Boshlang'ich sinf o'quvchilariga nafosat, ekologik tarbiyaning vazifalari Reja: Kirish


go’zallik – bu kishining qalbi go’zalligi; go’zallik



Download 269,85 Kb.
bet7/14
Sana05.09.2022
Hajmi269,85 Kb.
#848172
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Boshlang\'ich sinf o\'quvchilariga nafosat, ekologik tarbiyaning vazifalari

go’zallik – bu kishining qalbi go’zalligi;

  • go’zallik – bu kishining istarasi issiqligi;

  • go’zallik – bu kishining go’zal xulq egasi bo’lishi;

  • go’zallik – bu bamisoli daraxt yaprog’i – axloq, ildizi – ichki dunyo, mevasi – yaxshi fazilat. Xullas, odam bolasidagi go’zallik – tabiat ato qilgan husn – jamolidan tashqari, yana eng yaxshi xulq – atvorni, insondagi eng yaxshi fazilatlarni o’z ichiga olgan odamiylikdan iborat” (Mirzakalon Ismoiliy).

    Demak, estetik tarbiya nafosat tarbiyasi ham, odamiylik tarbiyasi ham, to’la – to’kis ahamiyatga ega bo’lgan go’zallik tarbiyasi ham ekan. Shu sababli ham talaba – yoshlarni estetik ruhda tarbiyalash g’oyat murakkab, ko’p qirrali dinamik jarayon bo’lib, uning yordamida barkamol shaxs tarbiyasi jarayonini olib borishning optimal variantlarini qo’lga kiritish mumkin.
    Respublikamizda estetik tarbiyani amalga oshirishning hamma imkoniyatlari mavjud. Ularni oilada, mahallada, o’quv yurtlarida amalga oshirish bilan birga, darsdan tashqari mashg’ulotlarda, muzeylarda, teatrlarda, kutubxonalarda, klublarda, kinoteatrlarda, takrorlanmas o’tmish obidalarida va shu kabilarda ham estetik tarbiyani amalga oshirish mumkin va bular barkamol avlodni estetik ruhda shakllantirish va kamol toptirishda yordam beradigan asosiy vositalardir. Bu borada talaba – yoshlarni o’z qilgan ishlaridan estetik zavq olishga o’rgatish estetik tarbiyaning mohiyatini yanada kengroq yoritishning asosi hisoblanadi.
    Estetik tarbiya – o’quvchilarni voqyelikdagi, san’atdagi, tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi go’zallikni idrok qilish hamda to’g’ri tushunishga o’rgatish, ularning badiiy didini o’stirish, go’zallikka muhabbat uyg’otish va hayotiga go’zallikni olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir” [11].
    Estetik ta’lim – tarbiya – insonda zavq uyg’otuvchi va uni harakat, shijoat va qahramonliklarga undovchi barcha turdagi ko’rinishlar, holatlar, hodisalar va badiiy–estetik tafakkurni shakllantirish” [10].
    Demak, estetik tarbiyalash keng qamrovli faoliyat turlaridan iborat bo’lib, unda tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarga bo’lgan munosabatlarda natijalar yaqqol sezilar ekan. Bu tarbiya turi mehnatdagi (aqliy yoki jismoniy) go’zalliklarni ideal nuqtai nazaridan idrok etishga, shuningdek estetik faoliyatga, voqyelikni go’zallik qonun – qoidalari asosida o’zgartirishga qodir shaxsni tarbiyalashga qaratilgandir. Bular orqali kishilar estetik jihatdan yuksaklikka intilib boradi. Bunda estetik tarbiyani musiqiy, axloqiy va aqliy tarbiyalar mushtarakligida olib borilsa kishida estetik yuksalish yuzaga keladi.
    Estetik rivojlantirish – bu shaxsning estetik ongi, munosabatlari va estetik faoliyatining vujudga kelishi hamda takomillashuvidan iborat uzoq davom etadigan jarayondir. Bu jarayon yosh va ijtimoiy omillar bilan belgilanadigan turli darajalarga egadir. U shaxsning jamiyat estetik madaniyatini egallab olishga bog’liq bo’lib, turli yo’llar va shakllar yordamida amalga oshiriladi.
    U jamiyat estetik madaniyatini turli ma’naviy va moddiy ko’rinishlarda tushunib olishni ta’minlaydi” [11].
    Talaba – yoshlar estetik tarbiyasining mazmuni asosan:

    • estetikaga qiziqish va ehtiyojning mavjudligi;

    • estetik jihatdan bilimdonlik;

    • estetik ko’nikma va malakalarning shakllanganligi;

    • estetik his – tuyg’uning mukammalligi;

    • o’z mehnatidan zavq ola bilish va natijani baholay olish qobiliyatlarining hissiyot va qobiliyatlarining mavjudligi;

    • go’zallikka intilish va didlarni tarbiyalashga erisha olishlik kabi insoniy xislatlar majmualaridan iboratdir.

    Estetik tarbiyaning asosiy maqsadi talaba – yoshlarda ma’naviy jihatdan go’zallikni his qilishni tarbiyalash, yuksak estetik didni va san’at asarlarini sevishni shakllantirish, tarix va me’moriy yodgorliklarga nisbatan hurmatni uyg’otish, jonajon tabiatimizga ongli munosabatda bo’lishga oid tasavvurlarni yuksaltirish, tabiat va jamiyat boyliklarini qadrlay bilish ko’nikma va malakalarini hosil qilish kabi insoniy fazilatlarni tarbiyalashdan iboratdir.
    Estetik tarbiyaning asosiy maqsadidan kelib chiqqan holda shuni qayd etish mumkinki, uning yordamida yosh avlodni Vatanimiz va jahon badiiy madaniyatining eng yaxshi namunalaridan zavqlangan holdagi ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalashga erishish lozim bo’lar ekan. Bu borada estetik zavqlanish kishining ongli – intizomli va madaniyatli yashashining asoslaridan birini tashkil etadi. Bunga sabab u o’z mehnati natijalaridan ilhomlanib, zavqlanib yanada jo’sh urib mehnat qilishga kirishib ketadi. Bu esa insonni ulug’laydi, hamda uning turmush sharoitini ham ma’naviy jihatdan, ham moddiy jihatdan bezaydi.
    Demak, estetik tarbiya yosh avlodning, ya’ni talaba – yoshlarning badiiy – ijodiy qobiliyatlarini yuksaltirishga qaratilgan bo’ladi.
    Estetik tarbiyaning vazifalari uning asosiy maqsadini amalga oshirishdan iborat bo’ladi. Bunda mustaqil Respublikamizdagi ta’lim – tarbiyani isloh qilish borasidagi sa’y – harakatlar ham e’tiborga olinmog’i lozim.
    Umuman olganda, pedagogikada estetik tarbiya vazifalarini belgilashda umumiy tarbiya maqsadlari va talaba – yoshlarning yosh xususiyatlari alohida hisobga olinishi kerak, chunki bu borada ma’naviy dunyoqarashga e’tibor bermaslik mumkin emas.
    Estetik tarbiyani oliy o’quv yurtlarida quyidagi yo’nalishlarda olib borgan ma’qul va bu har bir yo’nalish estetik tarbiyaning asosiy maqsadini hal qilishdagi vazifalardan iboratdir:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish