II BOB. FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR NUTQ O‘STIRISH VOSITASI SIFATIDA
II.1. Xalq iboralarining o‘rganilishi va ularning semantik xususiyatlari
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida’’ gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunlari va “Kadlar tayyorlash Milliy dasturi” ga muvofiq yangilanib borayotkan ta’lim tizimi Boshlang‘ich ta’lim oldiga ham yangicha talablarni qo‘ymoqda. Jumladan, Boshlang‘ich ta’limda ona tili fanini o‘qitishning bosh maqsadi o‘z fikrini erkin va ta’sirli qilib yozma va og‘zaki shaklda ifodalay oladigan, o‘zbek tili qonun - qoidalarini ongli o‘zlashtirishga hamda nazariy bilimlardan o‘rinli va to‘g‘ri foydalana oladigan, nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishga qaratilgan.
Shu bois birga Ta’lim mazmunining yangilanishida “o‘quvchi o‘quv jarayonining faol ishtirokchisi’’ tamoyiliga o‘tilgani bois dars jarayonini zamonaviy pedagogik texnalogiyalardan foydalangan holda noan’anaviy tarzda tashkil etish, o‘quvchilarning erkin ijodkorligi va mustaqil izlanuvchanligini oshirish talabi qo‘yilmoqda. Bu talablar asosida avvalo, nutq o‘stirish turadi.
O‘quvchilar nutqini o‘stirishda lug‘aviy birliklar - so‘z va frazeologik birliklar (iboralar), tasviriy ifodalar asosiy o‘rin tutadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining birinchi o‘rinda vazifasi kichik yoshdagi o‘quvchilar nutqini o‘stirish bo‘lib, bu asosan, “Ona tili va o‘qish savodxonligi’’fanini o‘qitish asosida amalga oshiriladi. O‘quvchilar nutqini o‘stirish tizimida leksik - frazeologik ishlarning o‘rni va ahamiyati muhim sanaladi. Umumiy o‘rta ta’lim DTS va o‘quv dasturi talablaridan kelib chiqib o‘quvchilarda nutqiy kompetensiya elementlari leksik - frazeologik ishlar asosida shallantiriladi. Ya’ni 1-4 sinf “Ona tili va o‘qish savodxonligi” fani darsliklarida berilgan matnlar tahlili davomida quydagi leksik - frazeologik ishlarni amalga oshirish zarur:
Leksik – frazelolgik birliklarni o‘zaro farqlash.
Lug‘at ustida ishlash.
Leksik - frazeologik tahlil
Leksik – frazeologik birliklarni o‘zaro farqlashda asosiy e’tibor frazeologik birliklarni o‘rgatishga qaratiladi. Boshlang‘ich ta’lim ona tili darsliklarida berilgan martnlarda lug‘aviy birliklar qatorida frazeologik birliklar ham faol qo‘llanilgan bo‘lib, mazkur birliklarni maxsus o‘rganish o‘qituvchilar nutqini rivojlantirish, so‘zamolligini oshirish, badiiy tafakkurni o‘stirishda muhim ahamiyatga ega
Shuningdek, frazeologik birliklarni o‘rganishning quydagi muhim jihatlari bor:
O‘quvchilar frazeologik birliklarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishadi;
Frazeologik birliklarni qo‘shma so‘z va boshqa lug‘aviy birliklardan farqlashni o‘rganadi;
Frazeologik birliklarni sintaktik birlik (so‘z birikmasi, gap)lardan farqlashni o‘rganadi;
Frazeologik birliklarning matn (badiiy va ilmiy – ommabop matn)larda anglatgan ma’nosi va vazifasini o‘rganadi;
O‘quvchilar nutqi frazeologik birliklar asosida rivojlanadi.
Tilimizda necha asrlardan beri keng qo‘llanib kelayotgan, obrazli fikr ifodasi bo‘lmish frazeologuik birliklar mavzusi bo‘yicha alohida soat (dars) ajratilmagan bo‘lsa-da, frazeologik birliklarni o‘rganish va undan nutqda unumli foydalanish ko‘nikmasini 1-4 sinflarda butun o‘quv yili davomida gap ustida ishlash, matn ustida ishlash, matnlarni tahlil qilish, nutq o‘stirish, bog‘lanishli nutqqa o‘rgatish darslarida shakllantirish mumkin. Darhaqiqat, o‘quvchilarning ijodiy tafakkuri va nutqini o‘stirishda frazeologik birliklarni nutqda qo‘lay olishning ahamiyati katta ahamiyatga ega, ularning bu mavzu bo‘yicha olgan bilimlarini mustahkamlash va ulardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalana olish ko‘nikmasini hosil qilishda ona tili o‘qish darslarida turli mashqlar tizimidan foydalaniladi. Bunda avvalo, frazeologik birliklarning o‘ziga xos leksik - semantik, uslubiy xususiyatlari, ularning qo‘llanishiga ko‘ra faol va nofaol turlari, lug‘aviy va semantik birliklarga o‘xshash va farqli jihatlarini o‘qituvchining o‘zi anglab yetishi va ularni o‘rgatishning yangi pedagogik texnalogiyalarini, o‘qitish metodlarini qo‘llay olishi kerak.
Frazeologik birliklarni o‘rgatish bosqichma – bosqich amalga oshiriladi:
Ilk bosqichda frazeologik birliklarning o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, ularning leksik – semantik ma’nolari haqida dastlabki tushunchalar shakllantiriladi. Bu asosan amaliy topshiriqlar va qisman nazariy savol - javoblar orqali amalga oshiriladi. Asosiy bosqichda frazeologik birliklarning so‘z, qo‘shma so‘z kabi lug‘aviy birliklar hamda maqol, aforizmlar, tasviriy ifodalar kabi barqaror birikmalardan farqlanishi o‘rganiladi. Bunda Professor A.A.Yo‘ldoshev talqini bo‘yicha, lug‘aviy birliklar va frazeologik birliklarning o‘zaro o‘xsash va farqli jihatlari mashqlar tizimi aosida o‘rgatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Professor A.A.Yo‘ldoshev “Frazeologik birliklar deb o‘rganilayotgan iboralar ayrim xususiyatlar bilan lug‘aviy birliklar, xususan, qo‘shma so‘zlarga yaqinlashadi. Frazeologik birliklar bilan qo‘shma so‘zlar o‘rtasidagi farq struktural jihatdan emas, balki, semantik-funksional, ya’ni uslubiy jihatdan yaqqol ko‘zga tashlanadi”5 deb ta’kidlaydi.
Qo‘shma so‘zning leksik ma’nosi obraz orqali emas, balki, bevosita ifodalanadi, frazeologik birliklarda esa ma’no ko‘chima (majoz) orqali ifoda etiladi, lekin frazemadagi bu ko‘chma ma’no qismlarining nominativ - o‘z (atash) ma’nolariga taynadi. Haqiqatdan ham, so‘z (qo‘shma so‘z) larda to‘g‘ri (o‘z) ma’no yetakchi bo‘lib, ularda obrazli ma’no global xususiyatga ega. Kichik yoshdagi o‘quvchilarga mazkur birliklar o‘rtasidagi farq va tafovutlarni ularning yosh xususiyatlari va saviyalarini hisobga olgan holda o‘rgatish lozim. Bunda har bir birlik - so‘z, qo‘shma so‘z, maqol, aforizmlarni o‘zigagina xos bo‘lgan maxsus belgilari asosida ajratib olish ko‘nikmasi shakllantirilib boriladi. Xullas, frazeologik birliklarni “lug‘aviy birlik” deb so‘z birikmalaridan “bittadan ortiq so‘zdan iborat” deb qo‘shma so‘zlardan, “yaxlitligicha ko‘chma ma’no ifodalaydi” deb to‘g‘ri ma’noli barqaror birikma (maqol, matal va aforizm)lardan farqlashni tizimli mashqlar asosida bosqichma – bosqich o‘rgatib borish mumkin.
