar xil
ranglar sxemasidan foydalanish funksiyalari mavjud bo’lib, ularni sichqoncha yoki dialog oynasi orqali belgilash mumin.
PowerPoint taqdimot dasturlari ichida eng yaxshi dastur hisoblanadi. Dastur
interfeysi oddiy bo’lishiga qaramasdan, Windowsga xos muhim spesifik
funksiyalarning mavjudligi va foydalanish uchun qulayligi uning mavqeini yanada ko’taradi.
4.4. GRAFIK KO’RINISHDAGI MUL’TIMEDIA ILOVALARINI TAYYoRLASH
Mul’timedia ilovalarini yaratish uchun ko’plab dasturiy vositalar
mavjud. Afsuski, ularning barchasini sanab chiqishning iloji yo’q, shuning uchun ba’zi keng tarqalgan dasturlargagina to’xtalib o’tamiz.
Ularni bir nechta toifalarga bo’lish mumkin:
• Tasvirlarni yaratish va ishlov berish vositalari;
• Animasiyalar, 2D, 3D grafikalarni yaratish va ishlov berish vositalari;
• Video tasvirlar (videomontaj, 3D-titrlar)ni yaratish va ishlov berish
vositalari;
• Tovush yaratish va ishlov berish vositalari;
• Taqdimotlar yaratish vositalari.
Grafika va fototasvirlar
Kompyuterda tasvir ko’rsatish usullaridan biri – rastrli grafika (bitmap)dir. Bu holatda tasvir (pixels) elementlarga bo’linadi, eniga X piksel’ va bo’yiga Y piksel’ rasmning o’lchamlarini belgilaydi.
Muhim xususiyatlaridan yana biri rastrli grafikaning ranglar aniqligi bo’lib, bit raqamlari bilan belgilanadi va har bir piksel’ rangini kodlashtirish uchun ishlatiladi.
Demak, bitli yuzaning kattaligi uni saqlash uchun diskda shuncha katta joy kerak bo’lishini bildiradi.
Grafik fayllarda ranglarni tasvirlashning quyidagi variantlari mavjud:
• 256 rangli fayl har bir piksel’ 8 bitdan va palitra deb nomlanuvchi mos
ranglar jadvalidan iborat bo’ladi.
• 16 bitli rangli faylda palitradan foydalanilmaydi, har bir pikselning
qizil, yashil va ko’k rangli komponentlarini saqlash uchun 16 bit ajratiladi.
• Ikkita varianti bor: RGB555 (32768 ta rang), RGB565 (65536 ta rang).
• 24 bitli rangli fayl har bir pikselining rangli komponentlari uchun 8
bit ajratiladi. Mavjud 16,7 mln. xil rang birikmalaridan foydalaniladi.
SHuning uchun ularning orasidagi juda kichik farqni ko’z bilan zo’rg’a ilg’ash mumkin.
• 32 bitli rangli fayl har bir pikselining rangli komponentlari uchun 8
bit va har bir pikselning al’fa-kanali uchun 8 bit ajratiladi. Al’fa-kanal tasvirda har bir pikselning tiniqligi darajasini belgilaydi.
• Oq-qora och rangli tasvirlar 256 kulrang rang bilan 8 bitli faylga
yozilishi mumkin.
Grafik redaktorlari mavjud (asosan skaner qilingan) tasvirlar ustida
nozik hamda murakkab ishlarni bajarishga mo’ljallangan va tasvirning har qanday jihatlarini tuzatish imkonini beruvchi instrumentlar to’plamiga ega bo’ladi.
Adobe P’otoshop
Adobe P’otoshop foto suratlarga ishlov berish bo’yicha professional paket hisoblanadi. Qatlamlar bo’yicha ishlash va vektorli grafika dasturlaridan
ob’ektlarni eksport qilish imkoniyatiga ega. Ranglarni korreksiyalash, retush’ qilish, turli rangdagi effektlarni yaratish uchun to’liq instrumentlar to’plami mavjud.
40 dan ortiq fil’trlar turli maxsus effektlar yaratishga imkon beradi. Turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan ko’pgina ulanadigan modullar yaratilgan.
Corel P’otoPaint
Corel P’otoPaint grafik tahrirlash dasturi tasvirlarni yaratish va tahrir qilish uchun barcha zaruriy narsalarga ega bo’lgani bilan Adobe P’otoshop dasturidan fayllar bilan ishlashdagi tezkorlik bo’yicha ortda qoladi. Tasvirlarni Internetda ko’rsatish imkoniyatiga ega. Animasiyalangan tasvirlar va ЫuickTime formatidagi slayd-shou bilan ishlash uchun instrumentlar ko’zda tutilgan.
P’otoDraw
P’otoDraw Office 2000 tarkibiga kiradi va vektorli hamda rastrli grafika
to’plamlari imkoniyatlarini birlashtiradi. U chizilgan shakllarning katta to’plami va ularni bezash uchun ko’plab turli chiziqlar, rang-barang badiiy bo’yoqli cho’tkalar yoki foto tasvirlarni o’z ichiga olgan. SHablonlardan foydalanishda maxsus master sizni zarur turdagi illyustrasiyalarni yaratishning barcha qadamlaridan olib o’tadi.
P’otoDraw deyarli barcha ilovalar formatidagi illyustrasiyalarni saqlash imkoniyatiga ega. Dastur alohida ob’ektlarga va tasvirlarga qo’llash mumkin bo’lgan katta miqdordagi turli effektlarni o’z ichiga qamrab olgan, xususan, soya qo’shish, shaffoflik berish, ob’ektlarning chegaralarini xiralashtirish yoki kuchaytirish, ularga uch o’lchovli ko’rinish berish, perspektiv o’zgartirishlar kabi effektlar,
shuningdek, tasvirga peroda chizilgan, xomaki loyiha, rassomchilik asari kabi ko’rinish beruvchi maxsus effektlarni tanlash mumkin. P’otoshop uchun mo’ljallangan plug-in fil’trlarini qo’llash ko’zda tutilgan.
P’otoImpact
P’otoImpact grafik paketi Ulead Systems firmasi tomonidan ishlab
chiqilgan bo’lib, tasvirlarni yaratish va tahrir qilish uchungina mo’ljallanmagan. U, shuningdek, fotografiyalarning ma’lumotlar bazasini yaratish va boshqarish,
tasvirlar fayllarini oldindan ko’rib chiqish, mul’timediali slayd-shoular yaratish, ekrandan tasvirlarni zaxvat qilish, fayllarni o’zgartirish uchun vositalarni ham taklif etadi.
Pick-and-apply texnologiyasi Easy Palette menyusida jamlangan stillar,
effektlar, gradient va teksturalar to’plamidan kengaytirmalarni qo’llashga imkoniyat yaratadi va o’zgarishlarning natijasini darhol ko’rish mumkin.
Paint SHop Pro
Paint SHop Pro grafik tahrirlash dasturi tasvirlarni chizish va retush’
qilish uchun tanlab olish imkoniyati keng bo’lgan cho’tkalar, ishlov berish uchun 25 dan ortiq standart fil’trlar, standart effektlarning asosiy to’plami va P’otoshop paketiga ulanadigan fil’trlarni havola qiladi. Qatlamli tasvirlar bilan ishlash va ko’p sathli bekor qilish amalini qo’llab-quvvatlaydi. Uning tarkibiga shaxsiy mul’timediali ilovalarda yoki Internetda ishlatish mumkinbo’lgan animasiyali GIF-fayllarni yaratish uchun Animation SHop servis dasturi ham kiritilgan.
Picture Man
Picture Man grafik paketi (to’plami) Rossiyaning STOIK Software firmasi
tomonidan ishlab chiqilgan. U grafik fayllarni ishlab chiqish va tahrir qilish, raqamli video tasvirlarni montaj qilish va ishlov berish imkoniyatini yaratadi, hattoki o’rnatilgan morfing (bir video effektdan boshqasiga ravon o’tish) moduliga ham ega. Ushbu to’plam tasvirlar bilan ishlash uchun 70 dan ortiq yuqori sifatli fil’trlar, rang to’g’rilash, fil’trasiya va retush’ qilish instrumentlariga
ega. Ushbu to’plamdagi barcha fil’trlarni nafaqat bitta tasvirga qo’llash, balki ularning ketma-ketligi uchun ham ishlatish mumkin.
Painter
Painter Metacreations firmasining rastrli rangtasvir tahrirlash dasturi
hisoblanadi. Painter rasm chizish va ranglar bilan ishlash vositalarining yetarlicha keng spektriga ega. Xususan, u har xil bo’yash cho’tkalari (qalam, ruchka, ko’mir, aerograf – siqilgan havo orqali suyultirilgan rangni sepish uskunasi)ni modellashtiradi, rasmni akvarel’ va moybo’yoqda ishlaganga o’xshatadi, shuningdek, tabiiy muhit effektlarini chiqarishga imkoniyat yaratadi. SHunday rasm chizish dasturlari mavjudki, rassomlarning an’anaviy asbob-uskunalarini modellashtiradi. Bu dasturlarning asosiy xususiyati rasmlarni kiritish uchun grafik planshetlarni qo’llab-quvvatlashidir. Odatda bu vositalar malakali
rassomlar yoki rassomlik qobiliyati rivojlangan foydalanuvchilar tomonidan qo’llaniladi. Painter Classic cho’tka bilan rasm chizish uchun eng yaxshi dasturlardan biri hisoblanadi. Fauve Matisse ham shunga o’xshash xususiyatlarga ega.
2D-grafika va animasiya
Vektorli grafika dasturlarida geometrik shakllar sifatida saqlanadigan ob’ekt va tasvirlar bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’ladi. Bu esa ob’ektning qatlamlari, joylashuvi va istalgan atributlarini o’zgartirish imkonini beradi. Zamonaviy vektorli grafika dasturlarida rastrli tasvirlar bilan ishlash instrumentlari ham mavjud. Ikki o’lchovli animasiyada kadrli
animasiyaning an’anaviy usulidan foydalaniladi. Ayrim hollardagina tvining (tweening) – oraliq kadrlarni avtomatik generasiyalash qo’llaniladi. SHuningdek, morfing, tasvirlarni deformasiyalash, turli optik effektlar va ranglarning siklik o’zgarishlari qo’llaniladi.
CorelDRAW
CorelDRAW grafik tahrirlash dasturi bo’lib, tayyor tasvirlarning ulkan kutubxonasiga va keng imkoniyatlarga ega, vektorli tasvir yasash bo’yicha klassik dasturga aylangan. Bu to’plam nafaqat rasm chizish, balki grafiklarni tayyorlash va rastrli tasvirlarni tahrir qilish uchun ham mo’ljallangan. U fayllarni boshqarish va komp’yuter displeyida slayd-fil’mlar ko’rsatish vositalariga ega bo’lib, qo’lda chizish va tasvir qatlamlari bilan ishlash imkonini beradi, uch o’lchovli maxsus effektlarni qo’llab-quvvatlaydi. Matnlar bilan ishlash uchun keng
imkoniyatlar mavjud.
CorelXARA
CorelXARA dasturi vektorli tasvirlarni yaratish imkonini beradi.
Gradient xususiyatli shaffoflashtiruvchi effektlarga ega. Dastur asosiy operasiyalarni rastrli tasvirlar bilan amalga oshiradi: rang quyuqligi, yorqinligi, kontrastligi, keskinligini o’zgartirish, surkalgan tasvirlar fil’trlari va boshqa maxsus effektlarni qo’llash. Ulkan ichki kengaytirish xususiyati (72 ming nuqta/dyuym) ob’ektlarni 2500 marta kattalashtirish imkonini beradi. JPG, GIF va animasiyali GIF formatidagi fayllarni ko’rish mumkin. Adobe P’otoshop uchun plug-in bilan mos tushadi.
Macromedia Free’and
Macromedia Free’and professional grafik tahrirlash dasturi bo’lib, grafik ob’ektlarni yaratishdan tashqari matnlar ustida ishlash, jadvallarga ishlov berish, to’g’ri yozishni tekshirish va matnni sahifaga joylashtirish usullaridan foydalanish imkoniyatlariga ham ega. O’rnatiladigan modullardan foydalanish imkoniyati mavjud. Maxsus
effektlar va rang bilan ishlash uchun instrumentlar to’plami, ko’p rangli gradientli bo’yash vositalariga ega.
Adobe Illustrator
Adobe firmasining Illustrator vektorli paketi illyustrasiyalarni yaratish va
sahifaning umumiy dizaynini ishlab chiqish uchun mo’ljallangan bo’lib, tayyor tasvirlarni yuqori aniqlikda chiqarishga yo’naltirilgan. Bu paket shakl va simvollarni ixtiyoriy ko’rinishda yaratish, keyin esa ularning o’lchamlarini o’zgartirish, aylantirish va deformasiyalash imkonini beradi. Bundan tashqari, Illustrator matn va ko’p sahifali hujjatlar bilan ishlash uchun keng spektrdagi instrumentlarga ega.
P’oto Grap’ics
P’oto Grap’ics ob’ektga yo’naltirilgan yondashuvdan foydalanadi. Har bir ob’ekt juftlikda bo’lib, region va effektdan iborat, dastur faqat region doirasidagina ta’sir qiladi. Turli qatlamlarda joylashgan ob’ektlar o’zaro ta’sirlashadi, ya’ni yuqoridagi qatlamda joylashgan ob’ektning effekti o’z regioni doirasida pastki qatlam ob’ektini qoplab qo’yadi. Ob’ekt ko’chirilsa, effekt u bilan birga ko’chadi. Dasturning afzalligi shundaki, uning fayllari hajmi kichkina, unda nuqtalar haqidagi ma’lumotlar emas, balki tasvirlarni tuzish qoidalari saqlanadi. SHuning uchun rasm, o’lchami qanday bo’lishidan qat’i nazar, istalgan aniqlikda chiqarilishi mumkin.
3D-grafika va animasiya
Uch o’lchovli animasiyalar texnologiyasi bo’yicha qo’g’irchoq teatrni eslatadi: ob’ektlarning karkaslarini yaratish, material va ularning qoplamalarini aniqlash, hammasini yaxlit sahnaga biriktirish, yoritish chiroqlari va kamerani o’rnatish, keyin fil’mda nechta kadr bo’lishi va predmetlarning harakatini belgilash kerak. Uch o’lchovli fazoda ob’ektlarning harakati traektoriyalar, asosiy kadr bo’yicha murakkab konstruksiyalarning qismlari harakatini bog’lab turuvchi formulalar yordamida beriladi. Kerakli harakat, yorug’lik va materiallar
berilganidan so’ng vizualizasiya jarayoni ishga tushiriladi. Ma’lum vaqtdan so’ng komp’yuter barcha zarur kadrlarni hisoblab chiqadi va tayyor fil’mni beradi. Kamchiligi shundan iboratki, ob’ektlarning shakli va sirtqi qismlari haddan ortiq silliq, ularning harakati esa birmuncha mexanistik ko’rinishga ega bo’ladi.
Haqqoniy uch o’lchovli tasvirlarni yaratish uchun turli ulullar qo’llaniladi.
“Notekis” ob’ektlarni, masalan, soch yoki tutunni yaratish uchun ob’ektni ko’plab zarralardan shakllantirish texnologiyasi qo’llaniladi. Harakatlarni jonlantirish uchun invers kinematikasi va boshqa texnikalar kiritiladi, video yozuv va animasiyali effektlarni bir-biriga yotqizish uchun yangicha uslublar paydo bo’lib, sahnalar va harakatlar haqqoniyroq bo’lishini ta’minlaydi.
3D Studio MAX
3D Studio MAX Kinetix firmasi tomonidan ishlab chiqilgan 3D-
animasiyalari ichida eng mashhurlaridan biridir. Dastur uch o’lchovli fil’m yaratish jarayonini to’liq ta’minlaydi: ob’ektlarni modellashtirish va sahnalarni shakllantirish, animasiya va vizualizasiya, video bilan ishlash. Dastur SGI ishchi stansiyalari uchun chiqarilgan juda quvvatli paketlar bilan raqobat qilishga da’vogarlik qiladi. Dasturning interfeysi barcha modullar uchun yagona bo’lib, yuqori darajada interfaollikka ega. 3D Studio MAX animasiyalarni boshqarishning kengaytirilgan imkoniyatlarini amalga oshiradi. Har bir ob’ektning harakati tarixini saqlab qoladi va turli rangli effektlarni yaratish imkonini beradi. 3D-akseleratorlarini qo’llab-quvvatlaydi va ochiq arxitekturaga ega, ya’ni uchinchi firma tomonidan tizimga qo’shimcha ilovalar o’rnatishga imkoniyat yaratadi.
ADABIYOTLAR
1. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar i pedagogik mahorat - T.: TDPU, “Nizomiy”, 2003.
2. Avliyoqulov N. Zamonaviy o’qitish texnologiyalari.Toshkent, 2001.
3. Bershadskiy M.E., V kakix znacheniyax ispolьzuetsya ponyatie «texnologiya» v pedagogicheskoy literature? //SHkolьnыe texnologii- 2002.- № 1. - S.3 - 18.
4. Bespalьko V.P. Slagaemыe pedagogicheskoy texnologii. M.: Pedagogika, 1989.
5. Bogolyubov V.I. Evolyutsiya pedagogicheskix texnologiy //SHkolьnыe texnologii - 2004. - № 4.-S.12
6. Golish L.V. Texnologii obucheniya na lektsiyax i seminarax.:Uchebnoe posobie //Pod obщ. red. Akad. S.S. Gulyamova. - T.: TGEU, 2005.
7. Yepisheva O.B. Osnovnыe parametrы texnologii obucheniya. //SHkolьnыe texnologii -2004.- № 4.
8. Yo’ldoshev J., Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari. T. “O’qituvchi” 2004.
9. Klarin M.V. Pedagogicheskaya texnologiya v uchebnom protsesse. Analiz zarubejnogo opыta.- // M.: Znanie, 1989 / Novoe v jizni, nauke, texnike. Ser. «Pedagogika i psixologiya». № 6.
10. Kushnir A.M. Metodicheskiy plyuralizm. //SHkolьnыe texnologii.- 2004. № 4. - S.3 - 11.
11.Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi, 2000.
12. Selevko G.K. Sovremennыe obrazovatelьnыe texnologii. Uchebnoe posobie. M.: Narodnoe obrazovanie, 1998.
13. Saidaxmedov N.S. Pedagogik amaliyotda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash namunalari. T.: RTM, 2000.
14. O’.Tolipov, M.Usmonboeva. Pedagogik texnologiya:nazariya va amaliyot.
T.: «Fan», 2005.
15. Farberman B.L. Peredovыe pedagogicheskie texnologii. T.: FAN, 2000.
avrilov M.V. Informatika informatsionnыe texnologii: Uchebnik dlya studentov vuzov. - M.: Gardariki, 2006. - 655 str.
lifer V.G., Olifer N.A. Kompyuternыe seti: Printsipы, texnologii, protokolы. Uchebnik. 2-e izd. - SPb.: Piter, 2005.
epodavanie v seti Internet: Uchebnoe posobie. Otv. Red. V.I. Soldatkin.-M.: Vыsshaya shkola, 2003, - 792 str.
aldin K. V., Informatsionnыe sistemы v ekonomike: Uchebnik. – 3-e izd. – M.: Izdatelьstvo – torgovaya korporatsiya «Dashkov i K» 2006 – 395 s.
21 www.compress.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |