BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI TARBIYALAB TA’LIM BERAYLIK
Ma’lumki , har bir kishilik taraqqiyoti davrining o’ziga xos va mos tarbiyalash shakllari, vositalari, usullari bo’lgan.Boy o’tmishimizdagi tarbiyaning har bir turi, u yosh avlodni keksa avlod tajribalarini o’rganishdir. Bular esa turli marosimlar va urf-odatlar orqali amalga oshirilgan.Hamma tarbiyalar ichida ham shaxs tarbiyasi jamiyat taraqqiyotini tarannum etuvchi tarbiya, g’oyaviy tarbiyasi bo’lgan.Shuning uchun ham bu oiladagimi, bog’chadagimi, mahalladagimi , maktabdagimi, akademik litseydagimi, kasb-xunar kollejdagimi, oliy ta’lim muassasidagimi va xattoki akademiyalardagimi , hamma –hammasida beriladigan tarbiya yoshlar dunyoqarashini kengaytirishga, ongliligini oshirishga, vatan ravnaqi uchun kerak bo’lgan.Shuning bilan birga barkamol shaxs tarbiyasi har qanday kishilik jamiyatida ham insoniyatning asriy orzusi bo’lib kelgan.Ota –bobolarimiz azaliy ma’rifatli- donishmandlar bo’lib, ular qomusiy olimlar,hadis ilmi daaralari, shoirlar, yozuvchilar, tarixchilar, faylasuflar qolaversa, davlat arboblari hamda xalq qahramonlari bo’lganlar.O’tmish ota- bobolarimiz bu boradagi ezgu tilaklari avloddan –avlodga ko’chgan , kitoblardan qolgan.Bulardan xalqlar xabardor bo’lib ma’rifatli yurtboshlari aql – zakovati va homiyligi bilan hozirgi kungacha yetib kelgan.
Butun musulmon sharq fani va madaniyati taraqqiyotida Markaziy Osiyo donishmandlari yatakchi mavqeyni egallagan va IX- XX asrlarni musulmon madaniyatining “Oltin davri” deb e’tirof etilgan.
Ammo ta’lim sifati samaradorligiga erishish uchun qizg’in kurash ketayotgan hozirgi kunda tarbiyaviy ishlarda bo’shliqlar yaqqol sezilmoqda.Masalan, yoshlarimizning ongida yevropacha madaniyatga qiziqish ko’r – ko’rona ortganligi ayon bo’lmoqda. Bu yoshlarimizning kiyinishi va chet el estrada musiqasiga moyilligi ko’zga ko’rinmoqda.Shuningdek chekish, norkamniya,yengil yelpi yashash, yoshi kattalarga betgachoparlik kabi hislatlar, ya’ni o’zbekona tarbiyaga xos bo’lmagan illatlar uchrab turibdi.Eng achinarlisi,yoshlarimizning turli zararli oqimlar ta’siriga berilishi jamotchilikni tashvishga solmoqda.Darhaqiqat, ta’limning asosini tarbiya tashkil etadi.Tarbiya oilada farzand dunyoga kelgan kundan boshlanadi.Bizning tajriba, kuzatish shuni ko’rsatadiki qaysiki o’zaro ahil oilda yaxshi tarbiya olgan farzandlar o’qishda ham boshqalarga o’rnak bo’ladi. Bolalar tarbiyasiga e’tiborsiz oilalarda farzandlar xulq-odobida va o’qishida ham bo’shanglik mavjud.
Oila tayanchi, farzandlar tarbiyasida, ularda g’ururning shakllanishida ota – onaning dunyoqarashi, ro’li va ta’siri juda baland.Shuning uchun ham “Qush uyasida ko’rganini qiladi” deb bejiz aytilmagan.
Shuningdek, bola tarbiyasida mahallaning ham ro’li va ta’siri katta. Mahalla qadim-qadimdan tarbiya o’chog’i bo’lib kelgan.Bola tarbiyasida biron nojo’ya xatti-harakat sezilgudek bo’lsa, mahalla oqsoqollari nazoratga olishgan va uni tarbiyalash chora – tadbirlari ko’rilgan.Shuning uchun ham “Mahalla ham otang, ham onang”, deb bejiz aytlimagan.
Respublikamiz Prizedenti va hukumat, mahallalar ro’lini har tomonlama rivojlantirishga katta e’tibor bermoqda.Mahallaning joylardagi tarbiyaviy ta’sirini yanada oshirish uchun jamoatchilik asosida mahalla raisining Yoshlar masalalari bo’yicha maslahatchisi shtati ajratildi.
Xo’sh, mahallada ishlayotgan Yoshlar masalalari bo’yicha maslahatchisi olib borayotgan ishlar bizni qoniqtirayaptimi? To’g’ri mahallada katta obro’ga ega bo’lgan Yoshlar masalalari bo’yicha maslahatchisi olib borayotgan tarbiyaviy ishlar o’z samarasini bermoqda.Biroq, aksariyat mahallalarda Yoshlar masalalari bo’yicha maslahatchisi malakali bo’lib, tarbiyaviy ishlarga bosh-qosh bo’lmayapti. Ular mahalladagi mayda ishlar bilan band bo’lib qolgan.Ular bola tarbiyasi, oila, maktab va jamoatchilik hamkorligini xalqasi ro’li ijrosini tashkil eta olmayapti.Ayrim tuman (shahar) larimizdagi bo’lib o’tgan voqealar bunga yaqqol misoldir.
Endi ta’lim – tarbiyaning asosiy o’chog’i maktablarda tarbiyaviy ishlar haqida ham o’z mulohozalarimizni bildirmoqchimiz.To’g’ri maktablarimizda bu sohada ma’lum ishlar va tadbirlar o’tkazilmoqda. Boshlang’ich sinflardan boshlaboq “Odobnoma” darslari o’tilmoqda. Biroq darsdan tashqari bo’sh vaqtlarda o’quvchi nima bilan bandligi, qaysi to’garaklarga qatnashishi, badiiy kitob o’qiyotganligi haqida aniq ma’lumotlar yo’q hisobi.Chunki, bola o’zidagi yaxshi fazilatlarni badiiy kitoblardan oladi.Shuning uchun badiiy kitobga qiziqtirish yoshlar tarbiyasida muhim bosg’ich hisoblanadi.Bundan tashqari maktabda “Vatan tuyg’usi” , “Manaviyat asoslari” va shu kabi fanlar o’tilib, yoshlarimiz tarbiyasida bu fanlarni o’rganishning ham o’ziga xos o’rni bor. Tarbiya nafaqat ijtimoiy – gumanitar fanlarni o’rganishda balki tabiiy-ilmiy fanlarni o’rganishda ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.Tabiiy – ilmiy fanlardan ta’lim berishda ham Muhammad ibn Muso al-Xorazimiy, al – Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Ali Qushchi va shu kabilar ijodiy faoliyati hamda ular bilan bog’liq bo’lgan rivoyatlar, hikoyatlar hamda ularning ibratli hikmatlaridan foydalanish ham o’zining ijobiy pedagogik samaralarini berishi shubhasiz.Bular orqali yoshlarimiz ongida o’tmish - ajdodlarimizga hurmat uyg’otiladi.Shu bilan o’rta umumta’lim maktablardagi yoshlarimizni tarbiyalash balki ularni milliy tarbiyamizni targ’ibot qilishga ham tayyolanishimiz zarur bo’ladi.
Bu borada Institut, kollej, litsey va umumta’lim maktablarimizda viloyat va respublikamizning ko’zga ko’ringan fan namoyondalari, murabbiylar, xalqimiz sevgan shoirlar va sa’natkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda bu esa yosh avlodning tarbiyasiga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatmoqda.
Kishilik taraqqiyoti bosg’ichlariga e’tibor beradigan bo’lsak har ijtimoi taraqqiyot bosg’ichidan ikkinchisiga o’tish davomida o’sha jamiyat hayotining turli jabhalarida tub burilishlar qilinishiga to’g’ri kelgan.Ular har doim ham g’oyaviy- mafkuraviy sohada o’ziga xos muomolar yechimini topishni taqoza etgan.Bu jamiyat taraqqiyotiga mos ma’naviy – ma’rifiy ishlarni, ya’ni milliy g’oya va shular asosidagi milliy mafkurani shakllantirishni jonlantirishga inson omilini safarbar qilishdek muhim vazifadir.
Mustaqil O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi ham kelajagi buyuk davlat barpo etish, xalqning maqsad muddaolarini amalga oshirish, milliy istiqlol g’oyalarini yoshlar qalbi va ongiga singdirishdan iboratdir.
Oldimizga qo’yilgan oliyjanob maqsad, birinchidan eski tizmning mafkuraviy asoratlaridan batamom qutilish.Ikkinchidan g’oyaviy bo’shliq bo’lishiga yo’l qo’ymaslik.Uchinchidan begona va yot g’oyalarning xurujidan himoyalash.Ammo bu borada milliy ma’naviyatga xavf tug’diruvchi omillar mavjudligi, ular yosh avlod tarbiyasiga taxdid tug’dirish to’g’risidagi salbiy tasavvurlar mazkur yo’nalishdagi ishlarni qiyinlashtiradi.Bu xavfni tug’diruvchi omillarni quydagicha ifodalash mumkin:
-Tariximizni soxtalashtirishga bo’lgan urinishlar (sho’ro siyosati:”Din afyun”,”Amir Temurni bosqinchi”, Cho’lpon, Fitrat, Usmon Nosir, Abdulla Qodiriy va boshqalarni xalq dushmani deb o’qitishlar va x.k);
- G’ayri – ilmiy talqinlar (o’tmishdagi komil inson tarbiyasi haqidagi islomiy yo’nalishlar, diniy ta’limot o’z taraqqiyotini bulg’adi, deb qarashlar yoki Yassaviylik, Naqshbandiylik, yoki Ibroxim Mashrab va Xoji Ahror Valiy ijodlari talqini va unga o’xshashlar);
- Mafkuraviy taxdidlar (islom xalifaligi, akromiylar,vahobiylar, xizbut-tahrir va xokazo shunga o’xshash oqimlar ta’limotlari);
-Kishilardagi ma’naviy qiyofa : bilimlar, ilmga intilish, tashabbuskorlik, ijodkorlik, o’zligini anglash o’rniga yengil yo’l bilan moddiy – moliyaviy mustaqillikka erishishga harakat (chayqovchilik, pul evaziga ma’lum maqsadga yo’naltirilgan har xil oqimlar vazirlarining topshiriqlarini bajarish, giyohvandlik va norkobiznes bilan shug’ullanish va shunga o’xshashlar);
-Turli diniy aqidaparastlik, terroristik harakatlar(Namangan, Toshkent, Surxandaryo, Botkent voqealari);
-Sohta tasavvurlarga berilishlardan qutila olmaslik (turli islomiy oqimlar domiga tushishlar) va undagi unsurlarning “Jannat” ni va’da etishlar va x.k);
- Bugungi kunda jahonda va atrofimizda yuz berayotgan ijobiy o’zgarishlar, fan va texnika yangiliklari, intelektual rivojlanishlar bilan yoshlarning “Baravar qadam" tashlay olmasliklari (eavodeiz yoshlarning turli vayronkor g’oyalar vakillari fikrlarini o’zlariga ma’qul ko’rishlari va x.k);
Bu qayd etilgan omillarni bartaraf etishga bugungi kunda to’liq tarixiy, ma’naviy, ma’rifiy, ijtimoiy tashkiliy va eng asosiysi pedagogik asarlarimiz bor, chunki xalqimiz ongiga va qalbiga bunyodkorlik g’oyalarini singdirishga bo’lgan urinishlar va kurashlar uzoq tarixga ega.Jumladan, insoniyatning 3000 yillik ongli tarixiy-madaniy tajribasi, bunga guvohlik beradi.Eng qadimgi yozma obidalarimiz bo’lgan “Avesto” da ham bunyodkorlik tarannum etilgan.Undagi “Ezgu fikr-Ezgu so’z-Ezgu amal” tizimi kishilarni insonparvarlikka, faollikka, yaratuvchanlikka, pokizalilikka, adolatlilikka, ya’ni kishilarni o’zligini anglab yashashiga undaydi.Bunday tajovuzlarga qarshi tura oladigan har tamonlama barkamol yetuk insonlarni tarbiyalash zaruriyati xalqimiz va jamiyatimiz manfaatlarini mos, ya’ni mafkurasini shakllantirishni taqozo etmoqda.
Ma’lumki, milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalari quydagilardir: Vatan ravnaqi; yurt tinchligi; xalq farovonligi; komil inson tarbiyasi; ijlimoiy hamkorlik; millatlararo totuvlik; dinlararo bag’rikenglik.
Bu borada mamlaktimizning barcha ta’lim muassaalarida har haftada bir kun “Manaviyat kuni” sifatida mashg’ulotlar olib boriladi.Bu kuni asosan ta’lim oluvchilarmizga ma’naviy –axloqiy tarbiyalar beriladi.Ular ma’ruzalar, uchrashuvlar, ekskursiyalar,kino va teatrlarga ommoviy borish orqali amalga oshiriladi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, insoning insonligi ham avvalo ma’naviy – axloqiy jihatdan barkamolligi bilan belgilanadi.
Barkamol inson tarbiyasi esa ma’naviy – axloqiy tarbiya bilan bevosita bog’liq, quyidagi xislatlarni o’zida aks ettirmog’i lozim:
-U ota – onasi, farzandlari, qarindoshlari, butun oila a’zolari qo’ni-qo’shnilari, mahalla – ko’yi, hamqishloqlari va butun mamlakat xalq faravonligi haqida qayg’u uradi;
-U atrofdagi insonlarni o’ziga kerakligini xis etadi va o’zi ham ularga kerakli kishi bo’lishga intiladi;
-U odob-axloqli, fe’l-atvori yoqimli bo’lishini insoniy burch deb hisoblaydi;
-U ota-bobolaridan yodgor bo’lib qolgan madaniy merosni qadrlaydi,milliy qadryatlarni e’zozlaydi ba ularga sodiq bo’lib qoladi;
-Unda vatanparvarlik, xalqparvarlik,insonparvarlik tuyg’ulari barqaror bo’ladi;
-U o’zaro muomila munosabatda doimo o’rnak bo’lishga moyil bo’ladi;
-U birovning og’irini yengil qilishni odat qiladi;
-Umumxalq ma’qullagan konstitutsiyani hurmat qiladi va unga sadoqat namunalarini amalda ko’rsatadi;
-Vatanni himoya qilish, ya’ni harbiy-vatanparvarlik ruhida yashaydi;
-Diyonat va adolat, mehr-shavqat va ezgulikni himoya qiladi va va’daga vafoli bo’ladi va shu kabilar.
Demak, inson ongi qanchalik rivojlansa u o’zini shunchalik chuqurroq anglay boshlaydi, aksincha o’zini chuqurroq anglagan insoning ongi kuchliroq rivojlanadi.Bu esa biz o’qituvchi – murabbiylardan yoshlarimizni tarbiyalab ta’lim berishni taqozo etadi, chunki tarbiyalangan insongagina ta’lim berish jarayoni samarali kechadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek “Tarbiya qancha mukammal bo’lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi”
Jizzax viloyati Mirzacho’l tuman 10-maktab
ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha
direktor o’rinbosari: Umrzoq Tovbayev
Do'stlaringiz bilan baham: |