Yakuniy bosqichda frazeologik birliklarni sintaktik birliklar - so‘z brikmasi, gapdan farqlash, matnlarda qo‘llangan frazeologik birliklarni ajratib olish malakasi shakllantiriladi, nutq, aynan bog‘lanishli nutqda ularning qo‘llanish o‘rni va vazifalari qisman nazariy o‘rgatib borish foydadan holi bo‘lmaydi.
A.A.Yo‘ldoshev frazeologik birikmalarni sintaktik birliklardan faqat kelib chiqish jihatdangina struktural yaqin ekanligini ta’kidlaydi. Professor S.N.Muratov esa frazeologik birliklarni erkin so‘z birikmalaridan quyidagi belgilariga ko‘ra farqlaydi:
1) semantik yaxlitlik;
2) obrazlilik
3)ko‘chma ma’nolilik.
Lug‘at ustida ishlash boshlang‘ich sinflarda nutq o‘stirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Bunda o‘qish, badiiy asarni qayta hikoyalash, materialni o‘rganish, bayon va inshoga tayorlanish bilan bo‘liq holda o‘quvchilar lug‘atdaini 1-4“sinf ona tili va o‘qish savodxonligi” darsliklari matnlarida qo‘llaniladiggan baqrqaror birikmalar ustida ishlash, o‘quvchilar uchun notanish bo‘lgan so‘z va frazeologik birliklar ma’nosi ustida ishlashda lug‘atlardan foydalanish, frazeologik brikmalar ma’nosini
o‘ganish darslarini o‘tkazish, lug’at ustida ishlash mashqlarining turlaridan foydalanish, o‘quvchilarda frazeologik birlik (ibora) bilan so‘z birikmasini o‘zaro farqlash ko‘nikmalarining darajasini belgilash ishlarini amalga oshirish mumkin.
Leksik – frazeologik tahlil vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilar nutqini o‘stirish quydagi uch asosiy omilga bog‘liq:
Birinchidan, matndan so‘z va frazeologik birliklarni ajratishga e’tibor bilan munosabatda bo‘lish, bollarning to‘g‘ri va ifodali nutqi, ya’ni nutqiy sharoit;
Ikkinchidan, bolalarning nutqiy tajribasi qanday tashkil etilishi;
Uchinchidan, nutq o‘stirishda o‘qituvchining til nazariyasi bilan birga leksikalogiya va frazeologiya elementlariga asoslanish ko‘nikmasiga bo‘liq.
Ibora atamasi bilan frazeologik birlik atamasi teng kuchli bo`lib, ilmiy adabiyotlarda har ikkala termin bir xilda qo`llaniladi. Professor Sh.Rahmatullayev “Nutqimiz ko`rki” asarida ibora va frazeologik birliklar atamalarini teng ma`noda qo`llab, ularga quyidagicha ta`rif bergan: “Bittadan ortiq leksik negizdan tarkib topgan, tuzilishi jihatidan birikmaga, gapga teng , mazmunan bir so`zga ekvivalent, yaxlitligicha ustama ko`chma ma`no anglatuvchi lug`aviy birlikka ibora (frazeologik birlik) deyiladi. “Ma`lumki, tilning ko`plab funksiyalari mavjud: nominativ, ekspressiv-emotsional, kumulativ, kommunikativ. Bu vazifalar iboralarda ham mavjud. Shuningdek, tilga turlicha tarif beriladi.
1. Vazifasi nuqtai nazaridan
2. Tuzilish mexanizmi nuqtai nazaridan.
3. Semiotik nuqtai nazaridan.
4. Axborot uzatish nuqtai nazaridan.
5. Gnoseologik nuqtai nazaridan.
Bu tariflar iboralarda ham akslanadi. Shu bois iboralarning tildagi o`rni, til taraqquyoti masalasiga alohida e`tibor berildi.
Ikki va undan ortiq so‘zdan tarkib topgan va yaxlit bir ko‘chma ma’noni ifodalaydigan, ta’sirchanlikka ega bo‘lgan til birligi ibora (frazeologik birlik) deyiladi: qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan (yuvosh), kapalagi uchib ketdi (qo‘rqdi) va h.k. Iboralar ahamiyati va qo‘llanishi jihatidan odatda so‘zga teng keladi. Iboralar ko‘proq so‘zlashuv nutqida va badiiy asarlarda qo`llaniladi. Ulardan unumli foydalanish nutqning ta’sirchanligini oshiradi. Til fanining iboralarni o‘rganadigan bo‘limi frazeologiya deb ataladi. Iboralar ba’zan bog‘lovchilarga ham sinonim bo‘lishi mumkin: Shunga qaramay u kelmadi – Ammo u kelmadi. Iboralar o‘rtasida ham o‘zaro omonimlik, sinonimlik, antonimlik va paronimlik bo‘lishi mumkin: Omonim iboralar: dam bermoq – dam bermoq (hordiq bermoq); sinonim iboralar: tegirmonga tushsa butun chiqadi – suvdan quruq chiqadi; antonim iboralar: yerga urmoq – ko‘kka ko‘tarmoq; paronim iboralar: yuragi tars yorilib ketayozdi
(sabr chidami tugamoq) – yuragi qoq yorilayozdi (sevinganidan qattiq hayajonlandi.) Iboralar til birligi sanalib, tilimiz xazinasining naqadar boy va sermazmun ekanligidan darak beradi. Tilga esa ko`plab ta`riflar berilgan.
Til - millatning asosiy belgilaridan biri. Dunyoda xalqlar ko‘p. Lekin har bir xalq, avvalo, o‘z tili, milliy urf-odati va an`analari, o‘ziga xos turmush tarzi bilan ajralib turadi. Binobarin, xalqning, millatning o‘zligini namoyon qilishda o‘zbek tilning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. O‘zbek xalqi asrlar davomida dunyo sivilizatsiyasiga, umumbashariy qadriyatlar rivojiga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. Bunda o‘zbek tilimizning xizmati katta. Chunki bu til bo‘lmasa, Mahmud Qoshghariyning "Devoni lugatit-turk kitobi, Ahmad Yassaviy hikmatlari, Alisher Navoiy "Xamsa"si, Bobur Mirzoning "Boburnoma"si, Cho‘lpon va Abdulla Oripovning o‘tli she`riyati yaratilmagan bo‘lardi. Shuning uchun ona tilimiz millatimiz timsoliga aylanib ketgan. O‘zbek tili ezgu fazilatlar, yuksak tuyg‘ular manbaidir. U inson kamolotida betakror o‘rin tutadi. Inson uchun hayotiy zarur bilim va tushunchalar mana shu til vositasida ongu shuurimizga singadi, odobu axloqimiz, fe`l atvorimiz mana shu tilda berilgan o‘git va nasihatlar asosida shakllanadi. Ayniqsa, inson tafakkurining shakllanishi bevosita til bilan bogliq. Biz tilni bilganimiz sayin dunyoni ham bilib boramiz, fikrimiz o‘sadi, ongimiz yuksaladi. Shu bois buyuk shoir mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy til insonni hayvondan farqlab turadigan ne`mat ekanini ta`kidlab o‘tgan. Shu bois, B.M.Solnsev tilning bu belgilarining barchasini jamlagan xolda tilga quyidagicha tarif beriladi: "Til kishilar o`rtasida aloqa vositasi bolib xizmat qiluvchi sematik xususiyatga ega funksional moddiy sistemadir."
Til tabiatan tanho bir kuchki, u cho`g` olovni muzga, muzni esa olovga aylantira oladi. Til-sehrgar, sehrlovchi vosita. O`zbek tilini qunt bilan o`rgangan kishilargina uning serviqor qudratini bilib oladilar.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi hech mubolag`asiz o‘zbek xalqimiz taqdiridagi buyuk hodisadir. 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berish to‘g`risida O‘zbekiston Oliy Kengashining II sessiyasi qonun qabul qildi. Bu qonun o`zbek xalqi, millati umrini uzaytiradigan, tarixiy taqdirini mustahkamlashda xizmat qiladigan qaror bo`ldi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi 1992-yil dekabrda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi" da ham o‘z aksini topdi. Konstitutsiyaning 4-moddasida "O‘zbekiston Respublikasining davlat tili-o‘zbek tilidir" deb yozib qo‘yildi.
1991-yil 31-avgustda O‘zbekistonning mustaqil Davlat sifatida ajralib chiqishi, BMTga a’zo bo‘lib kirishi (1991-yil 1-iyul) munosabati bilan, O‘zbekiston hududida hamma millat, xalqlar o‘rtasida yaqinlik, hamjihatlikni o‘rnatish niyatida O‘zbekiston Oliy Kengashi 1995-yil 21-dekabrda "Davlat tili haqida" gi qonunning yangi tahririni qabul qildi. "Davlat tili haqida"gi qonunning yangi tahriri ham Prezident Sh.Mirziyoyevning "Hech kim o‘z millatini boshqalardan ustun qo‘ymasligi kerak" degan asosiy qonun qoidaga asoslanadi. Yangi tahrirdagi qonunda O‘zbekiston Respublikasining demokratik, tinchliksevar siyosati aniq o‘z ifodasini topgan. "Davlat tili haqida" gi qonun 24-moddadan iborat. O‘zbekistonda yashovchi barcha millatlar o‘z ona tillarida aloqa qilqo`lariga monelik qilmasligi (2-modda), ularning tillarida maktab-maorif va madaniy muassasalar (5-modda), pochta-telegraf, notarial idoralar, televideniye va radio bemalol faoliyat ko‘rsatish kafolatlangan. Boshqa millatlarning tillariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish (4-modda) ta’kidlanadi. Bu qonun O‘zbekistonda yashovchi faqat o‘zbeklarniki emas, bu yurtda yashayotgan, shu yurtning rivoji, istiqboli uchun jon kuydirayotgan barchaniki. Dunyoning 20 dan orliq rivojlangan mamlakatlarida o‘zbek tilining o`qitilishi yetakchi oily o`quv yurtlari o`quv dasturiga kiritilganligj, tarixiy shoh asarlarimiz dunyoning ko‘pgina tillariga tarjima qilinishi va jahon adabiyoti durdonalari qatoridan o‘rin olganligi o‘zbek tilining qanchalik olamshumul ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Til kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti jarayonida ijtimoiy ong mahsuli sifatida yuzaga kelgan moddiy, ma’naviy va madaniy boyliklarning ifodasi bo‘lgan murakkab tizimdir. Tilning tabiati, mohiyati, jamiyatda tutgan o‘rni, ichki mexanizmi va qo`lash tamoyillarini ilmiy nazariy jihatdan idrok etishga intilish, uni ta’riflashdagi turlicha nuqtai nazarlar ifodasida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Jumladan:
1) til ijtimoiy ahamiyati e’tiboriga ko‘ra: kishilar o‘rtasidagi eng muhim aloqa quroli bo‘lib, xabar yetkazish, saqlash va qabul qilish vositasidir;
2) ichki qurilish nuqtai nazaridan: til turli unsurlar va ularning o‘zaro munosabatini ta’minlovchi qoidalar kombinatsiyasidir;
3) doimiy barqarorligi, yashovchanligi jihatidan: til jamiyat a’zolarining umumiy faoliyati mahsuli bo‘lib, nutq tovushlarining doimiy muayyan ma’no doirasida birlashuvi asosida yuzaga chiquvchi hosiladir;
4) aloqa almashuv (kommunikatsiya) nazariyasiga ko‘ra: til ma’no tashuvchi kodlar majmuyidir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, til bevosita kuzatishda berilmagan ijtimoiy hodisadir. U jamiyat a’zolarining ongida yashovchi, ular uchun tayyor, umumiy, majburiy bo‘lgan hamda fikrni shakllantirish va uni nutq jarayoni asosida ifodalashga xizmat qiladigan unsurlar va bu unsurlarni o‘zaro birikishi, bog‘lanishini belgilovchi qonun-qoidalar yig‘indisidan iborat murakkab sistemadir.
Nutq esa til tizimida mavjud birliklar va qoidalarining so‘zlash qobiliyati asosida yakka shaxs tomonidan muayyan kommunikativ (xabar berish, xabar olish) maqsadni amalga oshirish uchun ro‘yobga chiharilishidir. Til va nutq tushunchalari yaqin-yaqingacha farqlanmasdan kelinardi. Bu ikki so‘zni ma’nodosh (sinonim) so‘zlar sifatida qo`laverar edik. Keyingi paytlardagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, til va nutq tushunchalarini farqlash zarur ekan. Til deganda ma’lum xalq tomonidan qo`laniladigan uzoq tarixga ega bo‘lgan hodisani tushunishimiz kerak. Nutq esa shu tilning ma’lum paytda va ma’lum o‘rinda namoyon bo‘lishidir. Ayrim olimlar til va nutq tushunchalarini farqlashda shaxmat o‘yinini misol qilib keltirishadi. Shaxmat donalari taxtasi, shaxmat o‘yini qoidalari yig‘indisi tilga qiyos qilinadi. Har bir shaxmatchining o‘yin uslubi o‘ziga xos xususiyatlarini esa nutqqa o‘xshatishadi. Demak, ma’lum so‘zlar vositasida bitta fikrni turli ko‘rinqo`larda ifoda qilish mumkin. Bu esa shu nutqning yaratuvchisiga bog‘liqdir.
Bir kishining nutqi monolog, ikki kiashining nutqi dialog, ikkitadan ortiq kishining nutqi esa polilog deb yuritiladi. Nutqning yana og‘zaki va yozma ko‘rinishlari mavjud. Tilning umri uni yaratgan xalq umridek uzoq muddatli, xizmat doirasi keng, doimiy rivojlanib boyib boruvchi, hajmi o‘lchovsizdir. Nutq esa umri qisqa, hajman chegarali bo‘lib, monolog, dialog, polilog holatda, og‘zaki va yozma shaklda hamda turli badiiy janrlarda (roman, she’r, drama) yuzaga chiquvchi hosiladir. Shunday qilib, til va nutq orasidagi dialektik aloqani quyidagicha umumlashtirish mumkin:
6. Til bevosita kuzatishda berilmagan aloqa imkoniyati - nutq esa ushbu imkoniyatning voqelanishi, ro‘yobga chiqishidir.
7. Til barcha uchun umumiy – nutq esa har bir kishining xususiy faoliyatidir.
8. Tilning faoliyat muddati cheksiz, uzoq – nutqning faoliyat muddati esa cheklangan, qisqa.
9. Tildan foydalanish imkoniyati makon va zamon bilan bog‘liq emas – nutq jarayoni esa muayyan makon va zamon bilan bog‘langan bo‘ladi.
10. Til birliklari miqdoran chegaralangan – nutq birliklari esa cheklanmagan, davomiy bo‘ladi.
11. Til barqaror (statik) hodisa – nutq esa doimiy harakatlanuvchi (dinamik) hodisadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |