Pedagogik texnologiya - bu o`qituvchining o`quvchilarga o`qitish vositalari yordamida muayyan sharoitlarda ta`sir ko`rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. Pedagogik texnologiya - o`quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya. Pedagogik nashrlarda «o`qitish texnologiyasi», «ta`lim texnologiyasi» tushunchalari ham ishlatiladi
Pedagogik texnologiya inson ongi, tafakkuri bilan bog`liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushuntirish mumkin bo`lmagan pedagogik jarayonni ifoda etadi. Uning o`ziga xos jihati – tarbiya muammosini ham qamrab olishidir. Demak, texnologiya samaradorligi inson o`zining ko`p qirrali tomonlari bilan unda qanchalik to`liq namoyon bo`lyapti, uning psixologik-kasbiy jihatlari, ularning kelajakda rivojlanishi (yoki pasayishi) qanday hisobga olinyapti, degan savollarning yechimiga bog`liq ekan. Shu jihatdan olganda texnologiya shaxsning rivojlanish bosqichlarini loyihalashtirish, tashxislash kabi imkoniyatlarga ham ega bo`ladi. Bu esa pedagogning texnologik jarayon bilan ishlash qobiliyatiga bog`liq.
Darhaqiqat, zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini oshirфdi, o`quvchilarning mustaqil fiklash jarayonini shakllantiradi, o`quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o`zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko`nikma va malakalarini shakllantiradi.
Pedagogik texnologiya mohiyat jihatdan boshqa texnologiyalar bir safda turadi, chunki ular kabi boshqalari ham o`z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga ega, ma’lum “material“ bilan ish ko`radi.Biroq Pedagogik Texnologiyalar inson ongi bilan bog`liq bilimlar soxasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo`lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish, biologik xatto axborotli texnologiyalardan ajralib turadi. Uning o`ziga xos tomonlari –tarbiya komponentlarini mujassamlashtirganliklaridir. Pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz va an’anaviy o`quv jarayoniga, uning samarasini, oshirishga ta’sir ko`rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. Pedagogik texnologiya asosida o`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish imkoniyati tug`iladi va u o`qituvchining yaqin ko`makdoshiga aylanadi yoki uning funksiyalarini to`liq bajarishi mumkin. Natijada, mantiqiy bog`langan qisqa yo`llardan shunday olib boriladiki, oqibatda o`quvchilar deyarli xato qilmaydilar va o`quvchi ularning natijasini ma’lum qilish bilan mustahkamlash imkoniyatini yaratadi hamda ta’lim maqsadini to`la amalga oshirish sari yana yangi qadamlar qo`yiladi.
Pedagogik texnologiya – ta`lim-tarbiya jarayonlari, ta`lim usuli, vositalari, shakllari, o`qituvchi va tahsil oluvchi o`rtasidagi munosabatlar majmui bo`lib, ta`lim jarayoniga tizimli, texnologik yondashuvni talab qiladi va o`zida ta`lim maqsadlarini oydinlashtirishni, natijasini kafolatlashni va ob`ektiv baholashdek muhim belgilarni aks ettiradi .
Do'stlaringiz bilan baham: |