BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI FANLARNI EGALLASHGA BO’LGAN QIZIQISHLARINI SHAKLLANTIRISH USLUBIYOTI
Qo’qon davlat pedagogika instituti v.b.professori Jamoliddinova Dilnoza Mirhojiddinovna, Farg’ona davlat universiteti Magistratura bo’limi 1-bosqich magistranti Millaboyeva O’lmasxon Salimjonovna
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada matematika fanini o’rganishning ahamiyati va fanni oson o’zlashtirish uslublari, bu borada allomalarning qarashlari hamda bolalarni matematikaga qiziqtirish yo’llari –metodikasiga doir ko’rsatmalar ko’rsatib o’tilgan.
АННОТАЦИЯ
В этой статье обсуждается важность изучения математики и способы облегчить ее изучение, мнения ученых по этому вопросу и рекомендации по привлечению детей к математике.
ANNOTATION
This article discusses the importance of learning math and how to make it easier to learn, scholars' opinions on the subject, and recommendations for getting kids involved in math.
Kalit so’z: matematika, bilim, ko’nikma, sabr, o’quvchi, mohiyat, tafakkur, mushohada, mulohaza.
Ключевые слова: математика, знание, умение, терпение, ученик, сущность, мышление, наблюдение, размышление.
Key words: mathematics, knowledge, skill, patience, student, essence, thinking, observation, reflection.
Tabiat matematika tilida so’zlaydi: bu tilning harflari – doiralar, uchburchaklar va boshqa geometrik shakllardir.1 Har bir bolajon boshlang’ich sinf ostonasiga qadam qo’yar ekan, uning qalbida bir olam hayajon, o’ziga xos xavotir, bolalarcha beg’uborlik, mo’jizalarga, ajabtovur g’aroyibotlarga, mehribon hamda g’amxo’r insonlarga ishonch, shuningdek, xayolotidagi USTOZ va u bilan umrining beg’ubor damlari muhrlanib qoluvchi baxtiyor o’quvchilik ,bilimga ,bilim olishga chanqoq maktab davri haqidagi pokiza va beg’ubor tasavvurlar qurshovida bo’ladi. Mana shu ezgu tuyg’ularni ko’kka bo’y cho’zishi, barkamol avlodni kamol topishi pedagogning mahoratiga, uning saviyasiga, tajriba va malakasiga,o’z ustida ishlashi hamda izlanishiga, sinf ota-onalari bilan hamkorlikni to’g’ri yo’lga qo’ya bilishiga, bola qalbiga yo’l topa olishida, kuzatish, o’rganish hamda ustivor maqsadlar sari aniq maqsadli, puxta o’ylangan reja tuza bilishiga bog’liq, albatta. Matematika – aniq hisob-kitoblar, o’lchamlar, kattaliklar, qiymatlar, faraz va mushohadalar, muammolar yechimini isbotlab bera oladigan aniq fan demakdir. Savol tug’iladi, nima uchun matematikani barcha qiyin deb biladi?! Tan olib aytish joizki, sinfdagi bolalarning aksari, hatto ularning ota-onalari ham matematikani o’zlashtirish qiyin bo’lgan fan sifatida qaraydilar. Vaholangki, matematika – aniq fan, ya’ni matematik har qanday jumlaning misollarning aniq qiymati, har qanday masalaning yechimi, yechimi bo’lganda ham aniq yechimi mavjud bo’lgan aniq fan. Tenglamani olaylik, tengliklarni qonuniyat asosida o’z o’rnida qo’llasangiz, noma’lum son qiymati aniqlashadi; shakllar yuzasi va tomonlari uzunliklarini topmoqchi bo’lsangiz, har qanday shakllar uchun umumiy bo’lgan qolip - FORMULA yordamida tez va oson topib olishingiz mumkin. Masalan, har qanday to’rtburchak tomonlari uzunliklarining yig’indisi – P=2*(a+b), ya’ni tomonlari uzunliklari yig’indisini ikkilanganiga tengligi orqali osongina berilgan shaklning tomonlari uzunliklari yig’indisini topib olishimiz mumkin. Yuqoridagi formuladan kelib chiqib shuni bilib olish mumkinki, har qanday uchburchak perimetri- tomonlari uzunliklari yig’indisiga teng. Masalan, berilgan uchburchakning tomonlari a=6 cm, b=8cm, c=9cm bo’lsa, P=a+b+c bo’lib, P=6cm+8cm+9cm P=23cm degan javobga ega bo’linadi. Yoki, ifodalar yechimini topishda amallar ketma-ketligini bilish kifoya. Matematika 4 amal; qo’shish(+), ayirish(-), ko’paytirish(*), bo’lishdan(:) tarkib topgan. Zero, Galileo Galiley aytganidek , matematika bu kundalik hayotimiz, yashash tarzimiz, bizni o’rab turgan borliq–tabiat, to’g’rirog’i ko’zimiz bilan ko’rib, ong–tasavvurimiz bilan idrok etib tafakkur yuritadigan, natijasi naqd, mushohadasi aniq va ravon, ehtimol va farazlari to’g’ri, ijtimoiy va iqtisodiy masalalar shu fan bilan yechim topadigan, kundalik hayotimiz shu fan bilan har jihatdan chambarchas bog’liq bo’lgan muhim va ahamiyatli fan. Shunday ekan savol tug’iladi ,nega unda biz matematikani qiyin deb bilamiz? Nima uchun, uni bilishga intilishdan, o’rganishdan, osongina “qiyin fan” deb bahona qilamiz, fikrlashdan, fikr yuritishdan qochamiz?!
Shu o’rinda e’tiboringizga bir rivoyatni aytib o’tishni joiz deb bildik. Aytishlaricha bir yigit juda ko’p vaqt bilim olib, olgan bilimlarini zamonasining yuksak ilm dargohlarida mustahkamlab yetuklik darajasini olib uyiga qaytayotib, odamlardan mashhur bir donishmand haqida eshitib qoladi. Odamlar u zot -donishmandni har qanday savolga javob topa olishini, har qanday mushkulni chora-tadbir bilan hal etishini, hozirjavob va odil, kamtarin va zukko, shuningdek o’ta ulug’ insonligini aytib xo’p va ko’p donishmandni maqtashibdi. Donishmand va uning haqidagi maqtovlar yigitning g’ashiniini keltiribdi. Yigit ko’p yillar dunyo kezib, nufuzli dargohlarda ta’lim olish barobarida, fikratida hammadan zo’r, ilmliman degan tushunchani ongiga muhrlab borgan edi . Qandaydir donishmand haqidagi bunday maqtovlar yigitning jahlini keltiradi va so’nggi qarori o’sha maqtalgan donishmandni ko’rmoq , bilimini sinamoq,o’zining kimligini bildirmoq maqsadida donishmandni izlab topadi. Ko’rsaki, oddiy, hokisor bir odam. Yigit donishmandga bepisandlik bilan o’zining falon mashhur ilm dargohlarining tolibi ilmi va shu dargohlarning yetuklik darajasiga loyiq topilgani, mantiq ilmida ushbu fanning bilimdoniligini aytib, mabodo ilmida biroz bo’shliq yo’qmikan, bo’lsa uni bartaraf qilolarmikan deb kelganini aytibdi. Donishmand zot bu manmanlik, kibr va dab-dabavozlikdek kasaliga chalingan ,noshud tolibi limning so’zlarini qanoatla tinglab, muloyimlik bilan bunday ulug’ zotga ta’lim bera olmasligini aytibdi. Yigit bundan yanada g’ururlanib, adabsizligini yana bir bor namoyon etib, bilimim zo’rligini ko’rib o’z bilimingni pastligidan uyaldingmi qabilida so’z aytib shu taxlit donishmandni xijolat qilmoqchi bo’libdi, ammo donishmand bu haqoratomuz so’zlarga parvo ham qilmay, muloyimlik bilan shunday debdi; -Mayli sizga bir mantiqdan savol beray, agar javobini topsangiz, shogird sifatida ilk saboq olguchilar qatorida olarman debdida: -Ikki kishi bir mo’ridan tushishdi, birining yuzi qora bo’ldi , ikkinchisiniki esa yo’q. Aytingchi, qay biri yuzini yuvgani boradi? Savolni eshitib yigitning jahli chiqibdi, buni yosh bola ham bilishini, javobi esa albatta yuzi qora bo’lgani, yuzini yuvishga borishini aytib, mot qildimi deganday istehzoli qarabdi. Donishmand esa hech qanday o’zgarishsiz, ammo qat’iyat bilan javobni topa olmaganini, istasa izohlab berishini aytibdi. Yigit o’zini kamsitilganday his qilibdi, ammo javobni qandayligini bilishga bo’lgan qiziqish sabab, donishmandning so’zlariga quloq tutibdi.
Siz aytganday yuzi qora bo’lgani emas, balki yuzi tozasi boradi. Chunki, yuzi qora bo’lgani, yuzi tozaga boqib, uning yuzi tozaligidan o’zinikini ham toza deb biladi. Yuzi toza esa, yuzi qora bo’lganni ko’rib, mening ham yuzim shunday bo’lgandir deb, yuzini yuvgani boradi. Bu asosli javoblardan mantiq fanining bilimdoni yengilganidan g’azablanibdi, ammo donishmandning javoblaridan so’ng masalaning bu tomonlarini o’ylab ko’rmaganini, yana savol bo’lsa berishini aytibdi. Donishmandlik o’sha hotirjamlik va muloyimlik bilan debdi; -Ikki kishi bir mo’ridan tushishdi, birining yuzi qora bo’ldi, ikkinchisiniki esa yo’q. Aytingchi, qay biri yuzini yuvgani boradi? Savolni eshitgan yigitning jon –poni chiqquday bo’libdi va hozirgina aniqlashtirilganidek, yuzi tozasi boradida debdi. Donishmand esa bosh chayqab, javob xatoligini bildiribdi. “O’zingiz o’ylab ko’ring, yuzi toza inson do’stining yuzini ko’rgach mantiqan mulohaza yuritib yuzini yuvgani boradi. Ikkinchisi esa bevosita do’stiga ergashib borib, u ham yuzini yuvadi, shunday emasmi?”- , debdi donishmand. Bu javobdan so’ng yigit ancha bo’shashib, yana savol mumkinmi deya iltijoli ohangda murojaat qilibdi.
-Ikki kishi bir mo’ridan tushishdi, birining yuzi qora bo’ldi, ikkinchisiniki esa yo’q. Aytingchi, qay biri yuzini yuvgani boradi? Savolni eshitiboq, yigit asabiylashib ketibdi va javob allaqachon aniqlanganini, har ikkisi yuvingani borishini aytib, xunob bo’la boshlabdi. Donishmand esa o’sha osudalikda javobni aytibdi; -Siz yana topolmadingiz. Yuzi qorasi hamrohining yuzi tozaligini ko’rib yuvingani bormaydi. Yuzi tozasi esa yuzining tozaligini bilib u ham bormaydi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ikkalasi ham bormaydi. Yigit ming iztirob va alamlarda yengilganini tan olibdi, ammo yaxshi shogird bo’la olishini, berilgan bilimlarni yaxshi o’zlashtirishini, boshqa savol bersa topa olishini aytibdi. Donishmand esa muloyimlik bilan; -Ikki kishi bir mo’ridan tushishdi -… deyishi bilanoq yigit; -Bo’ldi, bo’ldi, axir bildikku, mantiqan olib qaraganda har ikkisi ham bormaydi deya shunday donishmandga qarasa, go’yoki, donishmand viqorla yuksakda, purviqor tog’lardanda balandda, salobatla boqib turganday ko’rinibdi. Donishmand qat’iyat va ishonch bilan shunday debdi; Hamma narsani bilaman, degan fikr ko’zlaringni ko’r qilgan. Buning oqibatida oddiy haqiqatni ko’rmayapsan va idrok etishni xohlamayapsan. Sen eshitishni istamayapsan. Aslida, savolning o’zi boshidanoq mantiqsiz edi. Axir, qanday qilib bir mo’ridan tushgan ikki insonning birining yuzi qora, birining yuzi esa, oq bo’lishi mumkin. Savol boshidanoq mantiqsiz edi. Mantiqsiz savollarga javob qidiraversang ,hayotingda mantiq qolmaydi. Demak-ki, sen boshidanoq xato yo’lda eding. O’rganish uchun keldingmi, o’rganishga tayyor bo’l. Asosni, maqsadni ko’zdan qochirma. Mantiqsiz, keraksiz narsani izidan quvma. To’la idishga suv quyib bo’lmaganidek, sen o’zingcha to’lasan, shuning uchun ham senga bilim quyib bo’lmaydi. Avvalo, idishingni bo’shat. Bilim olish, o’rganishga tayyor tur. Sendan oldin ushbu yo’ldan yurganlarni, sen bormoqchi bo’lgan manzilga borganlarni eshitishni, ularning so’zlarini so’zsiz qabul qilishni o’rgan. Hayot qisqa, uni mazmunli va farog’atli bo’lishi, sening dunyoni boricha va to’la qonli idrok etishingga bog’liq.2 Bundan ko’rinadiki, biz matematikani qiyin deb ko’zimizni ko’r, quloqlarimizni kar qilib olar ekanmiz. Aslida, masala-misollar, tenglama-tengsizliklar, turli figuralar ularning qiymatini topish usullari juda oddiy bo’lib, ularning yechimlar kalit so’zlari-formulalarni bilsangiz juda oson. Demak, bizning oldimizda turgan muammo, qanday qilib o’quvchilarni matematikaga qiziqtira olamiz va buning uchun nimalarga e’tibor qaratishimiz kerak?! Mavzularni tushuntirishda ona tili, matematika, o’qish, tabiatshunoslik va hokazo fanlar mavzulari puxta o’zlashtirishida mavzu yuzasidan turli didaktik metodlarni qo’llash o’rinli. Didaktika o’zi nima? Didaktika yunoncha “didaktikos” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, o’qitish, o’rganish degan ma’nolarni ifodalaydi. O’z navbatida didaktika pedagogikaning ta’lim va o’qitish nazariyasini ishlab chiqaradigan tarmog’idir . Bundan anglashiladi-ki, darslarda mavzularni tushunarli va o’zlashtirishga oson bo’lishini ta’minlash maqsadida topilgan usul va metodlar yig’indisi didaktika ya’ni, mohirona o’qitish, o’rgatish san’atidir. Ilmiy didaktikaga asos solgan Yaqin va O’rta Sharqning buyuk allomalari; Xorazmiy, Kindiy, Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Ali Qushchi, Tusiy kabi buyuk mutafakkirlar, buyuk Chex farzandi Yan Amos Komenskiy, shvedsariyalik fidokor inson - Iogann Genrix Pestalotsi, nemis pedagogi A.Disterveglar Yevropada didaktika – ta’lim, fanning rivojlanishida katta hissa qo’shdilar. Xorazmiy shaxsning uzluksiz ta’lim va tarbiyaga muhtojligini, shu bois doimiy o’z ustida ishlashi, o’rganishi, izlanishi, kuzatishi orqaligina kamol topishi, barkamollikka erishishi nazariyasini rivojlantirish borasida muhim ishlar qildi, induktiv va deduktiv tafakkurdagi alohidalilik hamda umumiylikning birligi prinsipini muayyanlashtirdi. Abu Nasr Forobiy o’qitish metodlari tasnifini ishlab chiqdi. Forobiy o’qitishni amaliy hamda nazariy metodlarga ajratib, amaliy o’qitish bu nazariy o’qitishda o’rganilgan bilimlarni amaliy hayotda qo’llay olish faoliyati bilan bog’liqligi g’oyalarini ilgari surgan. Abu Rayhon Beruniy esa, o’qitish izchil hamda ko’rsatmali, aniq ko’zlangan maqsadga muofiq bo’lishi hamda ma’lum tizimga solingan tartib asosida ishlab chiqilgan bo’lishi va o’qitilishini aytib o’tgan. Abu Ali ibn Sino har qanday natijalar zamirida bilim yotishi, bilim orqaligini olamni va odamni anglash mumkinligi haqidagi ta’limoti o’qitish nazariyasida muhim o’rin egallaydi. Yan Amos Kamenskiy esa, inson umrini huddi-ki daraxt umriga qiyos etadi . U tarbiyalanuvchini o’qitish jarayonini to’rt bosqichga bo’lib sharhlaydi.3 Bu ulug’ allomalar fanning o’quvchiga yetkazish va bilishning naqadar muhimligini hamda fanni o’qitish va o’rgatishning qulay va izchil usullarini yaratdilar. Ular didaktikani o’qitish san’ati sifatida hamda fanning har bir o’quvchida o’zigagina xos amaliy ko’nikmalari hosil bo’lishini ta’kidlaganlar. Bilim va malakalarni tarkib toptira borish naqadar zarur bo’lsada, hozirgi zamon didaktikasi ana shu soha bilangina chegaralanib qolishi mumkin emas, albatta. Fan va texnika taraqqiy etgan, kishilik jamiyati yuksalgan, intelektual salohiyat rivojlangan hozirgi kun o’quvchisini ta’lim–tarbiya olib, kamol topishida optimal natijalar beradigan o’qitish va o’rgatish jarayonini ilmiy–pedagogik asoslarini ishlab chiqish zarurati tug’ildi. Bizga ma’lumki, o’quvchilarning kamol topishi bevosita ta’lim jarayonida amalga oshishi jihatidan bilim va malakalarni o’zlashtirishga qaratilgan didaktik prinsiplar ma’lum natijalarni berdi. Ammo, asosiy maqsad qandaydir natijalarga erishishdangina iborat bo’lib qolmasligi kerak, o’quvchilarni har tomonlama bilimli, salohiyatli, ma’nan yetuk, barkamol shaxs bo’lib kamol toptirish uchun o’qitishning eng yuqori samaradorligini ta’minlashni ustivor maqsad deb bilish kerak. Buning uchun esa yangicha, milliy mentalitet va boy tarixiy merosimiz uyg’unligini aks ettirgan, zamonaviy ta’lim tajribalaridan unumli foydalanilgan holda milliy o’qitish tizimini-o’quv jarayonini ishlab chiqish kerak. Didaktikada tarbiyalanuvchining dunyoqarashini shakllantirish asosiy maqsad bo’lsa, ta’lim jarayonida o’quvchilarda fikrini mustaqil bayon eta olishi, tashabbuskorlik, kirishimlilik, hamda shaxsning o’zigagina xos bo’lgan boshqa ayrim sifatlarini tarbiyalab borish vazifalari tahlil qilinadi. Hozirgi kunda o’qitishning ilg’or usullaridan o’n mingdan ziyod didaktik metodlar ishlab chiqilgan bo’lib, asosiy maqsad esa, barkamol avlodni tarbiyalashdan iborat. Ko’rinib turibdiki, mazkur vazifalarni bajarish uchun zarur ilmiy – pedagogik asoslarni yaratish didaktikadan ko’ra ko’proq tarbiya nazariyasiga bog’liq, albatta. Shularga tayangan holda, biz matematikani o’quvchiga oson singdirishda, yetkazib bera olishda qanday qilsak maqsadga muvofiqroq bo’ladi? Shunga ko’ra, o’z amaliy tajribalarimda foydalangan, ijobiy natijalar bergan quyidagi tavsiyalar bilan o’rtoqlashmoqchimiz. Misol uchun yangi mavzuni mustahkamlashda; “Kim chaqqon”, “Zukkolar bahsi”, “Kim birinchi gol uradi?”, “Kim birinchi marraga boradi?”, “Tez hisoblang”, “Topqirvoyga sharaf-shon”, “Zakovat ringi”, “Hisobda adashma”, “To’g’ri bajaring”, “Kim ko’p misol yechadi?”, ”Tenglamani tez tengla”, “Tengliklaring to’g’rimi?”, “100ga to’ldir”, “1000 ni hosil qilamiz”, “Kimning Quyoshi porloq”, “Quvnoq Matematika”, “Charxpalak”, “Quvnoq estafeta”, “Bilimdonlar bahsi”, “Bilimingni sinab ko’r”, “Manzilga kim birinchi boradi?” (uycha, quyosh, raketa, tog’, cho’qqi, maktab) va hokazo, shu kabi ko’plab didaktik o’yin metodlari bor bo’lib, ulardan unumli foydalanish, har bir pedagogning mahorati-shaxsiy tajribasi ya’ni, o’zigagina bog’liq. Jumladan, ko’p xonali sonlarni mustahkamlashga oid “Kim tez hisoblaydi” didaktik metodi bilan tanishib chiqsak.
756+844=
|
932+898=
|
976+354=
|
784+966=
|
485+695=
|
342+878=
|
657+773=
|
348+452=
|
560+490=
|
229+611=
|
779+881=
|
990+660=
|
593+867=
|
448+992=
|
883+117=
|
229+771=
|
338+552=
|
450+150=
|
999+111=
|
888+222=
|
777+333=
|
698+752=
|
743+857=
|
398+762=
|
Bunda o’quvchilar uchta guruhga bo’lingan holda topshiriqlarni bajaradilar. Topshiriqni bajarib bo’lgach o’qituvchi har bir guruh ishlagan ishini tekshirib xolisona baholashi, rag’batlashi orqali bolalarda o’zaro sog’lom raqobat, tez fikrlash, to’g’ri hisoblash hamda fanga bo’lgan qiziqishni oshiradi. Bundan tashqari qiziqtirishning yana bir usuli misol va masalalar savolliklari, misollari turlicha bo’lib, yechimi bir xil chiqishi ham o’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishlarini o’stiradi, hamda bolaning xotirasiga muhrlanishi ham mustahkam bo’ladi. Har bir matematik detalni tushuntirishda kundalik hayotga bog’langandagina o’quvchi- talaba mana shu bog’liqlikni topib, tushunib olgandagina fanga qiziqa boshlaydi va fanni o’zlashtira borishga o’zida ishtiyoq va layoqatni tarkib toptira oladi.
“O’ylab ko’ring” didaktik oyini bunga yaqqol misol bo’la oladi.
1235+3765=
|
2231+2769=
|
3456+1544=
|
1899+3101=
|
8256 – 3256 =
|
9874-4874=
|
9146 – 4146 =
|
9189-4189=
|
7865-2865 =
|
8732-3732=
|
Misollarning yechimlari bir xilda 5000 ga teng bo’lib, bolalar hayratlanishi va qiziqishini o’sishiga sabab bo’ladi. Ayniqsa, bolalarning o’zlariga ham topshiriq qilib shunday misollar topib kelish vazifasi berilsa, ayni muddao bo’lar edi. Chunki topshiriqni bajarish bilan bir vaqtda bola ham fikrlaydi, izlanadi, u bilan birga ota- onasi ham opa-akasi ham topshiriqni bajarishda bolaga ko’maklashish orqali matematikaday sirli olamga kirib borishganini hatto o’zlari ham sezmay qoladilar. Ona tili fanidan esa biz bolalarga paronim so’zlarni berish orqali, bir harf bilan yangi so’z hosil bo’lishga doir topshiriqlar berish orqali fanga bo’lgan qiziqishlarini oshira borishimiz mumkin. Masalan, bir tovush almashinishiga oid “Kim ko’p so’z topadi?” didaktik metodini ko’rib chiqaylik.
Ko’p
|
Ko’l
|
Ko’z
|
Ko’ch
|
Ko’r
|
son
|
soy
|
sol
|
sot
|
sop
|
kech
|
kel
|
ket
|
kez
|
kes
|
tol
|
tosh
|
top
|
toq
|
tor
|
Bu tur didaktik topshiriqlar o’quvchi lug’at boyligini oshiradi, shu bilan birga biz bevosita topshiriqni matematika bilan bog’lab topilgan barcha so’zlardagi tovushlar sonini aniqlash, ularning tengligini topish, shu birgina so’z oxiridagi tovush almashinishi bilan umuman yangi ma’noli so’z hosil bo’lishini amaliy, ko’rsatmali tushuntirish orqali, ko’zlangan maqsadlarimizga yetishishimiz samarali bo’ladi. Bir harf o’zgarishi sabab,tamoman yangi ma’noli so’z hosil bo’lishi o’rganuvchini hayratiga hamda fanga qiziqishiga, o’rganishga bo’lgan ishtiyoqini oshishiga erishish mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, har qanday metod uni o’quvchiga yetkazishda, o’rganuvchining bilish doirasi, yoshi, fiziologik xususiyatlarini, muhitni inobatga olib, axloqiy me’yorlarga amal qilgan holda, o’rganuvchilarni bezdirmasdan, balki ularda amaliy malaka, ko’nikmalarni tarkib toptira borib, ko’rsatmali vositalardan unumli va o’rinli foydalana olishi, aniq va puxta maqsad –reja asosida ish olib borilsa, tartibli tashkillansagina, ko’zlangan natijalarga erishish osonbo’lar edi. Ezgu maqsadlar sari ishonch bilan, matonat va sabr bilan aniq ko’zlangan maqsad bolgandagina olg’a yurish bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |