Qadriyat – qadr-qimmat ma’nosini anglatib, inson uchun qadrli bo’lgan barcha narsa va hodisalar (predmet va jarayonlar) majmuidir.
Qadriyat – voqyelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy axloqiy, ma’daniy –ma’naviy ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llaniladigan tushuncha.
Qadriyat kategoriyasi faqat buyum va narsalarning iqtisodiy qiymatini emas, jamiyat va inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan voqyelikning shakllarini, narsalar, voqyea hodisalar, talab va tartiblarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladi.
Qadriyatlar ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat, insonlar o’rtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim kishilar ijtimoiy guruhlar harakatini tartibga soladigan ma’naviy hodisaga aylanadi.
Muayyan bir elat, milat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, an’analari o’tmishi va kelajagi bilan bog’liq qadriyatlar milliy qadriyatlar hisoblanadi.
Milliy qadriyatlar – murakkab ijtimoiy – ruhiy hodisa bo’lib, millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analarini, jamiyki moddiy va ma’naviy, boyliklarni, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlaridir.[13,14] Haykaltaroshlik – Xunarmandchilik –
Turmush –
Turmush tarzi – shaxs, ijtimoiy gurux, elat, millat, xalqning kundalik hayotini ifodalovchi tushuncha. Turmush tarziga turli jixatlar: falsafiy, sosiologik, ijtimoiy nuqtaiy nazardan yondashiladi. Shaxs, ijtimoiy gurux turmush tarzi muayyan davr shart-sharoitlarining butun majmuasi bilan belgilanadi. Turmush tarzi ijtimoiy kategoriya. U turmush darajasi deb ataladigan iqtisodiy kategoriyaga nisbatan kengdir. Turmush darajasi, asosan, miqdor ko’rsatkichiga ega bo’lsa, turmush tarzining mohiyati, mazmuni va namoyon bo’lish shakllari ko’p xolatda kishilarning hayot kechirishi, mexnati, sog’ligi va hatto xulq atvori bilan ifodalanadi. Muayyan elat, millat va xalqning turmush tarzi ularning yashash joylari bilan bog’liq holda shakllanib boradi. O’zbek xalqi o’z hayot faoliyatida kamtarlik, kattalarga hurmat, mehnatsevarlik, bag’ri kenglik, sofdillik kabi axloqiy xislatlarga alohida e’tibor beradi. O’zbek xalqidagi bunday fazilatlar ilmiy urf-odat va an’analarda, kundalik hayot tarzi va millatlararo munosabatlarda aks etgan.
Xalqimiz hayotida odob-axloq me’yorlari asosidagi rasm-rusmlar, an’analar va odatlarning ahamiyati beqiyosdir. O’zbek xalqi azaldan jamoa bo’lib yashab, mahalla, qo’shnichilik udumiga qat’iy rioya qilgan. Oilada tug’ilgan har bir go’dakka yaxshi niyat bilan ism qo’yilgan, savodini chiqarish uchun uni ustozmuallim qo’liga topshirilgan. Farzandlarni hunarli va uy joyli qilish ota-onalar faoliyatining eng muhim saxifasiga aylangan.odamlarning, xususan, yoshlarning yurish-turishi, ular amal qiladigan tamoyillar hamisha jamoa nazarida bo’ladi.
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini nafosat tarbiyasi bilan bog’liq jarayonlar alohida qayd etiladi.
Ta’lim – shaxsning jismoniy va ma’naviy kamol topish jarayoni uning ongli ravishda ayrim ibratli faoliyatlarga yo’nalishi va tarixan maydonga kelib, ijtimoiy namuna bo’lishga har tomonlama barkamollikka intilish jarayoni tushuniladi. Ta’lim butun jamiyat va shaxslar hayotining ajralmas jihati sifatida namoyon bo’ladi.
Ta’lim – ta’lim oluvchiga maxsus tayyorlangan mutaxassislar yordamida bilim berish va ulardagi ko’nikma hamda malakalarni shakllantirish jarayoni bo’lib, kishining shaxs sifatida hayotga va mehnatga ongli ravishda tayyorlash vositasi.
Ta’limning boshlang’ich (dastlabki) vazifasi ta’lim oluvchini o’qitishdan iborat. Shuning bilan birga oila, ishlab chiqarish va boshqa sohalarga ma’lumot berish vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |