Boshlang‘ich sinf o’qish darslarida o‘quvchilar nutqini
o‘stirish metodikasi
Maxliyo Mirzoyevna Jurayeva
Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti
Annotatsiya:
Maqolada boshlang‘ich sinf o’qish darslarida nutq o‘stirish
metodikasi, og’zaki, va yozma nutq, ularning o’zaro uzviy bog’langanligi, o’ziga xos
xususiyatlari, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirishida ularning nutqidagi
kamchiliklar sabablarini aniqlash, uni bartaraf etish yo’llari, sifatli ta’lim berish
jarayonida nutq o‘stirishga erishish orqali o‘quvchilarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan
kommunikativ ko‘nikmalar haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
nutq, metodika, nutq aspektlari, hayotiy ko‘nikmalar, inson
kamoloti, buyuk allomalar, ma’naviy meros, sharqona ta’lim va tarbiya, adabiy til
normalari, tafakkur va notiqlik san’ati, ta’lim sifati.
Methodology for the development of speech of students in the
primary school in reading lessons
Mahliyo Mirzaevna Juraeva
Pedagogical Institute of Bukhara State University
Abstract:
The article discusses the methods of speech development in the lessons
of reading primary school, oral and written speech, their interdependence, specific
features, their speech development in the development of students' oral speech, the
causes of shortcomings, ways to overcome them, and communication skills that need
to be formed in students through achievement of speech development in the qualitative
educational process.
Keywords:
speech, methodology, aspects of speech, life skills, human maturity,
great scientists, spiritual heritage, Eastern education and upbringing, norms of the
literary language, the art of thinking and oratory, the quality of education.
O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi yurtimizda davlat ishlarining,
o’qish-o’qitish, ta’lim-tarbiya, targibot-tashviqot ishlarining shu tilda olib borilishi
uchun juda katta imkoniyat yaratdi. Tilga bo’lgan munosabat tubdan o’zgardi, uning
barcha imkoniyatlarini o’rganish ishlari keng ko’lamda olib borilyapti. Lekin, shuni
ham eslash joizki, tilning ijtimoiy vazifasini bajarilish darajasini belgilovchi
omillardan biri bo’lmish nutq madaniyati yetarli taraqqiy etmaganligi achinarli bir
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
530
holdir. Shu bois nutq madaniyati sohasini chuqurroq o’rganish oldimizga qo’yilgan
muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shunki nutqimizda uchrab turadigan nuqson va
kamchiliklarni bartaraf qilish, nutq madaniyatini har qachongidan ham yaxshiroq
rivojlantirish umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan siyosiy va ijtimoiy masaladir. Bu
masala bilan shug’ullanish ishiga faqat tilshunoslargina emas, balki jumhuriyatimizda
istiqomat qiluvchi barcha soha vaqillari e’tibor berishlari maqsadga muvofiqdir.
Chunki, nutq madaniyati umuminson madaniyatining tarkibiy qismi bqlib, kishilarni
yuksak madaniyatli bo’lishlarini belgilaydi.
Ma’lumki, boshlang’ich sinflarda o’quvchi nutqини o‘stirish ona tili
predmetining asosiy vazifasi hisoblanadi. Biroq bu vazifa boshqa o‘quv predmetlari
doirasida ham amalga oshiriladi. Jumladan, o‘qish darslari jarayonida o‘quvchilar
nutqini o‘stirish uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjud. Ya’ni, o’qish kitobidagi
matnlarni o‘rganish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘zi uchun notanish
bo‘lgan ko‘plab so‘zlar va ularning ma’nosini o‘rganadi, ya’ni ularning so‘z boyligi
oshadi. O‘qituvchi bunday so‘zlarni izohlash bilan kifoyalanmay, o‘quvchilarga ular
ishtirokida so‘z birikmasi, gap ham tuzdirsa, yanada maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Shunday qilinsa, yangi so‘zlar o‘quvchilarning faol lug‘atiga kiradi.
Nutq o‘stirish boshlang’ich ta'lim pedagogikasining tarixi va nazariyasini ham,
muomala madaniyatini o’rgatish uslubiyotini ham o’z ichiga oladi. Boshlang’ich sinf
o’qituvchisi, avvalo, o’quvchilariga umumiy estetik tarbiya berish vazifalarini
tushunib olishi lozim. Bu vazifalar faqatgina yaxshi muomala qilishni o’rgatishdangina
iborat bo’lib qolmasligi kerak. Bunda, eng muhimi, bolaga nutq madaniyatini o’rgatish
va unda har bir mashg’ulotlarga qiziqish uyg’otish, so’z, gap yordamida nutqiy
faoliyatga ehtiyoj hosil qilish, shuningdek, ularda bilim, ko’nikma va malakalarni
tarkib toptirishdir.
Nutq ikki ko’rinishga ega - og’zaki, va yozma nutq. Bular o’zaro uzviy
bog’langan bo’lsa ham, har birining o’ziga xos xususiyati bor. Og’zaki nutqda
tovushlar, so’zlar nutq orqali talaffuz qilinsa, eshitish a’zolari orqali qabul qilinadi.
Shuning uchun o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirishida, avvalo ularning nutqidagi
kamchiliklar sabablarini aniqlash, uni bartaraf etish yo’llarini izlab topishimiz kerak.
Chiroyli so’zlashni, savodli, to’g’ri yozishni, o’z fikrini ravon va aniq bayon
etishni bilmagan yoki etolmagan o’quvchi bilimlarni muvafaqqiyat bilan o’zlashtira
olmaydi. Har bir insonning nutqi chiroyli, mukammal, talaffuzi aniq, ravon bo’lsa,
fikrlash doirasi keng, idrok qilishi ham teran bo’ladi. Nutq orqasli odamzot o’zining
ichki hissiyotlarini ham bayon qiladi, nutq esa barcha insonlarda ham bir xilda-to’la
rivojlangan yoki shakillangan bo’lavermaydi.
Ba’zi bolalar tovushlarni noto’g’ri talaffuz qilibgina qolmay, ularni bir-biridan
farqlay hamolmaydilar. Nutqdagi bunday kamchiliklar darslarni o’zlashtirishda bolalar
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
531
uchun sezilarli qiyinchiliklarni tug’diradi. Bunday hollarda logoped mashg’ulotlar
yordamiga muxtoj bo’ladilar.
Ma’lumki, boshlang’ich sinf oquvchilarining nutqlaridagi nuqsonlarni bartaraf
etish o’quvchilar va logopedlar zimmasiga yuklanadi. Talaffuzdagi kamchiliklarni
aniqlashda bolaning nutqini tekshirib ko’rish, nutq buzulish sabablarini o’rganish
lozim. Buning uchun har bir bola nutqini tekshirish varaqasi to’ldirilib, qaysi tovushlar
to’g’ri yoki noto’g’ri talaffuz qilayotgani belgilab boriladi. Nutq ostirish-ongli
o’qishni, so’zlash va yozishga o’rgatishni, til haqida o’quvchilarning yoshi va
tushunchasiga mos bo’lgan bilim berishni, ularning lug’at boyligini oshirishni,
boshqalarning nutqiga e’tibor va qiziqishni o’stirish, kitob o’qishga muhabbat
uyg’otishni ko’zda tutadi.
Og’zaki nutiqqa o’rgatishning ilk davrida daktiologiya (qo’l alifbosi) dan
foydalaniladi. Bu narsa bolalarning tovushlarni talaffuz qilib, o’zlashtirib borganlari
sari faqat yordamchi vosita bo’lib xizmat qiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida olib boriladigan barcha mashg’ulotlarning
yetakchi o’rni nutq o’stirish bo’lib, u savod o’rgatish, chiroyli yozish ko’nikmalarini
shakillantirish va fikrlash doirasini kengaytirish vazifalarini o’z ichiga oladi. Bu
darslarda ko’proq amaliy maqsadlarni ko’zlash, til boyliklaridan nutqda foydalanish
malakalarini shakillantirish, ijodiy fikrlash, o’quvchilarning til sezgirligini tarbiyalash
lozim. Ularning og’zaki nutqini muntazam o’stirib boorish bog’anishli nutq, matn
tuzishlarda amaliy yordam beradi.
Ma’lumki, bu vazifalarni amalga oshirish yo’llari xilma-xildir.
Savod o’rgatish darslarida amaliy mashg’ulatlarga keng o’rin berish va
malakalarni singdirishda qiziqarli va jonli narsalardan, texnika vositalaridan, turli o’yin
va o’yin turidagi mashqlardan foydalanish samarali natijalar beradi. Darslikka doir
hikoyalar, ertaklar, she’r va maqollardagi notanish so’zlar o’qib yoki eshittirb
tushuntiriladi.
Shunday qilib, har bir darsda, u qaysi predmet bo’lishidan qat’iy - nazar, birinchi
galdagi vazifamiz o’quvchilarning ongli, ravon, to’g’ri va ifodali o’qishiga
erishishimiz, nutqini o’stirishga harakat qilmog’imiz lozim.
Ma’lumki, nutq tafakkur bilan bog’liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy
bog’liq holda o’stiriladi. Darsda o’qilgan asarni o’quvchilar ongli tushunishi, asosiy
mazmunini, g’oyasini anglab yetishi uchun analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish
kabi logik priyomlar qo’llanadi. O’qilgan asarni analiz qilishda har xil ish usullaridan
foydalaniladi. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi shaxslarni aytadilar, o’qituvchi
rahbarligida asarning sxematik rejasini tuzadilar (tugun, kulminasiya, yechim).
Boshlang’ich sinflar o’qish darslarida o’quvchilar nutqini o’stirish vositalaridan
biri to’g’ri uyushtirilgan qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida to’liq, qisqartirib,
tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. Boshlang’ich sinf o’quvchilari
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
532
uchun matnni to’liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash ancha oson, boshqa turlari esa
nisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda o’qilgan hikoya mazmuni yuzasidan
o’qituvchining savoli o’quvchilarni hikoyaning detallari haqida, ayrim voqealar
o’rtasidagi bog’lanishning sabab-natijalari haqida fikrlashga qaratilishi lozim. Asar
syujetining rivojlanishida qatnashuvchi shaxslar, ularning xatti-harakati asosiy rol
o’ynaydi. Bolalar asar mazmunini unda ishtirok etuvchi shaxslar va ularning xatti-
harakati, harakterli xususiyatlarini tahlil qilish yordamida yaxshi anglab etadilar.
O’qituvchining savoli asar qahramonlari nima qilgani, ularning u yoki bu xatti-
harakatlari qaerda va qanday sharoitda yuz bergani haqida so’zlab berishga,
voqealarning izchil bayon qilinishiga va o’zaro bog’liqlikni yoritishga yo’naltirilishi
lozim. O’quvchi o’qilgan asar mazmunini o’qituvchi savoli yordamida aytib berishida
faqat analizdan emas, sintezdan ham foydalanadi: ayrim faktlarni o’zaro bog’laydi
(sintezlaydi), bir-biriga taqqoslaydi, ular yuzasidan muhokama yuritadi va xulosa
chiqaradi. Ko’pincha boshang’ich sinf o’quvchilari qatnashuvchi shaxslar xatti-
harakatini yaxshi tushunmasliklari, ba’zan noto’g’ri yoki yuzasi tushunishlari
natijasida asar mazmunini anglab etmaydilar. Shuning uchun ham o’qituvchi savolni
juda o’ylab tuzishi, u bolani fikrlashga, o’ylashga majbur etadigan, qatnashuvchi
shaxslarning
xatti-harakati,
voqealarning bog’lanishi yuzasidan muhokama
yuritadigan, ularni o’zaro qiyoslashga, ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashga yordam
beradigan bo’lishi lozim. O’quvchi asarda qatnashuvchilarning xatti-harakatini
qanchalik aniq ko’z oldigan keltira olsa, u hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik
chuqur tushunadi, shunchalik mustaqil qayta hikoya qilib beradi.
O’qilgan asar mazmunini izchil ravishda qayta hikoyalash uning rejasini tuzishga
yordam beradi. Reja tuzishda o’quvchi hikoyani tarkibiy qismlarga bo’ladi va har qaysi
qismdagi asosiy fikrni aniqlaydi. Bularning hammasi analitik ish hisoblanadi. Keyin
sintetik ishga o’tiladi, ya’ni bolalar hikoya qismlariga sarlavha topadilar. O’quvchilar
o’qituvchi rahbarligida reja tuzish jarayonida o’qilgan hikoyaning har bir qismida bosh
va ikkinchi darajali masala nimalardan iboratligi haqida, qanday qilib fikrni qisqa va
aniq ifodalash haqida o’ylaydilar. Sarlavha topish ustida ishlash, o’quvchilar topgan
sarlavhani jamoa bo’lib muhokama qilish, reja tuzish jarayonining o’zi bolaning
fikrlash qobiliyatini faollashtirishi, unda o’z mulohazasini isbotlash, asoslash
odatlarini tarbiyalashi lozim. Asarni o’qish va tahlil qilish jarayonida tuzilgan reja
doskaga yozilsa, hikoya mazmunini izchil qayta hikoya qilishga yordam beradi. Reja
asosida hikoya qilishning vazifasi mazmunni berilgan izchillikda o’zlashtirishdir. Reja
asosida qayta hikoyalash o’qituvchi savoligi javob berishga nisbatan asar mazmunini
aytib berishning hiyla mustaqil formasidir. O’qilgan asar mazmunini o’zlashtirish
ustida ishlashdagi keyingi bosqich, qisqartirib hikoyalash hisoblanadi. Qisqartirib
hikoyalash uchun 2-3 qismga bo’linadigan, bu bo’limlar yaqqol ajralib turadigan,
mazmuni sodda asarlar tanlanadi. Qisqartirib hikoyalashga o’rgatish quyidagicha
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
533
uyushtiriladi: o’qituvchi hikoyaning oldindan belgilab qo’yilgan birinchi qismini
o’qiydi va o’quvchilar bilan birgalikda eng muhim, asosiy fikr aniqlanadi. Bunda
o’quvchilar ba’zan asardagi so’zlardan foydalanadilar. Bu o’quvchilarga qiyinlik qilsa,
bo’limdagi asosiy fikrni o’z so’zlari bilan aytib berishlari mumkin. Keyin o’quvchilar
o’qituvchi bilan bu qismni qisqartirib hikoyalashda nimalar haqida gapirmaslik
kerakligini, qaysilar ikkinchi darajali yoki kam ahamiyatli fikr ekanini aniqlaydilar.
Asarning boshqa qismlari yuzasidan ham shunday ish olib boriladi va o’quvchilar
asarni qisqartirib qayta hikoya qiladilar. O’qilgan asarni qisqartirib hikoya qilishga 3-
sinfdan boshlab o’rgatiladi. Tanlab hikoyalash ham bolalarning tafakkuri va nutqini
o’stirish vositalaridan biridir.
Tanlab hikoyalashda o’quvchi:
1) o’qigan matndan bir qismini, uning chegarasini ongli ravishda ajratib so’zlab
beradi;
2) hikoyadan faqat bir voqeani aytib beradi;
3) hikoya mazmunini faqat bir syujet yo’nalishida so’zlab beradi.
Bolalar tanlab qayta hikoyalash malakasini hosil qilishga boshlang’ich sinf izohli
o’qish darsida keng qo’llanadigan metodik usullar yordam beradi:
1) hikoya qismiga chizilgan rasm asosida hikoyalash;
2) hikoyadagi bir voqeani tasvirlovchi rasm asosida hikoyalash;
3) tanlab qayta hikoyalashni talab etadigan savollarga javob berish. O’quvchi
tanlab hikoya qilishga tayyorlanganda o’qilgan matnni tahlil qiladi. Bunday tahlil
bolalar tafakkurini, ular nutqidagi mustaqillikni o’stiradi va o’qilgan matn mazmunini
o’zlashtirishga yordam beradi.
Hikoyani o’qish bilan bog’liq holda o’tkaziladigan ijodiy ishlar ham o’quvchilar
nutqini, tafakkurini o’stiradi. Bular:
1) ijodiy qayta hikoyalash;
2) inssenirovka qilish;
3) o’qilgan asarga rasm chizish; hikoyani davom ettirish.
1. Ijodiy qayta hikoyalashda o’qilgan hikoyaning sharoitini, yo formasini
o’zgartirib hikoya qilinadi, yoki hikoyani yangi epizodlar bilan to’ldirib hikoya
qilinadi.
2. Inssenirovka yoki sahnalashtirishda o’quvchilar o’qilgan hikoyani sahnabop
qilib o’zgartiradilar. Buning uchun ular hikoyaga ssenariy haqida, kostyum,
qatnashuvchilarning imo-ishorasi haqida o’ylaydilar, monologik nutqni dialogik
nutqqa aylantiradilar (bu tilni o’rgatish nuqtai nazaridan eng muhim ish hisoblanadi).
3. O’qilgan hikoyaga rasm chizishda o’quvchi rassomlar tomonidan chizilgan
rasmlardan o’qilgan asarning mazmuniga mos rasm tanlaydi yoki o’zi rasm chizadi.
Agar o’quvchi rasmni yaxshi chiza olmasa, o’zi chizmoqchi bo’lgan rasmni og’zaki
tasvirlab beradi, ya’ni so’z bilan rasm chizadi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
534
4. O’qilgan hikoyani davom ettirish usuli maktab tajribasida keng qo’llanadi. Bu
usul hikoyaning mazmuni uni davom ettirishga imkon beradigan asarlarda qo’llanadi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida,
ayniqsa, bolalarning badiiy asarlarni o‘qib, hikoya qilib berishlariga katta ahamiyat
beriladi. Badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berishga o‘rgatish va ularni sahnalashtirish,
she'rni yod oldirish o’qituvchiga katta mahorat va mas'uliyat yuklaydi. Muallif
tomonidan badiiy asar mazmuni qanchalik yorqin ifodalangan bo‘lsa, unda ishtirok
etuvchilarning nutqlari (gaplari) bolalarga ifodali, mazmunli yetkazilsa, u bolalarni
hayajonlantiradi, his-tuyg‘ularining rivojlanishiga, asar qahramonlari bilan bo‘ladigan
voqealarning uzoq esda saqlanishiga, lug‘atining boyishiga hamda nutqining
grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllanib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar hech
qanday qiyinchiliksiz o’qituvchining asar yuzasidan bergan savollariga javob bera
oladilar, ayrim so‘zlarni, jumlalarni takrorlaydilar, qahramonlarning ijobiy va salbiy
tomonlarini xarakterlab beradilar, o’qituvchiga taqlid qilib, ularning ovozini
o‘xshatishga harakat qiladilar.
Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma’naviy yuksalishi,
jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishi - bilimli, yuqori intellektual
salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlagan yoshlarga bog‘liq
hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqi dildan xizmat
qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o‘qitishni sifatli va mazmun
jihatdan yuqori pog‘onalarga olib chiqish avvalo o‘qituvchi va tarbiyachi murabbiylar
zimmasiga sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifani yuklaydi.
Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni so‘zli shaklda umumlashtirilgan,
uni bayon etish va o‘zlashtirish esa ushbu jarayonda nutqning ham ishtirok etishini
nazarda tutadi. Nutq bolaga inson madaniyatining barcha yutuqlariga yo‘l ochadi.
Umuman, shaxsning va barcha asosiy psixik jarayonlar (qabul qilish, fikrlash va
boshq.) ning shakllanishi ham bolada nutqning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Bolaning
psixik jihatdan shakllanishida nutqning alohida o‘rin tutishi uning turli bosqichlarda
rivojlanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar va omillarni bilishni juda muhim qilib
qo‘yadi. Nutqning rivojlanishi bilan harakatlanuvchi kuchlar haqidagi masala shiddat
bilan sakrash tarzida ro‘y berishi tufayli ham, muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilarning yuqori darajada aqliy va
nutqiy rivojlanishini, ularning til qobiliyatlari shakllanishini ta’minlash imkonini
beruvchi usullarni tashkil etishning maqbul shaklini izlash, nazariy va amaliy
tadqiqotlarda bunday o‘quvning mazmuni va shakllari haqidagi masalalar hal etish
yuzasidan yangicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. Berilgan imkoniyatlardan
samarali foydalanish, berilayotgan ta’lim sifati natijadorligini ta’minlash zamonaviy
o‘qituvchidan katta pedagogik mahorat, yuqori kompetentlik va ijodkorlikni talab
etadi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
535
Do'stlaringiz bilan baham: |