O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasiga ilovalar namunasi
MS POWERPOINT DASTURIDA TAQDIMOT OB’EKTLARIDA ANIMATSIYa
Slaydlarga maxsus effektlar qo’shish
PowerPoint slaydlariga turli animatsion effektlarni o’rnatish mumkin.
Slaydlarga animatsion effektlarni qo’llash orqali slaydlarning rang-barangligi
oshiriladi.
PowerPoint slaydlariga animatsion slaydlar quyidagicha qo’yiladi:
Bosh menyuning Pokaz slaydov (Slaydlar namoyishi) bo’limiga kiriladi
Effektы animatsii (animatsiya effektlari) tanlanadi
Hosil bo’lgan oynadan slayd uchun mos keluvchi animatsiya effekti tanlanadi
Nastroyka animatsii (animatsiyani sozlash) oynasidan Dobavitь effekt
(Effektni sozlash) tugmasini bosing va zarur yulduzchani tanlang va quyidagi
amallardan birini bajaring:
Diagrammani to’laligicha animatsiyalashtirish
1. Agar slaydlar namoyish etilayotganda tekst yoki vizual effekt bilan
keluvchi ob’ektni ekranga chiqarish kerak bo’lsa, Vxod (Kirish) tugmasini bosib,
kerakli effektni tanlang.
2. Agar muayyan bir vizual effektni slaydda joylashgan tekst yoki ob’ektga
kiritish kerak bo’lsa, Vыdelenie (Ajratish) tugmasini bosing va kerakli
effektni tanlang.
3. Agar muayyan bir tekst yoki ob’ektdagi vizual effektni orqa fonga
o’tkazish kerak bo’lsa Vыxod (CHiqish) tugmasini bosing va kerakli effektni
tanlang.
1. MS PowerPoint dasturiga kiring.
2. Sarlavha satriga “MS POWERPOINT dasturi” yozuvini va qo’shimcha
sarlavha satriga “Taqdimotga jadval va diagramma o’rnatish” yozuvlarini
kiriting.
3. Dastur oynasi o’ng qismida joylashgan masalalar bo’limidan Dizayn
slayda – SHablonы oformleniya buyrug’ini tanlang va biror bir dizaynni tanlang.
Masalan, “Pastelь”.
4. Ctrl+M qo’shtugmani bosing yoki Vstavka (Joylash) menyusidan Sozdatь
slayd (Slayd yaratish) buyrug’ini tanlang.
5. Natijada yangi slayd hosil bo’ladi. Razmetka slayda (Slayd tuzilishi)
bo’limidan Zagolovok i tablitsa (Sarlavha va jadval) tuzilmasini tanlang.
6. Slayd sarlavhasiga Jadvalga misol yozuvini kiriting. Yozuv o’lchamini 60
pt, rangini esa ko’k qilib belgilang.
7. Vstavka tablitsы (Jadval joylash) qismiga sichqonni olib boring va
qo’shchertki bilan uni tanlang.
8. Vstavka tablitsы (Jadval joylash) muloqot oynasida yaratilayotgan
jadval nechta satr va ustundan iboratligini ko’rsating va OK tugmasini bosing.
Masalan, 3 ta ustun va 5 ta satr.
9. Jadvalga quyida ko’rsatilgandek ma’lumot kiriting:
10. Uchinchi slaydni yarating. Buning uchun Ctrl+M qo’shtugmasini bosing yoki
Vstavka (Joylash) menyusidan Sozdatь slayd (Slayd yaratish) buyrug’ini tanlang.
11. Yangi slaydning tuzilmasini belgilash uchun Razmetka slayda (Slayd
yaratish) bo’limida Zagolovok, sxema ili organizatsionnaya diagramma (Sarlavha,
sxema yoki diagramma) tuzilmasini tanlang.
12. Zagolovok slayda (Slayd sarlavhasi) sarlavha satriga Tashkiliy
diagramma yozuvini kiriting. Uning o’lchami 54 pt va rangini yashil belgilang.
13. Diagramma kiritish qismiga sichqonning ko’rsatkichini olib boring va u
erga 2 marta tez-tez bosing.
14. Biblioteka diagramm (Diagrammalar kutubxonasi) muloqot oynasida
yaratilayotgan diagramma tuzilishini tanlang.
15. Tashkiliy diagrammaga ma’lumot kiriting va u quyidagi ko’rinishga
ega bo’ladi:
16. Taqdimot faylini Taqdimot2 nomi bilan saqlang. Buning uchun Ctrl+S
qo’shtugmani yoki Fayl menyusidan Soxranitь (Saqlash) buyrug’ini tanlang.
17. Hosil bo’lgan muloqot oynasida Imya fayla satriga fayl nomini
kiriting va Soxranitь (Saqlash) tugmasini bosing.
1. MS PowerPoint dasturiga kiring.
2. Sarlavha satriga MS POWERPOINT dasturi yozuvini va qo’shimcha sarlavha
satriga Taqdimotga fotosuratlar o’rnatish yozuvlarini kiriting.
3. Dastur oynasining o’ng qismida joylashgan masalalar bo’limidan Dizayn
slayda – SHablonы oformleniya (Slayd dizayni – SHakllantirish qoliplari)
buyrug’ini tanlang va biron-bir dizaynni tanlang. Masalan, Profilь (Oldidan).
4. Ctrl+M qo’shtugmani bosing yoki “Vstavka” menyusidan “Sozdatь slayd”
buyrug’ini tanlang.
5. Yangi slaydning tuzilmasini belgilash uchun Razmetka slayda bo’limida
Zagolovok i tekst (Sarlavha va matn) tuzilmasini tanlang.
6. Sarlavha satriga Imkoniyat yoki boshqa ro’yxatni belgilash yozuvini
kiriting. O’lchamini 34 pt, rangini qizil qilib belgilang.
7. Tekst slayda qismiga biror bir ketma-ketlikni kiriting.
8.
9. Ctrl+M qo’shtugmani bosing yoki bosh menyuning Vstavka (Joylash)
bo’limidan Sozdatь slayd (Slayd yaratish) buyrug’ini tanlang.
10. Yangi slaydning tuzilmasini belgilash uchun Razmetka slayda bo’limida
Zagolovok i chetыre ob’ekta (Sarlavha va to’rtta ob’ekt) tuzilmasini tanlang.
11. Zagolovok slayda satriga Fotosuratlar yozuvini kiriting va o’lchamini
42 pt, rangini esa to’q ko’k belgilang.
12. Har bir ob’ekt markazida Dobavitь risunok (Rasm qo’shish) tugmasini
bosing va ixtiyoriy rasmni tanlang. Xuddi shunaqa amalni yana 3 marta bajaring.
13. 4 ta rasm o’rnatganingizdan keyin slayd taxminan quyidagi ko’rinishga
ega bo’ladi:
14. Taqdimot faylini Ctrl+S qo’shtugma yoki bosh menyuning Fayl bo’limidagi
Soxranitь (Saqlash) buyrug’i yordamida Taqdimot5 nomi bilan saqlang.
15. Hosil bo’lgan muloqot oynasida Imya fayla (Fayl nomi) satriga fayl
nomini kiriting va Soxranitь (Saqlash) tugmasini bosing.
Do'stlaringiz bilan baham: |