Boshlang`ich sinfda axborot texnologiyalari


O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasiga ilovalar namunasi



Download 45,93 Mb.
bet108/201
Sana30.05.2022
Hajmi45,93 Mb.
#619905
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   201
Bog'liq
amaliy

O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasiga ilovalar namunasi


1-ilova
PowerPoint vositalari bilan o’rgatuvchi dasturlar
PowerPoint vositalari bilan o’rgatuvchi dasturlarni yaratish
O’rgatuvchi dasturlar alohida o’rin egallaydi hamda yangi bilimlar va uquvlarni egallash uchun mo’ljallangan. O’rgatuvchi dasturlarni, odatda, an’anaviy o’qitish metodikasi bo’yicha tuziladi: axborot portsiyasi va nazorat yoki o’zini o’zi nazorat. PowerPoint vositalari faqat o’zini o’zi nazorat qilishni tashkil etish imkonini beradi, shu bilan birga o’zini o’zi nazorat qilish turli topshiriqlarni to’g’ri javobni taklif etilayotgan ro’yxatdan tanlash bilan bajarish yo’li orqali amalga oshiriladi. PowerPoint vositalari bilan o’rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqishning bir necha bosqichlarini ajratish mumkin:
1) pedagogik stsenariyni yozish;
2) ayrim slaydlarni yaratish;
3) slaydlarni komponovkalash;
4) dasturni namoyish qilish;
2-ilova
Pedagogik stsenariyni yozish
O’rgatuvchi dasturni ishlab chiqish pedagogik stsenariyni yozishdan boshlanadi. Pedagogik stsenariy ta’lim jarayonida foydalanuvchi va EHM dialogini, dastur bilan ishlash bo’yicha qisqa yo’riqnomalarni o’z ichiga oladi.
Pedagogik stsenariyni yozish bosqichida quyidagi asosiy vazifalarni hal etish kerak:
1) PDVdan foydalanish maqsadini konkretlashtirish;
2) o’quv materialining logik strukturasini tahlil qilish;
3) o’qitish metodini tanlash;
4) zaruriy o’quv materialini tanlash;
5) o’quv materialini sintezlashni o’tkazish;
6) o’qitish algoritmini ishlab chiqish.
PDVdan foydalanish maqsadlarini konkretlashtirishda quyidagilarni hisobga olish zarur :
1) mazkur o’quv fanini o’qitish maqsadlari;
2) predmet bo’yicha darslar tizimida mazkur darsning o’rni;
3) mazkur ta’lim bosqichida o’quvchining imkoniyatlari.
O’qitish maqsadlarini aniqlashda mazkur PDVni qaysi o’quv vazifalarini hal etish usuli (uquvlarni shakllantirish, umumlashtirish va tizimlashtirish), foydalanish maºsadga muvofiºligi, qaysi darslarda (va qaysi joyda) u qo’llanilishi muhimligini aniqlash zarur. Bir dars darajasida o’qitish maqsadlarini aniqlash uchun o’quvchilar tayanch bilimlari darajasi, uºuvlar va malakalarning shakllanganlik darajasini aniqlash, ayrim dalillar, tushunchalar, qonuniyatlar va qonunlarni optimal o’rganish ketma-ketligini belgilab olish lozim.
O’quv materialini tahlil qilish davomida mazkur materialni EHM yordamida o’rganish maºsadga muvofiºligingi aniqlash; bilimlar qaysi darajada o’zlashtirilishi, uºuvlar va malakalar qaysi darajada shakllanishi zarurligini, bu material qanday ketma-ketlikda o’rganilishi zarurligini aniqlash lozim.
O’qitish metodlarini tanlashda quyidagi ikkita asosiy masalani hal etish zarur bo’ladi:
1. PDVdan an’anaviy o’qitish metodlari tizimida foydalanish o’rnini aniqlash, mazkur PDV qaysi darslarda, qaysi ketma-ketlikda, qanday maqsad o’rganilishini, PDVdan foydalanish an’anaviy ta’lim metodlar bilan qanday biriktirilishini aniqlash.
2. mazkur PDVda foydalanish maºsadga muvofiº bo’ladigan metodlar majmuasini aniqlash.
Birinchi vazifani hal etishda boshlang’ich sinflar o’quvchilarning Kompyuter oldida ishlash vaqti ergonometrik talablarga asosan 10-15 sinutdan oshmasligi kerakligini esda saqlash kerak [3].
Ikkinchi masalani yechishda o’quv materialini berish logikasini hal etish lozim: intuitiv yoki deduktiv metod.
Induktiv metoddan foydalanishda o’quv materialini bayon qilish xususiy tushunchalardan umumiy tushuncha tomon boradi. O’rganiladigan material asosan faktik xarakterda bo’lganida (bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish) bu metoddan foydalanish maºsadga muvofiºdir.
Deduktiv metod materialni umumiydan xususiyga tomon bayon qilinishini nazarda tutadi. Deduktiv metoddan foydalanish o’quv materialini tez o’rganish, o’quvchilarda abstrakt tafakkurlashning rivojlanishiga, tahlil va sintezni o’tkazish uquvining rivojlanishiga yordam beradi.
Zaruriy o’quv materiali tanlab olinganidan keyin uni sintez qilish va strukturalash zarur. Buning uchun butun o’quv materialini Kompyuter displeyi oldida idrok qilish uchun qulay bo’ladigan axborotning kichik logik portsiyalariga ajra­tish lozim. Bunday axborot portsiyalari kadrlar (PowerPoint da slaydlar) deb ataladi. Kadr (slayd) displey ekranidagi butkul shakllantirilgan tasvirdan iborat. Bunday bo’linish eski va yangi tasvir orasidagi chegarani aniqlash imkonini beradi.
Taqdim qilinadigan axborotning xarakteri bo’yicha kadrlarni statik va dinamik kadrlarga bo’lish mumkin. Statik kadrlarning imkoniyatlari cheklangan bo’lsada, ular alohida plakatlarni eslatadi. Dinamik kadrlardan foydalanish juda samaralidir, bularda PowerPointning grafik va animatsion imkoniyatlaridan keng foydalaniladi.
Kadrlarni ta’lim maqsadlarini amalga oshirilishiga muvofiq ravishda bir necha tiplarga bo’lish mumkin .
1) axborotli kadrlar – biror axborotni xabar qiluvchi kadrlar;
2) ma’lumotnoma kadrlar – olingan axborotni qayta ishlab chiqishni tashkil etuvchi kadrlar;
3) nazorat qiluvchi kadrlar – savollar, topshiriqlarni o’z ichiga olgan va materialning o’zlashtirilishi ustidan nazoratni ta’minlovchi kadrlar;
6) tushuntiruvchi kadrlar – aytib berish, tushuntirishni taqdim etuvchi kadrlar;
7) yo’riqnoma kadrlar – dastur bilan ishlashni tushuntiruvchi kadrlar.
Mazkur kadrlar tiplaridan o’rgatuvchi dasturlarni yaratishda sof ko’rinishda yoki bir-biri bilan qo’shilgan holatda foydalanish mumkin.
Kadrlar bir qator talablarga javob berishi lozim:
1) o’quvchilarga taqdim etiladigan o’quv materiali yaxshi illyustratsiyalangan, maksimal ixchamlangan va aniq struktura­langan bo’lishi lozim;
2) ekrandagi matn yaxlit bo’lmasligi lozim, uning kichik xat boshilarga ajratish zarur;
3) rangni me’yordan oshirib yubormaslik lozim, chunki bu fikrni jamlashga xalal beroadi, diqqatni chalg’itadi;
4) o’quv materialini berishga an’anaviy ta’limda qabul qilingan yozuv shaklidan foydalanish maºsadga muvofiºdir, qisqartmalardan, kasbiy jargonlardan qochish lozim;
5) axborotning berilish tezligini boshqarishni o’quvchining o’ziga berish lozim.
Pedagogik stsenariyni alohida blanklar ko’rinishida tayyorlash qulayroqdir, ularda displey ekranining axboroti, kadr tipi va navbatdagi kadrga o’tish yo’nalishi ko’rsatiladi. Bir kadrdan boshqasiga o’tishlarning umumiy strukturasini graf ko’rinishila tasvirlash maºsadga muvofiºdir, buning uchun uning uchlari – kadrlar (slaydlar) nomerlari, qirralari esa – navbatdagi kadrga o’tish yo’nalishi strelkasi bo’ladi.
3-ilova
Pedagogik stsenariyni taxt qilish uchun uch tipdagi blanklarni ajratish mumkin.
Birinchi tip faqat bitta chiqishga ega bo’lgan (axborotli, ma’lumotnomali, yo’riqnomali) kadrlar uchun to’g’ri keladi.

Kadr tipi va nomeri




O’qish yo’nalishi




Ikki tip kadrlar o’quvchining javobga faqat ikkita reaktsiyasi – “to’g’ri”, “noto’g’ri” nazarda tutilgan nazoratlovchi kadrlarni tavsiflash uchun foydalanilish mumkin.





Kadr tipi va nomeri




+

O’qish yo’nalishi

-

Uchinchi tip blanklardan o’quvchilar javoblarini yana ham puxtaroq tahlil qilishda (“to’g’ri”, “noto’g’ri”, “to’lamas” va h.k.), keyingi sa’y-harakatlar (menyu ro’yxatidan) variantini tanlashda foydalaniladi.





Kadr tipi va nomeri




-2

O’qish yo’nalishi

+

-3

-

Keyingi ikki tipdagi blanklardan ko’pincha o’quvchilar ish jarayonida savollarga javob berishlari, topshiriqni bajarishlari, ma’lumotnomaga, aytib berishga murojaat qilishlari kerak bo’lganda axborot kadrlarini tavsiflash uchun foydalaniladi.





Download 45,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish